Aim.uz
Narxni shakllantiruvchi omillar tasnifi
Bozorni kompleks o‘rganish tovarlarga bozor narxlarini tadqiq qilishni nazarda tutadi.
Tovar bozori konyunkturasi holatini ta’riflovchi ko‘rsatkichlar to‘plami ichida baho katta ahamiyatga ega bo‘lgan jamlanma ko‘rsatkich hisoblanadi. Baholar harakati ortida ishlab chiqarish hajmining o‘zgarishi va tovarning bozorga taklif qilinishi, unga bo‘lgan taklif va iste’mol darajasi, tovar zaxiralarning o‘zgarishi yotadi.
Barcha ko‘rsatkichlarning tahlili va prognozi asosan ma’lum tovar uchun tahlil va prognozni to‘g‘ri amalga oshirish uchun bajariladi, chunki baho ham ichki, ham tashqi savdoning sifat ko‘rsatkichi, uning samaradorligi ko‘rsakichidir.
1. Bozor mexanizmining unsuri sifatida baho iqtisodiy kanyunkturaning shakllanishiga ta’sir o‘tkazadi. Shu sababli bir vaqtning o‘zida bahoga iqtisodiy konyunktura ta’sir qiladi va uning rivojlanishi natijasi hisoblanadi.
Bozor bahosi tovarning tovar konyunkturasi konsentratsiyalashgan ifodasi sifatida ma’lum bozor holatini aniqlab beruvchi ko‘pgina omillar ta’sirida shakllanadi. Asosiy NShOlar 8.1. rasmda keltirilgan.
Turli NShOlar tovar narxlarining shakllanishi jarayoniga bir xilda ta’sir o‘tkazmaydi. NShOlar majmuyini tizimli tahlil qilish ulardan bozor narxlariga bevosita ta’sir qiluvchi va shu sababli hal qiluvchi xarakterga ega bo‘lganlarini ajratib olish imkonini beradi. Bozor tovar munosabatlariga nisbatan qo‘llanganda baholar darajasi va ularning harakatiga (birinchi darajali omillarga) to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiluvchi birinchi guruh omillariga ishlab chiqarish bahosi, talab va taklif nisbati, pul sohasi holati, narxlarni ma’muriy (to‘g‘ridan-to‘g‘ri) boshqarish kiradi.
Narx
OTsP
OIP
SDS
SSP
K
GRTs
MRTs
VK
PSD
SP
P
OS
Ts
KR
P
KR
P
N
KT
OP
VPP
UP
FTs
OIP-ijtimoiy ishlab chiqarish xarajatlari; SP-o‘rtacha foyda; SDS-pul sohasining holati; PSD-pulning xarid quvvati; SSP-talab va taklifning nisbati; S-talab; P-taklif; K-raqobat; Ts-baho bilan bog‘liq; N-baho bilan bog‘liq bo‘lmagan raqobat; GRTs-narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishi; P-to‘g‘ridan-to‘g‘ri (ma’muriy) tartibga solish; KR-egri (iqtisodiy) tartibga solish; KT-tovar sifati. OP-tovar yetkazib berish hajmi. VPP-sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi munosabat; UP-yetkazib berish shartlari. FQ-baholarni frankirlash.
Oxir-oqibat mazkur omillar ta’sirida har qanday abstrakt (mavsum) tovarning shakllanish qonuniyatlari aniqlanadi va shu sababli ularni asosiy NShOlar deb nomlash qabul qilingan. Sanab o‘tilgan bozor bahosini shakllantiruvchi omillar ikkinchi, uchinchi va boshqa barcha keyingi darajadagi (tartibdagi) narx-omillariga ta’sir qiluvchi ko‘p sonli va xilma xil bilvosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qilmaydigan) omillar ta’siriga jamlovchi va o‘zida aks ettiruvchi ko‘p qavatli (tabaqali) narx piramidasini yakunlaydilar.
Ikkinchi tartibli NShOlarga ishlab chiqarish xarajatlari va qo‘yilayotgan kapital o‘rtacha foydasi ko‘rsatkichlari, talab va taklifning absolyut qiymatlari va nisbiy dinamikasi, o‘z navbatida uchinchi tartibli NShO shakllantiruvchi raqobat, davlat va monopoliyalarning narx va narxlarga tegishli bo‘lmagan siyosati ta’sirida o‘zgaruvchi pulning xarid quvvati va valyuta kurslarining harakati kiradi
«Piramida» cho‘qqisidan uzoqlashgan sayin vositachi omillarning bozor baholariga ta’siri kamayib boradi, keyingi tartibdagi alohida NShOlar o‘rtasidagi munosabatlar esa murakkabroq va ko‘p qirraliroq bo‘lib boradi. Shunday qilib, narx shakllantiruvchi omillarning murakkab tizimi to‘g‘risida gapirish mumkin.
Ayrim bozorlar xususiyatiga taalluqli bo‘lmagan holda asosiy NShOlarni ajratib olish imkonini beruvchi mavhum tovar narxining shakllanishi omillarining tizimli tahlili olingan aniq bir tovar uchun bozor narxlariga real shart-sharoitlar ta’sirini ham, mavjud ishlab chiqarish va realizatsiya shart-sharoitlarini e’tibordan tashqarida qoldirmaydi.
Aytilganlarni hisobga olgan holda haqiqatdagi tovar narxlarini shakllanishi tahliliga o‘tishda birinchi tartibli asosiy NShOlarni asosiy aniq tovar narxiga bevosita ta’sir qiluvchi o‘ziga xos omillar - tovarning sifati (iste’mol qiymati), sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi munosabatlar xarakteri, yetkazib berish hajmi, yetkazib berish va to‘lov shartlari, baholarni flankirlash kabilar bilan to‘ldirish lozim.
Ierarxik tizimda (8.1.-rasmga qarang) ko‘rsatilgan NShOlar ichidan ba’zi birlari tovar-pul munosabatlarining barcha bosqichlaridan amal qiladi. Ular qatoriga qiymat qonuni, narxlarda aks etuvchi daromadlarni taqsimlash mexanizimi, pul sohasining holati, talab va taklifning nisbati ta’sirida shakllantiruvchi (aniqlovchi) omillarni kiritish lozim. Narxlar dinamikasini aniqlab beruvchi boshqa omillar ma’lum bir aniq tarixiy sharoitlarda vujudga keladi. Tovar-pul munosabatlari rivojlanishining hozirgi bosqichida baholar dinamikasiga yirik kompaniyalar va trans milliy korporatsiyalar TMK davlat monopolistik boshqaruvi, ilmiy-texnik taraqqiyotning yuqori suratlarda rivojlanishi sharoitida raqobat xususiyatlarining o‘zgarishi sezilarli darajada o‘zgarishlar kiritmoqda.
Yuz berayotgan narxlardagi o‘zgarishlar va ularni keltirib chiqarayotgan omillar tavsifiga (xarakteriga) ko‘ra, odatda:
- tovarlar va pul qiymatida ilmiy-texnik rivojlanish, monipoliyalar va davlat siyosati, tabiiy omillar va h.k.lar ta’sirida yuz beradigan o‘zgarishlarni aks ettiruvchi baholar harakatining uzoq davom etuvchi tendensiyalari;
- talab va taklif o‘rasida siklning turli fazalarida nisbatning o‘zgarib turishi oqibatida yuz beruvchi baholarning o‘rta muddatli siklik (takrorlanuvchi) tebranishlari;
- kelib chiqishi turlicha bo‘lgan mavsumiy va tasodifiy omillar ta’siri ostida yuzaga keluvchi baholarning qisqa muddatli tebranishi farqlanadi.
Xom-ashyo sanoat mollari, ishlab chiqarish qurollari va iste’mol vositalari, yuqori monopollashgan va kam monopollashgan tovarlar, yangi va anchadan buyon ishlab chiqarilayotgan tovarlar, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar va oziq-ovqat mahsulotlari va h.k. kabi ayrim tovar guruhlari uchun baholar harakatida sezilarli darajada o‘ziga xos xususiyatlar kuzatiladi.
Xom-ashyo va tayyor mahsulotlar bahosi harakatida quyidagi xususiyat mavjud: o‘zgaruvchan konyunktura sharoitida xom-ashyo uchun sanoat mahsulotlariga qaraganda baholarning ancha keskin tebranishlari xos. Ishlab chiqarish jarayonida tayyor mahsulotga qanchalik ko‘p qiymat qo‘shilsa mahsulot narxi xom-ashyo narxi o‘zgarganda tebranishlarga kamroq moyil bo‘ladi. Ammo hozirgi vaqtda monopoliyalarning turlicha ta’siri natijasida xom-ashyo va tayyor mahsulot narxlari harakatidagi paralellik tez-tez buzilib turadi: xom ashyo narxlari pasayganda ayrim hollarda sanoat mahsulotlari narxlarining o‘sishi kuzatiladi.
Hatto tovar guruhlari ichida ham ayrim kichik guruhlar uchun narx o‘zgarishining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Masalan, xom-ashyo guruhida kelib chiqishi organik bo‘lgan, ishlab chiqarish sharoiti ko‘mir, neft, qora qetallar rudasi va boshqa noorganik xom-ashyodan farq qiluvchi tovarlar, ya’ni dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlarini ajratib ko‘rsatish mumkin. Shuning uchun mazkur tovarlar bahosi harakatining ham o‘ziga xos qirralari mavjud. Organik tovarlar bozorga ularning turli tabiiy-iqlimiy sharoitlarda qayta yaratilishi muddatlariga bog‘liq ravishda bozorga chiqariladi - yiliga bir, ikki yoki bir necha marta (don, sabzavotlar, mevalar) yoki 10-15 yildan (gevey daraxti, kofe, kakao).
Mehnat vositalari va qurollari ishlab chiqarish uchun xom-ashyo sifatida noorganik tovarlar ko‘proq siklik omillarga ko‘proq bog‘liq bo‘ladi.
Ta’siri ostida tovarlarning narxlari shakllanuvchi va o‘zgaruvchi asosiy iqtisodiy va tashqi iqgisodiy omillarning qisqa va unchalik to‘liq bo‘lmagan ro‘yxati ana shunday.
Eng asosiy NShOlarning baholarga ta’sirini batafsilroq ko‘rib chiqamiz.
Ishlab chiqarish bahosi. Ma’lumki, tovarning bahosi qiymatning o‘zgargan shakli bo‘lib, tovarni ishlab chiqarish uchun zarur bo‘lgan mazkur ijtimoiy normal ishlab chiqarish sharoitida va o‘rtacha mehnat ko‘nikmasi va intensivligida sarflangan ish vaqti bilan aniqlanadi.
Bozor bahosi va bozor qiymatini farqlash lozim. Ulardan birinchisi bozorda hukmron bo‘lgan, xususiy ishlab chiqarish sharoitlaridagi farqlardan va ishlab chiqarish xarajatlaridan qat’iy nazar, mazkur turdagi barcha tovarlar uchun to‘lanadigan yagona narx sifatida aniqlanadi. Bozor qiymati ayrim ishlab chiqaruvchilar tomonidan bozorgayetkazib berilayotgan tovarlar individual qiymatlarining o‘rtachasi sifatida tovarlarni yaxshi, o‘rtacha va yomon sharoitlarda ishlab chiqaruvchi aynan bir tarmoq korxonalari o‘rtasidagi raqobat natijasida shakllanadi. Kapitallarning tarmoqlararo raqobati ayrim olingan tarmoqlarda avanslangan kapital miqdoriga proporsional bo‘lgan o‘rtacha foyda olishni ta’minlovchi foyda normasining butun xo‘jalik bo‘yicha o‘rtachaga, bozor qiymatining ishlab chiqarish narxiga tenglashuviga olib keladi.
Natijada qiymat qonuni bozor narxlarining tortish markazi va tebranish o‘qiga aylanib boruvchi ishlab chiqarish narxlari orqali amal qila boshlaydi.
Pul sohasining holati. Pul muomalasi sohasining omillari ichida ichki bozorlar narxlariga xalqaro tovar aylanishi, milliy pul birligi valyuta kurslarining harakatiga vositachilik qiluvchi tashqi savdo narxlari emas, balki mos mamlakatlarning pul birligi xarid quvvatining o‘zgarishi bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Tovar qiymatining puldagi ifodasi sifatida uning bahosi pul qiymatiga teskari proporsionaldir. Kredit-qog‘oz pullarning oltinga erkin almashtirishda tovar narxlarining yig‘indisi va pul miqdori o‘rtasidagi muvozanat nisbatan barqaror bo‘lgan tovar narxlari summasiga muomaladagi pul miqdorni doimo moslashtirib turish orqali amalga oshirilgan. Almashilmaydigan pul muomalasida bunday egiluvchanlik buziladi va asosan bir tomonlama amal qiladi. Bunday sharoitlarda faqat muomaladagi pul miqdorining dinamikasining o‘zi tovarlar narxi summasi bilan bo‘lgan muvozanatni taminlay olmaydi. Shuning uchun «pul miqdori = narxlar summasi%> tizimida narxlar summasi ham o‘zgara boshlaydi. Bu muomaladagi pullarni keragidan ortiq chiqarilishi natijasida ularning almashuv va iste’mol qiymati tushib ketadi, pul «qadrsizlanadi». Pul qiymatining tushub ketishi natijasida yuzaga keladigan narxlarning umumiy o‘sishi baho ko‘lamining kengashi ya’ni qimmatchilikdan o‘zga narsa emas.
Ammo qadrsizlanish bilan bog‘liq bo‘lgan «qimmatchilik» tushunchasi «inflyatsiya» tushunchasi bilan bir xil emas. Qimmatchilik, narx-navoning o‘sishi bu inflyatsiyaning faqat bir tomoni, ikkinchisi turli tarmoqlar tovarlari baholar dispersiyasidir. Inflyatsiyaning bu ikki jihati bir-birini rag‘batlantiradi va to‘ldirib boradi.
Valyuta kurslarining harakati o‘z asosi bo‘yicha valyuta xarid quvvatining o‘zgarishi orqali narxlarning milliy darajasining o‘zgarishi hosilasi hisoblanadi Shu bilan bir vaqtda uning o‘zi ham baholar dinamikasiga ta’sir o‘tkazishi mumkin. Agar valyuta kurslari tebranishi ularning xarid quvvati nisbati o‘zgarishiga mos kelganda edi, unda valyuta kursi dinamikasining baholarga ta’siri muammosi umuman yuzaga kelmagan, kurs esa baholar harakati aks ettirilishiga mos bo‘lar edi. Ammo tashqi iqtisodiy sohaning milliy iqtisodiyotdan o‘ziga xos farqlari, xalqaro pul-kredit sohasining xalqaro savdo sohasiga nisbatan ma’lum darajadagi mustaqilligi mavjud ekan valyuta kurslari o‘zining birlamchi asosi -pulning xarid quvvati nisbatidan farqlanadi. Bunday farqlar qanchalik katta va barqaror bo‘lsa, valyuta kurslarining baholarga ta’siri shunchalik kuchli bo‘ladi.
Valyuta kursining baholarga ta’siri quyidagicha: o‘z valyutasini devalvatsiya qilgan mamlakatda, o‘zga teng sharoitlarda, sotuv narxlarini real darajada kamaytirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Bu uning tovarlarini raqobatbardoshligini oshiradi, chunki import qiluvchi ular uchun o‘z valyutasida kamroq haq to‘laydi.
Valyuta kursining oshishida (revalvatsiya) eksportning raqobatbardoshligini pasayishiga olib keluvchi teskari jarayon yuz beradi, chunki sotuv narxlari ko‘tariladi.
Amaliyotda ko‘rib o‘tilgan o‘zaro aloqa zanjiri (tizimi) tashqi iqtisodiy bitimlarning amalga oshirilishi muddatlari, uzoq muddatli shartnomalardagi narxlarni qayta ko‘rib chiqish shartlari tovarlarni tashish vaqti va h.k. bilan bog‘liq bo‘lgani uchun ancha murakkab bo‘lib chiqadi.
Narxlarga valyuta kurslarining bilvosita ta’siri birinchi navbatda dunyo va valyuta kursi katta o‘zgarishlarga duchor bo‘lgan mamlakatning ichki baholari nisbatining o‘zgarishi orqali namoyon bo‘ladi. Ichki bozorda valyuta kursi pasayganda import qilinayotgan tovarlarning narxlari oshadi. Bu esa mamlakatda narx-navoning oshishiga sabab bo‘lib milliy tovarlarning ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirmay raqobatbardoshligini oshishini anglatadi. Agar tovarlar (masalan, xom-ashyo yoki energiya tashuvchilar) mamlakat xo‘jaligiga zarur bo‘lsa va ularning importidan voz kechish mumkin bo‘lmasa, unda ularga import narxlarining o‘sishi ichki narxlarga bevosita ta’sir o‘tkazadi. Agar hukumat importga cheklovlar qo‘ysa ichki narxlarning o‘sish tendensiyasi qator import qilinayotgan tovarlarga bo‘lgan taklifning kamayishi va shu kabi mahalliy tovarlarga mos ravishda narxlarning o‘sishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Valyuta kursining ko‘tarilishida aks hodisa kuzatiladi - pastroq bo‘lgan import narxlari inflyatsiya jarayonini sekinlashuviga olib sabab bo‘ladi. Ammo bu holda ancha arzonlashib qolgan import qilinuvchi tovarlar bilan raqobatlashuv ichki ishlab chiqaruvchilarning ahvolini yomonlashtiradi. Bu jarayonga odatda himoya qilish (progektsionistik) choralarini qo‘llovchi davlat va milliy monopolistik birlashmalarning siyosati qarshi turadi.
Xotima qilib aytish mumkinki, valyuta kurslari tebranishining kuchayishi tashqi savdoda narx shakllanishining juda muhim omiliga aylanib qoldi. Milliy xo‘jaliklarning valyuta kurslarida namoyon bo‘luvchi o‘zaro aloqalariga o‘zaro bog‘liqligi yetakchi, xalqaro savdoda ishtirok etuvchi davlatlarda ichki baholar harakatining jahon bozori baholari dinamikasiga ta’sirini kuchaytirdi.
Narxlarni boshqarish (tartibga solish). Bozor sharoitida narxlarning sotuvchi va xaridor sifatida maydonga chiquvchi ko‘p sonli ishlab chiqaruvchilarning bir-biri bilan kelishmagan holdagi faoliyati natijasi sifatida stixiyali ravishda shakllanishi hozirda ham, lekin sof holda emas davlat-monopolistik boshqaruvchi bilan uyg‘unlashgan holda saqlanib turadi (batafsilroq 5.2. va 5.3. ga qarang).
Narxlarni tartibga solish maksimal foyda va barqaror raqobatbardoshlikni ta’minlovchi narx darajasini o‘rnatishga qaratilgan monopoliyalar yoki davlat faoliyatidir.
Narxlarni tartibga solishga narxlar darajasi, ularning dinamikasi va nisbatlarini o‘rnatishga qaratilgan bir martalik amal emas balki tadbir-choralar majmuyi, barcha narx shakllantiruvchi omillarni faollashtiruvchi siyosat sifatida qarash lozim. Davlat va monopoliyalar baho siyosatini yuritishda ma’muriy usullarni ham, iqtisodiy usullarni ham qo‘llashlari mumkin.
Narxlarni ma’muriy tartibga solish asosida sotilayotgan tovarlarga monopoliya yoki davlatning egaligi yotgan bevosita ma’muriy narx tayinlash sifatida namoyon bo‘ladi.
Iqtisodiy tartibga solish - baho mexanizmi unsurlari orqali turli iqtisodiy vositalar yordamida narxlarga bevosita ta’sir ko‘rsatishdir.
Narxlarni davlat tomonidan tartibga solinishi iqtisodiy va ijtimoiy qarama-qarshiliklar bartaraf etish uchun ayrim tovarlar mavjud va umumiy narxlarni darajasini saqlab turishi o‘zgartirishi maqsadlarga yo‘naltirilgan hukumat organlari tomonidan o‘tkaziladigan chora-tadbirlar tizimi sifatida maydondan chiqadi.
Narxlarni tartibga keltirish deganda narxlarga ko‘rsatiladigan har qanday ta’sir emas (u davlat organining u yoki bu amallarining natijasi bo‘lishi mumkin), balki narxlarga, ularning darajasiga, tizimi va dinamikasiga maqsadli, ongli ta’sir ko‘rsatishgina tushuniladi.
Davlat ma’muriy tartibga solish chora-tadbirlariga quyidagilar kiradi:
1) narxlarni «muzlatib qo‘yish» va ularni ma’lum darajada ushlab turishning boshqa usullari. Bu usul eng oxirgi chora sifatida va qisqa muddatga haqiqatdagi boshqariluvchi narxlar bilan qayta ishlab chiqarish mavjud shart-sharoitlari orqali avvaldan aniqlanadigan baholar o‘rtasida haddan tashqari katta farq bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida qo‘llaniladi.
Narxlarni «muzlatish usuli rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda tovarlarning barchasi yoki katta qismiga nisbatan kam qo‘llaniladi, ammo hozirgi sharoitda, inflyatsiya umumiy va davomiy xarakter kasb qilgan paytda bu vatan davlatlar tez-tez lekin qisqa muddatga murojaat etadigan bo‘ldilar».
2) Ayrim yirik tadbirkorlar va monopoliyalar tomonidan o‘rnatiladigan narxlar ustidan nazorat. Bunday nazoratning turli usullari mavjud. Asosiysi - baho tayinlarida boshlang‘ich nuqta bo‘lib hisoblanuvchi ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish usullarini reglamentatsiya qilish hisoblanadi.
3) Narxlarni tartibga solish vazifasi yuklatilgan davlat muassasalari va monopoliyalar o‘rtasida tuzilgan kelishuvlar.
Bu kelishuvlarda tadbirkorlarning o‘zlari ishlab chiqarayotgan tovarlar narxlarni o‘zgarmaslik yoki buni hukumat tasdiqlagan yo‘riqnomalarga muvofiq amalga oshirishlari ko‘zda tutiladi.
Davlat tomonidan baholarni nazorati avvalambor ishlab chiqarilishi va sotilishi eng ko‘p darajada monopollashgan mahsulotlarga nisbatan amalga oshiriladi. Monopoliyalar narxlarni o‘zlari tartibga solganlari uchun davlat nazoratining maqsadi bunday sharoitlarda mazkur tovarlarni iste’mol qiluvchi boshqa ishlab chiqaruvchilar manfaatini ko‘zlab monopoliya faoliyatiga ayrim cheklovlar qo‘yishidir;
4) Chegara va narxlarning o‘zgarish diapazonini o‘rnatish (eng yuqori, eng quyi, narxlarning tebranishi, intervali (oralig‘i)). Ko‘p hollarda, ayniqsa narxlarning o‘sib borish tendensiyasi sharoitida ba’zi tovarlar narxlarning eng yuqori chegarasi, ayrim hollarda esa quyi chegaralari belgilab qo‘yildi. Eng kam quyi chegara hukumat ichki bozorda narxlarning ma’lum darajasini ushlab turishga yoki tovar eksportini cheklashga intilganida qo‘llaniladi.
Davlat tomonidan tartibga solishning bilvosita usullariga quyidagilar kiradi:
1) Tovar ishlab chiqaruvchilari tomonidan olinadigan foydaning ma’lum darajasida bo‘lishni ta’minlash uchun yo‘naltirilgan chora-tadbirlar. Bular subsidiyalashning turli shakllari, kreditlash, soliq siyosati, amortizatsiya siyosati bo‘lishi mumkin. Barcha hollarda davlat subsidiyalarning kreditlarning, berilgan soliq imtiyozlarining narxlarga ta’siri narxlarda pasayishi tendensiyasi vujudga kelishdan namoyon bo‘ladi;
2) Ayrim tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlarga ta’sir ko‘rsatish:
a) narxlari tartibga solib turiluvchi ishlab chiqarishda iste’mol qilinadigan tovarlar ya’ni xom-ashyo, yoqilg‘i, materiallar mashinalar narxlarining (odatda namoyish tomonga) o‘zgarishi orqali;
b) ayrim tovarlarni ishlab chiqaruvchilar uchun transport va boshqa xizmat turlari uchun imtiyozli ta’riflar o‘rnatish orqali amalga oshiriladi.
Narxlarni davlat tomonidan ishlab chiqarishni xarajatlarga ta’sir etish orqali tartibga solishda sanoat korxonalari, transport vositalari va infratuzilmaning boshqa usullariga davlat mulkchiligi, shuningdek davlat tomonidan moliyalashtiriladigan keng tarmoqli ilmiy tekshirish muassasalarining mavjudligi katta rol o‘ynaydi.
Davlat korxonalari o‘z mahsulotlarini sotayotgan narxlar ko‘pincha bozor narxlaridan, ayrim hollarda esa ishlab chiqarish xarajatlaridan ham pastroq bo‘ladi.
3) Alohida olingan talab va takliflarga ular o‘rtasidagi ma’lum nisbatni shakllantirish maqsadida ta’sir ko‘rsatish. Bu usul eng keng ko‘lamlarda qishloq xo‘jaligi va xom-ashyo tovarlariga ya’ni ishlab chiqarilishi va is’temolda davlat ahamiyatli o‘rin egallagan yoki yirik davlat zaxiralari mavjud bo‘lgan tovarlar uchun qo‘llaniladi.
4) Barcha turdagi davlat mulkining faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan tovar va xizmatlarni xususiy firmalardan davlat xaridlari. Mazkur xaridlar yuqori narxlarda amalga oshiriladi. G‘arbiy maqsadlarda va strategik zaxiralarni yaratish uchun qilingan davlat xaridlari ayniqsa yuqori narxlari bilan ajralib turadi.
Tashqi savdo bo‘yicha narxlarga davlat ta’sirini alohida ta’kidlash lozim. Tovarni eksport qilishda davlatning bahoga ta’siri uning tashqi bozorda raqobatbardoshligini oshirishga qaratilgan va foyda olgan holda eksport narxlarini pasayishiga ko‘maklashadi.
Davlatning ko‘p sonli eksport narxlariga ta’sir ko‘rsatish vositalaridan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:
Tovarning ancha past eksport narxi bilan ichki bozordagi ancha yuqori narxlari farqini tashkil etuvchi eksport tushumiga qo‘shimcha qilinadigan to‘g‘ri eksport subsidiyalari va mukofatlar berish. To‘lovlar davlat budjeti hisobidan amalga oshiriladi: eksport tovarlarini ishlab chiqarishda eksportga ketayotgan tovarlarni soliqlardan ozod qilish; eksport tovarlarini ishlab chiqarishda qo‘llaniladigan import qilinadigan xomashyoni poshlina (boj)lardan ozod qilish. Agar shunday import poshlinasi (boji) mavjud bo‘lsa, uning to‘langan summasi davlat hisobidan iste’molchiga qaytariladi.
Tovarlarni import qilishda baholar sohasida davlat boshqaruvi olib kelinayotgan mahsulotlarning raqobatbardoshligini kamaytirishga va qaratilgan va import narxlarining ko‘tarilishiga yo‘naltirilgandir.
Bunday siyosat bozor himoyasi vazifasini bajarib milliy-mahalliy ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini ko‘zlab tovarlar importi hajmini cheklash (kamaytirish) imkonini beradi. bu sohada ko‘p sonli ta’sir vositalaridan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: bojxona tarif cheklovlari (bojxona tariflari, chegara soliqlari va yig‘imlari, kompensatsiya yig‘imlari, dempingga qarshi moshinalar - bularning hammasi ichki narxlar tarkibining unsurlari bo‘lgani uchun bevosita narxlar darajasining ko‘tarilishiga ta’sir o‘tkazadi); notarif xarakterdagi cheklovlar (olib kirishning hajmiga miqdoriy cheklovlar, texnik va sanitar normalar, standartlar, minimal, «ostonaviy» import narxlari va boshqalar import tovarlari oqimini kamaytiradi).
Ularning oxirgilari olib kelinayotgan tovarlar narxiga talab va taklif o‘rtasidagi nisbatni o‘zgartirish orqali ta’sir etadi.
Tashqi savdo baholarini tartabga solishning muhim vositasi bo‘lib, valyuta depingiga ko‘maklashishni qo‘shib hisoblaganda, davlat tomonidan valyuta boshqaruvi chora-tadbirlarini amalga oshirish ham hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |