2
MAVZU. EHG YANGI DAVR FALSAFASI PREDMETI (4 SOAT)
REJA:
1.
XIX - XX asrda ijtimoiy-siyosiy hayot, fan-texnika taraqqiyoti va ma’naviy
madaniyatdagi о‘zgarishlarning g‘arb-falsafasida aks etishi.
2.
XIX - XX asrlarda Yevropa mamlakatlari falsafasining rivojlanishi.
3.
Yevropa mamlakatlari falsafasining yо‘nalishlari.
4.
Yevropa mamlakatlari falsafasining xususiyatlari.
Falsafa tarixida XIX-XX asr alohida о‘rin tutadi. Bu davr falsafasi G‘oyat murakkab va
xilma-xil fikrlarga boy bо‘lib, turlicha maktablar va qarashlarni о‘z ichiga oladi. Bu davrda
insonlar hayotida, fan taraqqiyotida, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotda misli kо‘rilmagan
tarixiy voqealar bо‘ldi. Bular barchasi insonning dunyoga bо‘lgan munosabatini о‘zgartirib,
dunyoni yangicha chuqurroq о‘rganish va bilimni hayotga tatbiq qilishga undadi. Ayni vaqtda
insonning tutgan о‘rnini, mohiyatini, о‘zligini va ichki dunyosini tо‘laroq о‘rganishga imkon
yaratildi. Tabiatshunoslik rivoji shunchalik ilgarilab ketdiki, mikro va makrodunyoni tadqiq
qilish, kosmosga odam uchirish kabi masalalar insonni hayratga solarli darajaga yetdi. Shu bilan
birga tabiatshunoslikning rivoji yangi-yangi muammolarni ham keltirib chiqardi. Bular ichida
inson muammosi, xususan, uning ichki dunyosi, borlig‘i, mohiyati va uning falsafiy tahlili kabi
masalalar dolzarbligi bilan faylasuflar diqqat-e’tiborini jalb qilmoqda.
Ma’lumki, Gegel va uning Marks tomonidan qayta ishlangan ta’limoti XIX asr falsafiy
tafakkuri rivojida alohida ahamiyatga ega bо‘ldi. Biroq bu ta’limot sovetlar davrida
mutlaqlashtirildi, barcha fanlar va amaliyotning yagona metodologik asosi sifatida talqin qilindi.
Falsafa tarixi materializm bilan idealizm о‘rtasidagi kurash deb qaraldi. Hodisalarni
tushuntirishda sinfiylik, partiyaviylik, mafkuraviylik bosh mezon qilib olindi.
XIX-XX asr G‘arb falsafasi boshqa yо‘ldan ketdi. Bir tomondan, falsafadagi borliq, ong,
bilish, tarix falsafasi kabi an’anaviy masalalarga о‘zgartirish kiritib, ularni yangicha tahlil qildi.
Ikkinchidan, marksistik falsafaga о‘z munosabatini bildirib, bu falsafa yangi davrda rо‘y
berayotgan о‘zgarishlarni izohlashga ojizlik qilayotganini kо‘rsatdi.
Shuning uchun XIX-XX asr G‘arb faylasuflari shu vaqtgacha falsafada kam e’tibor
berilgan yoki butunlay ishlanmagan masalalarni falsafiy bahs-munozara maydoniga olib
chiqdilar. Shunday qilib, XIX asrning о‘rtalaridan boshlab noan’anaviy (noklassik) yо‘nalishdagi
bir qancha falsafiy oqimlar yuzaga kela boshladi. Ularning vakillari ijtimoiy taraqqiyot, inson
aqli bilan bog‘liq masalalarni qayta kо‘rib chiqibgina qolmasdan, jamiyatdagi ma’naviy
bо‘hrondan qutulish choralarini qidirdilar. Dunyoning turli-tuman va rang-barangligi, inson
ma’naviy hayotining ichki qonuniyatlarini, hayot mazmuni, inson va uning mohiyati,
yashashning ma’nosi, inson ruhiyatining tahlili, falsafiy tafakkurning о‘ziga xosligi, falsafada
yangi uslub, inson faoliyatini ijobiy tomonga yо‘naltirish kabi muammolarga alohida e’tibor
berdilar. XIX asr falsafasida inson, insoniylik va insoniyat, insonning ichki va tashqi dunyosi,
bilish jarayonining yangi qirralari kabi masalalarga keng о‘rin berildi. Falsafiy ijodiyotda
bо‘lgan erkinlik, qо‘llangan demokratik tamoyillar, plyuralizm tamoyili turli g‘oyaviy ilmiy
qarashlar bilan boyitildi. Bu davrda bir qancha falsafiy oqimlar vujudga keldi.
Jamiyat taraqqiyoti muammolari ham ularning diqqat markazida turdi. Bu falsafiy
ta’limotlarda ham hozirgi paytdagi murakkab muammolar bilan bir qatorda an’anaviy
muammolarni ham muayyan nuqtai nazardan yoritishga harakat qilinadi. Hozirgi murakkab
sharoitda avvalgidek kо‘r-kо‘rona bizga yoqmagan yoki biz tushunmagan oqimlarga «zararli»
degan yorliq bermasdan, ularni xolis nuqtai nazardan о‘rgansak foydadan holi bо‘lmas. Chunki
har qanday hodisada bir-biriga zid tomonlar bо‘lgani sababli ushbu noklassik ta’limotlar ham
«sof» salbiy hodisa bо‘lib qololmaydi. Masalan, markscha falsafa vakillari e’tiboridan chetda
turgan noratsionallik muammolarini ishlab chiqishda neofreydizmning xizmatlari katta. Xuddi
3
shu oqim namoyandalarining insonda kо‘pincha uchrab turuvchi psixik kasalliklarning,
anglanmagan xatti-harakatlarining sabablarini tushuntirishda tegishli xulosani chiqarib olsin.
Mana, misol uchun Freydning nazariy qarashlari, pragmatizm va ekzistensializm
g‘oyalari, Berdyayev va boshqalarning falsafasidan о‘rgansak, foydadan xoli bо‘lmaydi.
Men g‘arb falsafasida ham barcha muammolar yechilgan, demoqchi emasman. Biz kо‘p
masalalarda G‘arb faylasuflarining fikrlari bilan, ayniqsa, individualizm, egoizm qarashlarini
ilohiylashtirish bilan kelishmasligimiz mumkin. Lekin ularni hisobga olishimiz, keraklisini
e’tirof, keraksizini inkor etishimiz zarur».
Uyg‘onish davridan XIX asrning birinchi yarmigacha bо‘lgan davrda yanada ma’naviy
yuksalish davom etdi. Bu davr falsafiy qarashlarida tabiat, jamiyat va insonga turli jihatdan
falsafiy yondashishning о‘ziga xos tamoyillari, ideallari va madaniy qadriyatlarini ishlab
chiqilishi о‘ziga xos holda nihoyasiga yetkazildi. Juda kо‘pchilik adabiyotlar bu davr falsafiy
yо‘nalishlarini ham klassik falsafa deb atashadi. An’anaviy va noan’anaviy falsafaning farqi eng
avvalo aql (intellekt) muammosida kо‘rinadi. Bu tasodifiy emas. Chunki aql muammosi yangi
davr falsafasining markazida turadi. Yangi davr faylasuflari tafakkurni juda keng ma’noda
tushunishgan va tabiat, jamiyat va insonning faoliyati ularga xos bо‘lgan tafakkur bilan
bog‘langan. XIX-XX asrlar klassik falsafasida «individual ong» bilan bir qatorda
«individuallikdan tashqari ong» sifatida amal qiluvchi inson ma’naviy madaniyati doirasidagi
turli g‘oyalar, tushunchalar, g‘oyalar, ideallar, normalar, qadriyatlar tahliliga va undan
tashqaridagi ma’naviy faoliyat shakllari yordamida insonning dunyoni о‘zlashtirishi, ya’ni fikrda
dunyoning «ikkilanishi» jarayonidir. Xuddi shu narsa «ilohiy» tafakkur haqidagi teologik,
idealistik yо‘nalishlarining qandaydir absolyut ruh, oliy aqlning dunyo taraqqiyotini boshqarishi
haqidagi qarashlariga asos bо‘lgan.
Kantdan Gegelgacha bо‘lgan yо‘l - bu insonning tanqidiy baholovchilik qobiliyati
sifatida tushunilgan oliy aqlning gegelcha «ilohiy» aql aqidasiga о‘rin bо‘shatib berishi yо‘lidir.
Bu davrda fanning taraqqiyoti hamda aqlning takomillashib borishiga ishonch hukmron bо‘lgan.
Shuning uchun klassik falsafada, nafaqat dunyo, bilish, uning usullari haqidagi, balki xudo,
ishonch va diniy muammolar ham ratsionalistik ruhda talqin qilingan. Qisqasi, klassik falsafa
namoyandalari umumiylik haqidagi nazariy fikrlar bir butun borliq inson va uning umumiy
mohiyati, jamiyat bilishning metodlari va uning umumahamiyatli tamoyillari, barcha davrlar va
barcha kishilar uchun umumiy ahamiyatga ega bо‘lgan ahloq normalari va hakozolar haqida
munozara yuritishgan. Alohidalik, konkretlik haqidagi, masalan, alohida, konkret kishilar,
ularning erkinligi, huquqlari, fikrlari, iztiroblari haqidagi masalalar, umuman inson, uning
mohiyati haqidagi masalaga bо‘ysindirilgan edi. Xullas, XIX asrning о‘rtalarigacha ratsionalizm
ruhi hukmron bо‘lgan klassik yо‘nalishlar barcha falsafiy yо‘nalishlarning belgilovchisi edi.
XIX asrning 40-50 yillaridan boshlab noklassik falsafiy yо‘nalishlar yuzaga kela
boshladi. Bu eng avvalo K.Marks va F.Engelsning falsafiy nazariyasidir. Ular klassik falsafaning
umumiy ratsionalistik yо‘nalishini, uning fan va taraqqiyotga ishonch ruhini rivojlantirish bilan
birga dunyo, inson, aql, bilish, fan, jamiyat va ijtimoiy taraqqiyot haqida ta’limot yaratdilar.
Shu bilan birga bu davrda boshqa noklassik yо‘nalishlar ham paydo bо‘ldi. Ularga
daniyalik S.Kyerkegor, nemis faylasuflari F.Nitsshe, O.Shpengler va boshqalar kiradi. XIX-XX
asrlardagi klassik falsafani himoya qiluvchi yangi yо‘nalishlar paydo bо‘ldi. Bularga XIX
asrning 60-70 yillarida yuzaga kelgan neokantchilik, neogegelchilik va neotomizm (Foma
Akvinskiy, lotinchalashtirilgan nomidan kelib chiqqan Tomas) kiradi.
XIX-XX asr G‘arb falsafasi tushunchasiga mazkur davrda vujudga kelgan noklassik
ta’limotlar kiradi. Shu davr mutafakkirlari klassik falsafasi asosiy-fundamental tushunchalarni
tanqid ostiga oldilar, jumladan, «haqiqat», «aql» kabi tushunchalarni, hattoki falsafani fan
sifatidagi predmeti va vazifasini ham qaytadan kо‘rib chiqishni maqsad qilib qо‘ydilar. Shu davr
faylasuflari «metafizika»ning umumiy, mavhum kategoriyalariga qarama-qarshi yakkalik,
bevosita namoyonlik, yaqqollik tushunchalarini qо‘ydilar. Obyektiv dunyoning umumiy
qonunlaridan «dalillarni», «hayotni», subyekt ongining hodisalarini tahlil qilishga о‘tdilar;
ratsionalizmdan, gegelning mantiqiy ta’limotidan irratsionalizmga, mutafakkirning badiiy, diniy,