Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qóllaniladigan asosiy kórsatkichlar
Reja
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar
Yalpi ichki mahsulot tushunchasi va uni hisoblashning asosiy shartlari
YAIMni ishlab chiqarish usulida aniqlash
YAIMni xarajatlar bо‘yicha hisoblash
YAIMni daromadlar bо‘yicha hisoblash
Milliy hisobchilik tizimidagi boshqa kо‘rsatkichlar va ular о‘rtasidagi nisbat
Nominal va real YAIM
Asosiy makroiqtisodiy ayniyatlar
Milliy iqtisodiyotni tahlil qilishda qо‘llaniladigan asosiy kо‘rsatkichlar
Mamlakat iqtisodiyoti rivojlanishini tahlil qilish, milliy iqtisodiyot rivojlanishidagi muammolarni aniqlash hamda uni yanada rivojlantirish bо’yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish uchun bir qator iqtisodiy kо’rsatkichlardan foydalaniladi. Alohida firmalar faoliyatiga baho berishda qо’llaniladigan kо’rsatkichlardan farqli tarzda bu kо’rsatkichlar milliy iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatiga umumiy baho berish, makroiqtisodiy tahlil о’tkazish, mamlakat iqtisodiyotining jahon xо’jaligida raqobatga bardoshliligi darajasini aniqlash imkonini beradi.
Bu kо’rsatkichlarga quyidagilar kiradi:
yalpi ichki mahsulot (
YAIM), sof ichki mahsulot (
SIM), yalpi milliy daromad (
YAMD), sof milliy daroimad (
SMD), shaxsiy daromad (
SHD), shaxsiy tasarrufidagi daromad (
SHTD), iste‘mol(
С), jamg’arish(
S) kо’rsatkichlarining hajmi va о’sish sur‘atlari;
iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi;
mamlakat eksporti va importi hajmi, tarkibi, YAIMdagi ulushi va о’sish suratlari;
resurslardan foydalanishning samaradorligini ifodalovchi kо’rsatkichlar (mehnat unumdorligi, fond qaytimi, fond sig’imi);
davlat byudjeti taqchilligi, deflyator, iste‘mol baholari indeksi, inflyatsiya sur‘atlari; ishsizlik darajasi va ishsizlar soni, aholining ish bilan bandlik darajasi;
aholining moddiy ne‘matlar va xizmatlar iste‘moli hajmi, ularning jamg’armalari, ish haqining quyi miqdori va boshqalar.
Davlat byudjeti taqchilligi va inflyatsiya surati kabi kо’rsatkichlar umumiy makroiqtisodiy vaziyatga baho berishda qо’llanilsa, YAIM, SIM, YAMD, SMD, SHD, SHTD, С, S kо’rsatkichlari milliy ishlab chiqarishning miqdorlarini va о’zgarishini tahlil etishda foydalaniladi.
Bu kо’rsatkichlar iqtisodiyotning barcha subyektlari faoliyatlari natijasi sifatida aniqlanib, ularni hisoblashning asosini Milliy hisobchilik tizimi(MHT) tashkil etadi.