Ichki iqtisodiyot 5 sektorga ajratilgan:
1. Tovar ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish korxonalari
(nomoliyaviy korxonalar);
2. Moliya tashkilotlari ;
3. Davlat tashkilotlari;
4. Uy xo’jaligiga xizmat ko’rsatuvchi ijtimoiy tashkilotlar;
5. Uy xo’jaligi;
Milliy iqtisodiyotning ikkinchi qismi - qolgan dunyo yoki tashqi dunyo
sektoridir. Unga tashqi iqtisodiy aloqalar kiradi. Bu sektor asosan chet
davlatlar va mamlakat instituttsional birliklar (rezidentlari) o’rtasidagi
muomalalarni hisobga olish uchun xizmat qiladi.
Ishlab chiqarish jarayoni, tovar resurslari, xizmat ko’rsatishda ishlab
chiqarish va iste’mol o’rtasidagi mutanosiblikni tavsiflash maqsadida
MSTda institutsional birliklar tarmoqlar tasnifining xalqaro standarti
(TTXS)ga binoan quyidagi to’rt guruhga bo’linadi: bo’limlar (jami 17 ta
bo’lim); bo’limchalar (jami 20 ta blok); tarmog’lar turkumlari (jami 169 ta
faoliyat turi); tamoqlar turkumlari (jami 292 ta sinf).
Bunday guruhlash tarmoqlar bo’yicha tovar ishlab chiqarish, xizmat
ko’rsatish va ulardan foydalanish jarayonidagi oqimlarni tahlil qilishda qo’l
keladi.
Makroiqtisodiyotni sektorlarga bo’lib o’rganish bozor munosabatlarini
tartibga solish uchun zarur bo’lgan makroiqtisodiyot ko’rsatkichlar tizimini
ishlab chiqishda,makroiqtisodiy tahlilni amalga oshirish va makroiqtisodiy
qonuniyatlarini aniqlashda, makroiqtisodiyotni boshqarish uchun zarur
bo’lgan tegishli tavsiyalarni tayyorlashda katta ahamiyat kasb etadi.
Bozor ehtiyoji va xususan shaxsiy ehtiyojni qondirish uchun tovar
ishlab chiqarish va xizmatlar ko’rsatish Yuqorida qayd etilganlardan
tashqari BMTining 1993 yilda qabul qilingan MSTida bozor iqtisodiyotiga
o’tayotgan malakatlarda yagona iqtisodiyotni ikki sohaga ajratish tavsiya
qilinadi, ya’ni:
a) Tovar ishlab chiqarish sohasi-bunda buyum, gaz, suv, va energiya
shaklida mahsulotlar ishlab chiqariladi, ishlab chiqarish xizmatlari
ko’rsatiladi. Bu sohaga sanoat, qishloq xo’jaligi, o’rmon xo’jaligi, qurilish
tarmoqlari kiritiladi.
b) Xizmat ko’rsatish sohasi, bunga xizmat ko’rsatish bilan
shug’ullanadigan tarmoqlar kiritilgan.
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi statistika xizmati YaIM,
bandlik, mehnat haqi va boshqa ko’rsatkichlar soha va tarmoqlar bo’yicha
hisoblaydi va e’lon qiladi.
Shunday qilib, Milliy iqtisodiyot turli qism va bo’laklardan tashkil
topgan murakkab tizimdir. Iqtisodiyotning turli qism va bo’laklari o’rtasidagi
o’zaro nisbat iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi deb ataladi. Iqtisodiyotni
alohida qismlarga bo’lish asosida turli belgilar yotadi, shuning uchun
Do'stlaringiz bilan baham: |