GERMAN GELMGOLS (1821 - 1894).
Neokantchilik harakatining vujudga kelishida
alohida о‘rin tutgan buyuk olmon fiziologi va fizigi German Gelmgols bо‘ldi.
Biroq Gelmgolsning falsafaga qiziqishi katta edi. Tabiatshunos olim sifatida
shuG‘ullangan muammolari uning e’tiborini bilish nazariyasiga qaratdi. Bu hissiyotning
fiziologik sohasidagi tajribaviy tadqiqotlar, geometrik aksiomalarning tabiati masalasi va
neyevklid geometriya fizikaning asoslari masalasi edi. Kantning tanqidiy falsafasini u fiziologik
talqin qildi.
Ana shu tadqiqotlarda Gelmgols bizning tushunchalarimizning obyektlarga qanchalik
mos tushishi masalasiga e’tiborini qaratdi. Lekin Gelmgolsning qarashlarida qarama-qarshiliklar
mavjud edi. U, bir tomondan, fikrning «aprior qonuni»ni tan oladi va, ikkinchi tomondan, makon
va zamonning «transsendent realligi»ni tan oladi. Bizning hissiyotimiz mazmuni tashqi
predmetlarning ta’siriga bog‘liq, boshqa tomondan, bu ta’sir faqat «belgilar» yoki
«simvollar»dir. Bir vaqtning о‘zida u ham agnostitsizmni, ham materializmni rivojlantirdi.
Agnostik sifatida u hissiyotni tashqi hodisalarning belgisi sifatida qaraydi va shu orqali nafaqat
о‘xshashlikni, balki narsalar bilan bir xilligini ham inkor qiladi. Va shu yerning о‘zida
materialist sifatida u tushunchalar tashqi predmetlarning bizning nerv sistemamizga ta’siri
natijasida vujudga keladi, deydi.
Shunday qilib, Gelmgols g‘oyani borliqdan, ongni tabiatdan ajratib qо‘yadi. g‘oya va u
aks ettirayotgan obyekt ikki har xil dunyoga tegishli, deydi. Kantga о‘xshab «hodisalar» bilan
«narsa о‘zida»ni bir biridan ajratib qо‘yadi.
Ana shu qarashni Gelmgols 1878 yilda о‘zining «Idrok faktlari» nomli mashxur
ma’ruzasida asoslaydi. Gelmgols ta’kidlashicha, bizning hissiyotimiz tashqi ta’sirning
xususiyatlari haqida xabar beradi. Hissiyot esa belgi hisoblanadi, lekin tasvir emas. Tasvirdan
ma’lum ma’noda predmet bilan о‘xshashlik talab qilinadi. Belgidan esa predmet bilan bunday
о‘xshashlik talab qilinmaydi. Shunday qilib, Gelmgols predmet bilan uni his qiluvchi subyekt
tasavvurining о‘xshashligi haqida gnoseologik masalani о‘rtaga tashladi. Va bu masalani u
salbiy hal qiladi. Uning bunday qarashining mohiyati shundaki, har bir predmetning о‘zgarishi
hissiyotda ham о‘zgarishga olib keladi.
Shunday qilib, Gelmgols Kantning tanqidiy falsafasini ayrim tomonlarini rivojlantirdi.
Bilish nazariyasida esa tadqiqot, tajriba о‘tkazish masalasida va matematik aksiomalarning
tabiati haqidagi masalalar bо‘yicha о‘zining mustaqil qarashlariga ega edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |