10-Mavzu: Jismoniy shaxslardan olinadigan yer solig‘i
Reja: 1. Yer solig‘ini to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. 2. Yer solig‘i stavkalari va soliqdan imtiyozlar. 3. Yer solig‘ini hisoblab chiqarish tartibi. 4. Yer solig‘ini budjetga to‘lash muddatlari. 5. Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i bo’yicha xorijiy davlatlar tajribasi.
1. Yer solig‘ini to‘lovchilar, soliq ob‘ekti va bazasi. Mulk huquqi, egalik qilish huquqi, foydalanish huquqi yoki ijara huquqi asosida yer uchastkalariga ega bo’lgan jismoniy shaxslar, shuningdek yuridik shaxs tashkil etgan va tashkil etmagan holda tuzilgan dehqon xo’jaliklari yer solig’ini to’lovchilardir.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun to’lanadigan ijara haqi yer solig’iga tenglashtiriladi. Yer uchastkalarini ijaraga olgan jismoniy shaxslarga yer solig’ini to’lovchilar uchun belgilangan imtiyozlar, soliqni hisoblab chiqarish va soliqni to’lash tartibi tatbiq etiladi.
Uy-joy, yashash uchun mo’ljallanmagan imorat va inshootlar meros bo’yicha o’tishi bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish huquqi va foydalanish huquqi o’tgan yer uchastkalari uchun yer solig’i meros qoldiruvchining soliq majburiyatlari hisobga olingan holda merosxo’rlardan undiriladi.
Jismoniy shaxslar uchun quyidagi yer uchastkalari soliq solish ob’ektidir:
1) dehqon xo’jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
2) yakka tartibda uy-joy qurilishi uchun meros qilib qoldiriladigan, umrbod egalik qilishga berilgan yer uchastkalari;
3) jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalari;
4) xizmat yuzasidan berilgan chek yerlar;
5) meros bo’yicha, hadya qilinishi yoki olinishi natijasida uy-joy va imoratlar bilan birgalikda mulk huquqi, egalik qilish va foydalanish huquqi ham o’tgan yer uchastkalari;
6) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mulk qilib olingan yer uchastkalari;
7) tadbirkorlik faoliyati yuritish uchun foydalanishga yoki ijaraga berilgan yer uchastkalari.
Ko’p kvartirali uylar egallagan yer uchastkalari soliq solish ob’ekti bo’lmaydi, yuqoridagi 7-bandida ko’rsatilganlari bundan mustasno.
[ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.01 Ер солиғи тўловчилар ва солиққа тортиш объекти]
Ko’chmas mulkka bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organning yer uchastkalarining maydoniga doir ma’lumotlari soliq solinadigan bazadir.
[ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
Jamoa bog’dorchiligi, uzumchiligi va polizchiligini yuritish uchun fuqarolarga berilgan, shuningdek yakka tartibdagi garajlar egallagan yer uchastkalarining maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza ushbu yer uchastkalarini bergan tashkilotlar boshqaruv organlarining ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.
[ОКОЗ: 1.07.00.00.00 Молия ва кредит тўғрисидаги қонунчилик. Банк фаолияти / 07.11.00.00 Маҳаллий солиқлар ва йиғимлар / 07.11.02.00 Ер солиғи / 07.11.02.04 Ер солиғини ҳисоблаш ва тўлаш тартиби]
Xizmat yuzasidan berilgan chek yerlarning maydonlari bo’yicha soliq solinadigan baza o’z xodimlariga yer uchastkalari bergan korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning ma’lumotlari bo’yicha aniqlanadi.