Milliy g„oya tarixi va nazariyasi



Download 1,4 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/87
Sana18.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#391565
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87
Bog'liq
Milliy g„oya tarixi va nazariyasi

 
 
Inson erkinligi, huquq va manfaatlarining milliy g„oyada aks etishi 
Reja:  
1.
 
Inson  erkinligi,  huquq  va  manfaatlari  tushunchasi,  uning  ma‘no-
mazmuni. 
 
 
2.
 
Milliy  g‗oyaning  inson  erkinligi,  huquq  va  manfaatlari  ustuvorligi 
prinsipiga asoslanishi. 
3.
 
Mustaqillik  sharoitida  milliy  g‗oyani  rivojlantirish,  uning  ma‘naviy 
ta‘sirchanligi  va  mafkuraviy  samaradorligini  oshirish  jarayonida  inson 
huquq va erkinliklarini takomillashtirish muammosi.  
1-masalaning  bayoni: 
Inson  erkinligi,  huquq  va  manfaatlarining  milliy 
g‗oyada  aks  etishi    haqida    sо‗z    ketar  ekan,  eng  avvalo  insonparvarlik,  inson 
erkinligi,  huquq  va  manfaatlari  tushunchasiga,  uning  ma‘no-mazmuniga  tо‗xtalib 
о‗tish lozim bо‗ladi.   
Insonparvarlik  –  odamlarga  mexr-muhabbat  bilan  qarash,  ularni  hurmat  qilish, 
insonning  moddiy  farovonligini  yuksaltirish  va  ki-shilarda  yuksak  ma‘naviy 
fazilatlarni rivojlantirishga gamxо‗rlik qilish goyalari bilan sug‗orilgan dunyoqarash. 
Insonni  sevishning  sababi,  boislari,  inson  baxti,  baxtiyor  yashash  uchun  zarur 
bо‗lgan  adolat  haqidagi  orzular  qadimgi  xalklarning  og‗zaki  ijodida,  mifologik, 
diniy,  falsafiy  qarashlarida  yuzaga  chiqa  boshlagan.  Inson  haqidagi  hozirgi    rang-
barang  va  fundamental  qarashlarning  shakllanishida  bularning  xizmati  katta. 
Qadimgi  kishilar  nazdida  oliyjanob,  jasur,  qahramonlik  kо‗rsatishga  tayyor 
kishilarning  ma‘naviyati    insonparvarlik  bilan  yо‗g‗rilgan.  Er-Xubbi  Turonda, 
Germes  yunonlarda,  Agni  rigveda  (dini)  da  bunga  misol  bо‗la  oladi.  Islom 


ta‘limotiga  kо‗ra,  inson  Olloh  yaratgan  maxluklar  orasida  eng  karamlisidir.  Inson 
Yaratuvchining  yerdagi  xalifasi,  ya‘ni,  Aploh  buyurgan  yaxshi  amallarni  amalga 
oshiruvchisi.  Inson  hatgo  farishtalardan  ham  yuqori  martabali  zot.  Sharqda  futuvvat 
harakati insonparvarlikning yorqin namunasidir. Futuvvat Hotami Toyni insonparvar 
kishining  umumlashgan  obraziga  aylantirdi.  G‗arb  gumanistlari    insonparvarlikni 
insonning    ichki  va  tashqi  gо‗zalligidan  deb  biladilar.  Ularning  fikricha,  odamda 
jismoniy  va  ma‘naviy  ibtidolar  uyg‗unlashganda  insonning  topgan  lazzati,  baxti 
axloqiy  qimmatga  ega  bо‗ladi.  Kant  ta‘limotiga  kо‗ra,  inson  vosita  emas,  balki 
maq-sad  bо‗lishi  lozim.  Insonparvarlikning  maqsadi  inson  hayoti  davomida  о‗z 
salohiyatini  tо‗la  namoyon  qilib,  jamiyatda  о‗ziga  munosib  о‗ringa  ega  bо‗lish 
uchun  maksimal  sharoit  yaratish,  hamda  bunga  tо‗sqinlik  qiluvchi  g‗oyalarning 
puch ekanligini fosh qilish, g‗ov bо‗luvchi omillarni bartaraf etishdir. Insonparvarlik 
inson qadr-qimmatini himoya etish va erkin huquqini talab qilishdir. Inson nafaqat 
tabiiy  ofat,  ijtimoiy  institutlar  tazyiqidan,  hatto  о‗z  havoi  nafsi,  tanazzulga  olib 
boruvchi  mayllardan  himoya  etilishi  uchun  insonparvarlik  taqozo  etiladi.  U  inson 
ma‘naviyatida  muhitning  tarbiyaviy  ta‘siri  va  ilm-ma‘rifat  orqali  joy  oladi. 
Ta‘limning  insonparvarlashuvi  inson  qobiliyatining  ochilishi  va  uning  ta‘limga 
nisbatan  bо‗lgan  turli-tuman  ehtiyojlarining  qondirilishi,  milliy  va  umumbashariy 
qadriyatlar  ustuvorligining  ta‘minlanishi,  inson,  jamiyat  va  atrof-muhit  о‗zaro 
munosabatlarining uyg‗unlashuviga qaratilgan. 
Insonning  huquq  va  manfaatlari    inson  erkinliklari,  burch  va  majburiyati  b-n 
bog‗liq  qarashlarni  aks  ettiruvchi  tushunchalar  bо‗lib,  ular  milliy  g‗oyamizning 
muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Insoniyat о‗z taraqqiyoti jarayonida  insonning 
huquq va manfaatlariga oid bо‗lgan maxsus qonunchilik tizimini yaratgan. Bu tizim 
о‗z  taraqqiyotida  uchta  katga  bosqichni  bosib  о‗tgan.  Birinchi  bosqich  1789  y.gi 
Fransiya  inqilobining  Inson  va  fuqaro  huquqlari  deklaratsiyasi  qabul  qilinganidan 
boshlanib,  1. Jahon  urushigacha  bо‗lgan  (1914  y.)  davrni  о‗z  ichiga  oladi.  Bu  davrda 
shaxs  erkinligi  va  fuqarolar  tengligi,  shaxs  daxlsizligi,  xususiy  mulkka  egalik, 
saylash  va  saylanish  kabi  shaxsiy  va  siyosiy  xuquqlar  bilan  boshqa  masalalar 
tartibga solingan. Ikkinchi bosqichda (1914—1950 y.lar) insonlarning turli g‗oya va 
harakatlar  ta‘sirida  mehnat  qilish,  dam  olish,  ijtimoiy  yordam  olish  bilan  bog‗liq 
ijtimoiy-iqtisodiy  huquqlariga  oid  qonunchilik  rivojlangan.  Uchinchi  bosqich  20-
asrning 2-yarmidan bugungi kunlargacha bо‗lgan davrni о‗z ichiga oladi. Bu davrda 
tinch  yashash,  atrof-muhit  tozaligiga  erishish,  axborot  olish  huquqi  bilan  bog‗liq 
masalalar  faol  muhokama  qilinib,  ularni  hal  etish  yо‗llari  qidirilmoqda.  Budavrda 
insonning huquq va manfaatlari sohasida xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi. BMT 
tomonidan  yetmishga  yaqin,  Yevropa  Kengashi  Bosh  assambleyasi  tomonidan  bir 
yuz  oltmishdan  ziyod,  YUNESKO  da  yetmishdan  ortiq,  Yevropada  xavfsizlik  va 
hamkorlik tashkiloti tomonidan о‗ttizdan kо‗proq insonning huquq va manfaatlariga 
taalluqli xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Hozirgi  paytda 
insonning huquq va manfaatlari  bо‗yicha 400 yaqin xalqaro hujjat mavjud. 

Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   87




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish