Milliy istiqlol g'oyasining asosiy tamoyiUari deb, uning shakllanish xususiyatlari va amal qilish usullarining imkoniyatlari va yo'llarini belgilab beradigan yo'nalishlarga aytiladi. Bunday yo'nalishlar ko'p va har biri keng qamrovlidir. Milliy istiqlol q'oyasi tamoyiUari o'zaro uzviy aloqador bo'lib, milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligi, qonun ustuvorligi kabi talablarni ham nazarda tutadi.
"O'zbekiston Respublikasida ijtimoiy hayot siyosiy institute, mafkuralar va fikrlarning xilma-xilligi asosida rivojlanadi. Hech qaysi mafkura davlat mafkurasi sifatida o'rnatilishi mumkin etnas".
Albatta, davlat jamiyat siyosiy tizimining o'zagi, mamlakat barqarorligj vaizchil taraqqiyoti kafolati bo'lgan siyosiy institutdir. U siyosiy muassasa, ya'ni boshqaruvchi, uyushtiruvchi va safarbar etuvchi tuzilmadir. O'zbek modeli haqidagi mavzudan y axshi bilasizki, bizda davlat bosh islohotchi. U jamiyatda ijtimoiy-siyosiy barqarorlik, milliy xavfsizlik, qonun ustuvorligj, ijtimoiy adolat va islohotlar muvaffaqiyatini ta'minlaydi. Biz milliy va umumbashariy qadriyatlarga, xalqimizning boy merosiga, taraqqiy topgan davlatlar tajribasiga tayangan holda insonparvar jamiyat barpo etmoqdamiz. Bu borada olib borayotgan islohotlarimiz natijasida bugungi kunga kelib mustabid tuzumdan xalos bo'ldik. Xalqimizda "Kengashli to'y tarqamas" degan maqol bor. Umumbashariy demokratik tamoyillarning hayotimizdan mustahkam o'rin olishi - milliy istiqlol g' oyasi asosiy tushuncha va tamoyillarida aks etgan maqsad-muddaolarni amalga oshirishimizga bog'liq.
Inson huquqlari, erkinliklari va hurflkrlik ' tamoyili milliy istiqlol g'oyasining ijtimoiy mohiyatini belgilaydi. Konstitutsiyamiz va qonunlarimizda fuqarolarimizning huquqlari va burchlari to'liq ifodasini topgan. Milliy istiqlol g'oyasi tamoyillari ana shu huquqiy asosga tayangan holda amalga oshiriladi. Bu esa demokratiya mohiyatini teran anglab yetishni, hokimiyat organlari va fuqarolar o'rtasidagi munosabatlarni yuqori saviyaga ko'tarishni talab etadi.
Odamzod azaldan intilib kelgan umuminsoniy tamoyillardan biri vijdon erkinligi bo'lib, u "e'tiqod erkinligi" tushunchasidan ko'ra keng mazmunga ega. "E'tiqod erkinligi" insonning biror din yoki g'oyaga e'tiqod qo'yishda o'z ixtiyori bilan ish tutishini ifodalaydi. "Vijdon erkinligi" esa kishining biror dinga, g'oyaga e'tiqod qilishi yoki umuman e'tiqod qilmasligini ham anglatadi. Insonning dinsizyoki xudojo'y boiishi uni ayblash yoki maqtash uchun asos bo'lmaydi. Bu tamoyil kishining ishonch-e'tiqod borasidagi erkinligi, jamiyat qonunlariga mos hayot kechirishini bildiradi.
Ushbu tamoyil odarnlarning xilma-xil fikrlari, rang-barang qarashlari umumiy maqsad asosida uyg'unlashuvini ifodalaydi. Aynan shu uyg'unlik milliy istiqlol g'oyasini amaldagi kuchga aylantiradi.
Milliy istiqlol g'oyasining asosiy tamoyillaridan yana biri - milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg'unligidir. Odamlarning buyuk kelajak yaratish jarayonidagi ishonchini mustahkamlashda, fuqarolarning siyosiy madaniya-tini o'stirishda, ularning taraqqiy otmuammolarini to'g'ri anglashlaridabu tamoyil muhim g'oyaviy yo'nalish bo'lib xizmat qiladi.
Milliy qadriyatlarga sodiqlik - istiqlol g'oyasining tayanchidir. Bu tamoyil O'zbekistonning
har bir fuqarosi o'z milliy qadriyatlarini asrab-avaylab, kelajak avlodlarga y etkazishi uchun toiiq imkoniyatlar yaratilishini bildiradi. Vatanimizda istiqomat qilayotgan barcha millat va elat vakillari o'z ona vatani, madaniyatini, urf-odatlarini asrash varivojlantirish imkoniyatiga ega. Tarixiy meros vamadaniy boyliklarni, mumtoz qadriyatlarni hurmat qilish ularni o'rganish mazkur tamoyilning asosiy jihatlaridir.
Milliy istiqlol g'oyasi, shubhasiz, shaxsning e'tiqodi va insonning ma'naviy olami bilan bog'liq. Bu g'oyani amalga oshirish, avvalo, har tomonlamabilimli, ma'naviy, jismoniy vaaqliy yetuk insonlarni voyaga yetkazishga bog'liq. Sog'lom va barkamol avlodni tarbiyalash, erkin fuqaro ma'naviyatini shakllantirish ham ana shu vazifalar sirasiga kiradi.
Shaxsning mafkuraviy jarayonlardagi faol ishtiroki milliy istiqlol g'oyasi tushuncha va tamoyillarini odamlar qalbi va ongiga singdirishda muhim o'rin tutadi. Chunki, faol, intiluvchan shaxs milliy istiqlol g'oyasini yetkazuvchi vosita boiadi. Shu tariqa milliy g'oya xalqni aniq maqsad-muddaolar sari yetaklaydigan yagona bayroqqa aylanadi.
Milliy istiqlol g'oyasini odamlar qalbi va ongiga singdirish, awalo, oiladan boshlanadi. Milliy g'oya bu yerda bobolar o'giti, otaning shaxsiy ibrati, onaning mehri orqali avloddan-avlodga, insondan insonga o'tadi, yosh avlod ongi vashuuridamuhrlanibboradi. Shu bois g'oyaviy-tarbiyaviy jihatdan sog'lom oila negizidagi jamiyat va davlat mustahkam boiadi. Bunday oilalardakomil insonlar voyaga yetadi, ularning e'tiqodi va dunyoqarashiga milliy istiqlol g'oyasi asos boiadi.
Istiqlol g'oyasining amal qilish jarayonida milliy turmush tarzimizga xcs boigan "shaxs - oila - mahalla" uchligi muhim ahamiyat kasb etadi. Oilada shakllangan iymon-e'tiqod, odob, aql-idrok hamda tafakkur mahallada y anada y uksalib, o' zaro totuvlik va hamkorlik munosabatlaridan oziqlanib, inson kamolotiga xizmat qiladi.
Milliy istiqlol mafkurasi har bir vatandoshimizning oilasi, jamiyat, el-yurt oldida burch va mas'uliyatini qay darajada ado etayotganini belgilaydigan ma'naviy mezondir.
Bu-O'zbekistondaistiqomatqiladigan vao'ztaqdirini shumuqaddas zamin bilan bogiagan har bir kishining «Vatan menga nima berdi» deb etnas, balki «Men Vatamm ravnaqi uchun nima qilayapman» degan mas'uliyattuyg'usi bilan yashashi demakdir.
Jamiyat hayotini demokratlashtirish jarayonini yanada chuqurlashtirish milliy istiqlol g'oyasining amaliy tamoyillaridun biridir. Amaliy tamoyil -biz ko'zlagan maqsadlar, belgilagan dasturlar va qabul qilgan qarorlaming aniq hayotiy ijrosini ta'minlash degani.
Demokratik institutlar faoliyatini yo'lga qo'yish va fuqarolikjamiyati asoslarini shakllantirish - uzoq davom etadigan jarayon. Prezidentimiz Islom Karimov bu xususda shunday degan: "Demokratiya jamiyatning qadriyatiga, har bir insonning boyligiga aylanmog'i kerak. Bu esa bir zumda bo'ladigan ish emas. Xalqning madaniyatidan joy ololmagan demokratiya turmush tarzining tarkibiy qismi ham bo'la olmaydi. Bu tayyorgarlik ko'rish va demokratiya tamoyillarini o'zlashtirishdan iborat ancha uzoq muddatli jarayondir".
Har bir jamiyat, davlat o'zi uchun mos demokratik taraqqiyot yoiini o'zi tanlaydi. O'zbekiston ham o'zi uchun mas'ul demokratik taraqqiyot yoiini tanlab oldi. Xususan, sharqona demokratiyaning bir qator ustuvor jihatlari mavjud. Bu - g'oyaviy-falsafiy asosda shakllangan insonparvarlikdir. Sharq siyosiy falsafasida "me'yor" tushunchasiga katta ahamiyat berilgan. Chunki demokratiya, aslida, me'yorga asoslangan siyosiy madaniyatdir. Me'yorning o'zi esa huquq va burch, erkinlik va tenglik o'rtasidagi muvozanatni anglatadi.
Saylovtizimi, davlatchilik, siyosiy harakatlar, jamoatchilik fikri, ommaviy axborot vositalari - barchasi Sharqda o'ziga xos xususiyatlarga ega. Bu xususiyatlar hokimiyatga an'anaviy ishonch qonuniyati bilan ifodalanadi. Sharq mamlakatlarida siyosiy qarorlar qabul qilish va ularning amaldagi totbiqini ta'minlash, xalq manfaatlarini hisobga olgan holda, mas'ul kishilar tomonidan amalga oshirilgan. Shutufayli Sharqda "El-yurt nima der ekan?"
degan masala har bir hukmdor va siyosatchi faoliyatidaboshmasalabo'ljb turgan.
Sharq xalqlari hayotida odil va dono hukmdor g'oyasi "Avesto" yaratilgan zamonlardan boshlab rivojlanib kelgan. Sohibqiron AmirTemur faoliyatida "Kuch- adolatda" degan qoida ustuvor bo'lgani buning yaqqoi tasdig'idir. Sharq mutafakkirlari davlatni, awalo, jamiyattaraqqiyotidagi ikki muhim omil: ijtimoiy barqarorlikni ta'minlash va ijtimoiy adolat mezonlarini amalgaoshirish quroli debtushungan, qonunchilik vame'yoriy tizimlar ham aynan ana shu maqsadlarga xizmat qilgan. Amir Temur "Tuzuklar"i bunga misol bo'la oladi. Sharqda mahalla va boshqa o'zini o'zi boshqarish idoralari asosan jamoatchilik fikriga tayangan holda ish yuritgan. Ijtimoiy salmoqli masalalarni jamoatchilik muhokamasiga olib chiqish mahalla guzarlarida, choyxonalarda, karvonsaroylarda, to'y-ma'raka va hasharlarda amalga oshirilgan. Shu bilan birga, jamoatchilik fikri davlat qarorlarini qabul qilishda ham muhim o'rin tutgan.
Xullas, Sharq xalqlari, xususan, bizning hayotimizda azaldan o'zigaxos demokratikan'analarbo'lgan. Umuminsoniy g'oyalargao'taxayrixohligi tufayli xalqimiz zamonaviy demokratik qadriyatlarni ham tez o'zlashtirib olishi shubhasiz.
Demokratiya, aslida, insoniyatning o'zi qadar tarixiy bo'lib, u inson faoliyatining turli jihatlarigatatbiq etiladi va turlicha ko'rinishlarda namoyon bo'ladi. Zaki Validiy To'g'on bu haqda shunday deb yozgan edi: "Demokratiyaning birdan-bir, yagona retsepti (qolipi) yo'q. Uning maqsadi millatlarga va jamiyatlarga o'z ixtiyorlariga muvqfiq hayot kechirish imkoniyatini berishidadir. Demokratiya turli millatda turlicha bo'lishi mumkin. Lekin uning asosiy sharti bor: millat va jamiyat orasidagi mas'uliyatga sheriklashib, shunga muvofiq ravishda ish qonunlariga bo'ysunish kerak bo'ladi. Inglizlarda, Amerikada, Shvetsiyada, Norvegiyada ish shu tanda tuzilgcM-Rossiyada esa bu yo'q. 1919 yilda yaxshigina demokratik partly aW vujudga keldi, ammo bolsheviklar partiyasi tepaga chiqdiyu, bututt
hoshU partiyalarni yo'q qildi va tarixda misli ko'rilmagan ustabidlik tuzumini o'rnatdi. Davlat ishida mas'uliyat hissining fltittniyligi - xalqning madaniy kamolotiga bog'liq tarbiya va odat
masalasi hamdir".
Bugungi sharqona demokratiyada bag'rikenglik, hamjihatlik, qadr, oqibat, andisha, kattalarga hurmat, ona zaminni e'zozlash borasida o'ziga xoslik yaqqoi namoyon bo'ladi. Bularesamilliy istiqlolg'oyasiningamal njlishida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy istiqlol g'oyasini amalga oshirish kuchli davlatdan kuchli jamiyat sari borish konsepsiyasini ainalga oshirish jarayoni bilan uyg'un holda olib boriladi.
Milliy istiqlol g'oyasining amal qilish jarayonida shaxs erkinligi muhim o'rin tutadi. O'z haq-ququqini taniydigan, o'z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan, atrofida sodir bo'layotgan voqea-hodisalarga mustaqil munosabat bildiradigan, shaxsiy manfaatlarini mamlakat va xalq manfaatlan bilan uyg'un holda ko'radigan insongina milliy g'oyamiz tamoyillarini to'g'ri baholay oladi.
"Erkinlik" tushunchasi g'oyatda keng qamrovli boiib, ijobiy va salbiy jihatlarga ega. Shaxs moddiy va ma'naviy ne'matlardan oqilona foydalanishga intilib, bu yoidagi xatti-harakatlari bilan o'zgalar manfaatlarigaziyonyetkazmasa-bu erkinlikning ijobiy jihatidir. Aksincha, inson o'z maqsadlariga erishish jarayonida boshqalar manfaatini tan olmasa, erkinlik salbiy ma'no kasb etadi.
Shunday qilib, milliy istiqlol g'oyasining asosiy tamoyillari ko'p va keng qamrovli bo'lib, ular mafkuramizning amal qilish yo'nalishlarini belgilashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |