Komil insonni shakllanishida milliy g‟oyaning o‟rni
Reja:
1.
Komil inson, barkamol avlod tushunchalari, ularning mazmun
mohiyati. Komil inson va barkamol avlodga xos bo‘lgan fazilatlar.
2.
O‘zbekistonda ta‘lim to‘g‘risidagi qonun. Kadrlar tayyorlash milliy
Dasturida barkamol avlod tarbiyasiga munosabat.
3.
Barkamol avlodning shakllanishi, unga xos xususiyatlar: yangicha
tafakkur, falsafiy dunyoqarash, ma‘naviy axloqiy poklik, yuksak
ma‘naviyat.
О‗zbekiston о‗z istiqloliga erishganidan sо‗ng jamiyat ma‘naviy hayotini
sog‗lomlashtirish va rivojlantirish, inson omiliga katta e‘tibor berish mamlakatimiz
oldida turgan eng asosiy vazifalardan biri sifatida kun tartibiga qо‗yilishi ham
moziyning kо‗p asrlik saboqlariga, jamiyat oldida kо‗ndalang turgan yangi
vazifalarni hal etishga oqilona yondashishning kо‗rinishidir. Milliy о‗zlikni
anglash jamiyatimiz hayotida rо‗y bergan ma‘naviy о‗zgarishlarning asosidir.
Milliy о‗zlikni anglash ham shaxsning, xalqning ma‘naviy kamoloti bilan bog‗liq.
Milliy о‗zligini, о‗z manfaatlarini, о‗z mamlakati taraqqiyoti istiqbolini chuqur,
xolisona anglagan inson va xalqgina keng rivojlanish imkoniyatlariga ega bо‗la
olishini tarix saboqlari har doim isbotlab kelgan.
Komil inson g‗oyasi nafaqat alohida shaxslarni, balki butun-butun xalqlarni
yuksak taraqqiyot sari yetaklagan, ularni ma‘naviyat va ma‘rifat sohasida tengsiz
yutuqlarga ilhomlantirgan. Komillikni orzu qilmagan, barkamol avlodlarni voyaga
yetkazish haqida qayg‗urmagan xalqning, millatning kelajagi yо‗q. Bunday xalq va
millat tanazzulga maxkum
1
.
Jamiyat taraqqiyotidagi yuksalishlar, taraqqiyot imkoniyatlari, komil inson
shaxsining shakllanishi muayyan ma‘naviy muhit va imkoniyatlar bilan bog‗liq
bо‗lgan. Kо‗p jihatdan ijtimoiy turg‗unlik holatlari, iqtisodiy, siyosiy inqirozlar
ma‘naviy buxronning natijasi tarzida namoyon bо‗ladi. Shuning uchun jamiyat
taraqqiyotidagi tushkunliklar va yuksalish sababini ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy
omillar bilan bir qatorda kishilar ongi, e‘tiqodi, dunyoqarashi, komillik darajasidan
ham izlash kerak.
Milliy g‗oyamizning asosiy maqsadlaridan biri – har tomonlama komil insonni
tarbiyalashdan iborat.
Komil inson esa, bu – ozod shaxs, erkin fikr etuvchi, о‗z xalqining ideallari
uchun kurashuvchi inson, о‗z Vataniga halol xizmat qiluvchi kishidir. Islom Karimov
ta‘biri bilan aytganda, «bizning asosiy boyligimiz, rivojlangan davlat tо‗zishga olib
boradigan yо‗ldagi asosiy tayanchimiz – insondir. Yuksak malakali va yuksak
ma‘naviyatli insondir. Bu narsa, ayniqsa yosh avlodga tegishli».
Komillik – mehr-muruvvat, adolat, tо‗g‗rilik, vijdon, or-nomus, iroda,
tadbirkorlik, matonat kabi kо‗plab asl insoniy xislat va fazilatlarning majmuidir.
Komil inson g‗oyasi azal-azaldan xalqimizning ezgu orzusi, millat
ma‘naviyatining uzviy bir qismi bо‗lib kelgan. Zardо‗shtiylikning muqaddas kitobi
«Avesto»da halol mehnat komillikning asosiy mezoni sifatida talqin etilgan. Komil
1
Комил маънавият - мустақиллик таянчи. - Т., 1997, 98-бет.
inson g‗oyasi islom falsafasidan oziqlanib, yanada kengroq ma‘no-mazmun kasb
etgan. Ibn Sino, Beruniy, Forobiy, Navoiy kabi mutafakkirlarning komil insonni
tarbiyalash haqidagi fikrlari jamiyat taraqqiyotiga yangi ma‘naviy imkoniyatlar
izlash maqsadlari bilan bog‗langan. Forobiy fozil shahar aholisi haqidagi
g‗oyalarini ilgari surar ekan, shaxsning ma‘naviy kamolotini adolatli jamiyat
qurishning asosiy sharti deb hisoblagan
1
.
Tarixga nazar tashlasak, buyuk shaxslarning faoliyati mohir tashkilotchilik,
teran bilimlilik bilangina emas, balki ularning axloqi va odobi bilan ham yuksak
ma‘no-mazmun kasb etgan. Odoblilik boshqalarnigina emas, о‗zini ham hurmat
qilish deganidir. Ayniqsa, bizning milliy an‘analarimizga kо‗ra, insonning
komilligi, avvalo, uning axloqiy yetukligida, ajdodlar merosini chuqur о‗rganib,
uni boyitish, katta-kichikka extirom kо‗rsatish borasidagi harakatlarida kzga
kо‗rinadi. Komillik darajasini har kim о‗zicha belgilay olmaydi. Komillik har bir
shaxsning о‗zidan kо‗ra boshqalarga yaxshiroq ma‘lum bо‗ladi.
Komil inson – qullik, mutelik, boqimandalikdan batamom xalos bо‗lgan
inson. Chunki inson birovga quldek ergashsa, demak ijtimoiy jihatdan u hech
narsaga erishmagan bо‗ladi. Komil inson о‗z maslagi, Vatani, xalqi manfaatlariga
yot, zararli g‗oyalarni tarkatayotgan kimsalar ortidan kо‗r-kо‗rona ergashib
ketavermaydi, ogoh va faol bо‗ladi
1
.
Xalqimizning kadim-kadimdan ajoyib odatlari, о‗gitlari bor, yurtga muhabbat,
Ona va Vatanni sajdagoh kabi muqaddas bilish, yolg‗on gapirmaslik, birovning
haqiga xiyonat qilmaslik, kattani hurmat, kichikni izzat qilish shular jumlasidandir.
Bular xalqimizning hayoti, turmush tarzi, ma‘naviyati va mentalitetiga singib
ketgan. Bunday о‗ylab qaralsa, ajdodlarimizning ana shu talablarida jamiyat, inson
uchun eng zarur fazilatlar aytib о‗tilgani ayon bо‗ladi. Oqqan daryo oqaveradi,
deganlaridek, e‘tiqodi mustahkam ulug‗ ajdodlarning avlodlari bu xususiyatlarni
о‗zida jamuljam qilgan munosib farzandlar bо‗lib yetishadilar. Shuning uchun
bizning Vatanimiz yosh avlodga, uni tarbiyalashga bor kuch-imkoniyatini
sarflamoqda.
Tariximizda komillik timsollari kо‗p: Alpomish – xalqimizning ideal
qahramoni, u – aql , faxm-farosat, jismoniy kamolot, mardlik va
vatanparvarlikning badiiy timsoli. Hazrat Navoiy uchun ideal – Farxod obrazi. U
aql iy va jismoniy kamolot egasi. Farxod Nakshbandiyning «Dil ba yoru, dast ba
kor» tamoyilini о‗zida mujassam etgan shaxs. Oybekning «Navoiy» romanida esa
Navoiy – ideal obraz. Ayni paytda u real tarixiy shaxs, komil insondir.
Bugungi kunda Vatan ijodkorlar zimmasiga yoshlarga ibrat bо‗ladigan yangi
barkamol insonlar, zamonaviy qahramonlar timsolini yaratish vazifasini
yuklamoqda. Mustaqil Vatanimiz oliy maqsad qilib olgan ozod va obod Vatan,
erkin va farovon hayotni barkamol, ezgu g‗oyalarni hayotiy e‘tiqodiga aylantirgan
yetuk insonlargina bunyod eta oladi.
1
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги халқ мероси нашриѐти,
1993, 45-бет.
1
Жўраев Н. «Агар огох сен…» Т.»Ёзувчи» 1998, 65-бет.
Shuning uchun yangilanayotgan jamiyatimizda sog‗lom avlodni tarbiyalash,
erkin fuqaro ma‘naviyatini shakllantirish, ma‘naviy-ma‘rifiy ishlarni yuksak
darajaga kо‗tarish orqali komil insonlarni voyaga yetkazishga yuksak e‘tibor
berilmoqda. Vatanimizda sog‗lom avlod harakatining keng tus olgani, kadrlar
tayyorlash milliy dasturi asosida ta‘lim-tarbiya tizimining tubdan isloh etilayotgani
ham ana shu ulug‗vor maqsadni amalga oshirish yо‗lidagi muhim qadamlardir.
Bugungi kunda farovon turmush asosi — erkinlik, tadbirkorlik,
tashabbuskorlikdir. Bu haqiqatni odamlar ongiga singdirish, keng aholi
qatlamlarining islohotlar mohiyatini anglab yetishiga va uning faol ishtirokchisiga
aylanishiga erishmog‗imiz darkor. Buning uchun esa ularning dunyoqarashini,
hayotga, mehnatga, yerga munosabatini tubdan о‗zgartirish muhim ahamiyat kasb
etadi. Iqtisodiyot о‗tgan tuzumda ayrim mutaxassislarning ishi bо‗lsa, bugun
umumxalq, umumjamiyatning manfaatiga daxldor masala bо‗lib qoldi. Butun xalq
yangi iqtisodiy tafakkur bilan qurollanmoqda. Bizning mulkka, mehnatga
munosabatimiz tubdan о‗zgara boshladi. Miyamizga singib qolgan «davlat mulki»
degan tushuncha yoniga bugun xususiy mulk, paychilik jamiyatlari, shirkat,
fermer, oila pudrati degan yangi tushunchalar qо‗shildi. Mamlakatimizda istiqlol
yillarida о‗ta markazlashgan va yakkaxokimlik asosiga qurilgan, о‗zini oklamagan
tizimga barham berildi. Tadbirkorlik faoliyatining erkinligi uchun konstitusiyaviy,
huquqiy va iqtisodiy shart-sharoit va kafolatlar yaratildi. Mulkdorlar sinfini
shakllantirish, ularning huquqini mustahkamlash, nufuzini oshirish va kafolatlash
borasida sezilarli ishlar amalga oshirildi.
Mustaqillik yaratgan yangicha hayot va sharoitda endi yetilib kelayotgan
avlodlar о‗z о‗rnini topishi va yangicha zamon talablariga javob bera oladigan
tafakkur va salohiyatga ega bо‗lishlari uchun ta‘lim va tarbiya sohasida ham
yangicha texnologiyalardan foydalanish talab etiladi.
Shu boisdan ham, 1997 yil 29 avgustda О‗zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi IX-sessiyasida «Ta‘lim tо‗g‗risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi» qabul qilindi. Bu islohotdan kо‗zlangan maqsad – mamlakat taraqqiyoti
uchun har tomonlama mukammal, aql-zakovatli, о‗z sohasining bilimdoni,
izlanuvchan, jonkuyar, Vatan taqdirini о‗z taqdiri bilan uyg‗un ravishda kо‗radigan
ma‘naviy yetuk, xalqining о‗lmas va azaliy qadriyatlariga sodiq barkamol kadr
tayyorlashdir.
Mamlakatimiz Prezidenti I. A. Karimov «Kadrlar tayyorlash bо‗yicha milliy
dasturi‖ tasodifan paydo bо‗lgani yо‗q. Bu aynan shu xalqimizning qon-qoniga
singigan ma‘rifat qonuniyatining davomidir», degan edi.
Darhaqiqat, tarixga murojaat etadigan bо‗lsak, buyuk allomalarimiz, davlat
arboblari, shoiru-fuzalolarimizni asarlarida xalq uchun kerakli insonlar qanday
bо‗lishi zarurligi haqida yozib qoldirilgan. Masalan, Sharq Arastusi deya nom
olgan Abu Nasr Forobiy «Fozil odamlar shahri» asaridagi fozil odamlar oldiga
qо‗yilgan talablarda hozirgi davr tili bilan aytganda «yetuk kadr» masalasini ilgari
surgan
1
. Yoki Navoiy hazratlari «Odami ersang demagil odami, onikim yо‗q xalq
1
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, Абдулла Қодирий номидаги халқ
мероси нашриѐти, 1993, 78-бет.
g‗amidin g‗ami» deya xitob qilganlarida, Vatani, xalqi taqdiri bilan qiziqmaydigan
loqayd insonlarni inson deb atash nojoiz ekanligini ta‘kidlaydi.
Milliy dasturning asosiy maqsadi komil inson shaxsini shakllantirish ekan,
shaxsning kamol topib borishidagi eng asosiy omil ma‘naviy-ruhiy salohiyatini
shakllantirishdir. «Biron-bir jamiyat ma‘naviy imkoniyatlarini odamlar ongida
ma‘naviy va axloqiy qadriyatlarini rivojlantirmay va mustahkamlamay turib, о‗z
istiqbolini tasavvur eta olmaydi» deydi yurtboshimiz I.A. Karimov.
Muammolar haqida gap ketar ekan, avvalo, yosh avlodga bilim berib
kelayotgan о‗qituvchilarning saviyasini, ma‘naviy-axloqiy tarbiyasini va albatta,
bilim darajasini tahlil etib kо‗rish kerak.
Afsuski, hozirda boshlang‗ich ta‘lim va umumiy о‗rta ta‘lim bosqichida bilim
berayotgan о‗qituvchilarning ayrimlari о‗z kasbiga mas‘uliyatsiz yondoshadilar.
Ulardagi sо‗z boyligining sayozligi, yangilikka intiluvchanlikning yо‗qligi
о‗quvchida shu fanga bо‗lgan qiziqishning sо‗nishiga olib keladi. Ayniqsa,
boshlang‗ich ta‘limda tahsil olayotgan о‗quvchilarga bu narsa juda salbiy ta‘sir
etishi turgan gap. Chunki fanlarga qiziqish, fikrlashga о‗rganish va shaxs
shakllanishi uchun zarur bо‗lgan barcha sifatlar aynan boshlang‗ich sinflarda
shakllanadi. Bunday о‗qituvchining yana bir kamchiligi – bola psixologiyasini
yaxshi bilmasdan turib, unga muomala qilishdir. Biron-bir notо‗g‗ri gap yoki hatti-
harakat orqali yosh gо‗dakning ruhi bir umrga sinishi hech gap emas. Ma‘naviy-
axloqiy tarbiyaning kо‗rinishi ayniqsa, о‗qituvchida yaqqol namoyon bо‗lishi
darkor. Aks holda, ulg‗ayib borayotgan о‗quvchini ma‘naviy qashshoq,
madaniyatdan ancha orqada qolishiga, axloq normalariga zid tarbiya topishiga omil
bо‗lishi mumkin.
О‗qituvchi-kadrlardan talab etiladigan asosiy narsalardan biri notiqlik
san‘atidir. Notiqlik orqali muallim о‗quvchida ham gо‗zal nutq paydo qila oladi.
Miyada hosil bо‗lgan fikrlarni ochiq bayon eta olish, uni tinglovchiga yetkazib
berish qobiliyatini ham о‗qituvchi tarbiyalashi birlamchidir. О‗qituvchi-
kadrlarning nutqi ravon, notiq va xushfe‘l bo`lib yetishishlari uchun oliy о‗quv
yurtlarida mukammal bilim berishlari zarur.
О‗qituvchi va о‗quvchi nutqidagi kamchiliklar haqida gap ketar ekan, yana
bir og‗riqli nuqtani aytib о‗tmay iloji yо‗q. Yurtimizda xorijiy tillarni о‗qitishga
katta e‘tibor qaratilmoqda. Bir qiziq holatning hammamiz guvohimiz: о‗zbek tilida
bir-biri bilan subatlashayotganlarning juda kо‗pchiligi rus yoki ingliz tilidagi
sо‗zlar, sо‗z birikmalarini qо‗shib gapirishadi. Surishtirib borilsa, ular rus tilini
ham, ingliz tilini ham yaxshi bilmasliklari ma‘lum bо‗ladi. Bu nima degani? О‗z
ona tiliga bо‗lgan haqorat-mi, yoki о‗zga tilga bо‗lgan hurmatsizlik-mi? Shu
о‗rinda Respublika Oliy Majlisida I.A. Karimovning ushbu sо‗zlari beixtiyor
yodga tushadi: «Chet tillarni о‗rganish ona tilini esdan chiqarish hisobiga
bо‗lmasligi lozim. О‗z fikrini mutlaqo mustaqil, ona tilida ravon va gо‗zal, lо‗nda
ifoda eta olmaydigan mutaxassisni avvalambor, rahbar kursida о‗tirganlarni
tushunish ham, oqlash ham qiyin».
Shuningdek, Prezidentimiz tomonidan komil insonga shunday ta‘rif beriladi:
―Komil inson deganda biz, avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-
atvori bilan о‗zgalarga ibrat bо‗ladigan bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz.
Ongli, bilimli odamni oldi-qochdi gaplar bilan aldab bо‗lmaydi. U har bir narsani
aql, mantiq tarozisiga solib kо‗radi. О‗z fikr-о‗yi, xulosasini mantiq asosida qurgan
kishi yetuk odam bо‗ladi‖
1
.
Jamiyat uchun kerakli bо‗lgan shaxsni har tomonlama mukammal qilib
tarbiyalash, shu jamiyatning a‘zosiman degan shaxsning muqaddas burchidir.
Shaxs rivojlanishining ilk bosqichini oilada sodir bо‗lishini nazarda tutib, buyuk
qirg‗iz yozuvchisi Chingiz Aytmatovning «Insonlarning о‗zgalarga qilgan eng
katta yaxshiligi oilasida munosib farzandlarni yetishtirib berishdan iboratdir»
deganida mutlaqo haq bо‗lganligini anglaymiz.
Barkamol avlodning shakllanishi. Bugungi kunda iymon e‘tiqodli,
ma‘naviyat kuchli, millat ma‘suliyat tо‗g‗risida qalbida chuqur ildiz otgan,
sog‗lom ma‘naviy barkamol, komil insonlarga ega mamlakatgina mustaqil
rivojlana oladi hamda taraqqiy topadi. Shuning uchun ham ma‘naviy insonni
tarbiyalash bugungi kunning dolzarb masalalaridir.
Bu masalada yurtboshimizning quyidagi sо‗zlari e‘tiborlidir:
―Biz sog‗lom avlod tarbiyalab voyaga yetkazishimiz kerak. Sog‗lom kishi
deganda faqat jismoniy sog‗lomlikni emas, balki sharqona odob axloq va
umumbashariy g‗oyalar ruhida kamol topgan insonni tushinamiz.
Insonning insonligi, birinchi navbatda uning ma‘naviy - axloqiy jihatdan
barkamolligi bilan belgilaniladi. Ma‘naviy-axloqiy barkamollikning asosiy
qirralariga yuqorida aytilganidan kelib chiqib quyidailarni kiritish mumkin:
Ota-onasi; farzandlari; qarindoshlari; xullas, butun oila a‘zolari, qо‗ni-
qо‗shnilari, mahalla kо‗yi, qishloqdoshlari va butun mamlakat, xalq farovonligi
xaqida qayg‗urish; teverak atrofdagi insonlar unga kerakli bо‗lganligi singari,
о‗zi ham ularga kerakli bо‗lishga intilishi; odob-ahloqi, fe‘l-atforini yoqimli
qilishni insoniy burch qilib hisoblash; ato-bobolardan ajdodlarga yodgor bо‗lib
qolgan madaniy merosini qadrlash; milliy qadriyatlarni e‘zozlash va ularga
sodiq bо‗lib qolish; vatanparvarlik, xalqparvarlik, insonparvarlik tuyg‗ularini
barqaror bо‗lishi; о‗zaro muola munosabatda о‗rnak bо‗lishga moyillik,
birovning og‗irini yengil qilishni odat qilish; umumxalq ma‘qullagan va xukumat
tomonidan qabul qilingan kosntitusiyani xizmat qilish va unga sadoqat
namunalarini amalda kо‗rsatish; Vatanni himoya qilish, boshqacha ayganda,
xarbiy vatanparvarlik tuyg‗ulari bilan va shafqat va ezgulikni himoya qilish,
va‘daga vafoli bо‗lish va boshqalar kiradi.
Prezidentimiz erkin fuqaro, ozod shaxs, barkamol inson haqida gapirib,
qо‗yidagi tо‗rt jihatga e‘tiborini qaratadi.
-
о‗z haq - huquqini taniydigan bо‗lsin, buning uchun kurashsin;
-
о‗z kuchi va imkoniyatlariga tayanadigan bо‗lsin, imkoniyatlarini
ishga solib, samarasini kо‗rsin;
1
Каримов И. Тарихий хотирасиз келажак йўқ. –Тошкент: Шарқ, 1998. –Б. 6.
-
atrofida sodir bо‗layotgan voqealarga mustaqil munosabat bildira
olsin;
-
shaxsiy manfaatini mamlakat va xalq manfaati bilan uyg‗un holda
kо‗rib, faoliyat yuritsin.
Komil inson iymon va e‘tiqodlik, halollik va poklikning oliy timsoli.
Biz hammamiz shunga intilib yashamog‗imiz lozim. mustaqil О‗zbekistonning
bozor о‗tish sharoitida iymonli bо‗lish, halollik va poklik, vijdonli va diyonatli
bо‗lish nechog‗li zarur ekanligi hammamizga ayon. Mana shuning uchun ham
Prezidentimiz ma‘naviy barkamol inson tarbiyasida yoshlarimizni elini,
vatanini sevuvchi komil inson qilib tarbiyalash ishiga alohida ahamiyat berib
kelayotir. Prezidentimizning qо‗yidagi ta‘rifida komil insonning asosiy
hususiyatlari ham taraflama chuqur va teranlik bilan bayon qilib berilganligi
diqqatga sazovordir: ―komil inson deganda, - deb yozadi Islom Karimov, - biz
avvalo, ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq atvori bilan о‗zgalarga
ibrat bо‗ladigan bilimli, ma‘rifatli kishilarni tushunamiz‖.
Uning shakllangan darajasini xarakterlovchi eng muhim fazilatlar esa
qо‗yidagilardir: aqliy zukkolik, huquqiy komillik, axhloqiy yetuklik, siyosiy
teranlik, mehnatga munosabat, yuksak madaniy, ma‘rifiy saviya, professional
iftixor, milliy va umuminsoniy g‗urur va boshqalar.
Yuqoridagilarni hozirgi mustaqil hayotimiz, turmish tarzimiz, kishilarning,
ayniqsa, yoshlarning intilishlari bilan bog‗lab komil inson chizgilariga quyidagi
hislat va fazilatlar kirishini umuman tarzga bayon etish mumkin:
Komil insonning umumiy xislatlari: Yoqimlilik, kо‗rkamlik, jozibadorlik,
salobatlilik, hurmatga sazovorlilik, shoironalik ulug‗sifatlik.yu о‗ziga xoslik,
yetuklik, jiddiylik, madaniyatlilik, tarbiyalanganlilik va boshqalar;
Komil insonning axloqiy fazilatlari: insonparvarlik, g‗amhо‗rlik, dо‗stlik,
jonkuyarlik, samimimylik, odamiylik, bolajonlik, inmonlilik, fidodkorlik,
xushmuammolik, boadablik, iltifotlilik, kechirimlilik, dehmondо‗stlik, halollik,
tо‗g‗rilik, diyonatlilik, haromdan hazar etish, mehnatsevarlik, vatanparvarlik va
hokazolar;
Ishbilarmonlik xislatlari: ishchanlik, tirishqoqlik, serharakatlilik,
insoflilik, halollik, malakalilik, epchillik, uddaburonlik, saramjon sarishtalik,
tadbirkorlik aniqlik, tejamkorlik, barkamollik, ta‘masizlik, tavakkalchilik va
boshqalar.
Zukkolik, idroklilik fazilatlari: zehnlik, ba‘manilik, xotirjamlik, sog‗lom
fikrlilik, donishmandlik, sezgirlik, zakovatlilik, topqirlik, notiqlik, tanqidiylik,
dadillik, omilkorlik, sovodxonlik, qiziquvchinlik ishqibozlik kabilar;
Sobitlik xislatlari: Faollik, qat‘iyatlilik, tezkorlik, jо‗shqinlik, sabotlik, bir
sо‗zda turishlik, botirlik, intizomlik, jiddiylik, nafsni tiyishlik, о‗zini
yо‗qotmaslik, sovuqqonlik, о‗ziga talabchanlik, kamsuqumlik, о‗zini о‗zi
idora eta bilish va boshqalar.
Ehtiroslilik xislatlari: kо‗tarinkilik, tantanavorlik, kulib turuvchanlik,
xazinlik, kelajakka ishonch, ezgulik, kek saqlamaslik, olijanoblik, otanishlik,
nozik tabiatlilik, hayolilik, xijalatpazlik, ifaatlilik va hokazolar.
Bizningcha, ayni shu xislat va fazilatlarni yoshlarimiz ongiga singdiri
borilishi ularni barkamol, sog‗lom va komil inson ruhida tarbiyalash muhim
ahamiyat kasb etadi.
Mustaqillik ruhida yangicha fikrlaydigan fozil, komil inson, eng avvalo,
fuqarolik burchini a‘lo darajada his etadigan shaxs bо‗lishi darkor. Sodda qilib
aytganda, ham qaysi komil inson, har birimiz: ―Shu davlat, shu jamiyatmenga
nima berdi?‖ deb emas, balki: ―men о‗zim vatanimga, el yurtimga nima
berdim?‖ deb о‗ylashimiz va har dam shu aqida bilan yashashimiz kerak.
Komillik bilan barkamol inson tushunchalari hamohangdir.
Ma‘naviy barkamollikka erishmay turib, komillikka erishib bо‗lmaydi.
Barkamol avlod tarbiyasi tushunchasi falsafiy, siyosiy ma‘no va mazmunga ega
bо‗lib, u siyosatning asosiy elementlari, avvalo, siyosiy, ijtimoiy institutlararo
munosabatlar va jarayonlardagi tub islohotlarni о‗z ichiga oladi. Shu sabab bu
borada mamlakatmizda qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Chunki barkamol
avlod jamiyat taraqqiyotini belgilovchi kuch hisoblanadi. Prezidentimiz I. Karimov
bu borada о‗z fikrini sobiq shо‗rolar davlati davridayoq ayta olgan va muayyan
ishlarni amalga oshira boshlagan edi. Jumladan, «Agar kelajagimizni о‗ylab ish
qilmoqchi bо‗lsak, kelajakda ishimizni davom etgiradigan bugungi yoshlarimizga
sharoit yaratib, ularning hayoti haqida qayg‗uradigan bо‗lsak, avvalo mahalliy
yoshlarni tarbiyalash ishiga munosabatamizni mutlaqo о‗zgartirishimiz kerak.
Mumkin qadar kо‗prok iqtidorli yoshlarimizni ittifokqning eng ilg‗or
korxonalariga, shular jumlasidan hatto xorijiy mamlakatlarga,
Do'stlaringiz bilan baham: |