9) Iqtisodiy va siyosiy barqarorlik uzviy bog‘liq jarayonlardan biri. Shu boisdan ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni ta'minlash iqtisodiy islohotlar barqarorligining rivojlanishini ta'min etadi, aholi turmush darajasining sifat jihatdan yaxshilanishiga olib keladi. Mamlakatimizda ijtimoiy hamkorlikni ta'minlashda farovon, barqaror hayotni barpo etishning 4 shartiga e'tibor qaratilmoqda. Bular:
a) tinch-totuvlik va barqarorlikni ko‘z qorachig‘iday asrash;
b) mulkka yangi munosabatda bo‘lish;
v) fuqarolar, avvalo, faollar tafakkurining o‘zgarishi zarurligi;
g) ijtimoiy ongimizda Vatan ozodligi g‘oyasining ustunligi.
Jahonning demokratik mamlakatlari tajribasida mafkuraviy tarbiyaning boy imkoniyatlari, turli namunalari to‘plangan. XX asr 60-70 yillari Farbiy yevropa va AQShda mafkurasizlashuvga, ya'ni ijtimoiy hayotni mafkuradan holi (deideologizatsiya) etishga urindilar. Lekin bu yo‘l o‘zini oqlamadi. Chunki tarbiyadagi mafkuraviy bo‘shliq o‘z asoratlarini ko‘rsata boshladi... Natijada «mafkuraviy yangilanish», «qayta mafkura-viylashuv» (reideologizatsiya)ga kuchli zarurat tug‘ildi va mafkurasizlik xatosini tuzatishga kirishildi. Shu tariqa, Farbiy yevropa va AQShning pozitivistik pedagogikasi ijtimoiy qadriyatlarga e'tiborni, mafkuraviy tarbiyani o‘z ichiga oluvchi «maktabda o‘quvchilarni siyosiy indoktrina-siyalashni amalga oshirish» konsepsiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tatbiq qila boshladi.
O‘zbekiston davlati sobiq SSSR davrida ideologizatsiya (mafkuralash-tirish) yo‘lidan 1991 yilgacha keldi. So‘ngra deologizatsiyalashtirildi. Prezident Islom Karimov 1998 yil «Tafakkur» jurnali bosh muharriri bilan suhbatidan «Jamiyat mafkurasi xalqni - xalq, millatni - millat qilishga xizmat etsin», 2000 yil «Milliy istiqlol mafkurasi - xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir» («Fidokor» gazetasi muhbiri bilan savol-javoblari) suhbatidan so‘ng O‘zbekiston reideologizatsiya (2000) yo‘lini tanladi.
Amerika maktablarida mafkuraviy immunitetni shakllantirish - o‘z milliy manfaatlarini himoya qiluvchi vosita sifatida qaraladi. Shu sababli AQShning «Millat» («The Nation») jurnali «Agar ijtimoiy fan o‘qituvchisi maktab sinfidan o‘zining liberal qarashlarini bildiradigan joy sifatida foydalana boshlar ekan, u tez orada ishsizga aylanadi», - deya ogohlantiradi.
Demak, xulosa o‘rnida shularni bildirish mumkin:
1. Diniy aqidaparastlik va boshqa yot mafkuralar, eng avvalo, ayrim yoshlarning g‘oyaviy-siyosiy tajribasizligiga tayanadi.
2. Qarshi targ‘ibot samaradorligining zaruriy tamoyillaridan biri - uning tezkorligida bo‘lib, unda muayyan mintaqaviy sharoitlarni, kishilarning yosh xususiyatlarini, oliy o‘quv yurtining u yoki bu muddatda hal qila olishi mumkin bo‘lgan mafkuraviy imkoniyatlarini hisobga olish ko‘zda tutiladi.
3. Shaxsning mamlakat ichkarisida va tashqarisida sodir bo‘layotgan voqyealarni mustaqil tahlil qila olishi, mafkuraviy immunitetni mustahkamlaydi.
Chunki mafkuraviy tahdid o‘zining mazmuni, tamoyillari, uslublari va shakllariga ko‘ra murakkab hodisadir. «Biz uchun yot bo‘lgan bir maqsadni, - degan edi Prezident Islom Karimov, - diniy davlat, musulmon xalifaligini o‘rnatishni targ‘ib qilmoqda. Ularni birlashtirib turgan - dunyoviy taraqqiyot yo‘liga bo‘lgan nafrat, g‘arblik jurnalistlar uchun yana bir bor aytmoqchiman, konstitutsiyaviy, dunyoviy taraqqiyot yo‘lini qabul qila olmaslik, uni ko‘rolmaslikdir»35.
Do'stlaringiz bilan baham: |