Kirish.
Bugun “Milliy istiqlol g’oyasi: asosiy tushunca va tamoyillar” deb nomlangan yangi-mustaqillik fanini o’rganishga bel bog’ladingiz. Demak bu fanning ma’no mazmunini, maqsad va vazifalarini aniq tasavvur etish, uning qanday paydo bo’lganini bilib olish ahamiyatga ega. Chunki mazkur fanning vujudga kelishi mamlakatimizning tarixiy mustaqillikka erishishi va bu yo’lda olib borilgan kurashlar, jonbozliklar xalqimizning yangi jamiyat qurish, komilinsonni tarbiyalash yo’lidagi say-harakatlari bilan chmbarchas bog’liq.
1991 yil 1-sentyabrdan e’tiboran O’zbekiston tarixida yangi davr boshlandi. Bu-Milliy istiqlol davri. Xuddi shu kundan e’tiboran, dunyo xaritasida yangi ozod va mustaqil davlat paydo bo’ldi. Bevosita mustaqillikning nazariy, siyosiy va ma’naviy asoslari bilan chambarchas bog’liq bo’lgan “milliy istiqlol g’oyasi :asosiy tushuncha va tamoyillar” fani ham tarixiy ijtimoiy zaruriyat mevasidir.
Birinchi galda “Milliy istiqlol g’oyasi” iborasiga diqqatingizni jalb etmoqchimiz. Ozodlik, mustaqillik, erkinlik so’zlari bilan ma’nodosh “istiqlol” so’zi nima uchun “milliy” tushunchasi bilan birgalikda “milliy istiqlol” tarzida qo’llaniladi? Shuni bilingki, ozodlik birinchi navbatda, asrlar davomida mustamlaka va istibdod asoratida ezilgan xalqimiz ozodligidir. Hurruyat –ona xalqimizning hurriyati, erkinlik ham shu xalqniki deganidir. “Milliy istiqlol”, Yurtoboshimiz I.A Karimov ta’biri bilan aytganda, “buyuk ne’mat”. U millatimizga tom ma’noda insoniylik haq huquqni qaytarib berdi, qaramlik, qullik, haqsizlik, tobelik va mustamlaka zanjiridan xalos qildi. O’zbekiston mutlaqo erkin va daxlsiz davlat sifatida bashriyat oyilasidan qat’iy o’rin oldi. Bularning bari-iistiqlol sharofatidan. Ana shuning uchun biz o’z ozodligimizni “milliy istiqlolimiz” deb ataymiz. Uni qadrlashga, asrab–avaylashga, jismu jonimiz bilan himoya qilishga tayyormiz.
Siz bu fanni o’rganishga kirishar ekansiz, ona vatanimiz va xalqimiz tarixi, uning asrlar davomida turli g’animlarning asoratiga qarshi olib borgan qahramonona kurashi, tuprog’imizda tug’ilib voyaga yetgan va jahonda obro’-e’tibor qozongan mutafakkirlar, ilm-fan, san’at va adabiyot namoyonadlari tarixini chuqur o’rganishingiz kerak bo’ladi. bBularni bilmay turib istiqlolning taqdirimizda tugan mavqeyini tom ma’noda anglash mumkin emas.
“Milliy istiqlolg’oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillari” fanining nazariy-metodologik jihatlari Prezident I.Karimov tomonidan asoslab berilgan. Bu-mustaqillik fani, tarix, falsafa, adabiyot va boshqa ijtimoiy-siyosiy fanlar bilan mazmun-mohiyati yaxlit o’zaro uyg’un fan.
Mazkur fanni o’qitish jarayoni har birimizdan katta bilim va malaka, jahonning mafkuraviy manzarasidan ogohlik; ko’p millatli mamlakatimizda yashayotgan xalqlarning tarixi, milliy urf-odat va an’analariga ehtirom bilan munosabatda bo’lish; milliy istiqlol g’oyasini talqin etishda holislik, bag’rikenglik, komillik, insof va adolat mezonlariga qat’iy amal qilmoqni taqozo etadi. Hadisalrda aytilganidek, kim o’ziga ravo ko’rganni o’z sherigi, qo’shnisi, tanish-bilishiga ravoko’rmasa, haqiqiy komillik kasb eta olmaydi. Milliy istiqlol g’oyasi, eng avvalo, insonparvarlik, odamiylik, mehr-muhabbat ilmidir.
Bir so’z bilan aytganda, bu fan sog’lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish borasida jamiyatimiz oldida turgan olijanob vazifalar asosida shakllangan, o’z yurtiga e’tiqodli, sog’lom dunyoqarashli, yuksak g’oyalar ruhida yahsaydigan insonlarni tarbiyalashga xizmat qiladigan fandir.
Demak, bu fanning ta’lim tizimiga joriy etilib, o’qitilayotgani bir namunasidir. Chunki bu fan sizni hayotga tayyorlashga, tafakkuringizni kengaytirishda, Vatanni e’tiqod bilan sevib, uning mustaqilligi va taraqiyoti yo’lida fidoyi bo’lib yashash ko’nikmalarini egallashda muhim o’rin tutadi.
Serquyosh malakatimiz o’z mustaqilligiga erishgach xalqimiz ongini erkin fuqarolik jamiyati, huquqiy demokratik davlat barpo etishga yo’naltirish uchun odamlarimiz ma’naviyatini yuksaltirish lozim. Xuddi shu maqsadda mustaqil taraqqiyot nizomlarin to’la to’kis aks ettiradigan, tub manfaatlarimizga xos va mos milliy g’oya zarurligi ayon bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |