“TOSHKENT IRRIGATSIYA VA QISHLOQ XO‘JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI” MILLIY TADQIQOTLAR UNIVERSITETI
“BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT” kafedrasi
“Buxgalteriya hisobi va audit” fanidan
LOYIHA ISHI
Mavzu: “Moliyaviy hisobot”
Tekshirdi: dot. A.Z.Tabayev
Bajardi: Raximova Zilola
Ismonov Saidakromxon
Salaydinov Abdulaziz
Orinov Dilshod
Jo’rabekov Sherzod
REJA:
I. Kirish
II. Nazariy qism
. Moliyaviy hisobotning maqsad va vazifalari
Moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish
Buxgalteriya balansini tuzish tartibi
Moliyaviy natijalar togrisidagi hisobotni tuzish va taqdim etish tartibi
Pul oqimlari togrisidagi hisobotni taqdim etish tartibi
Xususiy kapital togrisidagi hisobotni taqdim etish tartibi
Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish
III. Amaliy qism
Masala
Shakllar
Glossariy
Savollar to‘plami
Test
Xulosa va takliflar
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati
Internet Saytlar
Ilova
Kirish
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish va bozor munosabatlarida buxgalteriya hisobining qo’llanilishi chegarlari hamda imkoniyatlari kengayib bormoqda. Hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyoti raqamlashitrilish arafasida. Buning natijasida, yangi hisob obyektlari vujudga kelmoqda va shuning uchun ham axborot tizimidan foydalanuvchilarning yangi turlari kirib kelmoqda. Misol tariqasida, biz tadbirkorlarga soliq organlari uchun oylik, choraklik, yillik hisobotlarni topshirish shakllari, qo’llanmalari tubdan o’zgardi desak, mubolag’a qilmagan bo’lamiz. Hozirgi kunda barcha turdagi hisobotlar elektron shaklga o’tgani tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar hamda qulayliklar tug’dirdi. Oldinlari hisobot topshirish juda ko’p vaqtni olardi (ya’ni topshirish jarayoni), shuningdek, to’langan kvitansiyalar, tabellar, elektron hisob fakturalar, ularning barchasi qog’ozda bo’lgani sababli, tabiiyki, ularning yoqolishi yoki yaroqsiz holga kelishi, tadbirkorlar uchun bir qancha muammolarni vujudga keltirar edi. Bunday ish nafaqat tadbirkorlarga, balki soliq organlarining o’zlariga ham manfaatli bo’ldi.
Biz bu loyihamizda, jamoa bilan birgalikda korxona moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibi haqida ma’lumot berib o’tamiz.Biz ushbu Mustaqil ishda korxonada moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etish tartibini - Nazariy va Amaliy qismlarga bo‘lgan holda, hamda shu asnoda zarur hujjatlarni ilova qilib o’rganib chiqamiz.
O’rganilgan nazariy bilimlarni mustahkamlash maqsadida biz amaliy qismda tayanch so’zlarga boy bo’lgan glossariy, savollar to‘plami, 25 ta mustaqil yechish uchun mo’ljallangan test, hamda moliyaviy hisobotlarni tuzish va taqdim etishda zarur bo’lgan hujjatlar to’g’risida ilova qismlariga ajratib chiqdik.
Mustaqil ishning yakunida biz olgan bilimlarimiz hamda amaliy tajribamizni jamlagan holda xulosa va takliflarimizni keltirdik.
Do'stlaringiz bilan baham: |