Milliy istiqlol g`oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar



Download 0,63 Mb.
bet1/81
Sana03.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#428026
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
MILLIY ISTIQLOL G


MILLIY ISTIQLOL G`OYASI ASOSIY TUSHUNCHA VA TAMOYILLAR
(FANIDAN MA’RUZALAR MATNI)


1-mavzu. Milliy G’oya fanining predmeti, maqsadI va vazifalari


Ma’ruza rejasi:


1.Milliy istiqlol g’oyasi fani, predmeti, ob’ekti va shakllanishining ilmiy-nazariy asoslari.
2. Milliy istiqlol g’oyasining asosiy tushunchalari va ularning o’ziga xos xususiyatlari.
3. Milliy istiqlol g’oyasining maqsad va vazifalari.
4. Milliy istiqlol g’oyasini o’rganishning asosiy qonuniyatlari.
O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov 2000 yil 8 iyunda «Fidokor» gazetasi muxbiri savollariga bergan javoblarida mafkura dunyosida bo’shliqqa yo’l qo’yib bo’lmasligi, hozirgi paytda ro’y berayotgan ayrim salbiy holatlar, yovuz ishlar, avvalo, mafkuraviy bo’shliq tufayli sodir bo’layotganligini ta’kidlab o’tgan edi. «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» risolasi mazmunini xalqqa, yoshlar tarbiyasi jarayoniga olib kirish bugungi kunning dolzarb masalasi qilib qo’yildi. Bu avvalo 3 jihatni o’z ichiga qamrab oladi:
1) Milliy dasturning asosiy maqsadi barkamol shaxsni shakllan-tirish. Aslida bu Kadrlar tayyorlash Milliy dasturining ham ustuvor jihatidir.
2) Milliy dastur maqsad va vazifalarining amalga oshirilishi huquqiy davlat qurish, tafakkur va munozara madaniyatini rivojlantirish, shaxs ichki dunyosini boyitishdan iboratdir.
3) Milliy istiqlol g’oyasini ijtimoiy ong sifatida shakllantirishni davr taqozo etmoqda.
SHuningdek, Prezident Islom Karimov «Jamiyatni baxt-saodatga, buyuk va yorug’ kelajakka boshlab boruvchi yagona kuch - ma’naviyatdir» - degan edilar. Aql-zakovatli, yuksak ma’naviyatli kishilar tufayli jamiyat yangilanib, kuchayib, taraqqiy topib boradi. YOshlar ongida g’oyaviy bo’shliq paydo bo’lishiga yo’l qo’ymaslik, ularni milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash va Vatanimiz ravnaqiga xizmat qiladigan barkamol avlodni voyaga yetkazish bugungi kunning eng dolzarb vazifasidir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi «O’quv dasturlari, darsliklar va o’quv qo’llanmalarni qayta ko’rib chiqish va yangilarini yaratish bo’yicha respublika muvofiqlashtirish komissiyasi» kengaytirilgan majlisining 2000 yil 30 sentyabrdagi «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar fanini uzluksiz ta’lim tizimiga joriy etish haqida»gi Qaroriga ko’ra 2000-2001 o’quv yilining 2-choragidan e’tiboran umumiy o’rta ta’lim muassasalarining o’quv rejasidagi 7-9-sinflar uchun «Ma’naviyat asoslari» o’rniga «Milliy g’oya va ma’naviyat asoslari» o’quv fani joriy etildi. 2000 yil 9 oktyabrda Xalq ta’limi, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirliklari bu masalani yana bir bor ko’rib chiqib uni hayotga joriy qilish uchun zaruriy ishlarni belgilab oldilar.
2001 yil 18 yanvarda O’zbekiston Prezidentining «Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar» fani bo’yicha ta’lim dasturlarini yaratish va respublika ta’lim tizimiga joriy etish to’g’risida»gi Farmoyishi qabul qilindi1. SHuningdek, 2006 yil 25 avgustda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «Milliy g’oya targ’iboti va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish to’g’risida»2 qarori qabul qilindi.
Qarorga binoan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashi huzuridagi Milliy mafkura ilmiy targ’ibot markazi o’rniga Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining ilmiy-amaliy yo’nalishda faoliyat olib boradigan, davlat byudjeti hisobidan moliyalashtiriladigan Milliy g’oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tashkil etildi. YA’ni Respublika «Ma’naviyat va ma’rifat» markazi Respublika Ma’naviyat va ma’rifat kengashining amaliy targ’ibot yo’nalishida faoliyat olib boradigan Respublika targ’ibot markaziga aylantirildi.

Milliy g`oyaning vazifalari


Milliy istiqlol g`oyasi odamlarni ezgu g`oyalarga ishontrish, ularni uyushtirish, olijanob maqsadlar sari safarbar etishda ma’naviy-ruhiy jihatdan ulkan ahamiyat kasb etadi. CHunki xalqninng ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalari va faoliyat ko`rstaishga shayligi uning harakat kechinmalari va faoliyat ko`rsatishga shayligi uning harakat dasturi bo`lgan umummilliy g`oyaga ishonchi bilan belgilanadi. Ana shunday ishonch jamiyat a’zolarida mustahkam e’tiqodni shakllantirib, ularni yanada jipslashtiradi, mamlakat fuqarolarini Vatan manfaatlari bilan uyg`unlashtirishga chorlaydi.
Bunday mutahkam e’tiqodga ega bo`lgan va komil ishonch asosida o`z hayot yo`lini aniq belgilab olgan inson yot va zararli g`oyalar ta’siriga aslo berilmaydi, o`tkinchi qiyinchiliklarga bardosh beradi. Unda g`oyaviy iroda mustahkam bo`ladi. SHu ma’noda, milliy istiqlol g`oyasi ham xalqimizning yangi jamiyat qurish borasidagi xarakat dasturi desak, mubolag`a bo`lmaydi.
Milliy istiqlol g`oyasining maqsad va vazifalari umuminsoniy qadriyat ustuvorligi tamoyiliga to`la-to`kis mos keladi. Ular mamlakatimizning jahondagi ilg`or davlatlar tajribasi asosida mafkuraviy jarayonlarda fikrlar xilma-xilligi va qararshlar rang-barangligi (plyuarizm), demokratik erkinliklar va inson huquqlarini saqlashga doir xalqaro andozalarga hamohangligi bilan ham katta ahamiyatga ega. SHu ma’noda milliy istiqlol g`oyasining maqsad va vazifalari umubashariy tamoyillar, mintaqaviy jarayonlar va milliy manfaatlar o`rtasidag o`zaro aloqadorlikni o`zida aks ettiradi, shu bilan birga, alqimizning iroda-intilishlarini namoyon etuvchi samarali tizimga aylanadi.
Mustaqillik yillarida jamiyatimiz a’zolarining dunyoqarashi, fikrlash tarzida teran o`zgarishlar ro`y berdi. Xalqimizni birlashtiradigan, bunyodkorlik faoliyatiga safarbar etadigan, uning ezgu maqsadlari va hayotiy manfaatlarini o`zida ifodala digan milliy g`oya va mafkurani yaratish ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy taraqqiyotimizning muhim sharti bo`lib qoldi. Prezidentimiz Islom Karimov ta’kidlaganidek, “Oldimizga qo`ygan olijanob maqsad-muddaolarimizga yetish, eski mafkuraviy asoratlardan batamom xalos bo`lish, g`oyaviy bo`shliq paydo bo`lishiga yo`q qo`ymaslik,begona va yot g`oyalarning xurujidan himoyalanish, banday tajovvuzlarga qarshi tura oladigan har tomonlama barkamol insonlarni voyaga yetkazish zarurati xalqimiz va jamiyatimiz manfaatlariga mos yangi mafkurani shakllantirishni taqozo etmoqda”[1]Mafkuraning maqsadlari bo`lishi tabiiyyu chunki, har qanday mafkura o`z oldiga muayyan maqsadni qo`yadi. Bu maqsadlar irovard natijaga erishishning yo`llari, vosita va usullarini belgilaydi. Mafkuraning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- Odamlarni muayyan g`oyaga ishontirish;
- SHu g`oya atrofida uyushtirish;
- G`oyani amalga oshirish uchun safarbar etish;
- Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan rag`batlantirish;
- 0oyaviy tarbiyalash;
- Harakat dasturi bo`lish.
Quyida milliy istiqlol g`oyasi nuqtai nazaridan mafkuraning ana shu xususiyatlarining mohiyati va mazmuni bilan qisqacha tanishamiz.
1. Odamlarni muayyan g`oyaga ishontirish. Mfkura g`oyalar sistemasi sifatida biror bir g`oyani targ`ib etish, kishilarni shu g`oyanng to`g`ri, hayotiy va ilg`or ekanligiga ishontirishni o`z oldiga maqsad qilib qo`yadi.
Demokratik jamiyatda amal qiladigan pyuralizm (fikrlar, qarashlar rang-barangligi) kishilarga o`z ayotiy manfaatlarni, maqsad va intilishlarini aks etiradigan ilg`or g`oyani tanlash, himoya qilish va rivojlantirish imkonini beradi.
Milliy istiqlol g`oyasining shakllanishini tahlil qilish jamiyatda biron bir g`oyaning to`g`ri, ilmiy va hayotiyligiga ishonch hosil qilish o`z-o`zidan ro`y bermasligini ko`rsatadi. Mafkuraga ishonch uyg`otish, unda aks etgan g`oyalar ta’sirida odamlarni safarbar etish funksiyasi muayyan shaxslarning faoliyati orqali ro`yobga chiqadi. CHunki, ishontirmoq – kishilarning ruhi, kayfiyati, hissiy kechinmalari, qalbi va shuurirga ta’sir qilsoqdir. Bu vazifani amalga oshiruvchi kishilardan yuksak insoniy fazilatlar, o`z g`oya yo`lida fidoyilik, bilim, malaka, nutq, mahorati va boshqalar talab etiladi.
Fuqarolarni uyushtirish Insonlarni g`oyaviy tarbiyalan
Dunyoqarashlikka safarbar etish Fuqarodarga qarshi zarur immunitetni shakllantirish
Jamiyatni isloh qilishning harakat dasturiga aylanishi Jamiyat a’zolarini yangi yutqlarga erishishda ma’naviy rag`batlantirish
Turli xalqaro va millatlararo demokratik jamiyat qurish ishlariga safarbar etish, ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurishga erishishga tayyorlash
Keng xalq ommasini biron bir g`oyaning ilg`or va insonparvar ekanligiga ishontirmoq uchun, avvalo, mazkur g`oya xalq hayotiga yaqin, bevosita daxldor bo`lishi, ikkinchidan, uni odamlar ongiga yetkazishning eng qulay voita va usullarini aniqlab olish kerak bo`ladi.
Mustaqillik g`oyasining o`zagi bo`lgan – tanlagan taraqqiyot yo`limizning to`g`ri, adolatli va haqqoniy ekanligiga, u mana shu zaminda istiqomat qiladigan har bir insonning hayotiy manfaatlariga mos tushishiga keng ommani ishontirish, kishilarni ozod va obod Vatan, arkin va farovon hayot barpo etish yo`lidagi bunyodkorlik ishlariga safarbar etish milliy istiqlol mafkurasining asosiy maqsadlaridan biridir.
Mafkuraviy targ`ibot ishlarining muvaffaqiyatini belgilaydigan shunday hayotiy qonuniyat bor: boshqallarni bir g`oyaga ishontirmoq uchun, aavlo, unga o`zing yurakdan ishonishing, boshqalarni yondirmoq uchun o`zing yonishing, boshqalarni g`aflat uyqusidan uyg`otmoq uchun o`zng uyg`oq va bedor bo`lishing shart! Milliy g`oyaning xalqparvar, taraqqiyparvar ekanligiga bo`lgan ishonch kundalik hayot sinovlaridan o`tsagina, so`z va ish birligiga erishsagina, bu g`oya mustahkam e’tiqodga aylanadi. E’tiqod ustuvor yerda chinakam insoniy hayot bo`ladi; e’tiqod uchun, ilg`or g`oya tantanasi uchun kurash jarayonida inson shaxsi shakllanadi; u bunyodkor kuchga aylanadi.
2. G`oya asosida kishilarn uyushtirish. Jamiyat faqat o`z shaxsiy manfaatini ko`zlaydgan odamlar yig`indisidan iborat emas. Umumiy manfaatlarni teran aynglash kishilarning jamiyat kishilarning jamiyat bo`lib uyushishlariga, ijtimoiy talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo`ladi. Bu, ayniqsa, hozirgi o`tish davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo`lida birlashtirish mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir.
O`zining Vatan deb atalmish ulug` bir oilaga mansubligini his etish tuyg`usi o`z-o`zidan paydo bo`lmaydi, balki muttssil va izchil tarbiya samarasi o`laroq, yuzaga keladi. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat xislatlari uzluksiz ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning mahsuli bo`lgani kabi, jamiyatning g`oya xilma-xil qatlamlarini umumiy manfaatlar atrofida jipslashtirish, odamlar o`rtasida hamjihatlik, totuvlik, o`zaro yordam xislatlarini shakllantirish ham izchil tarbiya vositasida amalga oshirila. SHu ma’noda aytish mumkinki, milliy istiqlol g`oyasi kishilar ongiga teran singishi bilan ular umumiy maqsad sari intiluvchi mslakdoshlarga aylanadilar.
3. G`oyani amalga oshirish uchun safarbar etish. Mafkuraning bunyodkorlik funksiyalaridan biri ilg`or g`oyani amalga oshirish uchun kishilarni safarbar etishdir.
Mafkurada ifoda etilgan g`oya va maqsad jamiyatdagi ko`plab partiyalar, ijtimoiy harakat va tashkilotlarning faoliyati dasturiga asos bo`ldi, ijtimoiy rivojlanshga kuchli turtki beradi. U jamiyatda ro`y beradigan tub o`zgarishlarga zamin yaratadi, unga keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan tayyorlaydi, so`ngra bunyodkorlik ishlariga safarbar etadi.
Jahon tarixida bunga misollar juda ko`p. Bunyodkor mafkuranng safarbar etuvchi roli tub ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlarda, jamiyat hayotidagi ma’naviy o`zgarishlarda yaqqol ko`zga tashlanadi. Buni xalqlarning chet el bosqinchilariga qarshi kurashida, turli bunyodkorlik ishlarida, chunonchi hashar yo`li bilan suv inshootlari, ko`priklar, yo`llar, shahar va qishloqlar qurishdaig umumiy safarbarlik ishlarida ko`rish mumkin.
Jamiyatda trli sosial guruhlar, sinflar, qatlamlar mafkura asosida siyosiy-ijtimoiy jarayonlarga o`z munosabatlarini belgilaydilar. Biroq, mafkuraning safarbar etuvchilik xususiyai sosial o`zgarishlar jarayonida doim ham ko`zga aniq tashlanavermaydi, balki, tub ijtimoiy o`zgarishlar davrida yaqqolroq namoyon bo`ladi. Masalan, mamlakat mustaqilligi va yaxlitligiga tahdid soladigan mafkuraviy xavf-xatarlar kuchaygan paytlarda kishilarni Vatan istiqloli, ravnaqi yo`lida jipslashtirish va safarbar etishda milliy mafkura muhim rol o`ynaydi.
Siyosiy kurashlar davrida aholining juda oz qismini va tor doiradagi manfaatlarni ko`zlovchi, buzg`unchilikni maqsad qilib olgan mafkuralar ham dunyoga kelishi mumkin. Bunday mafkuraga ega bo`lgan gurular bilan aholining asosiy qismini tashkil etuvchi guruh va sinflar o`rtasida mafkuraviy masalalarda turli ixtiloflar kelib chiqadi. Zero, Prezidentimiz ta’kidlagani kabi: “Xalq – o`zining ming yillik an’ana va tajribalari, so`nmas xotirasi va buyuk tuyg`lari bilan yashab kelayotgan qudratli kuch. yolg`onga, aldovga duch kelgan paytda uning asriy qadriyatlari, doimo uyg`rq vijdoni tilga kiradi, nahaqlikka, qabihlikka, qarshi kurashga da’vat etadi”[2]Mafkuraning safarbar etuvchilik funksiyasi, ayniqsa, mafkuraviy kurashlar jarayonida to`laroq namoyon bo`ladi. Zero, mafkuraviy ziddiyatlar keskinlashgan davrda maqsadga erishishning qo`pol vositasidir, xususan bosqinchilik, terror, qo`poruvchilik, inqilobiy usullar ishga solinishi mumkin. Bu – mafkuraviy kurashning o`ta qo`pol va g`ayriinsoniy usullari bo`lib, ularga qarshi turashda sobitqadamlik, bardosh, sabot va faollik talab qilinadi.
Bu jarayonda bunyodkorlik g`oyalari bilan qurollangan keng xalq ommasining ideallari, manfaatlarini o`zida mujassamlashtiruvchi mafkuragina insonparvarlik, taraqqiyparvarlik tamoyillari asosida mamlakat, xalq taqdirida ijobiy ahamiyatga ega bo`ladi, kishilarni ezgu ishlarga da’vat etadi.
4. Kishilarni ma’naviy-ruhiy jihatdan qo`llab-quvvatlash. Mafkura taraqqiyotning eng og`ir, murakkab davrida, ayniqsa bir jitimoiy-siyosiy tuzumdan yangisiga o`tish jarayonida keng xalq ommasini ma’naviy-ruhiy jihatdan qo`llab-quvvatlaydi, ularda kelajakka ishonch tuyg`ularini uyg`otishga xizmat qiladi. Ana shu sababdan ham chinakam milliy mafkura bo`lgan istiqlol g`oyasi o`zining jozibasi bilan kishilarni o`z kuchiga ishonishga, istiqbolga umid bilan qarashga da’vat etadi. Ana shu sabbadan ham chinakam milliy mafkura bo`lgan istiqlol g`oyasi o`zining jozibasi bilan kishilarni o`z kuchiga ishonishga, istiqbolga umid iblan qarashga da’vat etadi. Unda xalq fantaziyasi, orzu-umidlarining qay darajada aks etishi ham muhim ahamiyatga ega. CHunki, to`q, farovon va baxtli hayot qurish, ijtimoiy adolatni qaror toptirish, millatlararo totuvlik, tinchlik, do`stlik yer uzidagi barcha xalqlarning azaliy orzusidir. Demak, milliy istiqlol mafkurasining hayotiyligi, ta’sirchanligi xalq orzu-umidarini nechog`li to`la va yorqin aks ettirishi, ularni ro`yobga chiqarishning yo`llari va vositalarini qay darajada to`g`ri belgilanishiga bog`liqdir.
Zero, jamiyat a’zolari milliy istiqlol mafkurasida o`z hayotiy manfaatlari, orzu-umidalari ifodasini ko`rsagina odamlarni ruhan bardam, uyg`oq va faol qila oladigan kuchga aylanadi.
5. G`oyaviy tarbiyalash. Jamiyatdagi mavjud g`oyalarga faol munosabat, faol hayotiy pozisiyani tarbyalash mafkuraning yana bir muhim maqsadidir. G`oyaviy tarbiya axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiyaning asosini tashkil etadi. Har qanday axloqiy, siyosiy, huquqiy tarbiya muayyan g`oyani himoya qilish, targ`ib etish va rivojlantirishga qaratilgan bo`ladi. Xususan, yovuzlik, behayolik, shafqatsizlikni targ`ib etish orqali yoshlarni axloqiy jihatdan buzishga qaratilgan badiiy falmlarda jamiyat barqarorligiga rahna solishdan iborat mafkuraviy maqsad yashiringandir. “Ongi shakllanib ulgurmagan aksariyat yosh tomoshabinlar bunday filmlardan ko`pincha turli yovuzlik, yirtqichlik, shafqatsizliklarni o`rganadi, xolos. Natijada ularning diydasi qotadi, qarbidan toshbag`irlik, zo`ravonlik, axloqsizlik kabi illatlar joy olganini o`zi ham sezmay qoladi. Xatto shunday tomosha va filmlarning qahramonlariga ko`r-ko`rona taqlid qilishni istaydigan yigit-qizlar ham topiladi. CHunki ular bunday uydirma talqinlar ta’sirida qo`l urayotgan ishi qanay ayanchli oqibatlarga olib kelishini tushunib yetmaydi”[3]Binobarin, g`oyalar oshkora yoki yashirin, bevosita yoki bilvosita, to`g`ridan-to`g`ri yoki ramziy ashkllarda targ`b etilishi mumkin. Inson faoliyati aniq bir g`oyaviy maqsadga yo`naltirilgan bo`lib, bu niyat ko`pincha ko`zga tashlanmaydi. G`oyaviy tarbiyaning asosiy maqsadi kishilrda hushyorlik, yezgirlik hissini shakllantirish, yot va zararli g`oyalarga qarshilik ko`rsatish qobiliyatini shakllantirshdan iboratdir.
6. G`oyaviy immunitetni shakllantirish. G`oyaviy tarbiya jarayonida kishilarda yot va zararli g`oyalarga qarshi kurashish uchun mafkuraviy immunitetni shakllantirishga alohida e’tibor beriladi. Bu uzoq davom etadigan jarayondir.
Mafkuraviy immunitetni shakllantirish kishilar ongiga br xil g`oyani zo`r berib tiqishtirish emas, balki odamlarda oq-qorani ajratish, zararli g`oyalarga qarshi hushyor va ogoh bo`lish xususiyatlarini tarbiyalash demakdir.
Manfaatlar bor yerda muqarrar g`arazli, nopok g`oyaviy niyatlarni amalga oshirish uchun intilishlar ham bo`ladi. yoshlarda mafkuraviy immunitetni tarbiyalashda ijtimoiy fanlar muhim rol o`ynaydi. G`oyaviy immunitetni shakllantirish – g`oyaviy-tarbiyaviy ish samaradorliginining muhim mezoni hisoblanadi.
7. Harakat dasturi ekanligi.mafkura jamiyatda ijtimoiy-siyosiy harakatning o`ziga xos dasturialamali bo`lib xizmat qiladi. CHunki u bugungi kun muammolarini hal etish uchun odamlarni jipslashtirish va safarbar etish zaruriyatidan vujudga kelsa-da, ayni vaqtda uzoq itiqbolni ko`zlaydi. Tarixiy davr o`zgarishi bilan milliy mafkurani yanada takomillashtirish, yangi mazmun bilan boyitish zaruriyati vujudga keladi.
Insoniyat taraqqiyotga intilar ekan, ugda bunyodkorlik hissi mavjud ekan, ilg`or g`oyalar dunyoga kelaveradi. Bosqinchilik, talonchilik intilishlari buzg`unchilik g`oyalar ta’sirida yuzaga chiqadi. SHu boisdan ham bunday zararli g`oyalarga qarshi kurashga doiml tayyor turish, yot g`oya va mafkuralardan ogoh bo`lish hayotiy zarurat bo`lib qolmoqda.
Mamlakatimizning ko`pmillatli xalqi ongida “O`zbekiston-yagona Vatan” degan tushunchani qaror toptirish istiqlol mafkurasining muhim vazifalalridan biridir. Bunda “YAgona Vatan” g`oyasi o`zining tub mohiyati bilan milliy mustaqilligimizga putur yetkaziladigan mahalliychilik, oshna-og`aynichilik illatlarini tag-tomiri bilan yo`qotishda, yurtimizda istiqomat qilayotgan turli xalq va millat vakillarida yagona vatan farzandi ekanligi bilan faxrlanish tuyg`usini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi va xalq farovonligi uchun fidoyilik iymon-e’tiqodli ajdodlprimizdan bizgacha yetib kelgan buyuk merosdir. CHut el bosqinchilairga qarshi sabot-matonat bilan kurashgan SHiroq, To`maris, Jaloliddin Manguberdi, Temur Malik singari ulug` sarkarda va xalq qahramonlarining jasorati bugungi kunda ham vatandoshlarimizda faxr va g`ururlanish tuyg`usini kuchaytiradi. Mustabid tuzum qatag`onlarining qurboni bo`lgan Fitrat, CHo`lpon, Abdulla Qodiriy, Usmon Nosir va boshqalalrning jasorati el-yurtimiz mustaqilligi, ozodligi yo`lidagi fidoyilikning yorqin namunasidir. Xalqimiz ongiga iymon-e’tiqod, halollik, insof-diyonat, mehnatsevarlik, sahiylik fazilatlarini singdirish milliy istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir.
Milliy mafkura asosida amalga oshiriladigan barcha vazifalalr oxir-oqibatda yagona maqsadga – Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlag, brtimizni ozod va obod etish, farovon jamiyat qurish uchun xizmat qiladi. Bu mafkuraning quyidagi muhim xususiyatlarini ajratib ko`rsatish mumkin:
1) O`zbekiston xalqining tub manfaatlarini ifoda etish. Prezident Islom Karimov bu muhim xususiyat to`g`risida: “Har qanday inson, tabiiyki, murod-maqsadsiz yashamaydi. Binobarin, toki hayot mavjud ekan, mamlakatlar, davlatlar va ularning manfaatlari bor ekan, ular o`z taraqqiyot yo`lini, ertangi ken ufqlarini o`zining milliy g`oyas, milliy mafkurasi orqali belgilab olishga intiladi... Mafkuraning hayotiyligi uning xalq tabiatiga, turmush va tafakkur tarziga nechog`lik mos bo`lishi, eng muhimi, jamiyatning milliy manfaatlarini, orzu-intilishlvrini qay darajada aks ettirishi bilan belgilanadi”[4]- deb yozadi.
Milliy mafkura xalqning maqsd va intilishlarini ifoda etadi, xalq ruhini o`taradi, uni ezgulik va bunyodkorlik ishlariga da’vat etadi,jamiyat duch kelgan muammolar yechimnm topishga yordam beradi.
2) O`tmishni kelajak bilan bog`lovchi ma’naviy ko`prik ekanligi. Milliy mafkura bir necha avlodlarning aql-zakovati bilan yaratiladi, u keyingi avlodlar tomonidan yangi mazun bilan boyitib boriladi. Ajdodlar bilan avlodlar o`rtasidagi vorislik milliy mafkurada o`z aksini topadi. CHunki unda ajdodlarning asriy orzu-umidlari mujassam bo`ladi. Milliy mafkura o`ziga xos estafeta sifatida bugungi avlodni ajdodlpr bilan bog`laydi, milliy qadriyat sifatida e’zozlanadi. Milliy mafkurainng hayotiyligi millatning faolligidan dalolat beradi. Prezidentimiz so`zari bilan aytganda, milliy mafkura xalqning xalq, millatning millat bo`lishida muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. SHu ma’noda “Jahon tajribasiga nazar tashlasak, millatnnig millat bo`lishida muhim vosita bo`lib xizmat qiladi. SHu ma’noda “Jahon tajribasiga nazar tashlasak, millatning mafkurais bor emas, balki bir necha avlodning umri davomida ishlab chiqilishi va takomilga erishuviga guvoh bo`lishimiz mumkin.
3) Milliy mafkurning yana bir muhim xususiyati kishilarni buyuk maqsadlar sari birlashtiruvchi va safarbar etuvchi kuch ekanligidadir. Tarixning muayyan bosqichlarida chet el bosqinchilariga qarshi kurash. Vatan mustaqilligi uchun kurash, el-yurtni obodanlashtirish g`oyasi jadodlarimizni ezgu maqsadlar atrofida bir tan-bir jon bo`lib birlashishiga da’vat etgan. Bunga, 20-yillarda o`lkamizda keng quloch yoygan milliy ozodlik harakati misol bo`lishi mumkin.
4) Milliy mafkura jamiyat a’zolari bunyodkorlik faoliyatining o`ziga xos mezonidir. Xalqning intelektual – ma’naviy salohiyati milliy istiqlol g`oyalarini qay darajada hayotga tatbiq eta olishida, ajdodlar orzu-umidini qay darajada ro`yobga chiqara bilishida yaqqol namoyon bo`ladi.
5) Milliy mafkurainnig yana bir muhim xususiyati kishilarni yaratuvchan faoliyatga safarbar etishi, g`oyaviy hisoya vositasi ekanligini bilan belgilanadi.
6) Milliy mafkurani yosh avlodni tarbiyalashning beqiyos omilidir. CHunki, u “xalqning, millatning o`tda yonmaydigan, suvda cho`kmaydigan o`lmas e’tiqodidir”. (I.Karimov)
Milliy g`oya yoshlar hayotining ma’nosi va mazmunini belgilaydi, millat, Vatan ravnaqi, buyuk kelajakni barpo etish uchun yashash va kurashsh chinaam insoniy saodat ekanligini yaqqol ko`rsatadi. Mustaqil fkirga ega bo`lgan, o`z kuchiga, o`zi tanlagan yo`lning to`g`riligiga ishongan inson porloq kelajakka dadil intilish bilan yashaydi. U jamiyatdagi fikrlarxilma-xilligidan cho`chimaydi, balki zamonaviy bilim va hayot haqiqatiga suyangan holda har qanday g`arazli niyat, tahdid va nitilishlarni fosh qilishga qodir bo`ladi.
Xullas, milliy istiqlol g`oyasi o`zining eng oliy maqsadi, vazifalai va xususiyatlairga ega. Uning oliy maqsadi yurtimizda ozod ap lbld Vatan, erkin va farovon hayot, huquqiy demokratik davlat va fuqarolik daiyatini barpo etish yo`lida xalqimizni jipslashtirish, kiishlar ongida mustaqil dunyoqarash va ogohlik hissini kamol toptirish, komil insonni voyaga yetkazish, fuqarolarimida mafkuraviy immunitetni tarbiyalash bilan uzviy bog`liq bo`lib qolaveradi.
Milliy g`oyaning bosh maqsadi.
.“G`oya” tushunchasi ma’lumki, inson o`zinnig aql-zakovati iymon-e’tiqodi va ijodiy mehnati bilan boshqa barcha tirik jonzotlardan farq qiladi. Falsafaning azaliy qoidalaridan biri – til va tafakkur birligidir – Tilning eng birlamchi mahsuli so`z bo`lgani kabi, tafakkurning dastlabki shakli tushunchadir.
Mafkura esa muayyan ijtimoiy guruh, ijtimoiy qatlam, millat, davlat, xalq va jamiyatning ehtiyojlari, maqsad va muddaolari,orzu intilishlari hamda ularni amalga oshirish tamoyillarini o`zida mujassam etadigan g`oyalar tuzilishidir.
Inson tafakkur voqelikni idrok etish mobaynida turli fikrlar, qarashlar, g`oyalar va ta’limotlar yaratadi. Lekin tafakkur yaratgan har qanday fikr yoki qarash, mulohaza yoki nuqtai nazar g`oya bo`la olmaydi. Faqat eng kuchli, ta’sirchan, zalvorli fikrlargina g`oya bo`la olishi mumkin.
Ilmiy adabiyotlarda “g`oya”, “mafkura”, “ideya” va “ideologiya” tushunchalari ishlatilmoqda. Ideya va ideologiya ko`proq G`arb davlatlarida hamda rus tilidagi manbalarda uchraydi. Ideya iborasi on yunon tilidagi idea so`zidan olingan, u ideologiya so`zining o`zagi bo`lib hisoblanadi va tushuncha yoxud fikr ma’nosini anglatadi.
Ideologiya (Idea - g`oya, tushuncha, logia – ta’limot) atamasi esa g`oyalar to`g`risidagi ta’limotni anglatadi va ikki xil ma’noda ishlatiladi:
- G`oyalarning mohiyat-mazmuni shakllanishi, ahamiyati to`g`risidagi bilimlarni ifodalaydi va ilmiy soha bo`lib hisoblanadi.
- Muayyan g`oyani amalga oshirish, maqsadga yetish usullari, vositalari, omillari tizimini anglatadi.
G`oyalarning oddiy fikrlardan farqi yana shundaki ular garchi tafakkur paydo bo`lsada , inson ruhiyatiga,xatto tub qatlamlariga ham singib boradi. G`oya shunday harakatga keltiruvchi maqsad sari yetaklovchi ruhiy-aqliy kuchga aylanadi.
Tafakkurning mahsuli sifatida g`oya tevarak olamni o`rganish, bilig jarayonida vujudga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllar –ilm – fan, din, falsafa, san’at va badiy adabiyot, axloq, siyosat va huquq – muayyan bir g`oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi. Ma’lum ma’noda aytish mumkinki, har bir ong sohasining o`z g`oyalari mavjud bo`ladi.
Mazmuni va namoyon bo`lish shakliga qarab, g`oyalarni bir qancha turlarga ajratish mumkin.
- Ilmiy g`oyalar;
- Falsafiy g`oyalar;
- Diniy g`oyalar;
- Badiiy g`oyalar;
- Ijtimoiy – siyosiy g`oyalar;
- Milliy g`oyalar;
- Umuminsoniy g`oyalar va hokazo.
Xullas, insoniyat tarixi xilma-xil va mafkuralarining vujudga kelishi, amaliyoti bir – biri bilan munosabatidan iborat uzluksiz jarayondir.
Milliy g`oya. Milliy istiqlol g`oyasi O`zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobanyida intilib kelgan orzu-ideallarini, olijanob maqsad muddaolarini o`zida mujassam etadi. SHunday ekan milliy g`oyaning o`zi nima?
Milliy g`oya – millatning o`tmishi, buguni va istiqbolini o`zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtiomiy g`oya hisoblanadi.
Millat g`oya o`z mohiyatiga ko`ra, xalq millat taqdiriga daxldor bo`lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak bo`lgan, qisqa yoki uzoq muddatda hal etilishi kerak.
U yoki bu g`oyaning illiy g`oya sifatida maydonga chiqishi millatning o`tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog`liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan hodagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo`lgan maqsad – muddaolari va mo`ljallarini to`g`ri ifodalay olishi mumkin. Tom ma’noda milliy g`oya oxir oqibat ozmi-ko`pmi insoniyat taqdirligicha ta’sir qiladi. SHu ma’noda, har qanday milliy g`oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo`ladi. Ammo aniq bir millat yoki umidman insoniyat uchun ahamiyatni bo`lgan g`yaolar ham bor. Aytaylik, “Milliy yarash” g`oyasi fuqarolar urush ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo`lsa, “Manfaatli hamkorlik” g`oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o`z tarixinnig burilish nuqtalarida, avval mafkura masalasini ,uning o`zlarini tashkil etadigan,o`ziga xos o`q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o`taydigan ijtimoiy g`oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.
Har qanday mafkura muayyan maqsadlarga xizmat qiladi, bu yo`lda xilma-xil vazifalarni bajaradi. Ma’lumki, mafkuraning asosiy maqsad va vazifalari quyidagilarda namayon bo`ladi:
- odamlarni muayyan g`oyaga ishontirish;
- shu g`oyani atrofida uyushtirish;
- kishilarni ma’naviy – ruxiy jihatdan rag`batlantirish;
- g`oyaviy tarbiyalash;
- g`oyaviy immunitetni shakllantirish;
- harakat dasturi bo`lish.
Malakatimiz uchun milliy g`oya haqidagi masalaning bugungi amaliy ahamiyati shundaki, biz o`tish davrini boshdan kechirmoqdamiz. Aynan shunday paytda aholining turli qatlamlari manfaatlarini himoya qiluvchi mafkuralarning shakllanishiga sharoit tuzilishi mumkin.
regulyativ kommunikativ
tarbiyaviy
bilish g`oyaviy bandlik
normativ qadriyatli himoya
safarbar etish, yo`naltirish
Qadimgi xoqonardan birinnig yurtiga qo`shni podshodan elchi kelibdi. U shunday debdi: “shohimizning amri shuki, agar hoqon o`zining eng sevimli tulporini bizga in’om qilmasa, yurtinigga urush e’lon qilamiz”. Elchining bu gaplarini vazir xoqonga yetkazibdi. Xoqon, mayli yurtimning tinchligi uchun sevimli tulporimdan voz kecha qolay, deb tulporni berib yuboringlar, deya buyruq qilibdi. SHu tariqa yurtning tinchligi va osoyishtaligi bir oz vaqt saqlanib qolibdi. Bir muncha vaqtdan so`ng o`sha podshodan yana elchi kelibdi va bu safar haqonning sevimli kanizagini talab qilibdi. Hoqon yurt tinchligi yo`lida kanizagini ham xadya qilib yuboribdi. Uchinchi safar yana elchi kelibdi. Uning muddaosini vazir hoqonga shunday bayon qilibdi: “SHohim, yurtimizning qarovsiz burchagida ozgina toshloq joy bor edi, bu safar qo`shni podsho o`sha yerni berishimizni talab qilmoqda. Keling, shu tashlandiq joyni berib yuboraylik, shu bilan xalqimizning tanchliginiyaa saqlab qolamiz.” Bu gapni eshitgan hoqon: “Yo`q!” – debdi keskin: “Endi urush qilmasak bo`lmaydi. Tulpor va kanizak shaxsan menga tegishli edi, shu sababli ularni osonlikcha berib yubordim. Ammo Vatanimiz sarxadlarining har bir qarichida shu choqqacha o`tgan ota-bobolarimizning,biz bilan hozir yashayotgan vatandolarimizning va kelgusida tug`ilajak farzandlarimiz, nevara-chevaralarimizning haqqi bor. Ularning haqqini o`zgaga berib yuborishga hech birimizning haqqimiz yo`q. Vatanning har bir qarich yerini saqlab qolish uchun endi urushga boriimizga to`g`ri keladi. Xalqni safarbarlikka otlantur!” ko`rinib turibdiki har bir qarichni e’zozlash falsafasining ildizi mujassamdir.
Milliy mafkura jamiyatdagi barcha sosial qatlamlar va guruhlarning umumiy harakat dasturi, ularni faollikka da’vat etuvchi vosita hisoblanadi. Mafkuraviy maqsad – g`oyaviy faoliyatni amalga oshirishdan qutiladigan ideal natijasidir. Maqsadni aniq-ravshan idrok etish inson va jamiyat faoliyatiga izchillik, sobitqadamlik va faollik bag`ishlaydi. Milliy istiqlol mafkurasining oliy maqsadi – Vatanimiz ravnaqi, yurtimiz tinchligi va xalq farovonligi g`oyalariga tayangan holda xalqimizni mustaqillikni mustahkamlash, O`zbeksitonning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etishdir.
Istiqlol g`oyasining xalqimiz qalbiga yo`l topishi, mamlakatdagi mavjud buyuk intelektual salohiyatni Vatan ravnaqi, yurt tinchligi va xalq farovonligiga erishish uchun safarbaar etish milliy mafkura oldiga qo`yiladigan asosiy maqsaddir. SHuni ham inobatga olish zarurki, xalqni faqat olijanob va ilg`or g`oyalargina emas, balki Vatan mustaqilligi va hududiy yaxlitligini xavf otida qoldiradigan turli ko`rinishlardagi mafkuraviy tazyiqlarga qarshilik ko`rsatish zaruriyati ham jipslashtiradi. Milliy istiqlol mafkurasi, bir tomondan, O`zbekiston zaminida kelajagi buyuk, farovon jamiyat barpo etish uchun xalqimiz kuch-quvvatini jipslashtirishni, xalq irodasini bunyodkorlik ishlariga safarbar etishni, ikkinchi tomondan esa, milliy mustaqilligimizni jiddiy xavf solayotgan fkuraviy tahdidlarga zarba bera oladigan mard, jasur, vatanprvar avlodni tarbiyalashni ko`zda tutadi.
Gup shundaki, mamlakatimizning bunday keyingi rivojlanish istiqbollarni ko`p jihatdan xalqimiz irodasini milliy mafkura atrofida nechog`li jipslashtirishga, xalqimizning vatanparvarlik, insonparvarlik, taraqqiyoparvarlik fazilatlarini yanada rivojlantirishga bog`liq. Prezident Islom Kariov ta’kidlaganidek, “endilikda yadro maydonlarida emas, mafkura maydonlarida bo`layotgan kurashlar ko`p narsani hal qiladi”. Jahonni mafkuraviy jihatdan bo`lib olish uchun tinimsiz harakat qilinayotgan hozirgi sharoitla faqat kuchli milliy mafkuragina jamiyatni ana shunday tazyiqlardan muhofaza qila oladi.
Hozirgi paytda kimning g`oyasi kuchli, fikri tiniq, mafkurasi hayotiy bo`lsa – o`sha g`alaba qozonadi. Bu – insoniyatning XX asr tarixidan kelib chiqadigan muhim xulosalardan biridir. Milliy istiqlol mafkurasi xalqning tub manfaatlari va maqsadlarini o`zida ifoda etadi, jamiyat a’zolarini shu maqsad atrofida jipslashtiradi.
O`zbekiston xalqining tub manfaatlari: mamlakat mustaqilligi, yurt tinchligi, millatlararo totuvlik, fuqarolar o`rtasida o`zaro hamkorlik, mamlakat aholisi va har bir oila, mahalla-ko`yning faroovnligini ta’minlashdan iboratdir.
Milliy mafkurada xalqimizning umumiy manfaatlari, orzu-umidlari maqsad va intilishlari o`z aksini topadi. Prezidentimiz Islom Karimov milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadini shunday belgilaydi: “Xalqni buyuk kelajak va ulug`vor maqsadlar sari birlashtirish, mamlakatimizda yashaydigan, millati, tili va dinidan qat’iy nazar, har bir fuqaro yagona Vatan baxt-saodati uchun doiml ma’suliyat sezib yashashga chorlash, ajdodlarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizning bebaho merosi, milliy qadriyat va an’analarimizga munosib bo`lishga erishish, yuksak fazilatli va komil insonlarni tarbiyalash, ularni yaratuvchanlik ishlariga da’vat qilish, shu muqaddas zamin uchun fidoyilikni hyot mezoniga aylantirish – milliy istiqlol mafkurasining bosh maqsadidir. SHu bilan birga men milliy istiqlol g`oyasi bugungi tez sur’atlar bilan o`zgarayotgan tahlikali dunyoda o`zligimizni anglash, bizning kimligimizni, qanday buyuk ajdodlarning merosgia, necha ming yillik tarix, betakror madaniyat va qadriyatlarga ega ekanligimizni his etib yashashga, bu boylikni asrab-avaylab, demokratik qadriyatlar, butun jahon taraqqiyoti yutuqlari bilan oziqlantirib, yangi o`sib kelayotgan avlodga yetkazishga xizmat qilmog`i zarur, deb bilaman”[1]Milliy g`oyaning asosiy vazifalari. Unda bosh maqsadga erishishning vosita va usullari, yo`llari aniqlanadi.
SHu ma’noda, odamlarimizda mustaqil dunyoqarash va erkin tafakkurni shakllantiri – milliy istiqlol mafkurasinng asoosiy vazifalaridan biridir. Milliy mustaqillik – buyuk ne’mat, ya’ni o`z taqdiringni o`zing belgilash, o`z yurtingga egalik qilish, ajdodlar an’anasini davom ettirish, jahon hamjamiyatida o`zingga munosib o`rin egallash uchun noyob imkoniyatdir. Mustabid tuzum xalqlarning milliy mustaqillikka, erkin fikrlashga bo`lgan intilishini bo`g`ar eli, uni mutelik, itoatkorlikda ushlab turishga zo`r berar edi. U mohiyatan g`ayriinsoniy va inson tabiatiga zid edi. SHu boisdan ham uning mafkurasi muqarrar ravishda inqirozga yuz tutdi. Milliy mustaqillik yillarida Prezident Islom Karimov tashabbusi bila milliy qadriyatlarimizni tiklash, tarixmiz chuqurroq o`rganish, undan saboq olishga alohida e’tibor berilishi bejiz emas. CHunki mustaqillikning qadr-qimmatini teran his etish uchun, avvalo, tarixni bilmoq, xalqimiz boshiga tushgan sinovlarni, mustamlakalik asoratlarini, xo`rliklarini yurakdan his etmoq, ozodlik uchun kurash yo`lidagi ulug` ajdodlarimiz jasoratidan voqif bo`lmoq zarur. Zero, “Tarixni bilmay turib, mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo`lmaydi. CHunki mafkuraning falsafiy asoslari o`z davrida tarixiy haqiqat tufayli tug`ilgan”[2]Milliy mafkura o`zining tub mohiyatiga ko`ra Vatanimiz ozodligi va mustaqilligini mutahkamlashni, Vatan ravnaqi, el-yurt tinchligi, xalq faolvonligini ta’minlashni ko`zda tutadi. Bunday ulug`vor vazifani bajarish har bir fuqarodan erkin fikrlash, Vatan taqdiri, istiqboli uchun ma’sullikni his qilishn talab etadi. Erkinlik bo`lmagan joyda ma’suliyatsizlik, loqaydlik vujudga keladi. Milliy mustaqililk xalqimizga ana shunday erkin fikrlash imkonini berdi. Erkin tafakkursiz milliy istiqlol mafkurasining shakllanishini xatto tasavvur ham etib bo`lmaydi. Istiqlol mafkurasi erkin tafakkurga tayanadi, u demokratik jaiyat hayotining muhim qonuniyati, milliy mafkurani yaratish, himoya qilish va takomillashtirishning zarur shartidir. Erkin tafakkur shaxs faolligini oshiradi, uni bunyodkorlik ishlariga ilhomlashtiradi.
Mafkura jamiyatimizda ilg`or g`oyalar ustuvorlik qiladigan sog`lom ijtimoiy muhitni yaratishga yordam beradi. Demokratik qadriyatlarning keng rivojlanishi qarashlar xilma-xilligi va fikrlar arng-barangligi (plyuralizm)ning qaror topishiga olib keladi. Kishilar ruhan yuksaklikka, yana ham baxtli va farovonroq hayot kechirishiga intiladilar. Bunday hayotga erishishning turli vosita va yo`llari mavjud bo`lib, u turli g`oyalarda o`z ifodasini topadi. G`oyalar ilmiy-nazariy yoki diniy asosga ega bo`ladi. Demokratik jamiyat aql va tafakkur poydevori ustida qad ko`taradi, dunyoviy ilm-fan va texnika jamiyat taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ijtimoiy hayot tobora intellektuallashib borayotgan, ilmiy tafakkur insonit ma’naviyatining ustuvor yo`nalishiga aylanayotgan hozirgi sharoitda ko`proq ilmiy-nazariy asosga ega bo`lgan ilg`or g`oyalar ustunlik qiladi.
YAngicha fikrlaydigan, mutelik tuyg`usidan xoli bo`lgan ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash istiqlol mafkurasining muhim vazifasidir. Ijtimoiy hayot o`rtaga qo`yayotgan muammolar ijodiy fikrlaydigan, tashabbuskor va yuksak ma’naviyatli inson shaxsiy shakllantirishni talab etayapti. Milliy mafkura davr talablari va xususiyatlarini yaqqol ifoda etgani uchun ham kishilar qalbiga tez yetib boradi va hayot dasturi bo`lib xizmat qiladi.
Milliy mafkura o`zida xalqimizning ezgu orzu-umidlari va hayotiy manfaatlarni ifoda etar ekan, bu maqsadlarga erishishning zarur sharti sifatida barkamol inson shaxsini shakllantirishga alohida e’tibor beradi. CHunki ma’naviy barkamol kishilargina shaxsiy va umummilliy manfaatlar uyg`unligini teran anglaydi. Vatan ozod bo`lmasa, ashxs ozod bo`la olmasligini tushunadi.
Mamlakatimiz ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxisni shakllantirishga qaratilgan bo`lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to`la mos keladi.
Milily mafkura birinchi navbatda hayotga endigina qadam qo`yatgan yosh avlodning hayotiga yangicha ma’no va mazmun baxsh etishga, unda faol hayotiy pozisiyani ashkllantirishga qaratilgandir. CHunki yoshlar faqat milliy g`oya timsolidagina qaratilgandir. CHunki yoshlar faqat milliy g`oya timsolidagina mamlaat taraqqiyoti, yurt tinchligi va xalq farovonligini ta’minlashning muhim vositasini ko`radilar. yoshlar tabiatan turli g`oyalarga qiziquvchan va ularga tez beriluvchvn bo`ladilar. Milliy istiqlol mafkurasi hali turmushning achchiq-chuchkligini tatib ko`rmagan, hayotiy tajribaga ega bo`lmagan ana shu avlodni milliy manfaat va taraqqiyotimizga yot bo`lgan soxta va buzg`unchi g`oyalar tajovuzidan himoya qiladi, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantiradi.
G`oya safarbar etuvchi ulug`vor fikr bo`lsa, mafkura esa mana shunday ulug`vor g`oyalarni bir butun yaxlit kuch qilib birlashtiruvchi, uyushtiruvchi harakatga keltiruvchi, boshqaruvchi g`oyalr tizimidir.
SHunday ekan, millat jamiyatning parokanda bo`lib ketishiga yo`l qo`yib bo`lmaydi. Aks holda, siyosiy, huquqiy, iqtisoiy islohotlar o`z ahamitini yo`qotadi, mustaqillik yo`lida g`ov bo`ladi.
Mamlakatimizad olib borilayotgan oqilona siyosat tufayli bizda ana shunday bo`linishlarning oldi olindi. Bugungi kunda ana shu natijalarni mustahkamlash, iqtisodiy va siyosiy barqarorligini, fuqarolar va millatlararo totuvlikni saqlab qolish ham farz, ham qarzdir. Buning yo`li esa bitta, u ham bo`lsa jamiyatning barcha qatlamlari, har bir a’zosi uchun birday qadrli bo`lgan milliy g`oya va mafkurani ishlab chiqishdir.
G`oyalar to`g`risidagi bilimlarga insoniyat tarixiing eng qadimiy davrlaridan boshlab katta e’tibor berilgan. Bu atamaning mazmun-mohiyati G`arb mamlakatlarida “ideya” tushunchasi orqali ifodalanadi. “Ideya” grek tilidagi “idea” so`zidan olingan bo`lib, qadmigi u “obraz”, “tashqi ko`rinish” degan ma’nolarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyatlarni anglatar edi. Lekin bu tushunchaning mazmun-mohiyati taraqqiyot davomida o`zgarib borgan va falsafa tarixida xilma-xil ma’nolarda ishlatilgan. Masalan, qadimgi yunonistonlik faylasuf Platon “G`oyalar dunyosi va soyalar dunyosi” to`g`risidagi ta’limotini asolar ekan, g`oyalarni dunyoning yaratuvchisi, asosi deb atagan va ularni ob’ektiv reallik sifatida talqin qilgan. YAna bir yunon allomasi Demokrit esa olam tarkibidagi eng amyda va bo`linmas zarra – atomlarni ideyalar deb atagan. Mashhur nemis faylasufi Gegelning fikricha, ideya – barcha narsalarning ijodkori, dunyoga keltiruvchisi va asosiy mohiyatidir.
Ko`pgina mutaxassislarning fikricha, qadimgi dunyoda g`oya va mafkura tushunchalari qariyb bir xil ma’noda ishlatilgan. Bunda asosan ushbu tushunchalarning inson dunyoqarashi va e’tiqodini shakllantirishdagi o`rni va ahamiyatiga ko`proq e’tibor berilgan. Masalan, hozirgi dinshunoslikda dining ilk shakllari deb talqin qilinadigan “animizm”, “totemizm”, “fetishizm” kabi oqimlar talqini misolida bu hol yaqqol ko`zga tashlanib turadi. Ularning har biri muayyan g`oyaga ishonch va e’tiqod hamda ularni bir qadam mutlaqlashtirish natijasida dunyoga kelgan. Ular o`z davrida yoki qabilani, el yoki elatni birlashtirish, ularning dunyoqarashini ma’naviy tartibga solish va muvofiqlashtirish uchun mezon bo`lib xizmat qilgan. Aynan ana shu ma’nodagina ularni mafkura vazifasini bajargan a’tiqod shakllari deyish mumkin.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish