Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

 
 
 
 
 
 
 


 
 
Milliy g‟oyada milliy va diniy bag‟rikenglik tamoyili 
Reja:  
1.
 
―Milliy  bag‘rikenglik‖  va  ―Diniy  bag‘rikenglik‖  tushunchalarining 
ma‘no-mazmuni. Milliy bag‘rikenglik va ko‘pmillatlilik.  
2.
 
Ko‘pdinlilik, 
dinlararo 
bag‘rikenglik, 
vijdon 
erkinligi 
kabi 
tushunchalarning mazmuni va mohiyati. 
3.
 
Milliy g‘oyaning milliy bag‘rikenglikka zid holatlar, milliy ayirmachilik 
va separatizm kabilarning  oldini olishdagi ahamiyati. 
 
Millatlararo  munosabatlarni  takomillashtirish  masalalari  O‗zbekistonda  titul, 
davlatga  o‗z  nomini  bergan  millat  bo‗lgan  o‗zbek-larga  alohida  mas‘uliyat 
yuklaydi.  Chunki  bu  yerda  ta‘kidlab  ko‗r-satmasak  ham  jahonda  mamlakatga  o‗z 
nomini  bergan  millat  vakil-lari  kam  sonli  millat  vakillariga  tazyiq  o‗tkazayotgan 
davlatlar  ho-zir  ham  uchrab  turadi.  Bunday  holat  esa  bizning  tariximiz  va  milliy 
istiqlol g‗oyamizga butunlay ziddir. 
I.A.Karimov  ta‘kidlaganlaridek:  ―Respublika  aholisi  o‗rtasida  ko‗pchilikni 
tashkil  qiladigan  o‗zbek  millatining  muqaddas  burchi  ona  tilini,  o‗z  milliy 
madaniyati  va  tarixini  tiklashdangina  iborat  emas,  balki  birgalikda  hayot 
kechiruvchi  kamsonli  xalqlarning  taqdiri  uchun,  ularning  o‗ziga  xos  madaniy-
ma‘naviy xususiyatlarini saqlab qolish uchun, kamol topishi va o‗zligini namoyon 
etishi  uchun  ularga  teng  sharoit  va  imkoniyatlar  yaratib  berish  borasida  mas‘ul 
bo‗lishdan ham iboratdir‖. 
Davlat  o‗zini  demokratik  davlat  deb  e‘lon  qilgani  bilan  mil-latlararo 
munosabatlar  bilan  bog‗liq  muammolar  yo‗q  bo‗lib  qol-maydi.  Huquqlarni 
deklaratsiya  qilish  bilan  bir  qatorda  uni  amalga  oshirish  yo‗lida  konkret  ishlar 
qilinsagina, tenglik real xarakter kasb etadi. 
Shu nuqtai nazardan qaraganda, respublikamizda milliy-mada-niy ehtiyojlarni 
qondirishga qaratilgan institutsional asoslar-ning yuzaga kelishi uchun ham tegishli 
shart-sharoitlar  yaratildi.  Millatlararo  munosabatlarni  yanada  takomillashttirshp, 
milliy qadriyatlarni saqlab qolish va rivojlantirish borasidagi ishlarni izchil davom 
ettirish  hamda  milliy-uslubiy  yordam  berishni  yo‗lga  qo‗yish  maqsadida  Vazirlar 
Mahkamasining  1992  yil  13  yanvardagi  qarori  bilan  Respublika  baynalmilal 
madaniyat markazining tash-kil etilgani fikrimizning isboti bo‗la oladi. 
1991  yilda  bor-yo‗g‗i  10 tacha  bo‗lgan  Milliy  madaniyatlar  mar-kazlari  soni 
2005  yilning  1  martiga  kelib  138  taga  yetdi.  Ular  bu-gungi  kunda  milliy 
qadriyatlarni tiklash yo‗lida keng qamrovli ishlarni amalga oshirmoqda. 
Viloyatlar bo‗yicha olinganda Qoraqalpog‗iston Respublikasida -5, Andijon – 
5, Buxoroda – 11, Jizzaxda – 5, Qashqadaryoda – 4, Na-voiyda – 7, Namangan – 4, 
Samarqandda- 11, Sirdaryoda – 9, Surxon-daryoda – 4, Farg‗onada – 4, Xorazmda 
– 2, Toshkent viloyatida – 31, Toshkent shahrida – 23 va respublika miqyosida 13 
ta Milliy mada-niyat markazlarida faol ish olib borilmoqda. 
 Milliy  mansublik  bo‗yicha  olinganda,  respublika  bo‗yicha  1  ta-dan  arab, 
belorus,  bolgar,  boshqird,  grek,  guruzin,  dungan,  litva,  xi-toy,  qrim  tatarlari  va 
qoraqalpoq, 3 tadan polyak va buxoro yaxu-diylari, 4 tadan ozarbayjon va ukrain, 5 


tadan arman, nemis, uyg‗ur, tojik, turk va yaxudiy, 6 tadan qirg‗iz va turkman, 9 ta 
tatar, 14 ta qozoq, 19 ta rus, 29 ta koreys Milliy madaniyat markazlari faoliyat olib 
bormoqda. 
Millatlararo munosabatlarni takomillashtirish bilan bog‗liq tadbirlarni tashkil 
etishda ayrim xorijiy ommaviy axborot vosi-talarida quyidagi masalalarga alohida 
urg‗u  berilayotgani  va  mamla-katimizdagi  real  voqelik  buzilib  talqin 
qilinayotganiga e‘tibor berish maqsadga muvofiq: 
– Mamlakatimizda tashqi migratsiya jarayonlari barqarorlashgan bo‗lsa-da, u 
bilan bog‗liq faktlar buzib talqin qilinmoqda
–  respublikamiz  xukumati  tomonidan  olib  borilayotgan  ishlar  noxolis 
baholangan  holda,  Orolbo‗yi  muammosiga  milliy  tus  berish-ga  harakat 
qilinmoqda; 
–O‗zbekistonning  go‗yoki  qo‗shni  davlatlarga  hududiy  da‘volari  mavjudligi 
haqida gapirilmoqda
– milliy g‗oya masalasi faqat o‗zbeklarning g‗oyasi sifatida tal-qin etilmoqda
–  go‗yoki,  milliy  tillarda  axborot  maydonining  qisqarib  borayot-gani  haqida 
gapirilmoqda.  Vaholanki,  faktlar  buning  aksini  ko‗rsa-tadi.  Birgina  misol. 
Mustaqillik  yillarida  televedenieda  rus  tilidagi  efir  hajmi  4.4  barobar,  boshqa 
tillardagi efir hajmi esa 30 barobar o‗sadi. 
Bugungi  kunda  televidenieda  o‗zbek,  qoraqalpoq  va  rus  tillari-dan  tashqari 
mamlakatimiz xalqlarining 7 tilida ko‗rsatuvlar olib borilmoqda. 
Radioda sodir bo‗lgan o‗zgarishlar bundan ham sezilarlidir. Mustaqillikkacha 
jami 6 (o‗zbek, qoraqalpoq, rus, qozoq, tojik va qirim-tatar) tilda eshittirishlar olib 
borilgan.  Ayni  paytda,  bu  tillar  qatoriga  qirg‗iz,  uyg‗ur,  boshqird-tatar  tillardagi 
eshit-tirishlar ham qo‗shildi. 
―Ta‘lim  tizimida  boshqa  millat  va  elat  vakillarning  ulushi  kamayib 
bormoqda‖  degan  mutlaqo  o‗rinsiz  va  noto‗g‗ri  bo‗lgan  ma‘-lumotlar 
tarqatilmoqda. Vaholanki, 7 tilda oliy va o‗rta ta‘lim olib borilmoqda. Oliygohlar 
talabalarining  milliy  tarkibi  aho-lining  umumiy  milliy  tarkibini  aks  ettirishi 
barobarida  qardosh  tillarda  faoliyat  ko‗rsatayotgan  20  dan  ortiq  fakultet  va 
bo‗limning 30 foizi mustaqillik yillarida ochildi. 
Bundan  tashqari,  Milliy  madaniyat  markazlari  qoshida  ―Yakshan-ba‖ 
maktablari  faoliyat  ko‗rsatmoqda.  Masalan,  polyak,  ukrain,  grek  milliy  madaniy 
markazlari  qoshida  tashkil  etilgan  ―Yakshanba‖  maktablarida  tahsil  olgan  10  dan 
ortiq  yoshlar  o‗z  ona  tillarini  mu-kammal  o‗rganib  olib,  etnik  vatanlari 
oliygohlarida o‗qimoqda. 
1989 yildagi aholini ro‗yxatga olish 200 mingga yaqin koreys-larning 99 foizi 
ona  tilida  o‗qish  va  yozishni  bilmasligini  ko‗rsat-gan  edi.  Hozirgi  kunda  koreys 
―Yakshanba‖  maktablarida  ta‘lim  oluv-chilarning  72  foizi  koreyslar  bo‗lsa,  10 
foizini o‗zbeklar, 18 foizi-ni boshqa millat va elat vakillari tashkil etadi.  
Toshkent,  Buxoro  va  Samarqand  shaharlarida  ivrit  tili,  yahudiy  xalqi  tarixi, 
madaniyati o‗rganila boshlagani ham mustaqillik ber-gan imkoniyat samarasidir. 
Millatlararo  totuvlik  haqida  so‗z  ketar  ekan,  mustaqil  O‗zbekis-tonda, 
xalqning  turmush  tarzida  bag‗rikenglikning  barcha  ko‗rinish-lari  mavjudligini 
alohida ta‘kidlash lozim(III. 4-chizma). 


Qayd  etilgan  ayrim  fikrlar  va  dalillar  ham  respublikamizda  amalga 
oshirayotgan  milliy  siyosatning  mohiyatini  anglab  yetishga  xiz-mat  qiladi. Aynan 
shunday  siyosat  tufayli  mamlakatimizda  etnik  munosabatlarning  tenghuquqlilik, 
o‗zaro  hurmat,  do‗stlik  va  hamkor-likka  asoslangan  o‗ziga  xos  sifatiy  holati  – 
millatlararo totuvlik qaror topdi. 
Yurtboshimiz  ta‘kidlaganidek:  ―alohida  g‗urur  va  iftixor  bilan  ta‘kidlab 
aytmoqchimanki,  O‗zbekistonning  boyliklari  ko‗p,  lekin  bizning  eng  katta 
boyligimiz,  eng  yuksak  qadriyatimiz,  bu  –  jamiya-timizda  hukm  surayotgan 
tinchlik, millatlararo do‗stlik va hamjihat-likdir‖.  
Diniy  bag‗rikenglik  ozod  va  farovon  Vatan  qurishning  sharti  sifatida. 
Mamlakatimizda  barcha  millat  vakillarining  tinch  va  ahil  yashashiga  o‗zbek 
xalqining azaliy diniy bag‗rikengligi, Preziden-timiz va hukumatimizning oqilona 
siyosati ham muhim rol o‗yna-moqda.  
Yuqorida  keltirilgan  chizmadan  ko‗rinib  turibdiki,  oilaviy,  ham-kasblar, 
qarindoshlar, qo‗shnilar, mahalla, millat, millatlar totuvligi kabi bag‗ri kenglikning ham 
ko‗rinishlari va namoyon bo‗lishi turlichadir. 
Ma‘lumki,  diniy  bag‗rikenglik  (tolerantlik)  –  xilma  xil  din-larga  e‘tiqod 
qo‗ygan  kishilarning  ezgu  g‗oya  va  niyatlar  yo‗lida  ham-kor  va  hamjihat  bo‗lib 
yashashi, jamiyat ravnaqi yo‗lida mehnat qilishlarini anglatadi. 
Insoniyat  o‗zini  anglagan  juda  qadim  zamonlardan  boshlab,  nima-largadir 
ishonib,  e‘tiqod  qilib  kelgan.  Mohiyatiga  ko‗ra  dinlar  ez-gulik  g‗oyasiga 
asoslangan  bo‗lib,  yovuz  kuchlar  azaldan  ulardan  o‗z  maq-sadlari  yo‗lida 
foydalanishga  harakat  qilganlar.  Natijada  mil-lionlab  insonlar  begunoh  qirilib 
ketishgan.  Inkvizatsiya  tufayli  minglab  kishilar  dahshatli  qiynoqlar  bilan 
o‗ldirilgan. 
Hozir insoniyat taraqqiyotning shunday bir davrida yashamoqdaki, uning buguni va 
kelajagi  uchun  insonni  insonga  dushman  qiladigan  har  qanday  diniy  talqinu,  ta‘limotlar 
yadro qurollaridan ham xavfliroqdir. 
Bizning  yurtimizda  qadim  qadimdan  zardushtiylik,  buddaviy-lik,  xristianlik 
va  yahudiylik  dinlariga  e‘tiqod  qilgan  kishilar  ahil  yashab  kelganlar.  Bu  asriy 
an‘ana  hozirgacha  davom  etmoqda.  Diyorimizda  turli  millat  va  dinga  mansub 
kishilar  o‗z  taqdirlari  va  farzandlari  kelajaklarini  O‗zbekiston  bilan  bog‗lab  diniy 
bag‗ri-kenglik qilayotganlari haqida Prezidentimiz shunday deydi: ―Bizda mu-rosaning 
ildizlari  uzoq  asrlarga  borib  taqaladi.  Shuning  uchun  ham,  mamlakatimiz  hududida 
islomning o‗lmas va mangu qadamjolari bilan yapon olimi Kato Surxondaryo vohasida 
topgan  noyob  budda  madaniyati  yodgorliklari,  yahudiy  yodgorliklari,  Buxoroda 
nasroniylarning ziyo-ratgohlari bir qatorda turishi hech kimni ajablantirmaydi. 
Bugungi  kunda  shaharlarimizda  turli  dinlarga  mansub  muas-sasalar  – 
musulmonlarning  masjidlarini,  yahudiy  sinagogalarini,  katolik  va  protestant 
mazhablarining tarli shaxobchalariga oid ibodatxonalarini ko‗rishingiz mumkin‖. 
Ma‘lumki,  din  ham,  mafkura  ham,  siyosat  ham  odamlarni  ishon-tirishga, 
ya‘ni insonning ma‘naviy dunyosiga tayanadi. Shunday ekan, diniy bag‗rikenglik 
milliy istiqlolimiz g‗oyasining asosiy shart-laridan biri bo‗lib qolaveradi. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish