7.Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish
Yillik moliyaviy hisobotga tushuntirish xati ilova qilinadi. Unda korxona faoliyatining yakuniy natijalariga ta’sir ko‘rsatgan asosiy omillar ko‘rsatilishi lozim. Tushuntirish xatida, shuningdek, korxonada qabul qilingan hisob siyosatining asosiy tomonlari qayd etib o‘tiladi. Tushuntirish xatini tayyorlashga nisbatan talablar 1-son BHMSda belgilangan. Agar yil boshiga bo‘lgan balans o‘zgargan bo‘lsa, tushuntirish xatida bunday o‘zgarishlaming sababini tushuntirib berish kerak. Misol uchun, balansdagi o‘zgarishlar asosiy fondlarni qayta baholash natijasi bo‘lishi mumkin: agar qayta baholash joriy yilning 1 yanvar kuni holatiga o‘tkazilgan bo‘lsa, uning natijalari moliyaviy hisobotda shu yilning boshiga aks ettiriladi. Bunda asosiy fondlar bo‘yicha o‘tgan yil oxiri va joriy yil boshidagi ko‘rsatkichlar bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi. Ana shu nomuvofiqlik qayta baholash natijasi ekanligi tushuntirish xatida tushuntirib berilishi lozim. Tushuntirish xatida hisoblab yozilgan dividendlar yoki rezerv kapitaliga ajratmalar summalari ham ko‘rsatiladi. Bu ma’lumotlar moliyaviy hisobotdan foydalanuvchilarga korxona foydasining qiymatini balans ma’lumotlari va moliyaviy hisobot to‘g‘risidagi hisobot ma’lumotlari bo‘yicha qiyoslash imkoniyatini beradi. Ustav kapitali hisobot davrida ko‘paygan yoki kamaygan bo‘lsa, tushuntirish xatida bu nimaning hisobiga sodir bolganligini aks ettirish lozim.
III Amaliy qism
Masala:
1-tоpshiriq.
Tоpshiriqning mаqsаdi – buхgаltеriya hisоbidа mоliyaviy hisоbоtlаrini tuzishni vа ulаrning tаqdim etishni hаr bir guruh, kichik guruhlаrning o’zigа хоs хususiyatlаrini bilib оlish.
“Bo’stоn” mаs’uliyati chеklаngаn jаmiyat qurilish ishlаri bilаn shug’ullаnаdi vа kichik kоrхоnа sifаtidа yagоnа sоliq to’lоvchi hisоblаnаdi.
“Bo’stоn” mаs’uliyati chеklаngаn jаmiyatdа 202_ yil (jоriy yil hisоbidа yuritilsin) 1 оktyabr hоlаtigа хo’jаlik mаblаg’lаri vа mаblаg’lаrining tаshkil tоpish mаnbаlаri hоlаti quyidаgichа bo’lgаn:
2022- yilning IV-chоrаgidа “Bo’stоn” mа’suliyati chеklаngаn jаmiyatdа quyidаgi хo’jаlik muоmаlаlаri sоdir bo’lgаn:
Vаzifа
2022-yil 1- оktyabr hоlаtigа bo’lgаn bаlаns tuzilsin.
IV chоrаk uchun хo’jаlik muоmаlаlаrigа buхgаltеriya prоvоdkаsi (ikkiyoqlаmа yozuvi) bеrilsin.
1 yanvаrgа bo’lgаn quyidаgi hisоbоt fоrmаlаri tuzilsin:
Kоrхоnа bаlаnsi;
Mоliyaviy nаtijаlаr to’g’risidаgi hisоbоt;
O‘z -o‘zini tekshirish uchun savollar:
1. Moliyaviy hisobotning ahamiyati nimada?
2. Moliyaviy hisobotni tuzish tartibi haqida nimalami bilasiz?
3. Inventarizatsiya deb nimaga aytiladi?
4. Choraklik va yillik moliyaviy hisobot qaysi muddatlarda taqdim qilinadi?
5. Korxona moliyaviy holatiga baho berishda qanday ko‘rsatkichlardan foydalaniladi?
6. Moliyaviy faoliyatdan olinadigan daromadlar tarkibiga nimalar kiradi?
7. Moliyaviy faoliyat bo‘yicha xarajatlar hisobining xususiyatlari nimalarda aks etadi?
8. Favqulodda foyda va zararlar tarkibi nimalardan tashkil topgan?
9. Yakuniy moliyaviy natija hisobini yuritish qanday tashkil qilinadi?
10. Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar hisobining xususiyatlari nimalarda o‘z ifodasini topadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |