Topshiriq: “Ta’rif” metodi, bunda o`quvchilar Amir Temur bobomizga o`zlarining mustaqil ta’riflarini beradilar. Bunda avvalo o`quvchilarning so`z boyligi, shaxsiy dunyoqarashi, erkin fikrlashi, insonlarning xususiyatlarini anglay olish qobiliyati,zukkoligi shakllanadi.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
28-mavzu: Mehnatdan kelsa boylik,turmush bo’lar chiroylik
Kun shiori: “Dunyodagi asl boylik – o`z halol mehnating samarasi”
Mehnat salomatlik garovi.
Maqsad: O`quvchilarda halol mehnat qilishga o`rgatish, san’atni va musiqani tushunishni singdirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, Temurnoma, Temur tuzuklari, Sarbadorlar, Buyuk Turon Amir yoxud aql va qilish, Buyuk siymo, Amir Temur chamani kitoblari, Ma’naviyat qalbim quyoshi, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada: Yoz oftobi – qishga dori.
Mehnat salomatlik garovi.
Miskin
O`qituvchi: Har bir xalq mehnarsiz, san’atsiz va musiqasiz hech qachon yashay olmaydi. Lekin, o`sha mehnat, tasviriy san’at va musiqa ham milliy va jahon talablariga javob bersagina.
Mehnat, asosan, ikki turli bo`ladi: aqliy mehnat va jismoniy mehnat. Insoniyat qo`llari yordamida jismoniy kuch sarflab amalga oshiriladigan ishlar jismoniy mehnatni aqliy mehnatdan ajralgan holda tushunish mumkin emas. Jismoniy mehnat aql yordamidagina mazmunli, yaxshi sifatli va mahsuldor bo`ladi: aqlli odam ketmon chopsa ham, traktor haydasa yoki zavod-fabrikada biror jismoniy vazifani amalga oshirsa, uning ishi yaxshi natija beradi. Aql aralashmagan ishning mahsuli bo`lmaydi.Aqliy mehnat egalari – o`qituvchilar, shifokorlar, olimlar, shoir-yozuvchilar, noshirlar va boshqalar bo`lib, ular ma’naiyat egalaridir. Agar jismoniy mehnat egalari jamiyatni iqtisodiy tomondan ta’min etishsa, aqliy mehnat egalari insoniyatning ma’naviy yuksalishiga xizmat qiladilar.O`quvchi aqliy mehnat egasi bo`lib, hamisha o`qiydi, yozadi va o`z ma’naviy olamini boyitish yo`lida mehnat qiladi. Oilada, jamoat orasida jismoniy mehnat bilan shug`illanishga to`g`ri keladi, maktabda esa o`z sog`lig`ini mustahkamlash uchun badantarbiya darslariga qatnashadi. O`quvchining o`z odabini namoyish qiladigan yana bir imkoniyati borki, bu uning jamoa mehnatida faol ishtirok etishidir. Topshiriq: O`quvchilarning I-guruhiga: “Maktabda hashar” mavzusida rasm chizadilar, II-guruhiga: “Musiqa” asboblarini tezlik bilan aytish.
Izoh: O`qituvchi jarayonni kuzatishda samimiylikka, o`quvchilarning o`zlarini odob-axloq me’yorlariga e’tiborli bo`lishlikka, faollikka, jonkuyarlikka va talabchanlikka, tezkorlikka, ijodkorlikka undab boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |