ta‘limotiga kо‗ra, inson Olloh yaratgan maxluklar orasida eng karamlisidir. Inson
Yaratuvchining yerdagi xalifasi, ya‘ni, Aploh buyurgan yaxshi amallarni amalga
oshiruvchisi. Inson hatgo farishtalardan ham yuqori martabali zot. Sharqda futuvvat
harakati insonparvarlikning yorqin namunasidir. Futuvvat Hotami Toyni insonparvar
kishining umumlashgan obraziga aylantirdi. G‗arb gumanistlari insonparvarlikni
insonning ichki va tashqi gо‗zalligidan deb biladilar. Ularning fikricha, odamda
jismoniy va ma‘naviy ibtidolar uyg‗unlashganda insonning topgan lazzati, baxti
axloqiy qimmatga ega bо‗ladi. Kant ta‘limotiga kо‗ra, inson vosita emas, balki
maq-sad bо‗lishi lozim. Insonparvarlikning maqsadi inson hayoti davomida о‗z
salohiyatini tо‗la namoyon qilib, jamiyatda о‗ziga munosib о‗ringa ega bо‗lish
uchun maksimal sharoit yaratish, hamda bunga tо‗sqinlik qiluvchi g‗oyalarning
puch ekanligini fosh qilish, g‗ov bо‗luvchi omillarni bartaraf etishdir. Insonparvarlik
inson qadr-qimmatini himoya etish va erkin huquqini talab qilishdir. Inson nafaqat
tabiiy ofat, ijtimoiy institutlar tazyiqidan, hatto о‗z havoi nafsi, tanazzulga olib
boruvchi mayllardan himoya etilishi uchun insonparvarlik taqozo etiladi. U inson
ma‘naviyatida muhitning tarbiyaviy ta‘siri va ilm-ma‘rifat orqali joy oladi.
Ta‘limning insonparvarlashuvi inson qobiliyatining ochilishi va uning ta‘limga
nisbatan bо‗lgan turli-tuman ehtiyojlarining qondirilishi, milliy va umumbashariy
qadriyatlar ustuvorligining ta‘minlanishi, inson, jamiyat va atrof-muhit о‗zaro
munosabatlarining uyg‗unlashuviga qaratilgan.
Insonning huquq va manfaatlari inson erkinliklari, burch va majburiyati b-n
bog‗liq qarashlarni aks ettiruvchi tushunchalar bо‗lib, ular milliy g‗oyamizning
muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Insoniyat о‗z taraqqiyoti jarayonida insonning
huquq va manfaatlariga oid bо‗lgan maxsus qonunchilik tizimini yaratgan. Bu tizim
о‗z taraqqiyotida uchta katga bosqichni bosib о‗tgan. Birinchi bosqich 1789 y.gi
Fransiya inqilobining Inson va fuqaro huquqlari deklaratsiyasi qabul qilinganidan
boshlanib, 1. Jahon urushigacha bо‗lgan (1914 y.) davrni о‗z ichiga oladi. Bu davrda
shaxs erkinligi va fuqarolar tengligi, shaxs daxlsizligi, xususiy mulkka egalik,
saylash va saylanish kabi shaxsiy va siyosiy xuquqlar bilan boshqa masalalar
tartibga solingan. Ikkinchi bosqichda (1914—1950 y.lar) insonlarning turli g‗oya va
harakatlar ta‘sirida mehnat qilish, dam olish, ijtimoiy yordam olish bilan bog‗liq
ijtimoiy-iqtisodiy huquqlariga oid qonunchilik rivojlangan. Uchinchi bosqich 20-
asrning 2-yarmidan bugungi kunlargacha bо‗lgan davrni о‗z ichiga oladi. Bu davrda
tinch yashash, atrof-muhit tozaligiga erishish, axborot olish huquqi bilan bog‗liq
masalalar faol muhokama qilinib, ularni hal etish yо‗llari qidirilmoqda. Budavrda
insonning huquq va manfaatlari sohasida xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi. BMT
tomonidan yetmishga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan bir
yuz oltmishdan ziyod, YUNESKO da yetmishdan ortiq, Yevropada xavfsizlik va
hamkorlik tashkiloti tomonidan о‗ttizdan kо‗proq insonning huquq va manfaatlariga
taalluqli xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Hozirgi paytda
insonning huquq va manfaatlari bо‗yicha 400 yaqin xalqaro hujjat mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: