Milliy g‘oya va ma’naviyatga oid fanlarni o‘qitishning o‘ziga xos xususiyatlari


Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslarini o'qitish metodikasi”da metodlarni tanlash omili va maqsadi



Download 63,25 Kb.
bet5/6
Sana28.02.2022
Hajmi63,25 Kb.
#474612
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdug\'apparov A kurs ishi

Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslarini o'qitish metodikasi”da metodlarni tanlash omili va maqsadi.
Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari kursida tushunchalar kengaytirilgan, chuqurlashtirilgan va boyitilgan holda o'qitiladi. Demak, Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanining tuzilishi o'ziga xususiyatlarga ega. Bo'lajak o'qituvchilar kursning asosiy mazmuni bilan puxta tanishishi va ma'naviyat darslari materiali kontsentrik tuzilganligiga e'tibor berish, nazariya va amaliyot masalalari o'zaro organik bog'langan xarakterga ega ekanligini bilishlari zarur.
Ayni paytda tushuncha, xossa, qonuniy bog'lanishlarni ochish kursda o'zaro bog'langan va bir- birini to'ldiradi.
Har bir tushuncha rivojlantirilgan holda tushuntiriladi. Masalan, ijtimoiyiktisodiy fanlar va o'qitish metodikalari orasidagi bog'lanish o'zaro bir-birini to'ldiradi hamda asosiy tushunchalar va natijaviy tushunchalar o'zaro bog'lanishda berilganligiga e'tibor karatish lozim.
Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari kursi o'z tuzilishi bo'yicha o'z ichiga olgan qadimgi, o'rta asr va yangi davrdagi ma'naviyatning rivojidan iborat qismlarning tadrijiy rivojlanish tarzida berilganligi o'rganish materialini bir tizimga soladi, Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari kursida materialning kontsentrik joylashuvi saqlanadi. Ammo, amaldagi dasturda kontsentrik soni kamaytirilgan: falsafa, huquq, tarix, pedagogika. Tarbiya nazariyasi va metodikasi va hokazo fanlardan unda o'zaro bog'langan tushunchalar, masalalarni qarash mazmun jihatdan yaqinlashtirilgan.8
Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslarini o’qitishning maqsadlari quyidagilar: umumta'lim maqsadi, tarbiyaviy maqsadi, amaliy maqsadi. Bu maqsadlar bir - biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, bir-birini to'ldiradi. Ta'lim maqsadi o'qituvchidan quyidagilarni talab qiladi:

  1. O'kuvchilarga bilim, malaka, ko'nikma berish;

  2. Haqiqiy olamni tasavvur va tushunish metodlari bilan o' rgatish;

  3. O'quvchilarning og'zaki va yozma nutqlarini ma'naviy madaniyatini

o'stirishni, uning sifatli bo'lishini ta'minlash;

  1. O'kuvchi-talabalarning bilimga bo'lgan qiziqishlarini kuchaytirish.

Ma'naviyatni o'qitish metodikasida aqliy tarbiya shaxsni hayotga va mehnatga tayyorlashning muhim jihati sifatida belgilanadi. Uning mohiyati shundaki, intellektual faoliyatga qiziqish uyg'otish, bilimlar bilan qurollantirish , ularni qo'lga kiritish va amaliyotda qo'llash metodlari, aqliy mehnat madaniyatini joriy qilish orqali aql va bilish qobiliyatlariga rahbarlik qilishdir.
Aqliy rivojlanish bilimlarni faol o'zlashtirish va ijodiy qo'llash jarayonida juda intensiv yuzberadi:

  1. Atrof - muhitga faol munosabatda bo'lish;

  2. O'ziga ma'lum bo'lganlar chegarasidan chiqishga intilish;

  3. Nazariy va amaliy bilimlarini oshirish va ularni ijodiy qo'llashning

doimiy zaruriyati;

  1. Kuzatuvchanlik, hodisalar va faktlarning eng mohiyatli jihatlarini va

aloqalarini ajrata olish qobiliyati;

  1. Real voqelik jarayonlarini to'xtovsiz aks ettiruchi tushunchalarni

o'zlashtirish va foydalanishga moyillik;
Chunki bilishga bo'lgan qiziqish saralab olishga yo'naltirilgan va u shaxsning ehtiyojlaridan kelib chiqadi. Bilishga bo'lgan qiziqish bilish faoliyati mohiyati, fikrlarning ob'ektga bo'lgan bitimning yaqinligi bilan bog'langan. Bilimga bo'lgan qiziqishning belgilari quyidagilardir: intellektual xarakterga ega bo'lishi; ijodiy xarakterda bo'lishi; bilimga bo'lgan qiziqishning rivojlanish bosqichlari; qiziqishning
- Mo'ljalning elementar darajasi mo'ljallangan qiziqish; qiziquvchanlik - bilishga bo'lgan ehtiros, quvonch ob'ekt chegarasiga kirib borish; bilishga bo'lgan qiziqish xodisalarning mohiyatiga kirib borishga intilish, haqiqatni qidirish; nazariy - qiziqish - voqelikka faol ta'sir etish, qonuniyatlarini bilishga intilish; qiziqishning paydo bo'lishi va rivojlanishi shartli ravishda quyidagicha darajaga ajratish mumkin; yangi faktlarga, mashg'ulotlarga, olinadigan axborotlarga tayanadigan faktlarga bevosita qiziqish har xil sharoitlarda harakat qiluvchi narsa va hodisalarning muhim xususiyatlarini bilishga qiziqish. O'rganishga bo'lgan barqaror qiziqish. U talabalarga ta'lim berishda muhim xarakterga va unda bilishga bo'lgan qiziqish tashqi omillarga muhtoj hamda u real o'quv jarayoni shart - sharoiti va usullari bilan bog'liq bo'ladi.9
O'quvchilarga Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fani shunday bilimlar berishni ta'minlashi kerakki, bu bilimlar orqali, faol bilish faoliyati orqali, bilim, malaka, ko'nikmalari ortib borishi ta'minlanishi lozim.
Tarbiyaviy maqsad.Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o'qitish talaba-o'kuvchilarni savodlilikka, tirishqoqlikka, puxtalikka, o'z fikri va xulosalarini nazorat qila olishga, ayniqsa, kuzatish asosida aytiladigan fikrlarning ravon bo'lishiga erishish kerak. Bilishga intilish, mustaqil ishdan qanoat hosil kilish tuyg'ularini tarbiyalashi kerak.Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o'qitishning o'zi o'quvchilarda diqqat va fikrni to'play bilishni tarbiyalaydi. O'qituvchi quyidagilarni ta'minlashi kerak:

  1. O’quvchi moddiy olamdagi bog'lanishlarni, miqdorlarning o'zgarishini,

bir-biri bilan aloqasini anglay olishi;

  1. O'quvchilarning urf-odatimiz, qadriyatlarimizni o'rganishga astoydil

qiziqishini ta'minlashi;
V) mehnatga, vatanga insonlarga bo' lgan munosabatini tarbiyalash, estetik did hosil qilish;
G) o'zbek millatining tarixi, jumladan, Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslarini o'qitilish tarixiga bo'lgan dunyokarashni tarbiyalash;
d) O' quvchilarning fikrlash qobiliyatini va madaniyatini tarbiyalash;
Amaliy maqsad.Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o'qitishdan kuzatiladigan amaliy maqsad o'kuvchilar olgan bilimlarni amalda qo'llay olishga o'rgatishdan iborat.Buning uchun talabalarning bilimga barqaror qiziqishini ta'minlash zarur. Bilishga bo'lgan barqaror qiziqishga quyidagilar kiradi:

  • Intellektual faollik ko'rsatkichlari - savol va javob mustaqilligi, jonli faoliyatga o'z tashabbusi bilan kirishishga intilish;

  • Malaka va ko'nikmalardan faol foydalanish, ularning faol aks ta'siri (bilimlar yangi bilimlarni egallash metodlariga aylanadi, bilishga bo'lgan qiziqish o'zining eng yuqori rivojlanish darajasiga ko'tariladi);

  • Hissiyotni namoyish qilish (nafrat, kuvonch, bezovta bo'lish, intellektual holatdagi hissiyot);

  • Irodani namoyish qilish, jiddiy diqqat qilish, kuchsiz chalg'ish, o'kuv ishlarini tugallashga intilish, o'z hatti-harakatlarini erkin tanlash - o'quv mashg'ulotlaridan boshqa vaqtlarda u yoki bu mashg'ulotlarni erkin tanlay olish.

Talabalarni bilish faoliyati tuzilmasiga faollik kiradi, ya'ni bu shunday ish faoliyatiki, unda bilish faoliyatini j onlashtiradigan intellektul, irodaviy, hissiy j arayonlar birgalikda namoyon bo' ladi.
Jonli bilish faoliyati uchun bilimga bo'lgan har tomonlama, chuqur qiziqish, muayyan kuch sarf qilinishi, diqqat-e'tiborga qaratilgan bo'lishi lozim.Bilish faolligi individual bo'ladi, u shaxsning tug'ma qobiliyati emas, balki uning hattiharakatlari jarayonida shakllanadi.
Olingan bilimlarni amalda foydalana bilishga o'rgatish.Bu bilimlarni kundalik hayotda uchraydigan masalalarni hal qilishga qo' llay bilishga o' rgatishdir.
O’qitish metodi tushunchasi didaktika va metodikaning asosiy tushunchalaridan biri.
Shunday qilib, o'qitish metodlari o'zlashtirish, tarbiyalash va rivojlanish kabi uchta asosiy vazifani bajaradi.
O’qitish metodlaridan, ta'limning yangi mazmuniga, yangi vazifalariga mos keladiganlariga ongli tanlab olish uchun, oldin hamma o' qitish metodlarini tasniflashni o' rganib chiqish zarur.
Ilmiy-tadqiqot metodlari haqida ma'lumot. Ta'lim va tarbiyaga oid ish tajribalarni o'rganmay va umumlashtirmay, ma'naviy jarayonni chuqur tadqiq qilmay turib ma'naviyatni rivojlantirib bo'lmaydi. Hozirgi ta'lim-tarbiya ma'naviyatni ilmiy bilishning umumiy metodi bilan qurollantiradi, ammo boshka har qanday fan kabi Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanining ham xususiy tadqiqot metodlari mavjud.
Ilmiy tadqiqot metodlari - bu konuniy bog'lanishlarni, munosabatlarni, aloqalarni o'rganish va ilmiy nazariyalarni tuzish maqsadida ilmiy axborotlarni olish usullaridir. Kuzatish, tajriba, maktab hujjatlari bilan tanishish, o'rganish, suhbat va so'rovnomalar o'tkazish, ilmiy tadqiqot metodlari jumlasiga kiradi.
Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari o'qitish metodikasi butun tadqiqotlarda qo'llaniladigan metodlarning o'zidan foydalaniladi.
Kuzatish metodi.
Kuzatish metodi - odatdagi sharoitda kuzatish natijalarini tegishlicha qayd qilish bilan amaliy jarayonni bevosita maqsadga yo'naltirilgan holda idrok qilishdan iborat.
Kuzatish metodidan o'quv-tarbiya ishining u yoki bu sohasidagi ishning qanday borayotganini o'rganish uchun foydalaniladi. Bu metod o'qituvchi va o'quvchilarning faoliyatlari haqida majbur qilinmagan tabiiy sharoitda faktik material to'plash imkonini beradi.
Kuzatish vaqtida tadqiqotchi o'quv jarayonining odatdagi borishiga aralashmaydi.Kuzatish aniq maqsadni ko'zlangan reja asosida uzoq yoki yaqin vaqt oralig'ida davom etadi.Kuzatishning borishi, faktlar, sodir bo'layotgan voqealar, jihozlar kuzatish kundaligiga qayd qilinib boriladi.
Ammo kuzatishlarni kayd kilishning eng ishonchli metodi texnik vositalar, video, foto va kinosyomkadan, teleekrandan foydalanishdir.
Foydalaniladigan kuzatish metodlaridan biri ilg'or tajribani o'rganish va umumlashtirishdan iborat. Bu metoddan muvaffaqiyatli foydalanishning majburiy asosiy sharti shundan iboratki, o'qituvchilar tajribasining tavsifi qo'yilgan tadqiqot vazifasiga javob beradigan bo'lishi kerak.10 Tajriba.
Tajriba - bu ham kuzatish bo'lib, maxsus tashkil kilingan, tadqiqotchi tomonidan nazorat qilib turiladigan va tizimli ravishda o'zgartirib turiladigan sharoitda o'tkaziladi. Tajriba o'qitishning va tarbiyalashning u yoki bu usulning ko'rsatma - qo'llanmalarining samaradorligini tadqiq qilishda qo'llaniladi.
Tadqiqotda ilmiy farazni o'rni katta ahamiyatga ega.Butun tajribani tashkil qilish ilmiy farazni tekshiriga yo'naltiriladi.U material to'plash yo'llarini belgilash imkonini beradi, tadqiqotchining faktik materialda chalkashib ketishiga yo'l qo'ymaydi.
Tajriba natijalarini tahlil qilish, taqqoslash metodi bilan o'tkaziladi. Buning uchun ikki yoki bir necha guruh tuziladi, bu guruhlarga kirgan o'kuvchilar tarkibi bo'yicha tayyorgarlik darajalari va boshqa ko'rsatkichlar bo'yicha imkoni boricha bir xilda bo'lishi kerak. Bir xil sinflarda tadqiqotchi tomonidan maxsus ishlab chiqilgan tajriba materiali bo'yicha ish bajariladi. Taqqoslash uchun nazorat sinflari tanlanadi, bu sinflar o'quvchilar tarkibi, ularning bilim darajalari bo'yicha taxminan tajriba sinflarga teng kuchli bo'lishi kerak, bu sinflarda Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslarini tajriba sinflarda qo'llaniladigan metodlar, vositalar va boshqalar qo'llanilmaydi.
Tajriba natijalari haqida obektiv ma'lumotlar olishning boshqa usullaridan ham foydalaniladi:

  1. Tajriba - sinov o'tkaziladigan sinflarda boshlang'ich shartlar nazorat sinfidagiga qaraganda bir muncha eng qulayroqdir; agar tajriba sinflarda bunday sharoitlarda yaxshi natijalar olingan bo'lsa, masalani tajriba hal qilishi o'zini oqlagan hisoblanadi;

  2. O'quvchilarning tarkibi taxminan bir xil bo'lgan ikkita sinf olinadi; tadqiq qilinayotgan muammoning yangi echimi shu sinflarning bittasida qo'llaniladi, so'ngra boshqa mavzu materiallarida ikkinchi bir sinfda qo'llaniladi; agar bunday qo'llanishdagi yangi metod, usul yaxshi natija bersa, bu usul metod o'zini oqlagan bo'ladi.

Tajribani bilishdan oldin, uning oraliq bosqichlarida va oxirida hamma sinf o'quvchilarining bilimlari tekshiriladi. Olingan ma'lumotlarni tahlil qilish asosida tadqiq qilinayotgan metodning, usulning va x.k. Samaradorligi haqida xulosalar chiqariladi. Tajriba-sinov o'tkaziladigan sinflardan olingan sifat va miqdoriy natijalarni tahlil qilish asosida xulosa chiqariladi.
Hujjatlarni o'rganish.
Ta'lim va tarbiya berishning keng tarqalgan metodlaridan biri o'quvchilar ishlari va hujjatlarini o'rganishdan iborat. O'quvchilarning ishlari ularning dasturning ayrim bo'limlari bo'yicha tayyorgarlik darajasini aniqlash, o'qitishning malum davri davomida o'sishi va rivojlanishlarini kuzatish imkonini beradi.11
Bunday tahlil butun sinf o'quvchilarining duch keladigan murakkab qiyinchiliklarini, shuningdek, o'quvchilarning o'zlashtirishlaridagi individual xususiyatlarini aniqlash imkonini beradi.
O'quv xujjatlari (o'quv rejasi, dasturi, metodik ishlar xujjatlari, hisobotlar va
h.k.) O'quv tarbiyaviy ishlarni rivojlanish jarayoni va holatini aks ettiradi.
Suhbat metodi.
Ta'lim berishda suhbat metodidan ham foydalaniladi. Bu metoddan foydalanish kuzatishdan olingan ma'lumotlarni to'ldiruvchi va aniqlovchi materiallar olish, topshiriqlar bajarilishi imkonini beradi. Bu metod muvaffaqiyatining asosi bolalar bilan aloqa o'rnatilishi, ular bilan bemalol erkin muloqotda bo' lish imkoniyatidan iborat.
Suhbat uchun uning maqsadini belgilash, dastur ishlanmasi, yo'nalishi va metodikani asoslash juda muhimdir. Suhbat metodi bevosita berilgan savollarga javoblarning ishonchliligini tekshirish imkonini beruvchi bevosita va bilvosita savollarni kiritishni nazarda tutadi.
Suhbat metodi o’qituvchilarga, ota-onalarga qaratilgan bo'lishi ham mumkin, bu holda aytib o'tilgan ehtiyotkorlikning hojati yo'k, shu sababli, bunda tadqiqotchining suhbatdoshiga nisbatan munosabati ochiq - oydin bo'lishi mumkin. 6) Anketalashtirish so'rovnoma o'tkazish metodi.
Biror muammoga nisbatan fikrlarni aniqlash, ba'zi faktlarni to'plash talab qilingan hollarda anketalashtirish metodidan foydalaniladi.Agar javoblar og'zaki olinadigan bo'lsa, u holda bu javoblar qarorga tola yoziladi. Ko'pchilik bir savolning o'ziga javob berganda, buning ustiga har kim mustaqil javob bersa, yozma anketalash qimmatli bo'ladi.
Anketadan foydalanilganda quyidagi ikki talabga amal qilish zarur:
1.Anketada savollar kam bo' lishi kerak;
2.Savollar shunday tuzilishi kerakki, ularni hamma bir xil tushunsin, ular aniq (mujmal bo'lmagan) javoblarni talab qilsin.
Ta'lim va tarbiya berishda nazariy metodlar etakchi o'rin tutadi. Har bir tadqiqotdan oldin o'rganish ob'ektini tanlash, nazariy tahlil asosida ob'ekt qaysi faktlarda bog'langanligini aniqlash va tekshirish uchun ulardan etakchilarini tanlash kerak. Tadqiqotning maqsad va vazifalarini yaqqol aniqlash gipotezasini tuzish shunga mos ravishda tadqiqot o'tkazish metodikasini ishlab chiqish, tadqiqotning borishida olingan faktlarni tushuntirish va tahlil qilish usullarini tanlash va xulosalarni ifodalash lozim. Bu ishlarning hammasini bajarish uchun tadqiq qilinayotgan muammoning ilgari va hozirgi vaqtdagi nazariya va amaliyotini yorituvchi adabiy manbalarni o' rganish va tahlil qilish kerak. Nazariy metodlar boshqa metodlar bilan bir qatorda Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslarini metodikasiga oid har bir tadqiqotga qo'llaniladi. Har kanday ilmiy muammolarni hal qilishda eng oldin qilinayotgan masalasiga oid hamma adabiyotni o'rganish va nazariy tadqiqot o'tkazish kerak.
«Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o’qitish metodikasi»ga doir tadqiqotlarda boshqa metodlardan ham foydalaniladi.Odatda bu metodlarning hammasidan birgalikda foydalanish, bir xil natijalarning ishonchli bo'lishini ta'minlaydi.12
Hozirgi zamon didaktikasida o’qitish metodlari klassifikatsiyasiga har xil yondashish mavjud. Yuqorida keltirilgan ta'rifdan o’qitish metodlari o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi faoliyatidan iborat ekani ko'rinadi. Binobarin, bunday faoliyat tashkil qilish rag'batlantirish va nazorat qilishni nazarda tutadi, shunga kora o’qitish metodlari ham uchta katta guruhga bo'linadi: o'quv faoliyatini tashkil qilish metodlari; o'quv faoliyatini rag'batlantirish metodlari; o'quv faoliyatini samaradorligini nazorat qilish metodlari.
Og'zaki, ko' rsatmali va amaliy metodlar:
1. Og'zaki metodlar - qisqa muddat ichida hajmi bo'yicha eng ko'p ma'lumotlarni berish, o'quvchilar oldiga muammolar qo'yish, ularni hal qilish yo'llarini ko'rsatish imkonini beradi.
Bu metodlar o'kuvchilarning abstrakt tafakkurlarining rivojlanishiga sharoit yaratadi.

  1. Tushuntirish. Bilimlarni tushuntirish metodining mohiyati shundan iboratki, bunda o'qituvchi materialni bayon qiladi, o'quvchilar esa uni, ya'ni bilimlarni tayyor holda qabul qilib olishadi. Materialning bayoni aniq, tushunarli, qisqa bo'lishi kerak. Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari kursining bir qator masalalarini qarashda bilimlarning izchil bayoni zarur.

O'qituvchining bilimlarni tushuntirish metodidan ma'lumotlar to'g'risidagi nazariy materiallar ishlatish bo'yicha yo'l-yo'riq berishda foydalaniladi.

  1. Suhbat bu eng ko'p tarqalgan va etakchi o'qitish metodlaridan biri bo'lib, darsning har xil boskichlarida, har xil o'quv maksadlarida qo'llanishi mumkin, ya'ni uyga berilgan topshiriqlarni va mustaqil ishlarni tekshirishda, yangi materialni tushuntirishda, mustahkamlash va takrorlashda qo'llanilishi mumkin.

Suhbat - o’qitishning savol-javob metodidir, bunda o'qituvchi o'kuvchilarning bilimlarini qay darajada o'zlashtirilganligi va amaliy tajribalariga tayangan holda, maxsus tanlangan savollar va ularga beriladigan javoblar yo'li bilan o'quvchilarni qo'yilgan ta'limiy va tarbiyaviy masalalarini hal qilishga olib keladi.
Metodik adabiyotda suhbat metodidan ko'pincha tushunchalar bilan tanishtirishda foydalanish tavsiya etiladi.
2. Ko'rsatmali metodlar.
O'qitishning ko'rsatmali metodlari - o'quvchilarga kuzatishlar asosida bilimlar olish imkonini beradi.Kuzatish hissiy tafakkurning faol shaklidir, bundan o'qitishda, ayniqsa, Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari fanini o'qitishda keng foydalaniladi. Tevarak - atrofdagi predmet va xodisalar va ularning turli - tuman modellari (har xil tipdagi ko'rsatma-qo'llanmalar) kuzatish ob'ektlari hisoblanadi. O'qitishning ko'rsatmali metodlarini o'qitishning og'zaki metodlaridan ajratib qo'yib bo'lmaydi. Ko'rsatma - qo'llanmalarni namoyish qilishni har doim o'qituvchining va o'quvchilarning tushuntirishlari bilan birgalikda olib boriladi. O'qituvchining so'zi bilan ko'rsatma vositalaridan birgalikda foydalanishning 4 ta asosiy shakli aniqlangan:

  1. O'qituvchi so'zlar yordamida o'quvchilarning kuzatishlarini boshqaradi;

  2. Og'zaki tushuntirishlar ob'ektning bevosita ko'rinmaydigan tomonlari hakida ma'lumotlar beradi;

  3. Ko'rsatma-qo'llanmalari o'qituvchining og'zaki tushuntirishlarini tasdiqlovchi yoki konkretlashtiruvchi illyustratsiya bo'lib xizmat qiladi.

  4. O'qituvchi o'quvchilar kuzatishlarini umumlashtiradi va umumiy xulosa chiqaradi.

3. Amaliy metodlar. Malaka va konikmalarni shakllantirish va mustahkamlashtirish jarayoni bilan bog'liq bo'lgan metodlar o'qitishning amaliy metodlari hisoblanadi. Xususan, bunday metodlar jumlasiga yozma va og'zaki mashqlar, amaliy va laboratoriya ishlari, mustaqil ishlarning ba'zi turlari kiradi. Mashqlar asosan mustahkamlash va bilimlarni tadbiq qilish, malaka va ko nikmalarni shakllantirish metodi sifatida qo'llaniladi. Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslarini yangi tushunchalarni, qonunlarni tarkib toptirishda bolalar umumlashtirishga duch keladilar. Umumlashtirish - bu o'rganilayotgan ob'ektlardan umumiy muhim tomonlarini ajratish va ularni muhim emaslaridan ajratishdan iborat.
«Usul» o'qitishning o'z oldiga qo'ygan maqsadlariga erishish, ma'lum ob'ektni o'zlashtirish borasidagi nazariy va amaliy faoliyatlarini anglatadi. O'qitish usuli deganda, ta'lim jarayonida o'qituvchi va o'quvchilarning kutilgan maqsadga erishishga qaratilgan birgalikdagi faoliyatlari tushiniladi.
Uslub - asosiy o'qitish usuli, o'qitish usulining ayrim elementlaridan foydalanib ish ko'rishdir.
Vosita yordamichi o'quv materiallari asbob, qurol apparatlardan foydalanish.
O'qitish usullarini quyidagi turlarga bo'lamiz: o’qitishning og'zaki usuli, ko'rgazmalilik, amaliy usullari, muammoli izlanish, induktik-deduktiv, mustakil ish usullari, rag'batlantirish, nazariy, o'z-o'zini nazorat qilish, kitob bilan ishlash.
Ta'lim jarayonida salmoqli o'rin egallagan muammoli aqliy, hujum, dars, munozarali (ilmiy, erkin fikrlash) darslari muammoli ta'lim texnologiyasiga asoslanadi.Muammoli darslarning o'ziga xosligi dars davomida vujudga keltirilgan muammoli vaziyatlarga asoslanishida.13
Muammoli ta' lim deb, o' qituvchi tomonidan ta' sir ko' rsatishning eng muqobil varianti yordamida fikr yuritish qonuniyatlariga tayangan holda o'quvchilarni bilimlarini o'zlashtirish jarayonida fikrlash qobiliyatini rivojlanishi, shaxsning umumiy va maxsus rivojlanishiga zamin tayyorlaydigan jarayonga aytiladi.
Muammoli ta'limning muvaffaqiyati quyidagi omillarga bog'liq:

  • Muayyan mavzuga oid o' quv materialini muammolashtirish;

  • Muammoli variantlarni vujudga keltirish orqali o'quvchilarning bilish

faoliyatini faollashtirish;

  • Ta'lim jarayonini o'yin mehnat faoliyati bilan uyg'unlashtirish;

  • O'z o'rnida va samarali foydalanishi ko'nikmasiga ega bo'lish;

  • Muammoli vaziyatni hal etish yuzasidan muammoli, savollar zanjirini tuzish va mantiqiy ketma- ketlikda o'quvchilarga bayon qilish.

Muammoli ta' limning zamonaviy nazariyasida muammoli vaziyatlarning ikkitasi ajratiladi.

  1. Psixologik muammoli vaziyatlar

  2. Pedagogik muammoli vaziyatlar o'qituvchining faoliyati:

  • O' quv muammolarini aniqlash, muammoli vaziyatlar tizimini yaratish;

  • O'quvchilar oldiga o'quv muammolarini yuqori ilmiy va metodik saviyada qo'yish;

  • Samarali foydalanishga (faolligini) erishish;

  • O'quvchilar faoliyatini muammolarni hal etishga yo'nalishlardan iborat bo'ladi.

O'quvchining faoliyati esa: muammoli vaziyatlarni idrok etish; hal qilish usullarini izlash; tahlil kilish; tahlillarni ilgari surish ilmiy, mantiqiy nazardan asoslash, isbotlash, tekshirish, xulosa chiqarishdan iborat;
O'qitishning og'zaki usullari 3 turga: ma'ruza, hikoya,suhbatga ajratiladi.
Ma'ruza - u yoki bu ilmiy masalani to'g'ri, mantiqiy izchillikda va aniq izohlab berish.
S.I. Arxangelskiyning ta'kidlashicha, ma'ruza o'qituvchi shaxsining barcha boyligi: ongi, hissiyoti, tuyg'usi, e'tiqodi orqali talabalar ichki dunyosi bilan muloqatda bo'lishining eng samarali, jonli shaklidir. Bunda uning yo'naltiruv, axborot berish, metodologik va tarbiyalov funktsiyalarini ro'yobga chiqarishga yordam beradi.
Ma'ruzaning yo'naltiruv funktsiyasida talabalarning diqqati o'quv materialining asosiy qoidalari, uni o'rganishdagi hamda bo'lg'usi kasbiy faoliyatidagi roli, ahamiyati va uni o'zlashtirish metodlariga jalb qilinadi. Ma'ruzaning axborot berish funktsiyasi o'qituvchi tomonidan asosiy ilmiy faktlar, qoidalar,xulosalarning mohiyatini ochish chog'ida amalga oshiriladi.o'qitishning metodologik funktsiyasini qo'llash tadqiqot metodlarini qiyoslash hamda ilmiy izlanishning tamoyillari va yondashuvlarini aniqlashga yordam beradi. O'qitishning tarbiyaviy funktsiyasi lektsiya jarayonida o'quv materialiga hissiy baho berish munosabatlarini uyg'otish, qiziqishlarini o'stirish, mantiqiy fikrlash va isbotlashni oydinlashtirish yo'li bilan amalga oshiriladi.
Tahlillar shuni ko'rsatadiki, ma'ruzada hal qilinadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:
-ilmiy bilimlarning muayyan miqdori bayon qilinadi;
-talabalarga fan va tadqiqotlarning metodologiyasi tanishtiriladi.
-o'quv faoliyati va o'quv mashg'ulotlarining barcha turlari orasidagi metodik aloqalar ko'rsatiladi.
O'quv materiallarini, og'zaki bayon qilish usuli, uning hikoya tushuntirish vama'ruzasi kabi turlari qo'llaniladi:

  • Bayon kilinayotgan materiallar g'oyaviy jihatdan mazmunli, ilmiy hamda nazariya va amaliyotlar bilan bog' lashga qaratilgan bo' lishi kerak.

-tarbiyaviy ahamiyatini to'g'ri belgilash orqali tarbiviy ta'sir ko'rsatish vositalarini aniqlash va amalga oshirish lozim.

  • Nutq ravon, tushunarli, materialni his-tuyg'uli ifodalay olish kerak.

-ta'rif, qoida, konunlar kitob matnidan farq qilgan hollarda o'qituvchi tomonidan ta'riflar yozib olinishi kerak.
Shuningdek o'qituvchi: muamoli vaziyatlarni ko ra bilishi, o'quv topshiriqlarining maqsadini aniqlashi, mustaqil izlanish orqali savollarga javoblar topishi, nazariy bilimlar va amaliy ko'nikmalar asosida javoblarning to'g'riligini tekshirib ko'rishi, bilim ko'nikma va malakalarni yangi vaziyatlarda qo'llashi lozim.
«Milliy istiqlol g`oyasi va ma`naviyat asoslari» fani dasturi va unga qo'yilgan talablar haqida yuqorida batafsil ma'lumotlar ko'rsatilgan edi.
O'quvchilar bilish faoliyatini kuchaytirish darsliklar, qo'llanmalar bilan ishlash malakasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Buning uchun o'quvchilar o'qituvchining tavsiyasi va ko'rsatmasiga binoan, tavsiya etilgan adabiyotlarni topishi, qo'shimcha o'quv adabiyotlari bilan tanishishi, o'rganilgan axborotlarni tahlil qilish va baholashi, adabiyot mualliflarining jamiyatning ma'naviy - ma'rifiy sohasida yoki fan rivojiga qo'shgan hissasini aniqlashi va baho berishi lozim.14

Download 63,25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish