Milliy istiqlol g`oyasi asosiy tushuncha va tamoyillar


Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar



Download 0,63 Mb.
bet6/81
Sana03.02.2022
Hajmi0,63 Mb.
#428026
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
MILLIY ISTIQLOL G

Ijtimoiy-siyosiy g’oyalar har bir xalq va umuman bashariyatning orzu-umidlarini, maqsad-muddaolarini ifodalaydi, erkin hayot va adolatli tuzumni tarannum etadi. Ozodlik va mustaqillik, adolat va haqiqat, tinchliksevarlik va insonparvarlik g’oyalari shular jumlasidandir. Asrlar mobaynida bunday buyuk, o’lmas g’oyalar xalqlarga kuch-quvvat va ilhom bag’ishlab, ularni o’z erki uchun kurashga safarbar etib kelgan.
Ilmiy g’oyalar - fan taraqqiyotining samarasi, ilmiy kashfiyotlarning natijasi sifatida paydo bo’ladigan, turli fan sohalarining asosiy tamoyillari (prinsiplari), ustuvor qoidalarini (postulatlarini) tashkil qiladigan ilmiy fikrlardir. Ilmiy g’oyalar - ilm-fan sohasida biron bir sensatsion yangilikni ilgari surish orqali uni hayotga tatbiq etish yo’lidagi urinishlar.
G’oyalarning «hayoti» ularning paydo bo’lishi, rivojlanishi, boshqa g’oyalar bilan o’zaro munosabati, kurashi va nihoyat, eskirgan g’oyalarning yangilari bilan almashinishi, ayniqsa, ilmiy g’oyalar misolida yaqqol namoyon bo’ladi.
Qadimgi yunon faylasuflari tabiiy jismlarning eng kichik, bo’linmaydigan zarrasi, deb «atom» tushunchasini kiritgan edilar. Ptolemey-Aristoteldan tortib, o’rta asr Ulug’bek astronomiyasigacha dunyoning markazi yer deb hisoblab kelganlar; yevklid geometriyasi, Nyuton mexanikasi, Darvin ta’limoti ham o’z davrining eng ilg’or ilmiy g’oyalariga asoslangan edi.
Ilm-fan taraqqiyoti atomning bo’linishini, koinot markazi yer emasligini ham ishonchli dalillar bilan isbotladi; kvant mexanikasi, irsiyat nazariyasi va boshqa ko’plab kashfiyotlar qilindi.
Dunyoga A.Eynshteyn, N.Bor, F.Rezerford, M.S.Kyuri va boshqalarning nomlarini mashhur qilgan yadro fizikasi sohasidagi kashfiyotlar ham ilmiy g’oyalar asosiga qurilgan. XX asrda insoniyat nihoyatda ko’p ilmiy g’oyalarni amaliyotga aylantirdi. Kosmik raketalar, kompyuter va uyali telefonlar, televideniye va boshqa sohalardagi yutuqlar bunga yorqin misol bo’ladi.
Fan taraqqiyoti uzluksiz va cheksizdir. Bu jarayonda amaliyot tasdiq-lanmagan, eskirgan qarashlar yangi ilmiy g’oyalar bilan o’rin almashaveradi.

Download 0,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish