Milliy-ma’naviy qadriyatlarda umuminsoniy-likning aks etishi
Milliy istiqlol mafkurasi - har bir kishining jamiyat hayotidagi faoliyati, yurti, millati, o’zi va oilasi oldidagi burch va mas’uliyatini qay darajada his etayotgani va bajarayotganini belgilaydigan ma’naviy mezon hamdir. Milliy istiqlol mafkurasining yurtimizda yashovchi har bir fuqaro uchun qadrliligi shundaki, uning mohiyatida quyidagi umuminsoniy tamoyillar yotadi. Milliy istiqlol mafkurasi:
1. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar, demokratiya tamoyillariga asoslanadi. Binobarin, u qonuniy-likka, umume’tirof etilgan talablarga, umumbashariy tamoyillarga va milliy manfaatlarga mos keladi.
2. Xalqimizning asrlar davomida shakllangan yuksak ma’naviyati, an’ana va udumlari, ulug’ bobokalonlarimizning o’lmas merosidan oziqlanadi. Bu milliy mafkuramizning chuqur tarixiy va boy ma’naviy asosga ega ekanligidan dalolat beradi.
3. Adolat va haqiqat, erkinlik va mustaqillik g’oyalari hamda xalqi-mizning ishonch va e’tiqodini aks ettiradi. Bilamizki, bu ulug’ g’oyalar istiqlol sari intilgan har bir xalqning ezgu maqsadi, ishonch va e’tiqodi bo’lib kelgan va shunday bo’lib qoladi.
4. YUrt tinchligi, Vatan ravnaqi va xalq farovonligini ta’minlashga xizmat qiladi. Bu tamoyil uning jamiyat a’zolarini aniq maqsad sari safarbar qiluvchi, ularni bu yo’lda uyushtiruvchi ma’naviy omil sifatida mohiyatga ega ekanini ifodalaydi.
5. Jamiyat a’zolarini, aholining barcha qatlamlarini O’zbekiston-ning buyuk kelajagini yaratishga safarbar etadi. Bu olijanob maqsadlarga erishish fuqarolarning hamjihatligiga, o’zimizning burchimizni qay daraja-da anglashimiz, ertangi kunga bo’lgan ishonchimizga ko’p jihatdan bog’liqdir.
6. Millati va dinidan qat’iy nazar, mamlakatimizning har bir fuqarosi qalbida ona - Vatanga muhabbat, mustaqillik g’oyalariga sadoqat va o’zaro hurmat tuyg’usini qaror toptiradi. Bu qoida har bir fuqaro ongiga Vatanning muqaddasligini singdirishga xizmat qiladi.
7. Jamoatchilik qalbi va ongiga fikrlar xilma-xilligi, vijdon erkinligi kabi demokratik tamoyillariga rioya qilgan holda ma’rifiy yo’l bilan singdiriladi.
Milliy istiqlol mafkurasi yaxlit tizim bo’lganidan uning barcha xususiyatlari o’zaro aloqadorlikda va uzviy bog’liqlikda namoyon bo’ladi.
Milliy istiqlol mafkurasi xalqimizning o’ziga xos tabiati, iro-dasi, orzu-intilishlarini ifodalaydigan quyidagi milliy xususiyatlarni zamon talablari asosida yanada boyitishni nazarda tutadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |