Kun shiori: Xushyorlik va diqqat e’tibor;
Harakatlanish tezligi bobi o‘z ichiga 5 bandni oladi:
1- band. Haydovchi sharoitlarni hisobga olgan holda transport vositasini cheklangan tezlikdan oshirmasdan boshqarishini;
2- band. Aholi yashaydigan joydagi ruxsat etilgan tezlikni;
3- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi ruxsat etilgan tezliklarni;
4- band. Har qanday yo‘llardagi haraqat tezliklarini;
5- band. Haydovchilarga taqiqlangan holatlarni izohlaydi.
13- bob. Quvib o‘tish bobi 6 bandni o‘z ichiga oladi:
1-band. Haydovchining quvib o‘tish holatlarini;
2- band. Quvib o‘tish shartlarini;
3- band. Quvib o‘tishdagi haraqat tezligi;
4- band. Quvib o‘tishni tugallagandan keyingi holatlarni;
5- band. Quvib o‘tishni taqiqlovchi holatlarni;
6- band. Aholi yashaydigan joylardan tashqaridagi yo‘llarda quvib o‘tish hollarini.
IV. O’quvchilarni rag’batlantirish.
V. O’quvchilarni baholash.
VI. Uyga vazifa: mavzuni o’rganish.
MMIBDO‘: ______________________
Sinf rahbar: ______________________
20-mavzu: Inson qalbining quvonch-u qayg‘usi kuychisi ( Alisher Navoiy tavalludi oldidan)
Kun shiori: “Mulki she’r haqoni-Navoiy hazrat”
Maqsad: O`quvchilarda Alisher Navoiyga hurmat, uning ijodiga qiziqishni yanada rivojlantirish.
Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi.
Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi
Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi
Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: Alisher Navoiy asarlari, shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar.
Doskada:
Abadiyat bilan qay so`z egizak,
Balki yaxshi orzu, yaxshi niyatdir?
Mangulik anglanar Navoiy desak,
Navoiyning o`zi Abadiyatdir.
Abdulla Oripov
O`qituvchi: O`zbek tilining asoschisi, g`azal mulkining sultoni, Hazrat Mir Alisher Navoiy tavalludining 573 yilligi munosabati bilan butun turkiy qavmni muborakbod etamiz! O`zbek xalqi ma`naviy dunyosining shakllanishiga g`oyat kuchli va samarali ta`sir ko`rsatgan ulug` zotlardan biri — bu Alisher Navoiy bobomizdir. Biz uning mo``tabar nomi, ijodiy merosining boqiyligi, badiiy dahosi zamon va makon chegaralarini bilmasligi haqida doimo faxrlanib so`z yuritamiz.
Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davrni tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g`ururi, sha`nu sharafini dunyoga tarannum qilgan o`lmas so`z san`atkoridir. Ta`bir joiz bo`lsa, olamda turkiy va forsiy tilda so`zlovchi biron-bir inson yo`qki, u Navoiyni bilmasa, Navoiyni sevmasa, Navoiyga sadoqat va e`tiqod bilan qaramasa.Inson qalbining quvonchu qayg’usini, ezgulik va hayot mazmunini Navoiydek teran ifoda etgan shoir jahon adabiyoti tarixida kamdan-kam topiladi. Ona tiliga muhabbat, uning beqiyos boyligi va buyukligini anglash tuyg’usi ham bizning ongu shuurimiz, yuragimizga avvalo Navoiy asarlari bilan kirib keladi. Biz bu bebaho merosdan xalqimizni qanchalik bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |