Ikkinchidan, uning boshqa fanlar qatori o’z predmeti, ob’ekti, maqsad va vazifalari bor.
Milliy istiqlol g’oyasining predmeti – milliy istiqlol g’oyasining shakllanishi, keng jamoatchilikning ishonchi va e’tiqodiga aylanishi, uning madaniy negizlarini ijtimoiy hayot, mehnat faoliyatida namoyon bo’lish shart-sharoitlari, omillari, qonuniyatlarining ilmiy-nazariy asoslarini o’rganadigan fanlar.
Milliy istiqlol g’oyasining ob’ekti sifatida O’zbekistonning o’ziga xos tabiiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy milliy-madaniy rivojlanish xususiyatlarini, qadriyatlarini e’tirof etish mumkin. SHuningdek, xalqning madaniyati, milliy-madaniy merosini, odamlarning ijtimoiy munosabatlarini qator toptirish bilan bog’liq maqsadlarini jamiyat hayotida namoyon bo’lishini tahlil etish ham muhimdir. SHuningdek, fanning ob’ekti - O’zbekiston tanlagan taraqqiyot yo’li va ijtimoiy rivojlanishning milliy-ma’naviy negizlari, umumbashariy tamoyillar tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |