Ma‟naviyatga tahdidlarning oldini olishda milliy g‟oyaga
tayanish zarurati
Reja:
1.
Ma‘naviy tahdid, g‘oyaviy ta‘zyiq va tajovuz tushunchalari, ularning
mazmun-mohiyati va yuzaga kelish shart-sharoitlari.
2.
Mahalliy-hududiy darajadagi ma‘naviy tahdidlar. Global miqyosdagi
ma‘naviy tahdidlar, ularning mazmun-mohiyati.
3.
O‘zbekistonda ma‘naviy tahdidlarni oldini olishning shart-sharoitlari va
omillari, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ma‘naviy-ma‘rifiy asoslari,
texnik-texnologik imkoniyatlari.
О‗zbekiston mustaqilligi, xavfsizligi hamda barqarorligiga jiddiy xavf
tug‗diradigan mafkuraviy tahdidlar ham bugungi kunda dunyo mafkuraviy
manzarasiga keskin ta‘sir etmoqda. Diniy ekstremizm, fundamentalizm, terrorizm,
buyuk davlat shovinizmi kabi global mafkuralar bugungi kunda О‗zbekiston hayoti
va kelajagiga ham jiddiy xavf tug‗diriyotir.
XX asrning oxirida dunyoning siyosiy hvritasi, jumladan, Markaziy
Osiyoning manzarasi tubdan о‗zgardi. Markaziy Osiyodagi respublikalarning о‗z
mustaqilligini qо‗lga kiritishi mintaqamizda nafaqat ijtimoiy-siyosiy jihatdan, balki
g‗oyaviy jihatdan ham yangi mafkuraviy vaziyatni vujudga keltiradi. Ushbu
vaziyatning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat edi:
Birinchidan, Kommunistik mafkura, mintaqa xalqlari ongiga zо‗ravonlik
bilan ―SSSR-yagona Vatan‖ va «sovet xalqi – yangi tarixiy ―birlik‖- degan
tushunchalarni sing-dirishga zо‗r berib о‗rinar edi. Mintaqa xalqlari bundan
qanchalik norozi bо‗lmasin, о‗zlarining tarixiy va ma‘naviy yaqinligiga intilmasin,
ammo bu intilishlarga nisbatan mafkuraviy tazyiq benihoya kuchli edi. Biroq bir
haqiqatni e‘tirof etish kerak. SHо‗rolar mafkurasi barchaning bо‗lmasa ham,
aholining ma‘lum bir qismi ongini zabt etgan edi. Bu zabt etish hozirgacha sobiq
SSSR hududidagi ayrim kishilar tafakkurida zohir bо‗lib turibdi.
Mintaqadagi sobiq ittifoqdosh respublikalar о‗zlarining mustaqilligini
qо‗lga kiritishi bilan bu mafkura barbod bо‗ldi.
Ikkinchidan, mustaqilligni qо‗lga kiritgan mintaqamiz mamlakatlarini о‗z
ta‘sir doirasiga о‗tkazish uchun yana boshqa bir qator mamlakatlar ham harakatni
boshlab yubordilar. Ularning kо‗pchiligi tashqaridan beg‗araz yordam
kо‗rsatayotganday bо‗lib kо‗rinsalar-da, aslida har bir kо‗rsatayotgan ―yordamlari‖
evaziga mintaqada о‗z mav-qeini mustahkamlashga harakat qildilar. Aslida bunday
harakat-larning bо‗lishi tabiiy holdek kо‗rinsada, ammo ularda ham min-taqa
davlatlari va xalqlarini bir–biriga qarama – qarshi qо‗yishga intilishlar yо‗q emas.
Uchinchidan, mintaqada yuzaga kelgan muammolarni hal qilishga xizmat
qiluvchi yangi ma‘naviy – mafkuraviy muhitni shakllantirish ehtiyoji ham oshib
bordi. Mamlakatimiz Prezidenti Islom Karimov ta‘kidlagani kabi: SSSR
parchalanib ketgandan keyin bizning irodamiz yoki intilishimizga bog‗liq
bо‗lmagan holda О‗zbekiston amalda front yaqinidagi davlatga aylanib qoldi.
Uning tashqi chegaralarida – Afg‗oniston va Tojikistonda sо‗nggi yillarda yuz
minglab insonlar hayotiga zomin bо‗lgan ikkita tanglik о‗chog‗i alanga olib
turibdi.
1
Afg‗onistonda urush alangasi о‗chmagani faqat bizning mamlakatimiz
uchungina emas, balki butun mintaqadagi barcha mamlakatlar uchun ham katta
xavf – xatarni vujudga keltirdi.
Tо‗rtinchidan, О‗zbekiston о‗zining iqtisodiy salohiyati, xom ashyo
resurslarga boyligi, ishchi kuchi va demokratik imkoniyatlari, kо‗p jihatdan
geopolitik joylashuviga kо‗ra ham, mintaqada yetakchi о‗rinda turganligi bilan
ajralib turadi. Binobarin, О‗zbekistonga nisbatan bо‗ladigan har qanday xavf –
xatar, albatta, butun mintaqa-ga ta‘sir qiladi. Shu ma‘noda ham turli siyosiy
kuchlar va harakatlar Afg‗onistondagi urush olovini kuchaytirish va mintaqadagi
vaziyatni murakkablashtirish hamda mintaqa davlatlarini unga jalb qilishning turli
yо‗llarini va uslublarini ishga solmoqda. Buning esa mafkuraviy usullar bilan
amalga oshirishga e‘tibor ortib bormoqda.
Shu sabab ushbu ―О‗quvchi – yoshlarda dunyo mafkuraviy manzarasining
murakkablashib borishi‖ mavzusining о‗qitilishining ahamiyati‖ mavzusi bо‗yicha
olingan bitiruv malakaviy ishda akademik litseylarda dars va darsdan tashqarida olib
borilayotgan ishlar haqidagi muammolarni tadqiq etish uchun quyidagilarni amalga
oshirish zarur:
- avvalo g‗oya va mafkuralarni yoshlar tarbiyasida muhim omil ekanligini;
- milliy mafkuramiz milliy, mintaqaviy hamda umuminsoniy tamoyillarga
asoslanganligini;
- dunyo haritasida mafkuraviy о‗zgarishlarni keltirib chiqaruvchi omillarni;
-dunyo mafkuraviy manzarasidagi murakkabliklarni;
- turli mazmun va mohiyatga ega bо‗lgan g‗oyaviy tahdidlarga qarshi kurashda
tarixiy-ma‘naviy qadriyatlarning о‗rnini ochib berish;
- Mafkura va uning insoniyat tarixida tО‗tgan о‗rnini,
-ta‘lim muassasalarida bu mavzuga oid masalalarni yanada kengroq yoritilishi
uchun fikr va tavsiyalar berish;
-yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlarga qarshi kurashish immunitetini
shakllantirish kabilarni ochib berishdan iborat.
О‗zbekiston respublikasi Prezidenti ma‘naviyatga qarshi turli xurujlar haqida
gapirar ekan, ta‘kidlab о‗tadiki: ―Bu haqda gapirganda, faqat bitta millat yoki xalq
haqida fikr yuritish masalani о‗ta tor tushunish bо‗lur edi, ya‘ni, bu о‗rinda sо‗z faqat
bizning ma‘naviyatimizga qarshi qaratilgan tajovuzlar haqida, azaliy fazilatlarimiz,
milliy qadriyatlarimizni ana shunday hujumlardan asrash xususidagina borayotgani
yо‗q. Muhim ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega bо‗lgan ushbu muammoni keng
miqyosda, dunyoning barcha mamlakatlari va xalqlari hayotiga daxldor masala
sifatida о‗rganish, tahlil qilish va baholash maqsadga muvofiqdir‖. Masalaga bunday
keng qamrovli yondoshuv kecha yoki bugun paydo bо‗lgani yо‗q. Prezident
I.A.Karimovning о‗zi ham eslab о‗tganidek, bizning ulug‗ ajdodlarimiz barchasi ―о‗z
ijodi bilan nafaqat ikki daryo oralig‗idagi xalqlarni, balki butun bashariyat
1
Каримов И. А. Ўзбекистон буюк келажак сари. – Т.: «Ўзбекистон», 1998. – Б. 429.
farzandlarini doimo mehr-oqibatli, dо‗st-birodar bо‗lib yashashga‖ da‘vat etib
kelganlar.
Insonning qalbi va ongiga jo bо‗lgan milliy ma‘naviy-axloqiy negizlar uni butun
umri davomida halol, pok, bilimli, xalq xizmatida bо‗lishga, Vatan ravnaqi hamda
taraqqiyotiga hissa qо‗shishga, о‗zining ongli va erkin mushohada qiluvchi shaxs
sifatida kamol topishiga muttasil ravishda undaydi. Prezidentimiz I.A.Karimov doimo
ta‘kidlab kelganidek: ―...Farzandlarimizni milliy va umuminsoniy qadriyatlarimiz
asosida, о‗z fikru tafakkuri va zamonaviy bilimga ega bо‗lgan vatanparvar etib voyaga
yetkazish – barchamizning otalik va onalik burchimizdir‖
1
Vatanimiz kelajagi bо‗lgan
yoshlarga hozirgi zamon talablari darajasida bilim va tarbiya berish, ularni yuksak
ma‘naviyatli, ongi harqanday salbiy ta‘sirlarga nisbatan bardoshli qilib voyaga
yetkazish – bugungi kun ta‘lim muassasalarining asosiy vazifasidir, chunki faqat ana
shunday insonlargina kelajakda odil jamiyat poydevorini yarata oladilar.
Prezidentimiz I.A.Karimovning ―...Aql-zakovatli, yuksak ma‘naviyatli kishilarni
tarbiyalay olsakgina, oldimizga qо‗ygan maqsadlarga erisha olamiz, yurtimizda
farovonlik va taraqqiyot kamol topadi‖ degan sо‗zlari ayni shu ma‘noni anglatadi. Bu
esa har birimizning farzandlarimiz, yosh avlodning ma‘naviy-axloqiy kamoloti,
g‗oyaviy chiniqishiga, har hil buzg‗unchi g‗oya va mafkuralarga qarshi murosasiz
kurashchi ruhida tarbiyalashga mas‘uliyat bilan yondashishga undaydi. Aynan
farzandlarning kamoloti – ertangi kunda barchamizning tinch hayotimizni ta‘minlaydi.
Buning uchun ularni milliy g‗oya ruhida tarbiyalash, ularga hurlik, ozodlik,
demokratik tamoyillarga asoslangan jamiyat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyat
asoslari haqida tushuncha berish barchamizning burchimizdir
1
.
Turli millatlar ma‘naviyatining о‗ziga xosligi kamalakdagi turli ranglar
tovlanishiga monand bо‗lib, ular bir-birini tо‗ldiradi, boyitadi, ammo inkor etmaydi,
bir sо‗z bilan aytganda, ma‘naviyat ellarni zidlashtirmaydi, balki birlashtiradi. Aslida
umuminsoniy qadriyatlarni biror-bir alohida xalq yaratmaydi, bu qadriyatlarni har bir
xalq, har bir elat о‗z tarixiy tajribasi bilan asta-sekin shakllantirib boradi va о‗zaro
turlicha munosabatlar jarayonida elatlar, millatlar bir-birini tushunib, о‗zaro
ma‘naviyatlaridagi umumiy jihatlarni tadrijiy anglab boradi.
Ming yillar davomida yer yuzidagi turli mintaqalarda yashagan xalqlarning
о‗zaro siyosiy, madaniy, ijtimoiy aloqalari hozirdagidek yaqin bо‗lgan emas. Asrlar
mobaynida yer yuzida turli madaniy mintaqalar shakllangan. Yevropa xalqlarining
umummintaqa madaniyati, janubi-sharqiy Osiyo xalqlari mintaqa madaniyati,
Hindiston yarimoroli va unga qо‗shni hududlarda yaratilgan umumiy madaniyat va
boshqa bir qator mintaqalar madaniyati - bularning har biri о‗zgasidan farq qiluvchi
qator diniy e‘tiqod, falsafiy maktablar, san‘at va adabiyot, urf-odat va an‘analarning
о‗ziga xos uyg‗un bir tizimlarini vujudga keltirgan-ki, ahli basharning bunday bebaho
mulkini, ma‘naviy xazinalarini befarqlik bilan bir-biriga qorishtirib yuborish mutlaqo
ijobiy natijalar bermaydi.
Butun dunyo xalqlari bir-birini tushunib yashashga intilmog‗i lozim.
Dushmanlik, g‗ayr kо‗zi bilan qarash emas, mehr bashariyatni birlashtiradi. Bu ulug‗
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., Маънавият, 2008, 112-бет.
1
Каримов И.А. Миллий истиқлол мафкураси – халқ эътиқоди ва буюк келажакка ишончдир. – Т.,
Ўзбекистон, 2000, 34-бет
haqiqatni bizning ajdodlarimiz allaqachon anglab yetganlar. Ammo о‗zgani tushunish
uchun, о‗zgaga mehr kо‗zi bilan boqish uchun, avvalo, inson о‗zligini anglab
yetmog‗i kerak. О‗zligini anglamagan zot hech qachon о‗zgani tushunmaydi, uni xolis
qabul qilmaydi. Asli milliy ma‘naviyatimizga bugungi ayricha e‘tibor ham ushbu
о‗zligimizni anglab yetishga bо‗lgan kuchli ehtiyoj natijasidir.
Biz milliy urf-odatlarimiz, marosimlarimizga baho bermoqchi bо‗lsak, butun
insoniyat manfaatlari nuqtai nazarini, alohida shaxs erkinligi, Vatan va millat
manfaatlarini, milliy qadriyatlarimiz majmuini yaxlit uyg‗unlikda olib qaramog‗imiz
talab etiladi. Agar shu uyg‗unlikka mohiyatan muvofiq bо‗lsa, yoxud loaqal unga zid
bо‗lmasa, demak, maqbul, ammo insonlararo ziddiyat tug‗dirsa, nifoq solsa, yoki
о‗zga shaxs erkini bо‗g‗sa, Vatan va millat manfaatlariga zid bо‗lsa, demak, maqbul
emas. Ammo milliy ma‘naviyatimizni qadrlashimiz, uni rivojlantirishga urinishimiz,
kimlardir talqin qilmoqchi bо‗layotganidek, о‗zga xalqlar madaniyatini mensimaslik
yoki milliy xudbinlikka berilishni anglatmaydi, balki uzoq yillik qaramlik asoratidan
qutulib о‗zligimizga qaytish, о‗zligimizni anglab yetishga urinishni bildiradi. ―Chunki
har qaysi millat yoki xalqning ma‘naviyati uning bugungi hayoti va taqdirini, о‗sib
kelayotgan farzandlarining kelajagini belgilashda shak-shubhasiz hal qiluvchi
ahamiyat kasb etadi‖
1
.
Shu о‗rinda savol tug‗iladi: befarqlik, loqaydlik bilan yovuzlik orasidagi
munosabat qanday? Tan olish kerakki, dunyoda son jihatidan olinsa, mutlaq yovuz
odamlar juda kamchilikni tashkil qiladi. Ular aslida odam ham emas, sunami, tо‗fon
yoki zilzila kabi ―xudoning bir balosi‖. Shunday ekan, qanday qilib juda ozchilik
bо‗lgan bu toifa ba‘zan millionlab insonlar ustidan о‗z hukmini yurgiza boshlaydi?
Ayni yuqorida aytilgan hayotning ma‘no-mazmuni haqida bosh qotirishni oshiqcha
ish deb biladigan, Alloh va bashariyat oldidagi о‗z burchini eslashni ham
istamaydigan, faqat nafs qayg‗usi va о‗tkinchi hoyu havasga berilib kun kechiradigan
odamlarning befarq va loqaydligi tufayli bunday yovuz kuchlar о‗z makru hiylalarini
bemalol amalga oshirishga muvaffaq bо‗ladilar. Chunki bunday kimsalar kо‗pincha
о‗zlari sezmagan holda yovuzlik kuchlariga xizmat qiluvchi dahshatli qurolga aylanib
qoladilar. Shu sababli Prezidentning yangi «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch»
asaridaida befarqlik va loqaydlik asl insoniylikka zid turuvchi qusur sifatida qattiq
qoralanadi
1
.
Aytilganlarga eng yorqin misol sifatida bugungi kunda butun dunyodagi
fikrlovchi insonlarni borgan sari qattiqroq tashvishga solayotgan ―ommaviy
madaniyat‖ hodisasining kelib chiqishiga e‘tibor qarataylik. Bu hodisa bugun butun
dunyoga kо‗proq Yevropa va Shimoliy Amerikaning rivojlangan mamlakatlaridan
tarqalayotganini hisobga olib, ushbu mintaqalardagi hozirgi ma‘naviy-axloqiy
muhitning shakllanish tarixiga qisqa (eng umumiy bir tarzda) tо‗xtab о‗tish kerak
bо‗ladi.
Ma‘lumki, shu kungacha jahon ilmida ―ma‘naviyat‖ hodisasi yaxlit tushuncha
sifatida izchil ilmiy tahlilga tortilmadi. Bu sohaga oid mavjud izlanishlar boshqacha
tushunchalar va tizimlar doirasida kechdi. Xususan, Yevropada inson ma‘naviyatiga
1
Каримов И.А. Озод ва обод Ватан, эркин ва фаровон ҳаѐт – пировард мақсадимиз. – Т., Ўзбекистон, 2000,
342-бет.
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., Маънавият, 2008, 115-бет.
oid bahslar falsafa va uning tarkibiy qismi hisoblangan axloqshunoslik ilmi doirasida
rivojlandi. Inson axloqi aslida zohiriy, aniqrog‗i, ikkilamchi hodisa bо‗lib, shaxs
ma‘naviyatining insonlar aro munosabatlarda namoyon bо‗lishidir. Uning botinida
ma‘naviy omillar yotgani tufayli faylasuflar asosan axloqning botiniy omillariga
e‘tibor qaratganlar. Agar bu sohadagi Yevropa an‘anasini umumiy bir tarzda kо‗zdan
kechiradigan bо‗lsak, axloqshunoslik ilmi kо‗proq insonning iroda erkinligi, aql va
bilim, baxt va lazzatlanishga intilish, manfaatdorlik kabi masalalarga e‘tibor
qaratganligini kо‗ramiz. Aksariyat holatlarda mas‘uliyat va burch masalalari ham
inobatga olinadi. Axloqning imonga bog‗liq jihatlari xristian axloqida alohida ta‘kid
etilsa-da, Yangi davrda bu masala kо‗pincha aktuallashmaydi. Umuman, insonning
dunyoviy maqsadlariga alohida e‘tibor qaratilishi Yevropa axloq ilmining ustivor
jihati deyish mumkin.
Milliy ma‘naviyatimiz an‘analarida shaxs ma‘naviyatining asosiy jihatlari –
iymon, ilm, mas‘uliyat, mehrning о‗zaro uyg‗unligi masalasi ustivor yо‗nalish
ekanligi ma‘lum. Muayyan tarixiy sabablarga kо‗ra Yevropa axloq ilmida ayni shu
о‗zaro mutanosiblikka yetarli e‘tibor qaratilmadi. Natijada, bugungi kunga kelib,
ushbu mintaqada ma‘naviy-axloqiy sohada juda og‗ir muammolar kelib chiqmoqda.
Prezident I.A.Karimovning «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida
1
muallifning ota-onalar mas‘uliyatini oshirishga qaratilgan say-harakati millat taqdirini
о‗z taqdiri deb bilish, millat farzandlariga о‗z farzandi kabi qarash tuyg‗ularidan kelib
chiqadi. Muallif farzand tarbiyasida hushyor bо‗lishga chaqirar ekan, ota-onalar о‗z
farzandlarining qiziqish va intilishlariga, ularning ongu tafakkurida har kuni bir
о‗zgarish rо‗y berib, kо‗zida yangi-yangi savollar paydo bо‗layotganiga ahamiyat
berishlarini astoydil xohlaydi. Xonadondagi har bir narsa – daraxt va о‗simliklar
bо‗ladimi, turli о‗yinchoqlar, uy hayvonlari bо‗ladimi – bularning barchasi bolaning
kо‗ziga gо‗yoki olamning beqiyos mо‗jizasi bо‗lib kо‗rinadi va shu tariqa u yorug‗
dunyoni о‗zi uchun kashf qiladi, deydi muallif. Darhaqiqat, bolalarga milliy
qahramonlarimiz haqida ertaklar aytib berish, milliy ideallarimizni о‗zida ifodalagan
о‗yinchoqlar taqdim etish ularning murg‗ak ongiga о‗z xalqidan g‗ururlanish
tuyg‗usini о‗stirish yо‗lida qadalgan ilk urug‗ emasmi?
Prezidentimiz yosh avlodning bolalikdan Alpomish kabi yengilmas bahodir
bо‗lish tuyg‗ulari bilan yashashini orzu qiladi. Ota-onalarni Alpomish timsolida
Vatanimizni yomon kо‗zlardan, balo-qazolardan asrashga qodir, bu yо‗lda jonini ham
fido qilishga tayyor bо‗lgan azamat о‗g‗lonlarni tarbiyalash uchun ma‘naviy tarbiya
bilan astoydil shug‗ullanishga chaqiradi.
Oilada davr va zamon, davlat va jamiyatning deyarli barcha muammolari ochiq
muhokama etiladi. «Qush uyasida kо‗rganini qiladi» deydilar. Ota-onaning
ma‘naviyati farzandlarda aks etmasdan qolmaydi, albatta. Oilada tо‗g‗ri yо‗lga
qо‗yilgan tarbiya maktabga katta yordam beradi va aksincha, oilada tarbiya yaxshi
yо‗lga qо‗yilmagan bо‗lsa, maktab va ta‘limning yuqori bosqichlaridagi ta‘lim-tarbiya
ishlarini qiyinlashtiradi. Oiladagi ma‘naviy muhit va ta‘lim muassasasidagi
ma‘naviy-axloqiy tarbiyaning bir butunlikni tashkil etishi jamiyat birdamligi,
ma‘naviy-g‗oyaviy birlikning yuzaga chiqishida bosh omil hisoblanadi.
1
Каримов И.А. Юксак маънавият – енгилмас куч. – Т., Маънавият, 2008, 32-бет.
Bola maktabga bora boshlagach, ta‘lim muassasasi zimmasiga unga yetarli bilim
berish bilan birga, uning ma‘naviyatini rivojlantirishdek ulkan mas‘uliyat tushadi.
Zero, yoshlarning bilim va tafakkur doirasi kengayib borgan sari, har bir narsa, voqea-
hodisaning g‗oyaviy mohiyatini anglashga bо‗lgan qiziqishi va intilishi tobora ortib
boraveradi. Ayni shu jarayonda ustozlarning tarbiyachi sifatidagi faoliyati har
qachongidan muhim ahamiyatga ega bо‗ladi. «Yuksak ma‘naviyat – yengilmas kuch»
asarida ta‘limni tarbiyadan, tarbiyani ta‘limdan ajratib bо‗lmaydi, degan chuqur
mazmunga ega falsafiy fikr bildiriladiki, bu aynan deputatlarimiz yelkasidagi yuk
nechog‗li zalvorli ekanligiga bir ishoradir.
Oila juftlik qonuni asosida yuzaga keladi, bir erkakning о‗zi yoxud bir ayolning
о‗zi oila bо‗la olmaydi. Qolaversa, oila faqat er va xotindangina iborat emas. Oila eru
xotindan tashqari erning ota-onasi, ya‘ni qaynota va qaynona, farzandlar, uka a
singillardan iborat kо‗p bо‗g‗inli xonadon. Uning har bir a‘zosi о‗z mavqeiga ega, shu
oilaning ichki intizomiga bо‗ysunib yashaydi. Shu ma‘noda oila jamiyat ichidagi
jamiyatdir. Bu jamiyatning о‗z saltanati bor: bunda minglb tasodiflar jarayonida er-
xotin muhabbati sinovdan о‗tadi, shu sinov jarayonida ular bir-birini chuqurroq
tushunadilar, bir-birlarini qadrlashni о‗rniga quyadigan bо‗ladi, bir-birlariga
kechirimli bо‗lishadi, er-otaga, xotin-onaga aylanadi, farzandlarini tarbiyalab, orzu-
haas kо‗radi. Shu ma‘noda oila inson hayotiga tо‗kislik baxsh etadi, jamiyatning
muqaddas maskani sifatida sadoqat sarchashmasiga aylanadi.
Oilani boshqarish jamiyat hayotini boshqarishning oila a‘zolari о‗rtasidagi
yaqinlik ishonch, hurmat, samimiylik, burch, talabchanlikdan yoshlarning ichki
shakllanishiga ta‘sir etadigan muhim omillardandir. Jamiyat rivojlangan sari ma‘naviy
omillarning ijtimoiy taraqqiyotdagi ahamiyati ortgani sari oiladagi tarbiyaga e‘tibor
xam kuchayib boradi.
Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlaydigan, milliy
qadriyatlarning rivojini ta‘minlaydigan, yangi alodni dunyoga keltirib, uni ma‘naviy
va jismoniy barkamol qilib tarbiyalaydigan, jamiyatning asosiy negizi hisoblanuvchi
muqaddas maskandir. Oila tabiatning eng gо‗zal mо‗jizalaridan biri bо‗lib, u
insonlrga xos ―tabiiy-biologik‖, iqtisodiy, huquqiy, ma‘naviy munosabatlariga
asoslangan ijtimoiy birlikdir.
О‗zbek xalqi uchun oila eng muqaddas dargohdir. Yurtboshimiz ta‘biri bilan
aytganda: ―Bunda о‗zaro hurmat va qattiq tartib bо‗lmasa, oilaning barcha a‘zolari о‗z
burchlarini ado etmasa, birg‗biriga nisbatan ezgulik bilan mehrg‗oqibat kо‗rsatmasa
yaxshi a munosib tarzda yashash mumkin emas… О‗zbeklarning aksariyati о‗zining
shaxsiy farovonligi tо‗g‗risida emas, balki oilasining, qarindosh-urug‗lari va yaqin
odamlarining, qо‗shnilarining eson-omonligi tо‗g‗risida g‗amxо‗rlik qilishni birinchi
о‗ringa qо‗yadi. Bu esa eng oliy darajada ma‘naviy qadriyat, inson qalbining
gavharidir‖.
Shuning uchun ham mamlakatimizda oila va uning muqaddasligini ta‘minlash
uchun bog‗liq masalalar davlat siyosati darajasiga kо‗tarildi. Yurtboshimizning
tashabbuslari bilan 1998 yil ―Oila yili‖, 1999 yil esa ―Ayollar yili‖, uning uzviy
davomi sifatida 2000 yil ―Sog‗lom avlod yili‖, 2008 yil ―Yoshlar yili‖, 2010 yil
«Barkamol avlod yili» deb e‘lon qilindi.
Prezident «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asarida ―inson ma‘naviy
olamining yuksalishi‖ deganda nimani tushunish kerak, degan savolga aniq va lо‗nda
javob berilgan: ―Ollohning о‗zi bizga buyurgan komil inson bо‗lish, halollik va
adolat bilan hayot kechirish‖. Ammo Prezident I.A.Karimov yana ta‘kidlaydiki, ushbu
qoidani tushunish va e‘tirof etishning о‗zi kifoya emas, balki ayni shu e‘tiqodga amal
qilib yashash – ―odamzotning ma‘naviy boyligini belgilab beradigan asosiy
mezon‖dir.
―Takror aytishga tо‗g‗ri keladi – ota-onalar, ustoz-murabbiylar bu masalada
hushyorlikni yо‗qotmasligimiz, yoshlar tarbiyasida aslo beparvo bо‗lmasligimiz
zarur.‖Prezidentning hushyorlikni yо‗qotmaslik, beparvo bо‗lmaslik xususidagi
uqdirishlarini tо‗g‗ri tushunadigan bо‗lsak, bu degani yosh avlodga tо‗g‗ri ta‘lim
berish bilan birga, har bir aytgan sо‗zimizga avvalo о‗zimiz rioya qilishimiz kerak
bо‗ladi. Masalan, ―ilm ol‖ dedikmi, о‗zimiz umr bо‗yi ilmimizni oshirib, puxtalab
borishdan tо‗xtamasligimiz kerak; ―halol va adolatli bо‗l‖ dedikmi, о‗zimiz
farzandlarimizni halol luqma bilan boqayotganimizga, о‗z foydamizni kо‗zlab birovga
zulm bо‗ladigan xatti-harakatdan saqlanishga qat‘iy urinmog‗imiz lozim bо‗ladi. Ana
shundagina bolalarimiz kelajagidan xotirjam bо‗lishimiz mumkin.
―О‗z-о‗zidan ravshanki, bugungi zamon voqelikka ochiq kо‗z bilan, real va
hushyor qarashni, jahonda va yon atrofimizda mavjud bо‗lgan, tobora kuchayib
borayotgan ma‘naviy tahdid va xatarlarni tо‗g‗ri baholab, ulardan tegishli xulosa va
saboqlar chiqarib yashashni talab etmoqda.
Albatta, barcha muammolarni bir kunda, bir hamla bilan yechib bо‗lmaydi.
Ma‘naviy barkamol avlodni tarbiyalash bir umrlik ish. Mustaqilligimiz bu say-
harakatlarimiz samarali bо‗lishining ishonchli kafolatidir. Ammo har bir ishda yolg‗on
qadamlardan, oson yechimlar qidirishdan ehtiyot bо‗lmog‗imiz juda muhim. Har bir
ishda qiyinchilikni bо‗yniga olgan odam haqiqiy yutuqqa erishadi. Ayniqsa, biz
ziyolilar, yosh avlod tarbiyachilari о‗z vazifamizga mas‘uliyat bilan yondoshsak,
―farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning
muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash‖dan, shu yо‗l bilan ular ongida
―mafkuraviy immunitet‖ hosil qilishga urinishdan charchamasak, millatimiz yana
buyuk millat bо‗ladi, avlodlarimiz ajdodlarimizga munosib qudrat kasb etadi.
Muallimning mehnati samarasi uzoq kelajakka ulanib ketadigan ezgu mehnat. Keling,
avlodni boqiylikka eltuvchi mehnatdan erinmaylik, toki Prezidentimizning,
xalqimizning yorug‗ orzulari ushalsin, ―yoshlarimiz milliy о‗zligini, shu bilan birga,
dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‗lib
yetishsin‖.
Ma‘lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida
unga qarshi immunitet hosil qilinadi, deyiladi Prezident I.A.Karimovning «Yuksak
ma‘naviyat – yengilmas kuch» asarida. Shunday ekan, yurtimizda yosh avlodni ona
Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat
ruhida tarbiyalash uchun ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni
kuchaytirishimiz lozim. Toki, yoshlarimiz milliy о‗zligini, shu bilan birga, dunyoni
chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bо‗lib
yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning axloq-odob tushunchalarini rad
etadigan, bizga mutlaqo begona g‗oyalari ham ularga о‗z ta‘sirini о‗tkaza olmaydi.
Asarda Prezident yosh avlodni turli ma‘naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida
tо‗xtalib, nafaqat xalqni ulug‗laydigan buyuk fazilatlar, ayni paytda uning
rivojlanishiga salbiy ta‘sir kо‗rsatadigan noma‘qul odatlar haqida ham fikr yuritadi.
Birinchi navbatda, xudbinlik va loqaydlik, qarindosh-urug‗chilik va mahalliychilik,
korrupsiya va manfaatparastlik, boshqalarni mensimaslik kabi illatlardan jamiyatni
butkul xalos etish zarurati haqida kuyinib yozadi
1
.
Mahalla – insonni jamiyat bilan uyg‗unlashtiradigan hamda shu ruhda
tarbiyalaydigan eng katta sahovatli gо‗sha va beqiyos Vatan. Muallif xalqimizning
―Mahalla – ham ota, ham ona‖ degan hikmatli iborasini keltirib, bu sо‗zlarni
millatimiz uchun ―hayotiy haqiqatning ifodasi‖ deb ta‘riflaydi va mahalla - tarbiya
maktabi sifatidagi vazifasiga alohida urg‗u beradi.
―Ommaviy madaniyat‖ hodisasi asosida birnecha omillarning chatishuvi yotadi.
Ulardan birinchisi - imonsizlik, о‗z insoniy burchi va mas‘uliyatini tan olishni
istamaslik, befarqlik va loqaydlik. Ikkinchisi - sanab о‗tilgan qusurlarni oqlashga
xizmat qiluvchi ―dunyoni manfaat boshqaradi‖ (demak, bu dunyoda har kim о‗z
foydasi uchun qо‗lidan kelgan harakatini qilsa, bо‗laveradi, degan) dahriyona
(aniqrog‗i, xudbinona) tezis (―qoida‖) asosida yashash. Bu ikki omil azaldan bо‗lgan.
Uchinchisi – oldingilaridan kelib chiqadigan axloqiy relyativizm, ya‘ni dunyoda
azaliy va abadiy qat‘iy axloqiy meyorlar mavjud emas, kо‗pchilik о‗zini qanday
tutayotgan bо‗lsa, biz ham shunga qarab ketaveramiz, degan о‗ysizlik, fikriy
dangasalik tamoyili. Va nihoyat tо‗rtinchisi - bugungi axborot vositalarining cheksiz
imkoniyatlari sharoitida yuqoridagi Prezident ta‘rifiga muvofiq, befarqlik va о‗ysizlik
botqog‗iga botgan kimsalarning dunyoni boshqarishga intilayotgan kichik bir guruh
qо‗lida qо‗g‗irchoqqa aylanib, о‗zlarining eng tuban hayvoniy xohish va istaklarini
ochiqdan-ochiq namoyon qilishni ―umuminsoniy axloqiy meyorlar‖ darajasiga
kо‗tarishga urinishlaridir. Bunday holatlar Yevropa mintaqasi tarixida ilgari ham
bо‗lgan, ammo hech qachon bu daraja jahon miqyosida keng kо‗lam kasb etmagan va
bu darajada kuchli targ‗ibot imkoniyatlariga ega bо‗lmagan edi. Prezident «Yuksak
ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridaida bu haqda shunday deyiladi: ―Shuni
unutmaslik kerakki, bugungi kunda inson ma‘naviyatiga qarshi yо‗naltirilgan, bir
qarashda arzimas bо‗lib tuyuladigan kichkina xabar ham axborot olamidagi
globallashuv shiddatidan kuch olib, kо‗zga kо‗rinmaydigan, lekin zararini hech narsa
bilan qoplab bо‗lmaydigan ulkan ziyon yetkazishi mumkin.‖
―Bugungi kunda dunyoning ayrim hududlarida, - deb kuyunchaklik bilan qayd
etiladi Prezident «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridaida, - katta ma‘naviy
yо‗qotishlar yuz berayotgani, millatning asriy qadriyatlari, milliy tafakkuri va turmush
tarzi izdan chiqayotgani, axloq-odob, oila va jamiyat hayoti, ongli yashash tarzi jiddiy
xavf ostida qolayotganini kuzatish mumkin.‖
―Hozirgi vaqtda axloqsizlikni madaniyat deb bilish va aksincha, asl ma‘naviy
qadriyatlarni mensimasdan, eskilik sarqiti deb qarash bilan bog‗liq holatlar bugungi
taraqqiyotga, inson hayoti, oila muqaddasligi va yoshlar tarbiyasiga katta xavf
solmoqda‖, - deb yozadi Prezident о‗z «Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch»
1
Эргашев И. ва бошқалар. Миллий истиқлол ғояси: Ўзбекистон Республикаси Олий таълим бакалавриат
босқичи учун дарслик. – Т., Академия, 80-бет.
asaridaida va bunday xatarli holatdan faqat о‗z xalqini emas, balki butun jahon afkor
ommasini ogohlantirish lozim deb biladi
―Ma‘naviy tahdid deganda,- о‗rinli izoh berib о‗tadi Prezident, - avvalo, tili,
dini, e‘tiqodidan qat‘i nazar, har qaysi odamning tom ma‘nodagi erkin inson bо‗lib
yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan chiqarish maqsadini
kо‗zda tutadigan mafkuraviy, g‗oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda tutish
lozim, deb о‗ylayman.‖
Prezidentimiz topib aytganidek, ―kimdir Rahmon izmida yursa, kimdir shayton
izmida yuradi,‖ harkimning gunohi ham , savobi ham о‗ziga. Ammo bostirib
kelayotgan xavfni kо‗rib turib, kо‗rmaslikka olish, hoziri-yu huzuri, о‗zimning ishim
bitsa bо‗ldi-da, о‗zga bilan nima ishim bor, degan kayfiyat bizga tо‗g‗ri kelmaydi.
Qolaversa, gap bizdan keyin shu yurtning chirog‗ini yoqib о‗tiradigan bolajonlarimiz
taqdiri ustida ketayapti.
Vaziyatning murakkabligi shundaki, bugungi kunda yaxshilik va yomonlik
о‗rtasidagi kurash va ziddiyatlar faqat saltanatlar, xalqlar va shaxslar о‗rtasida emas,
balki har birimizning qalbimizda, ongimizda kechmoqda
38
. YA‘ni bu muammolar
faqat yosh avlodgagina taalluqli emas. Dushman ochiq-oydin о‗zini kо‗rsatmaydi:
siz maxsus kabel orqali berilib kino kо‗rib о‗tiribsiz, yoki internet orqali muayyan
saytlardagi ma‘lumotlar bilan tanishayapsiz, kо‗chada turli reklamalar diqqatingizni
tortayapti, ehtiyot bо‗ling, sizni kerakli yо‗nalishda ―tarbiya‖ qilishayapti, о‗z
qarashlarini turli vositalar bilan ongingizga singdirishayapti. Shunday, ―ular kо‗pincha
turli niqoblar, jozibali shior va g‗oyalar pardasi ostida ish kо‗radi.‖ Biz esa sal
g‗aflatga berilsak, ongimizdagi о‗zgarishlarni о‗zimiz ham payqamay qolamiz.
Gо‗yoki hech kim bizga tajovuz ham qilgani yо‗q, majbur ham qilgani yо‗q, biz о‗z
ixtiyorimiz bilan ―mustaqil‖ ravishda shu ―xulosa‖ga keldik. Bu yerda ta‘sir
о‗tkazishning shunday makkorona usullari qо‗llanmoqda-ki, uncha-muncha odam
g‗aflatda qolishi hech gap emas. Aslida imonli, e‘tiborli inson bunday makru
hiylalarni juda oson bilib olsa bо‗ladi – ular barchasi insonlar ongining eng tubiga
joylashgan biologik (hayvoniy) instinktlarni qо‗zg‗ashga qaratilgan, bunday filmlarda
eng ezgu niyatlar ham qо‗lda avtomat bilan amalga oshiriladi, eng ijobiy qahramonlar
ham shahvatga beriladi, oddiy hazillar ham о‗zini hurmat qilgan inson uchun haqoratli
holatlar shaklida yoki hayosiz iboralarda ifodalanadi.
―Lо‗nda qilib aytadigan bо‗lsak, - xulosa qiladi Prezident, - bunday mafkuraviy
xurujlar milliy va diniy tomirlarimizga bolta urishini, ulardan bizni butunlay uzib
tashlashdek yovuz maqsadlarni kо‗zlashini, о‗ylaymanki, yurtimizda yashaydigan
sog‗lom fikrli har bir odam yaxshi tushunadi.‖
Insonga faqat atrof-voqelik haqida, odobu axloq qoidalari haqida bilim
berishning о‗zi uning ma‘naviy-axloqiy tarbiyasi uchun yetarli bо‗lmaydi. Unda iroda
qudrati, mas‘uliyat tuyg‗usini shakllantirish, kо‗nglida atrof-tabiatga, mehnatga,
kasbga, ilmga, о‗zga insonlarga mehr uyg‗otish, dilida ulug‗ maqsadlar tug‗ilishiga
erishish lozim. Masalan, tan olib aytish kerakki, Vatan yoki Adolat tuyg‗usi haqida
«Yuksak ma‘naviyat - yengilmas kuch» asaridalarda yozilganlarni о‗qib chiqqan
odam darhol Vatanning qadriga yetadigan, yoki Adolatga xiyonat qilmaydigan bо‗lib
38
Маънавий юксалиш йўлида. Т., 2008. С . 40-41.
qoladi, deb tasavvur qilish о‗ta soddalik bо‗lur edi. Har bir inson Vatan, Millat,
Adolat timsol-tushunchalarining о‗z ruhidagi poydor ma‘naviy qadriyatlarga aylanishi
uchun о‗zgalar ibratida sinashi, bu yо‗lda riyozat chekishi, ularga nisbatan kо‗nglida
mehr uyg‗onishi zarur. Bunga turli yо‗llar, turli vositalar bilan, birinchi navbatda yosh
avlod tarbiyasiga samimiy (chin kо‗ngildan) va izchil yondoshuv, tinimsiz izlanishlar
bilan erishiladi.
―Bizning ulug‗ ajdodlarimiz, - deb yozadi Prezident, - о‗z davrida komil inson
haqida butun bir axloqiy mezonlar majmuini, zamonaviy til bilan aytganda, sharqona
axloq kodeksini ishlab chiqqanliklarini eslash о‗rinli deb bilaman.‖ Ma‘lumki,
dunyodagi barcha mamlakatlarda ommaviy axborot vositalari yetakchi о‗rin tutadi.
Gazeta va jurnallar, radio va televideniye vositalari har bir davlatda omma bilan
xokimiyat о‗rtasida о‗ziga xos aloqa vositasi, oshkoralik kо‗zgusi, xaqiqat jarchisi
bо‗lib xizmat qiladi. Mamlakat ijtimoiy – siyosiy xayotida yetakchi rol о‗ynaganligi
uchun ham ularga tо‗rtinchi xokimiyat tusini berish ommalashgan. Davlat boshqaruv
organlari demokratiyaning muhim tayanchi bо‗lganligi uchun ham ommaviy axborot
vositalari bilan maslahatlashishga, takliflarini e‘tiborga olishga majburdir. Shuning
uchun ham О‗zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 67- molddasida «ommaviy
axborot vositalari erkindir va qonunga muvofiq ishlaydi. Ular axborotning tо‗g‗riligi
uchun belgilangan tartibda javobgardurlar. Senzuraga yо‗l qо‗yilmaydi», deyilgan.
Kо‗rinib turibdiki, ommaviy axbort vositalarii oshirsh erkinlikni kо‗rsatish, ular
xalqqa sadoqat bilan xizmat qilishi alohida ta‘kidalanadi. Televideniyening bugungi
kundagi dolzarb vazifalaridan biri bugungi murakkab mafkurviy jarayonlarni ilmiy –
amaliy jihatdan atroflicha tahlil qilish va baholash, ustuvor yо‗nalishlarini aniqlash,
ularning aholi turli qatlamlariga ta‘sirini о‗rganish, milliy manfaatlarida hayot
tarzimizga zid bо‗lgan zararli g‗oyalar va mafkuraviy hurujlarning mohiyatini ochib
berishdan iboratdir. Vatanimiz mustaqilligining ma‘naviy asoslarini mustahkamlash,
milliy qadriyatlarimiz, an‘ana va urf – odatlarimizni asrab – avaylash, xalqimiz,
ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat
tuyg‗ularini chu singdirish masalasi bugungi kunda tobora dolzarb ahamiyat kasb
etmoqda. Agarda fuqarolarimiz qalbida milliy tafakkur va sog‗lom dunyoqarash
asoslari mustahkamlansa, ular о‗z fikriga ega bо‗ladi va turli ma‘naviy tajovvuzlarga
qarshi sobit tura oladi.
Televideniyening ta‘sir kuchi unda beriladigan materiallarning xarakteriga
bog‗liq bо‗ladi. Shu nuqtai nazardan qaraganda, berilayotgan materiallarning
tezkorligiga, tahliliy darajasiga alohida e‘tibor beriladi. Televideniye kо‗rsatuvlarida
materiallaar Ayni paytda qanday auditoriyaga mо‗ljallangani bilan ham ajralib turadi
hamda iste‘molchining yoshi, jinsi, bilim darajasi,dunyoqarashi, milliy, diniy
mansubligi kabi omillarini hisobga olgan holda tuziladi.
Tadqiqotlardan shu narsa ma‘lum bо‗ldiki, odamlarga ham aqlan asoslangan
(ratsional), ham emotsional (hissiyot uyg‗otuvchi) ma‘lumotlar tez ta‘sir qiladi. Bunda
auditoriya xususiyati nazarda tutilishi kerak. Masalan, о‗qimishli, tushungan odamlar
auditoriyasi faktlarga tayangan, asosli ma‘lumotlarni tez qabul qilib, unga ishonsa,
kichik yoshlilar, ma‘lumot darajasi pastroq shaxslar kо‗proq yurakka yaqin,
emotsional ma‘lumotga о‗ch bо‗ladi. Bundaylar hatto ulardan ayrim negativ his –
tuyg‗ularni qо‗zg‗atuvchi ma‘lumotlarga nisbatan ham faolroq bо‗ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |