Milliy istiqlol g`oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar



Download 0,63 Mb.
bet78/81
Sana03.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#428026
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81
Bog'liq
MILLIY ISTIQLOL G

Ikkinchidan, milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkurani aholi, ayniqsa, yoshlar ongiga singdirishga halaqit qilayotgan sabablardan yana biri-barcha teng ravishda bu jarayonga tortilmayapti. Jumladan, agar hozir mamlakatimizda 500 mingdan ortiq o`g`il-qizlar maktab, kasb-hunar kollejlari, litseylarni bitirib chiqayotgan va ularning taxminan 10 foizigina oliy o`quv yurtlarida ta`lim olayotgan bo`lsalar, unda yoshlarning katta qismi milliy istiqlol g`oyasini o`z ongiga tizimli ravishda va maqsadli tarzda singdirish huquqidan mahrum bo`lib qolmoqda. Bu juda muhim muammo. Ta`lim tizimiga jalb etilganlar, odatda, yoshlarning eng ijtimoiy faol qismi hisoblanadi.
Yoshlarning qolgan katta qismiga milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkuraning mazmun-mohiyatini tushuntirish, ularda ushub qadriyatlarga nisbatan kuchli ishonch-e`tiqodni shakllantirishdan ham muhim muammo yo`qdir.
Uchinchidan, o`zbek xalqiga xos bo`lgan ayrim kamchiliklar, milliy xarakterimiz, mentalitetimizga mos muammolar ham milliy istiqlol g`oyasini keng jamoatchilik o`rtasida ishonch-e`tiqod darajasiga ko`tarishga imkon bermayapti. Romen Rollenning ta`kidlashicha «Haqiqat hamma halqlar uchun yagonadir. Ammo har bir halqning o`z yolg`onlari bor va ularni milliy mentalitet, deb ataydilar», deganida ma`lum haqiqat aholida, ayniqsa yoshlarda tashabbusni va faollikni oshirishga, o`zining individual qobiliyatlarini namoyon etishga qaratilgan urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz borki, ularning mazmun-mohiyatini qaytadan taxlil etish payti keldi. Axir, qadriyatlar va urf-odatlar o`zgarmas emasku! Ular yangilanishi, yangi sifatlar bilan boyishi, boshqa davlat va xalqlarning ilg`or tajribasini ijodiy ravishda o`zlashtirilishi mumkinligini ham esdan chiqarmaslik muhimdir.
To`rtinchidan, milliy istiqlol g`oyasi va milliy mafkurani aholi ongiga mustahkamroq singdirishga sog`lom ehtiyojlarning etishmayotganligi ham ta`sir etmoqda. Sog`lom ehtiyojning yo`qligi esa fuqaroda erishilgan darajadan va mavjud holatdan qoniqish xissini paydo qiladi. Mavjud holatdan qoniqish esa shaxsda o`zini-o`zi rivojlantirish, o`zini-o`zi namoyon etishga rag`bat bermaydi.
Faqat sog`lom ehtiyojgina insonni fikrlashga, moddiy va ma`naviy holatida yangi sifat o`zgarishiga erishishga undaydi. Ayni paytda, sog`lom ehtiyoj insonda tafakkur islohotlarini amalga oshirishga sharoit yaratadi. Shu nuqtai nazardan olganda milliy istiqlol g`oyasining real kuchga aylanishi uchun sog`lom ehtiyojlarni shakllantirishga harakat qilish lozim.
Beshinchidan, biz yuqorida milliy istiqlol g`oyasi va mafkurani aholi ongiga singdirishga safarbar etilgag 12 vositasini sanab o`tdik. qayd etish lozimki, ularning har biri o`ziga xos usul va yo`l bilan tanlangan vazifani bajarishga haqlidir. Ammo, adolat yuzasidan aytish kerakki, ushub vositalar o`rtasida o`zaro muvofiqlikda ishlash mexanizmi yo`q. Masalan, milliy istiqlol g`oyasini targ`ib etish va uni aholi e`tiqodiga aylantirishda siyosiy partiyalarning o`rni va roli kattadir. Ammo, mavjud besh partiyaning birortasida bu borada tizimli, maqsadli ish olib borilmayapti. Mehnat jamoalarida esa bu masala kun tartibiga jiddiy muammo sifatida qo`yilmagan ham.
Sanoat korxonalari, jamoa xo`jaliklari, ayniqsa nodavlat tashkilotlarida bu narsaga qo`l uchida qaralmoqda.
Albatta, yuqorida bildirilgan fikrlar milliy istiqlol g`oyasini aholi ongiga singdirish yo`lidagi ayrim sub`ektiv mulohazalar xolos.
Erishilgan ayrim yutuqlar, ma`lum siljishlarga qaramasdan bu borada bajarilishi lozim bo`lgan ishlar xajmi va ko`lami kattadir. Xo`sh, milliy istiqlol g`oyasini, milliy mafkurani fuqarolar, ayniqsa yoshlar ongiga kengroq va mustahkamroq singdirish uchun nima qilish qanday ishlarni bajarish lozim?
Hech shubha yo`qki, bu savolga aniq-lo`nda qilib javob beradigan, milliy istiqlol g`oyasini yoshlar ongiga singdirishni to`liq ta`minlaydigan mexanizm, afsuski hozircha yo`q.
Milliy istiqlol g`oyasini fuqarolar ongiga chuqur va mustahkam singdirish va uni e`tiqod darajasiga ko`tarish uchun milliy xarakterimizdagi moslashuvchanlik, ko`r-ko`rona ergashuvchanlik kayfiyatini bartaraf etish muhim deb o`ylaymiz. Bu o`ta muhim masala. Mazkur holat tafakkurdagi islohotlar va uzgarishlar bilan bog`liqdir. Tafakkur qulligi avvalo ma`naviy boqimandalikning natijasi hisoblanadi.
Boqimandalik aslida yaratuvchanlik, tashabbuskorlik sifatlarini rad etadi. Shu o`rinda I. Karimovning quyidagi fikrlari juda o`rinlidir. «Ota-bobolarimiz shuhratining soyasiga mahliyo bo`lib yuradigan davrlar endi o`tdi. Bugun jahon bizdan o`z so`zimizni talab qilmoqda, boshqa xalqlar, boshqa millatlar bizga yotsirab, bepisand qaramasligi, balki bizni e`tirof etishi, bizni ehtirom etishi kerak» (I.Karimov jamiyatimiz mafkurasi xalqni-xalq millatni-millat qilishga xizmat etsin)- Toshkent, 1998 yil 25-bet
Tafakkurdagi o`zgarishning yo`qligi, ma`naviy boqimandalik, hech shubhasiz moslashuvchanlik va murosasizlikka olib keladi. Deylik, bir sinfda 25 ta bola o`qiydi, shundan 20 tasi o`rtacha, 5 tasi esa a`lo o`qiydi. O`qituvchi 5 ta yaxshi o`qiydiganni hurmat qiladi, qolganlariga doimo tanbeh beradi. O`rtacha o`qiydigan 20 ta bola esa yaxshi o`qiydigan 5 taga nisbatan munosabati ijobiy emas. Xo`sh, sababi nimada? Nazarimizda uning sababi-20 tagacha o`qiydigan bolaning bir xil tarzda tafakkur qilish-yu, mavjud sharoitga moslashuvida. Agar biz shu tafakkurni o`zgartirmas ekanmiz, ishda unum bo`lmaydi.
Milliy istiqlol g`oyasi eng avvalo-amaliy harakat. Sharq tafakkuriyotidagi qoida-yomon odamni yaxshi odamga aylantirish, yaxshi odamni esa go`zal insonga aylantirish vazifasi bajarilmas ekan, unda bizning sa`iy-harakatlarimiz samarasiz bo`lib qolaveradi.
O`qilgan kitob, olingan bilim, eshitilgan pand-nasihat va o`git, ko`rilgan yaxshi va ijobiy amallar insonning individual amaliyotga aylanmas ekan, u besamar holatdan boshqa narsa emas deb, tushunish kerak. Darhaqiqat shunday. erkin fikr, ruhiy ozodlik pirovard natijada amaliyot va harakatga aylanishi kerak.
Ammo, afsuski, ayrim hollarda buning aksini ko`ramiz. Masalan, yolg`on gapning gunohligini, o`g`irlikni jinoyat ekanligini, ota-onani hurmat qilish, Vatanni sevish muqaddas burch ekanligini, mehnat intizomiga amal qilish shartligini hamma-bog`cha bolasidan to katta lavozim egalarigacha biladi. Biroq uning natijasi? Albatta, milliy istiqlol g`oyasini kishilar ongiga sngdirish o`ta qiyin vazifa. Agar o`rganilgan narsa e`tiqod darajasiga ko`tarilmas ekan uning ta`sir kuchi bo`lmaydi. e`tiqod-arabchada ishonmoq, amin bo`lmoqni anglatadi. Ya`ni, inson faoliyati uchun ma`naviy asos, yo`l-yo`riq va mo`ljal bo`lib xizmat qiluvchi, aql, iroda vositasida anglangan bilimlar, g`oya va tasavvur ifodasi e`tiqod hisoblanadi. e`tiqod his-tuyg`u. Ya`ni emotsional holat tufayli emas, aksincha, u aql-tafakkur tufayligina sodir bo`ladi.
E`tiqod insonni tarbiyalaydi, unda qat`iyatni yuzaga keltiradi, sobitqadamlikni shakllantiradi, mavjud holatga munosabatdagi jur`atsizlik, e`tiborsizlik, befarqlik, real holatni o`rganishdagi taxlil etish aql bilan ishlash ko`nikmasining yo`qligi esa e`tiqodsizlikni yuzaga keltiradi.
Eng yomoni, e`tiqodsizlik ikki yuzlamachilikni paydo qiladi. Mustaqillik, millat, Vatan to`g`risida rasmiy idora-yu yig`ilishlarda bir gapirib, norasmiy holatda uning teskarisini ifoda etish-ikki yuzlamachilik va e`tiqodsizlikning o`zidir.
“Muxtasar qilib aytganda, yoshlarimizning ma`naviy olamida bo`shliq vujudga kelmasligi uchun ularning qalbi va ongida sog`lom hayot tarzi, milliy va umummilliy kddriyatlarga hurmat-ehtirom tuyg`usini bolalik paytidan boshlab shakllantirishimiz zarur”. Islom Karimov. (“Yuksak ma`naviyat – yengilmas kuch” asaridan).
Inson va insoniyat hech qachon tashqi dunyodan o’zini qurshab turgan olamdagi o’zgarishlar, rivojlanishlar, ro’y berayotgan hodisalar, voqealar, jarayonlardan ajralib qolgan, ularni his etmagan holda yashay olmaydi. Dunyodagi davlatlar, xalqlar, millatlar, ijtimoiy-siyyosi kuchlar, ular o’rtasidagi munosabatlar, ayniqsa ijtimoiy jarayonlardagi mafkuraviy ta’sirlar odamlar ongi, tafakuri va dunyoqarashiga ta’sir etmasdan qolmaydi. CHunki, hozirgi murakkab va tahlikali davrda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi 451-sonli Qarorida ta’kidlanganidek, “yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug’dirishi mumkin bo’lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi ishlarni ... qayta ko’rib chiqishni taqozo etmoqda”. u boradagi eng dolzarb vazifa – talaba yoshlar qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat hamda sadoqat tuyg’ularini chuqur singdirish, milliy g’ururni tarbiyalash masalasidir. Ushbu vazifa bilan uzviy bog’liq bo’lgan muammo – yoshlarning faol grajdanlik pozitsiyasini shakllantirish, hayotga ongli munosabat, doimo ogoh va hushyor bo’lib yashash tuyg’usini oshirishdir.SHu ma’noda olib qaralganda har qanday jamiyat o’z istiqbolini kishilarni e’tiqod darajasiga aylangan muayyan g’oyasida ko’ra oladi. CHunki, «jamiyatning, jamiyat ahlining mustahkam va ravshan mafkurasi bo’lmasa, o’z oldiga qo’ygan aniq bir maqsad-muddaosi bo’lmasa, u muqarrar ravishda inqirozga yuz tutadi»12.
O’z navbatida kishilar ongi va qalbini makon tutgan g’oya va mafkuralar ta’lim hamda tarbiyasiz shakllanmaydi, jamiyat ravnaqiga, millat va xalqni kelajagiga xizmat qiluvchi qudratli botiniy kuchga aylana olmaydi. Zero, jamiyat mafkurasi, o’tmish bilan xozirgi davr va kelajakni, kechagi kun bilan ertangi kunni bog’lab, tutashtirib, aloqadorligini mustahkamlab turish uchun xizmat qilishga qodir ijtimoiy g’oyalar majmui bo’lib, ularning mohiyatini belgilovchi ustuvor tamoyil, bu jamiyatimiz tabiatiga, millatimiz mentalitetiga xos bo’lgan insonparvarlik tub negizi hisoblanadi. Binobarin, yoshlarimiz ruhiyatiga insonga mehr-muhabbat tuyg’ullarini singdirish jarayonida milliy g’oyaning ana shu tamoyilini ta’lim-tarbiya tizimini bosh maqsadiga aylantirish bugungi kunning dolzarb vazifasidir.
Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganidek, «erkin fuqaro ma’naviyatini, ozod shaxsni shakllantirish masalasi oldimizda turgan eng dolzarb vazifalardandir. Boshqacha aytganda, biz o’z haq-huquqlarini taniydigan, o’z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo’layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bilan yondashadigan, ayni zamonda shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlari bilan uyg’un holda ko’radigan erkin, har jihatdan barkamol insonlarni tarbiyalashimiz kerak»13.
YOshlarni imon-e’tiqodli, milliy g’oyaga sadoqat, bir-birlariga mehr oqibatni, o’z Vataniga, millati, dini, tili, tarixi, madaniyati urf-odatlariga hurmat ruhida tarbiyalash bugungi kun talabidir. Zero, fuqarolarni yangicha tafakkur asosida tarbiyalash orqali milliy g’oya va mafkuraning hayotbaxsh insonparvarlik tomoyillariga, umumbashariy qadriyatlarga mos keladigan xulq-atvorni shakllantirish va kamolga yetkazish, ya’ni jamiyatda mehr-muruvvat madaniyatini qaror toptirish mumkin.
YUrtimizda har bir yilning muayyan ijtimoiy masalaga bag’ishlanishida ham chuqur ramziy ma’no bor edi. Zotan, har bir narsaga, inson qalbidagi oliy tuyg’u mehr bilan yondashilmasa kutilgan natijaga erishib bo’lmaydi. SHu bois milliy g’oya va mafkuraga ham ixlos bilan munosabatda bo’lish, uning tarixiy, falsafiy, diniy, ahloqiy ildizlarini muntazam o’rganib borish, ajdodlarimiz merosini ta’limning har bir bo’g’inida yoshlarimiz ongi tafakkuriga singdirish muhimdir.
O’z navbatida, yillarda belgilangan maxsus vazifalar bir martalik harakat ham, «tadbirlar kompleksi» ham emas, balki dunyoqarash va fe’l-atvordir, inson ichki ma’naviyatining tarkibiy qismi jamiyat madaniyatining alomatidir. YUqoridagi fikrlarga tayanib, milliy g’oya va mafkura shakllanishida ta’lim tarbiya tizimidagi o’rni nimadan iborat degan masalaga oydinlik kiritish zarur, deb o’ylaymiz.
Fikrimizcha, har bir yilda ustuvor vazifani belgilab olish milliy mustaqillik g’oyasining insonparvarlik tomoyillaridan ko’zlangan asosiy maqsaddir. SHuning uchun ham tarbiya jarayonida xuddi shu konkret maqsaddan kelib chiqqan vazifalarga jiddiy e’tibor berish zarur.
Ma’lumki tarbiya o’z mohiyatiga ko’ra, keng va tor ma’nolarda istefoda etiladi hamda ijtimoiy hayotda amal qiladi. Keng ma’noda oladigan bo’lsak, tarbiya - ijtimoiy-madaniy tajribalarni aniq maqsadni ko’zlagan holda avloddan-avlodga o’tkazadigan va shaxsning kamol topishi uchun shart-sharoitlar yaratadigan alohida jarayondir.
Tor ma’noda esa, ma’naviy madaniyatni tarbiyalash - yoshlarni ijtimoiy turmushning murakkab vaziyatlariga moslashtirish yo’lida kattalarning birgalikdagi aniq maqsadga yo’naltirgan faoliyatini, ya’ni yetuk shaxsni kamol toptirish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish jarayonini anglatadi.
Ushbu jarayonlar bir-biri bilan uzviy bog’liqdir. Xuddi shuning uchun ham yoshlar ma’naviy madaniyatini shakllantirishning samarali tashkiliy va pedagogik uslublari, vositalari ishlab chiqilishi hamda amaliyotga joriy etilishi zarur. Milliy ta’lim-tarbiya tizimining turli shakl va vositalari milliy g’oyani ro’yobga chiqarish, barkamol avlodni shakllantirishdan iborat bosh maqsadga erishishni ta’minlovchi xalqimizning milliy madaniy-tarixiy an’analariga, urf-odatlariga va umuminsoniy qadriyatlariga asoslangan bo’lishi lozim.
Ta’lim-tarbiya barcha davrlarda ham insoniyat oldida hal etilishi zarur bo’lgan eng muhim dolzarb vazifa bo’lib turgan. SHuningdek, u odamlarning amal qilib kelayotgan tajribalari, yutuqlari, urf-odatlari va an’analari asosida tashkil qilingan. YA’ni, ta’lim-tarbiyaga doir shakllangan urf-odatlarimiz, boqiy an’analarimiz ko’p. Bugungi kunda ham ulardan yoshlarni tarbiyalashda keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Binobarin, Prezidentimiz I.A.Karimov ta’kidlab ko’rsatganidek «Biz mamlakatimizning istiqboli yosh avlodimiz qanday tarbiya topishiga, qanday ma’naviy fazilatlar egasi bo’lib voyaga yetishiga, farzandlarimizning hayotga nechog’li faol munosabatda bo’lishiga, qanday oliy maqsadlarga xizmat qilishiga bog’liq ekanini hamisha yodda tutishimiz kerak»14. Bilimlar va axborotlar hajmining ko’payishi odamlar dunyoqarashining kengayishi va ma’naviyatining yuksalishiga turtki bo’lishi shubhasiz. Ayni paytda, tinimsiz va tizimsiz kelayotgan xabarlar ichidan haqqoniy, ob’ektiv va foydali ma’lumotlarni ajrata olish qobiliyatini shakllantirish juda muhim vazifa bo’lib boradi.
Har bir davlat o’z aholisini, ayniqsa bilim va yangilikka chanqoq yoshlarini ilmiy bilimlar, ma’rifiy-ma’naviy ozuq bo’ladigan axborotlar bilan ta’minlanishidan manfaatdordir. O’zbekistonda ham o’sib kelayotgan yosh av­lodning intellektual ehtiyojlarini qondirishga, ma­daniy, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni saqlab qolishga yo’naltirilgan, prinsipial “axborot siyosati” shakllantirildi va hayotga joriy etilmoqda.
3amonaviy informatsion vaziyat talablarini hisobga olgan holda aholini yanada kengroq va tizimli axbo­rot bilan ta’minlash uchun zarur shart-sharoitlar yara­tish maqsadida 2006 yili maxsus qaror qabul qilindi. Bundan ko’zlangan asosiy maqsad yangi axborot markazlarini barpo etish, mamlakatdagi kutub­xonalar tarmog’ini tubdan takomillashti­rish edi.
Mazkur qarorda oliy va o’rta maxsus ta’lim muassasalari hamda ko’p sonli umumta’lim maktablari huzurida axborot-resurs markazlari tuzish ko’zda tutildi.
Axbo­rot-resurs markazlarining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • ta’lim muassasalari o’quvchilari hamda aholi­ning zamonaviy axborot texnologiyalaridan foyda­langan holda muntazam ta’­lim olishi va mustaqil ra­vishda talim olishiga ko’maklashish;

  • milliy ma’naviy-axlo­qiy qadriyatlarni keng ko’lamda targ’ib qilish, xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bo’li­shini ta’minlash, ma’naviy boy va uyg’un kamol topgan shaxsning ijodiy o’sishi uchun imkoniyat yaratib be­rish;

  • yangi axborot texno­logiyalari (ma’lumotlar elektron bazalari, inter­net resurslari) asosida aholiga axborot xizmati ko’rsatish;

  • madaniy, ta’lim, axbo­rot hamda boshqa dastur va loyihalarni birgalikda amalga oshirish uchun ta’­lim muassasalari, mahal­liy o’zini o’zi boshqarish organlari, milliy madani­yat markazlari bilan ham­korlikni rivojlantirish va hokazolar.

Respublikamizda ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xuddi mana shu maqsadga yo’naltirilgan. Zero, ushbu masala g’oyaviy nuqtai nazardan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to’g’risida»gi Qonun prinsiplariga to’la muvofiq keladi.
Ta’lim-tarbiyaga oid milliy merosimizni o’rganishning dolzarbligi nazariy jihatdan asoslidir. Xususan, kadrlar tayyorlash milliy dasturida zikr etilgan uzluksiz ta’limning milliy modeli tamoyillari mohiyatan ta’limning milliy-ma’rifiy, milliy tarix, xalq an’analari, milliy merosimiz bilan uyg’unlikda olib borilishini anglatadi. SHuning uchun «Ta’lim to’g’risida»gi Qonunning 4-bobida, ma’naviy-axloqiy tarbiya va ma’rifiy ishlarni takomillashtirish, uning zamonaviy tarbiyaviy shakl va vositalarini ishlab chiqib, amaliyotga tadbiq etish, milliy tarixiy an’analar va umumbashariy qadriyatlarga asoslanish muhim ahamiyat kasb etishi alohida qayd etilgan. Umuman ta’lim-tarbiyaning milliy modeliga ko’ra, ta’lim tizimini yangilash – tabiiy ravishda milliy merosimizni o’rganish va uni pedagogik tafakkur iste’moliga olib kirish zaruriyatini vujudga keltirmoqda.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining birinchi komponenti shaxsdir. CHin ma’nodagi shaxs o’zini-o’zi qayta tarbiyalash salohiyatiga ega bo’ladi. O’zi va millat uchun befoyda, zararli odatlaridan voz kechadi. Millat manfaatlarini o’z manfaati, o’z manfaatini esa millat manfaatiga erishish sharti deb tushunadi. O’z vazifasini millatning kuniga yarash, og’irini yengil qilishda ko’radi. SHu sababli u o’z shaxsiy qobig’idan chiqib ko’tariladi va millat manfaati uchun, millat farovonligi orqali o’zini kamolotga erishtirish uchun boshqalardan ko’proq, samaraliroq mehnat qiladi. Umummilliy g’oya, maqsadga ishonadi, uni himoya qiladi. Talabada bu fazilatlar birdaniga paydo bo’lib qolmaydi. U, avvalo, oilada ota-ona, oiladan tashqarida qarindosh-urug’, qo’shni-mahalladoshlar orasidagi tarbiyaviy muhitni rag’batlantirib borish, so’ngra oliy o’quv yurtida - mafkuraviy bilimlarni egallash orqali tarbiyalanadi. SHu sababli bu jarayonga ijtimoiy pedagogikaning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qarash lozim.
Bu bejiz emas, albatta. CHunki, milliy merosimizning g’oyaviy negizi – shaxs tarbiyasi, uning ma’naviy ehtiyojlariga da’vogar bo’lgan omillarni o’rganishdan iborat bo’lib kelgan, ushbu muammo hozirda ham jamiyatimizda olib borilayotgan siyosatda eng muhim masalalardan biri sifatida namoyon bo’lmoqda.
Ta’lim jarayoni dunyo bo’yicha turli mamlakatlarning yaqinlashuvi, tom ma’noda global, insoniyat sivilizatsiyasi taqdiri uchun hal etuvchi ahamiyatga ega bo’lgan ko’plab omillar bilan belgilanadi. Bu omillar orasida yuzaga kelgan umumiy va milliy o’ziga xosliklar alohida ahamiyatga ega.
Ta’limning noyob imkoniyatlari hozir nafaqat inson aqlini yangi tezkor imkoniyatlar bilan qurollantirish, balki uning ongini qayta qurish bilan bog’liq. Insoniyat sivilizatsiyasi rivojining yangi bosqichi insonning shakllanish jarayoni, shaxsiy fazilatlar, hayotiy maqsadlar va qadriyatlar haqidagi tasavvurlarini o’zgartiradi. O’sib kelayotgan yosh avlod uchun ta’lim tizimi sifat jihatdan yangicha talablar qo’yadi.
XXI asr - innovatsiyalar asridir. Mamlakatimiz kelajagi jamiyat hayotining boshqa sohalari bilan birga ta’lim tarbiya tizimini yangi zamon talablari darajasiga ko’tarishga yo’naltirilgan ishlarning samaradorligi bilan belgilanadi.
Ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish o’z navbatida bu sohada yangi, zamonaviy, ilg’or pedagogik texnologiyalarni izchil joriy etishga ko’p jihatdan bog’liq. Ta’lim samaradorligi o’quvchi bu jarayonda qay darajada faol qatnashayotganligi bilan belgilanishini hisobga olgan xolda yangi o’qitish uslublari, shakllari ta’lim oluvchilarga mustaqil fikrlash, ijodiy yondashish uchun imkoniyat yaratadi.
Navqiron avlod davr ruhida ma’naviy kamol topib, buyuk ajdodlarimiz barhayot mevasidan oziqlanib, zamonaviy bilimlarni egallab, ularni ongi, shuuriga singdirib bormas ekan, bizning o’z oldimizga qo’ygan ulug’vor maqsadlarimizga erishishimiz, nurli istiqbolimizni bunyod etishimiz ham qiyin. Mana shu bois ham yoshlar tarbiyasi, ularni barkamol insonlar etib shakllantirish, voyaga yetkazish masalasi har doim davlatimiz oldidagi birinchi darajali vazifalardan biridir.
Ajdodlarimizning yaratuvchanligi shaxs manfaatlariga qaratilgan bo’lsa, ayni vaqtda mustaqil davlatimizda amalga oshirilayotgan barcha yangiliklar ham inson kelajagi uchun xizmat qilishi ko’zda tutilgan. Zamonaviy ta’lim-tarbiya tizimi va milliy meros asosidagi g’oyaviy uyg’unlik – ta’lim-tarbiya jarayonida milliy merosning ma’naviy-ma’rifiy zaminlariga tayanish zarurligini ham anglatadi. SHu jihatdan olib qaraganda o’tmish allomalari, mutafakkirlarining ma’naviy meroslarini yosh avlodning tarbiyasidagi ahamiyati bugungi kunda ham g’oyat beqiyosdir.
Islom Karimov tashabbusi va bevosita rahbarligida ishlab chiqilgan kadrlar tayyorlash milliy modelidan bosh muddao qilib, Komil inson va yetuk malakali mutaxassisni tayyorlashni qo’yilishida ham yuqoridagi masalalar bilan mantiqiy aloqadorlik mavjud. Zero, kadrlar tayyorlash milliy modeli, faqat ta’lim-tarbiyadangina iborat emas, balki bir-biriga bog’liq bo’lgan ko’pgina hayot bosqichlarini o’z ichiga oladi. Milliy modelimiz, bu – shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz ta’lim, fan, ishlab chiqarishning uzviy birligi va hamkorligi, ularning o’zaro bir-biriga aloqasini aks ettiradi.
SHaxs – kadrlar tayyorlash tizimining bosh sub’ekti va ob’ekti, ta’lim sohasidagi xizmatlarning iste’molchisi hamda ularni amalga oshiruvchisidir15. SHuning uchun ham bizning ajdodlarimiz ta’lim-tarbiya masalasida inson shaxsi uning xususiyatlarini hisobga olib ish ko’rganlar. Buyuk mutafakkirlarimizdan Abu Nasr Farobiy yozganidek, ta’lim-tarbiya ishini boshlashdan avval tarbiyalanuvchilarning shaxsiy xislatlarini o’rganish lozim.
Alloma o’zining «Baxt-saodatga erishuv to’g’risida» asarida bilimlarni o’rganish tartibi haqida batafsil fikr bayon etadi16. Farobiy ta’limotida inson ta’lim yordamida barcha fanlarni puxta o’zlashtirish bilan ma’naviy-axloqiy fazilatlarga, odob me’yorlari va kasb-hunarga oid malakalarga ega bo’ladi. U «Ta’lim-tarbiyada rag’batlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surdi. Bu usullar esa, o’z navbatida, Farobiyning «Fozil insonlar jamiyati»da axloqan pok, barkamol avlodning tarbiyasi uchun xizmat qilish kerak edi.
Farobiy ta’lim-tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan mutafakkir sanaladi. Ta’lim degan so’z insonga o’qitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish, tarbiya - insoniy fazilatni hamda ma’lum hunarni egallash uchun zarur bo’lgan xulq normalarini va amaliy malakalarni o’rgatishdir, deydi olim. IX-X asrdan keyingi davrlarda yashab o’tgan allomalar ham inson axloqi, yoshlar tarbiyasi masalasiga oid ko’p ish olib borganlar. Bu xayrli ishga tasavvuf olamining allomalari Najmiddin Kubro, Fariddin Attor, Baxovuddin Naqshband, Ahmad YAssaviy, Jaloliddin Rumiy, Abdurahmon Jomiy, Aziziddin Nasafiy, Alisher Navoiy va boshqalar katta hissa qo’shdilar. Bu allomalarning ijodiy faoliyati, boy ma’naviyati tufayli milliy tarbiya tizimining asoslari vujudga keldi.
SHuni alohida ta’kidlash kerak-ki, milliy ta’lim-tarbiya modeli konsepsiyasining mazmuni milliy turmush tarzi va ma’naviy-axloqiy an’analari bilan bog’liqdir. SHu boisdan ham respublikamiz jamiyatshunos olimlari faylasuflar, ta’lim-tarbiya tizimida milliy modelining asosiy xususiyatlarini tahlil etayotganda ko’proq uning milliy tarbiyadagi o’rni hamda ahamiyatini ochib berishga harakat qilishmoqda.
Jumladan, taniqli faylasuf, akademik E.YU.YUsupov mazkur modelning milliy tarbiyaning quyidagi xususiyatlari bilan bog’liq jihatlarini ko’rsatgan edi:
-milliy tarbiyada, yuksak ahloqiy fazilatlarni shakllantirish;
- yoshlarga milliy meros va qadriyatlarni o’rgatish;
- inson omilini shakllantirish;
- kishilarni halol mehnat qilishga, ishbilarmonlik va tadbirkorlikka o’rgatish;
- yoshlarda milliy g’urur tuyg’usini tarbiyalash;
- ta’lim va tarbiya uzviyligini ta’minlash.
Olimning fikricha, milliy tarbiyaning bu xususiyatlari zamonaviy ta’lim tizimi bilan uyg’unlasha olishi bilan bir qatorda milliy an’analarimiz, qadriyatlarimiz bilan bog’lansagina ijobiy samara beradi.
Tarbiya muammolari, deb xulosa qiladi E.YUsupov, insoniyat tarixining barcha davrlaridagi g’oyalar, mafkuralar tizimidan ham katta o’rin olgan. Insonning ongi, e’tiqodi uchun bo’lgan kurashlar ham yoshlarga tarbiyaviy yo’llar orqali ta’sir etish shaklida namoyon bo’ladi. SHu sababli ham jismoniy sog’lom, ma’naviy barkamol insonni tarbiyalash O’zbekiston milliy istiqlol mafkurasining asosiy tamoyillaridan biri bo’lib qolmoqda17.
Ma’lumki, milliy ta’lim-tarbiya modelning bosh maqsadi komil insonni tarbiyalashdir. Ushbu masalada ham respublikamiz olimlari o’ziga xos konsepsiyalarni ilgari surishmoqda. Jumladan, faylasuf olim J.Tulenov, ma’naviy barkamol inson aql-idrok asosida harakat qiladi. Vataniga, xalqi va millatiga sodiq bo’lish ham madaniyatlilik, ma’naviylik, barkamollik, axloqiy poklik belgilaridan hisoblanadi18 - degan fikrni ilgari suradi. Ulfat Mahkamov esa, odamlardagi yaxshilik qilish, rostgo’ylik, hayoli bo’lish kabi eng ulug’ fazilatlar birlashsagina, u komil inson bo’lib yetishishini ta’kidlaydi19.
Nozar To’rayev, Mansur Oltinovlar «YUqori malakali mutaxassis olim, me’mor, san’atkor, harbiy xodim bo’lish barkamollikni anglatmaydi, inson kamolotga yetish uchun zarur hayot maktabini o’tashi, iymon-e’tiqod yo’liga kirish talab etiladi»,20 deb ta’kidlaydilar. Falsafa fanlari doktori M.Xolmatova esa komillikning shakllantirishda ko’proq o’zimizga mos sharqona madaniy-ma’naviy an’analar, uning o’ziga xosligi, afzalliklariga oid adabiyotlarni chop etish, targ’ib qilish maqsadga muvofiqdir – degan fikrga tayanadi.
Avvalgi mavzularda aytilgan mulohazalar va komil inson haqidagi olimlarimiz bildirgan fikr va qarashlarga tayanib, shunday xulosa qilish mumkinki, komil inson tushunchasiga hali mukammal ta’rif berilib, uning mohiyati to’la va uzil kesil yoritilmagan. Zero, xalqimiz tilida «beayib Parvardigor», «Xom sut emgan banda», «Har to’kisda bir ayib», degan hikmatlar yuradiki, bu ma’lum ma’noda «Komillik – faqat Allohga xos» degan aqidani esga olishga ham undaydi. Bu bilan biz komil inson g’oyasi amalda bo’lmagan gap degan xulosadan yiroqmiz. Balki, komillikka erishish o’ta murakkab va mas’uliyatli jarayon ekanligini bu jarayonda inson fitratini tuzatmoq uchun avvalo, baloi-nafsni, xudbinlikni, munofiqlikni, egoizmni, kishilardagi loqaydlikni bartaraf etish zarurligini, bu esa jo’n ish emasligini ta’kidlamoqchimiz, xalos.
Zotan, inson mavjud ekan, u xato qilishga moyilligi, agar uning ma’rifati sayoz, ma’naviyati past bo’lsa, bu hatto fojeaga aylanishi muqarrar. Ana shunday illatlarga mubtalo kishilardan ko’pchilik o’zini olib qochadi, ularga yaxshi odamlarni ibratini singdirish, jamoa mahalla-ko’yni ta’sirini o’tkazish ham qiyin kechadi. SHuning uchun ham Hazrat A.Navoiy:
El qochsa birovdin, el yomoni bil oni,
Ahvolidan idbor nishoni bil oni
Fe’l ichra ulus baloyi jon bil oni
Olam elining yomon-yomoni bil oni, deb bejiz yozmagan.
Umumlashtirib aytganda, komil inson tushunchasiga quyidagicha ta’rif berish mumkin.
Komil inson shunday insondirki, u avvalo dinu-diyonatini mustahkam tutgan, muayyan g’oya va maslakni e’tiqod darajasiga ko’targan, o’zidagi qusurlarni ilm-ma’rifat ne’matlari asosida bartaraf eta olgan, nafs va xoyu-havasni irodasiga tayanib boshqara olgan kishidir.
Bizda qadimdan «Ma’rifatli inson tushunchasi ancha keng ma’noni anglatgan. Unutmasligimiz kerakki, ma’rifat xalqimiz, millatimiz qonidadir. An’anaviy sharqona qarashga ko’ra ma’rifatlilik –bilim, ma’naviyat va go’zal ahloq degani hamdir. Xalqimiz bilimli, komil inson deganda aynan shunday odamlarni ko’z oldiga keltiradi. Milliy meodelimizda komil inson g’oyasiga, uni tarbiyalash masalalasiga alohida e’tibor berilganligi ham ayni ana shu haqiqat bilan bog’liqdir.
Ertangi kunimiz, hayotimizning farovonligi, zamondan orqada qolmaslik, taraqqiy topgan davlatlardan va xalqlardan kam bo’lmaslik, bir so’z bilan aytganda, ertangi istiqbolimiz, barcha ezgu niyatlarimizning amalga oshirilishida, birinchi navbatda, bizning o’rnimizga kelayotgan yosh avlodimizni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashga, voyaga yetkazishga bog’liqdir.
Ma’lumki, tarbiya - inson shaxsi, ma’naviy qiyofasini shakllantirishga qaratilgan tadbirlar tizimidir. Ta’lim esa axloqli, odobli shaxsga hunar o’rgatish, bilim berishdir. Inson shaxsini shakllantirish bilan bog’liq bo’lgan tarbiya va ta’lim bir-biri bilan uzviy bog’langan jarayondir. Abdulla Avloniy ta’lim va tarbiyaning mushtarakligi haqida shunday yozadi: «Dars (ya’ni ta’lim) ila tarbiya orasida biroz farq bo’lsa ham, ikkisi bir-biridan ayrilmaydigan, birining vujudi biriga boylangan jon ila tan kabidir. CHunki dars oluvchi - tarbiya oluvchi, amal qiluvchi demakdir»21.
Inson shaxsi shakllanishida tarbiya ustuvor ahamiyatga ega bo’ladi. Umuman aytganda, tarbiya ta’lim berish jarayonining barcha ma’rifiy majmuasini ham vazifasini ham o’z ichiga oladi. Har qanday ta’lim, tarbiya bilan uyg’unlashgandagina yetuk ma’naviyatga zamin bo’ladi.
Tarbiya, xususan milliy tarbiya haqida so’z borganda, bu tushunchaning mohiyati ustida alohida to’xtab o’tish lozim. Tarbiya so’zi asli arabcha bo’lib, «parvarish qilish, ta’lim berish, o’rgatish» degan ma’noni anglatadi. Tarbiyachi esa yuqoridagi maqsadlarni amalga oshiruvchi shaxsdir. Mukammal tarbiya berish ma’naviy kamolotning barcha jabhalarini rivojlantirish uchun sub’ektiv omil bo’lib, unga asos ham yaratadi SHuning uchun hamma davrlarda ham tarbiyachilar yoshlarni axloqi va odobi, iymoni va vijdoni, bilimi hamda malakasini davr talablari va ehtiyojlari bilan uyg’unlashtirib shakllantirishga harakat qilganlar. SHunga ko’ra, “har qanday tarbiya jarayoni oxir-oqibat, o’z maqsad va mohiyatiga ko’ra g’oyaviy tarbiyadir22.
Sog’lom g’oyaviy tarbiya – yuksak dunyoqarash va e’tiqod tarbiyasini ham anglatadi. SHu o’rinda tarbiya hamda ta’lim beruvchining shaxsiy sifati hamda o’z ishiga fidoyiligi bu masalada g’oyat muhim ekanligini unitmaslik kerak. Bu xususda G’azzoliy shunday yozadi. «SHayxning (tarbiyachining) muridini tarbiyalash kaliti - yerdan ungan ne’matning yaxshi hosil bermog’i uchun dehqon uning atrofini begona o’tlar, tikanlardan tozalagani kabi bir hol»23.
Olimlarning ta’kidlashicha, informatsion yoki psixologik xurujlar ikki muhim ob’ektga zarba berishni maqsad qilib qo’yadi. Bu, birinchidan, kompyuterlar va ma’lumotlar tizimidir, chunki bugun hayotni axborot texnologiyalarisiz, Internetsiz tasavvur qilish qiyin. Ikkinchidan - har birimizning individual ongimiz hamda barchamizga xos bo’lgan va biz amal qiladigan ijtimoiy xatti-harakat normalariga ta’sir alohida e’tiborga olinadi.
Ma’lumotlar asri bo’lgan XX1 asrda psixologik urush va informatsion xurujlar ham ayrim geosiyosiy kuchlar qo’lida o’z gegemonligini o’tkazishning o’ziga yarasha ta’sir vositasi bo’lib bormoqda. Ular aksariyat xollarda yoshlar auditoriyasiga qaratilgan, chunki bunday urushning mohiyati raqibni oson yo’l bilan, qarshiliksiz yengishdir. YA’ni, ma’lumotlar oqimi shunday yetakziladiki, ma’lumotni qabul qiluvchi shaxs qarshilik ko’rsatish bema’ni ish ekanligiga ishonib qoladi. Bundan tashqari, ommaviy axborot vositalari orqali ataylab qarama-qarshi xarakterdagi ma’lumotlar poyma-poy beriladiki, bu ham oxir-oqibat odamlarning ma’naviy idroki susayishiga olib keladi. Demak, bu xarakatlarning barchasi tinglovchi, tomoshabin yoki o’quvchining fikrini o’zgartirishga qaratilgandir.
Dunyoqarashimizga hamoxang tarzda shakllanib borayotgan amaliy hatti-harakatlarimizda yangiliklar shu qadar ko’pki, ularni oxirgi paytda ijtimoiy innovatsiyalar tushunchasi orqali izohlamoqdamiz.
I
Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish