6) A'zolikka ko‘ra. Kishilar u yoki bu partiyaning, jamoat birlash-masining a'zosi ekanligi mafkura targ‘ibotida qo‘l keluvchi omil sanaladi. Odatda, bitta guruhga mansub kishilarning qarashlarida umumiylik, o‘xshashlik bo‘ladi. Bu esa mafkura targ‘ibotini bir qadar yengillashtirishga xizmat qiladi.
7) Qararlar qabul qilishdagi ishtirokiga ko‘ra. Kishilarning ijtimoiy-siyosiy hayotdagi ishtiroklari va faolliklari ularning axborotni qabul qilishlariga ta'sir ko‘rsatgani bois bu omil milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotida hisobga olinishi lozim.
Milliy istiqlol g‘oyasi targ‘ibotida auditoriyani segmentlash, kishi-larni alohida guruhlarga bo‘lib ta'sir ko‘rsatish katta ahamiyat kasb etadi.
Milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkura milliy va umuminsoniy g‘oyalarning yaxlit tizimi sifatida xalqimizni g‘oyaviy jihatdan mushtarak maqsad yo‘lida birlashtiruvchi kuch bo‘lib quyidagi vazifalarni amalga oshirishga xizmat qiladi. Demak, mafkuraviy monitoring tufayli:
1. O‘zligimizni anglash, milliy, diniy, ma'naviy qadriyatlarimizni joyiga qo‘yib, ularni yangi sifat bosqichiga ko‘tarib, ta'sirchanligini oshiradi.
2. Milliy maqsadlarimizni hozirgi zamon umumbashariy talablar bilan uyg‘unlashtiradi.
3. Islom dini iymon, e'tiqod, axloq va ma'rifat aqidasi ekanligidan kelib chiqib, «Olloh qalbimizda, yuragimizda» tamoyiliga safarbar etadi.
4. Milliy g‘oya va e'tiqodimiz dushmanlariga qarshi mafkuraviy kurashish, fuqaroda Vatan tuyg‘usi - «Men O‘zbekistonlikman» degan iftixor tushunchasini shakllantiradi.
5. Jismoniy sog‘lom, zamonaviy tafakkurga ega bo‘lgan avlodni tarbiyalaydi.
6. Milliy qadriyatlarimizni, urf-odat, an'analarimiz mohiyatini oshirib, millatlararo totuvlik, hamjihatlik va siyosiy-g‘oyaviy barqarorlikni ta'minlaydi.
Umuman, mafkuraviy tarbiya ishlari samaradorligini baholash mezon-lari ko‘pincha milliy istiqlol g‘oya va milliy mafkuraning tarbiyaviy tamoyillariga bog‘liq bo‘ladi. Bu tamoyillarga quyidagi jarayonlarni kiritish mumkin:
1) Tushuntirishda va bayon etishda oddiylik va lo‘ndalik mavzuni yanada oydinlashtiradi.
2) Talab va taklifni doimiy nazorat ostiga olish.
3) Ongga ta'sir etishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish.
4) Ziyolilar mavqyeini oshirish.
5) Turli bilimlarga ega bo‘lgan ishtiyoqni qo‘llab-quvvatlash.
6) Ommaviy axborot vositalarida xalq ruhiyatiga yaqinlashtirilgan yangi mafkuraviy materiallarni ko‘paytirish, doimiy «aks ta'sir» tamoyi-liga amal qilish. («Ta'lim va tarbiya» jurnali. 2000. № 1-2, 40-bet).
Xulosa shuki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 25 avgustdagi «Milliy g‘oya targ‘iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini oshirish to‘g‘risida»gi qarorida ta'kidlanganidek, Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdirish masalasi bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |