MILLIY IQTISODIYOTNING MUVOZANATLI VA MUTANOSIBLIK RIVOJLANISHI
- 1. Makroiqtisodiy mutanosibliklar va ularning turlari.
- 2. Makroiqtisodiy muvozanatlikka erishishning bozor mexanizmi.
- 3. Makroiqtisodiy beqarorlik va iqtisodiy tsikl nazariyalar.
- 4. Tarkibiy inqirozlar. Agrar inqirozlar va uning xususiyatlari.
REJA:
- 1. Umumiqtisodiy xarakterdagi mutanosibliklar. Bunga milliy daromaddagi tarkibiy qismlar: iste‘mol fondi va jamg’arish fondi o’rtasidagi; aholining daromadlari bilan xarajatlar o’rtaidagi mutanosiblik; iqtisodiyotdagi tovar va xizmatlar massasi bilan pul massasi o’rtasidagi mutanosibliklarni misol qilib ko’rsatish mumkin.
- 2. Tarmoqlararo mutanosibliklar. Milliy iqtisodiyotning muvozanatini ta‘minlashda tarmoqlararo mutanosibliklar alohida o’rin to’tadi. Xalq xo’jaligida bir tarmoqda yaratilgan mahsulot boshqa tarmoqda iste‘mol qilinadi yoki pirovard mahsulotga aylantirilib o’z iste‘molchisini topadi. Masalan, qishloq xo’jalik mahsulotlarining ko’pchilik qismi (paxta, g’alla, pilla, sut va h.z. ) sanoatining tegishli tarmoqlarida qayta ishlanib, pirovard mahsulotga aylantiriladi va iste‘molchilik tovarlari bozoriga chiqariladi. O’z navbatida sanoatning ishlab chiqarish vositalari yaratadigan sohalarining mahsulotlari iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari (qishloq xo’jaligi, kurilish va h.z) mutanosibliklariga sanoat bilan qishloq xo’jaligi va iqtisiyotning boshqa tarmoqlari o’tasidagi mutanosibliklari misol bo’ladi va ular bir-birlari bilan uzviy bog’liqlikda bo’ladilar.
Makroiqtisodiy mutanosibliklar va ularning turlari
3. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar. Tarmoq ichida mutanosiblik bo’lsa, tarmoqlararo mutanosiblik hosil bo’ladi. Tarmoq ichidagi mutanosibliklar alohida olingan tarmoq tarkibidagi soha va ishlab chiqarishlar o’rtasidagi bog’liqlikni ifodalaydi. Masalan, sanoatning ishlab chiqarish vositalari va iste‘mol buyulari ishlab chiqaradigan sohalari, qishloq xo’jaligini dehqonchilik va chorvachilik sohalari o’rtasidagi mutanosibliklar va h.z. Shu bilan birga ta‘kidlab o’tilgan sohalarning ichidagi tarkibiy bo’linmalari o’rtasidagi ham bog’liqlik bo’lishi zarur. Masalan, sanoatning qazib olish va qayta ishlash tarmoqlari, chorvachilikning sut va gusht ishlab chiqarish sohalari o’rtasidagi va boshqalar.
4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar. Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim hududlari o’rtasidagi bog’liqlikni ham taqazo qiladi. Hududlar o’rtaisdagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivoida muhim rol o’ynaydi. Masalan, viloyat, tuman, shahar birliklari bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog’liq bo’ladi. Ularning bog’liqligi ixtisoslashish, ishlab chiqarish nooperatsiyasi va komunikatsiya nuqtai nazardan qaralsa, bu bog’liqlikning ahamiyati yaqqol ko’rinadi.
5. Davlatlararo mutanosibliklar. Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z iste‘molining bir qismini chetdan keltiriladigan mahsulotlar hisobiga qoldiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |