Milliy iqtisodiyot va uning makroiqtisodiy ko’rsatkichlari


Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi



Download 59,83 Kb.
bet14/16
Sana27.05.2022
Hajmi59,83 Kb.
#610948
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Jahon xo’jaligi sub’ektlari bo’lib quyidagilar hisoblanadi:
- o’z ichiga xalq xo’jaligi majmuini oluvchi davlat;
- transmilliy kor’orastiyalar;
- xalqaro tashkilot va institutlar;
- milliy iqtisodiyot chegarasidan chiqqan, xo’jalik barcha sohalari
tarkibidagi firmalar.
Jahon xo’jaligi milliy xo’jalikdan yagona jahon bozorining mavjudligi
bilan farqlanadi. Jahon bozorining amal qilishiga rivojlangan
mamlakatlarning iqtisodiy siyosati ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi. Jahon
bozorining o’ziga xos xususiyati bo’lib jahon narxlari va xalqaro raqobat
tizimining amal qilishi hisoblanadi. Aynan xalqaro raqobatning mavjudligi
turli darajadagi milliy qiymatlarni yagona baynalminal qiymatga keltiradi.
Jahon narxi jahon bozoriga ne’matlarning asosiy hajmini etkazib beruvchi
mamlakatlardagi shart-sharoitlar orqali aniqlanadi. Mamlakatlar o’rtasida
sotish bozorlarini egallash uchun keskin raqobat kurashi olib boriladi.
Jahon xo’jaligida har bir o’zgarishlar (jahon bozoridagi narxlar harakati
va alohida mamlakatning eks’ort imkoniyatidan tortib dunyo
iqtisodiyotidagi tarkibiy siljishlar va xalqaro mono’oliyalar faoliyatigacha)
dunyodagi barcha mamlakatlar manfaatini o’ziga tortadi. Mamlakatning
savdo, ishlab chiqarish, valyuta-moliya sohalaridagi jahon tamoyillariga
bog’liqlik ob’ektiv reallik hisoblanadi. Hozirgi davrda har qanday
mamlakatni uning iqtisodiyoti qanday rivojlangan bo’lishidan qat’iy nazar,
jahon xo’jaligi aloqalariga jalb qilmasdan to’laqonli iqtisodiy rivojlanishini
ta’minlash mumkin emas.
Shu sababli prezidentimiz Sh. Mirziyoyev «Mamlakatning jahon
xo’jalik aloqalarida, xalqaro mehnat taqsimotida keng miqyosda ishtirok
etishi ochiq turdagi iqtisodiyotni bar’o etishning asosidir» , deb ta’kidlaydi.
Dunyo bir-biridan maqsadlari, amal qilish mexanizmi bilan farqlanuvchi
turli xil ijtimoiy-iqtisodiy tuzumlar, xalqaro guruhlarga bo’lingan. Jahon
hamjamiyati mamlakatlarini turkumlash har xil mezonlar asosida amalga
oshiriladi.
Turli mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanish ko’rsatkichlarining
turli-tumanligi ular taraqqiyot darajasini qandaydir bitta nuqtai-nazardan
baholash imkonini bermaydi. Shunga ko’ra, mazkur maqsadda bir necha
asosiy ko’rsatkich va mezonlardan foydalaniladi:
- mutloq va nisbiy YaIM;
- milliy daromad va uning aholi jon boshiga to’g’ri keluvchi miqdori;
- milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilmasi;
- mamlakat eks’orti va im’orti tarkibiy tuzilmasi;
- aholining turmush darajasi, sifati va boshqalar.
Mamlakatning jahon xo’jaligidagi o’rnini aniqlashda bir necha
yondoshuvlar mavjud. Ulardan eng oddiylari –mamlakatlarni aholi jon
boshiga to’g’ri keluvchi daromad darajasi bo’yicha guruhlarga ajratish
hisoblanadi.

Download 59,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish