shaxsiy fikr katta ahamiyatga ega. Odamlarning turli ijtimoiy vaziyatlarda o’zlarini turlicha tutishlari, aslida ularning turlicha o’ylashlaridan kelib chiqadi, o’ylash, fikrlash, sovuq mulohaza yuritish san’ati milliy mafkura tarbiyasida biz kattalarga qo’l keladigan pedagogik vositadir. Demak, pozitiv tafakkur, ijobiy fikrlash – yaxshi oqibatlarga, ijobiy natijalarga olib keladi. Agar biz farzandlarimizga “O’z yurtingning erkin fuqarosi bo’l! O’z taqdiringning o’zing ega bo’l! Sen shunga munosibsan!” desak, uning ham fikri, ham xulqi shu zaylga tushadi.
Biz yoshlarga vatanparvarlik to’g’risida faqat balandparvoz gaplarni gapirishdan, asl vatanparvarlikning mohiyatini tushuntirishga, Vatanni sevishini isbot qila oladigan harakatlari to’g’risida fikr almashinishga o’rgatishimiz darkor. Bu hozir davrda pedagogika va psixologiya fanlari amaliyotida o’zini oqlagan interfaol usullar vositasida amalga oshiriladi. Bozor munosabatlari faqat pul topish yo’lini izlashdangina iborat emas. Bozor munosabatlari rivoji uchun kishilarda daromad topishga intilishdan tashqari yuksak ma’naviyat ham bo’lishi kerak. Agar odamlarda halollik, haromdan hazar qilish, imon, insof, adolat, insonparvarlik singari fazilatlar bo’lmasa, bozor taraqqiyot yo’li bo’lmay qoladi, jamiyatda ma’naviy inqiroz kuchayadi. Bozorning mezoni «yo men birovni aldayman, yo birov meni aldaydi», degan qoida emas. Bozor munosabatlariga asos bo’ladigan milliy, diniy, ma’naviy qadriyatlar – har bir shaxs o’zining, boshqalarning qadri qimmati, manfaatini ham adolatli ravishda hisobga ola bilishidir.
YOshlar tijoratga intilishining ijobiy va salbiy tomonlari ham bor. Hozircha bu intilishning salbiy tomonlariga yetarli e’tibor berilayotgani yo’q. YOshlarni pul topishgagina o’rgatmay, ularni ko’proq aqliy, ilmiy, amaliy kamolot yo’liga boshlamoq kerak. Barcha yoshlar oldi-sottiga berilib, pul topish yo’liga o’tib ketaversa, O’zbekiston kelajakda buyuk, qudratli davlat bo’la olmaydi. Mamlakatimiz istiqboli, birinchi navbatda, yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi texnika va texnologiyani, milliy va umuminsoniy ma’naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur egallashiga bog’liq.
Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy o’quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga befarq qarashlari mumkin emas. YOsh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o’ylash, ko’ra bilish ustivor ahamiyatga ega.
Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo’lishini ta’minlash ham katta ahamiyatga ega. Biror ish bilan band bo’lishga o’rgangan yoshlar mehnatsevar bo’ladilar, ularda juda yoshligidanoq ma’lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo’sh vaqtlarida, ular o’zlari sevgan ish bilan shug’ullanishga o’rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo’ya ishlar bilan shug’ullanishga vaqti ham bo’lmaydi.
Odobli, mehnatsevar, sabr-toqatli farzandlar ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo’shadi, halol mehnati bilan jamiyatda o’z o’rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan meros bo’lib qolgan axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O’zbek xalqi maqolida aytilganidek, meros yo’li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan ham yomonroq, xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. YOshlar o’z mehnati, peshona teri bilan topgan boylikni ko’proq qadrlaydilar.
Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga berayotgan tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat belgilagan rejalar tizimiga qay darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko’zi oldida shirin farzandlari bilan bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy bog’langan kelajagi ham turmog’i kerak.
Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an’analarga, bu boradagi umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e’tiborga olganida yaxshi natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko’proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog’liq bo’ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo’nalishi, usullari esa o’zgarib, yangilanib, takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy, mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta’sir etadi.
SHu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog’lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda, ijtimoiy mas’uliyatni to’g’ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni tarbiyalash O’zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga va maqsadiga aylandi25.
SHu o’rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog’liq yana bir masalaga ham e’tibor berish kerak. Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi millat ma’naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo’yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo’nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg’unligi asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari yo’nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul Banotning milliy tarbiya an’analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma’no bor. U shunday deb yozgan edi: «Ota-onalar qo’lida bolalar aziz omonatlardir. SHuning uchun ham ularni go’zal tarbiya etmoq yaxshi xulqlarga o’rgatmoq va ko’rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.
Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin26. Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so’zi bilan ishi bir bo’ladi. Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada ota-onaga hamda qolaversa tarbiyachilarga bog’liqdir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o’tilgan hozirgi sharoitda oila va undagi ota-onaning farzand tarbiyasida mas’uliyati yanada oshdi, deb aytishga to’la asosimiz bor.
SHaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e’tiqodiga aloqador ko’nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. SHu ma’noda oila - haqiqiy ma’naviyat o’chog’i, mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o’giti, ota ibrati, ona mehri orqali amalga oshiriladi.
“Har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov, - Vatan tushunchasi, avvalo oiladan boshlanadi. SHu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog’liqdir. Oilaning jamiyatdagi o’rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga milliy manfaat nuqtai-nazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz»27. YUrtboshimizning “YUksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib: “Har qaysi millatning o’ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz, oilaning to’rni va ta’siri beqiyosdir”28, deydi.
Binobarin, jamiyat faqat o’z shaxsiy manfaatini ko’zlaydigan odamlar yig’indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash, kishilarning jamiyat bo’lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo’ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o’tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo’lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O’zining Vatan deb atalmish ulug’ bir oilasiga mansubligini his etish tuyg’usi o’z-o’zidan paydo bo’lmaydi, balki muttasil va izchil g’oyaviy tarbiya samarasi o’laroq, yuzaga keladi29. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat hislatlari uluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g’oyat xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o’rtasida hamjihatlik totuvlik, o’zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi.
Diqqat qilinsa, ta’limning milliy modelida ilgari surilgan maqsadlarning mohiyati aynan milliy g’oya va mafkuradagi asosiy tamoyillar bilan uyg’unligini anglab olish qiyin emas.
Kadrlar tayyorlash milliy modelida belgilangan maqsad va vazifalarning to’la amalga oshishi mamlakatimizdagi ijtimoiy-siyosiy muhitning yanada yaxshilanishiga olib keladi, jamiyatda yangi shaxs - komil insonlar vujudga keladi. Ular hayotga tamomila boshqacha yondashadilar va boshqacha nigoh bilan qaraydilar.
Ikkinchidan, milliy model tadbiqi kishining jamiyatda o’z o’rnini topish jarayonini tezlashtiradi. «Ta’limning yangi modeli ishga tushgach, – deb ko’rsatgan edi I.A.Karimov, - insonning hayotdan o’z o’rnini topish jarayoni tezlashadi. Har qanday odam ham o’smirlik chog’ida, endigina voyaga yetib kelayotgan davrda jamiyatdan munosib o’rin topishi kerak»30.
Milliy modelning takomillashuvi jamiyatda mustaqil fikrlaydigan shaxsning shakllanishiga olib keladi. Bunday shaxslarning ko’payishi jamiyatda ongli hayot kechirish tizimini vujudga keltiradi. YA’ni, odamlar olamon bo’lib yashashdan bosh tor
Do'stlaringiz bilan baham: |