Yoshlarda ma’naviy-mafkuraviy immunitetni mustahkamlashda OAV.
Globallashuv, axborot sohasi liberallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli hil siyosiy, mafkurafiy va boshqa kuchlar (120 ga yaqin davlat axborot xurujlarini uyushtirish ustida ish olib bormoqda)o‘zlarining g‘arazli manfaatlari yo‘lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan, ayniqsa, Internet tarmog‘idan foydalanib, axborot erkinligini suiste’mol qilib, o‘sib kelayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini kursatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg‘itish, yoshlarning ongi va qalbini egallash yo‘lidagi intilishlari kuchaytirayotgani hech kimga sir emasdir.
Shunday ekan, nosog‘lom axborot oqimi va ta’siridan yoshlarni himoyalash uchun qanday huquqiy mexanizmlar mavjud, degan o‘rinli savol to‘g‘iladi?
Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog‘lom axborotlardan himoyalashning mexanizmlari mavjud bo‘lib, xususan, O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to‘g‘risidagi Qonunda “O‘zbekiston Respublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan zo‘ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday hatti-harakatlar man etilishi”, Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risidagi Qonunda “Pornografiya, shafqatsizlik va zo‘ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini tahqirlovchi, bolalarga zararli ta’sir ko‘rsatuvchi va huquqbuzarliklar sodir etilishiga sabab bo‘luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda fil’mlarni namoyish etish taqiqlanishi” belgilab berilgan bo‘lsada, bugungi axborot makonidagi tendensiyalar, axborot ekspansiyasi, agressiv axborotlarning kuchayishi milliy qonunchiligimizni va ma’rifiy-tarbiyaviy ishlarimizni yanada kuchaytirishni taqoza etadi desak mubolag‘a bo‘lmas.
Zamonaviy ommaviy kommunikatsiya vositalari bizni global axborot makoni bilan bog‘lab, axborotni olish va tarqatish geografiyasini kengaytirib, dunyo mamlakatlari va xalqlarini yaqinlashtirdi. Bu ijobiy holat, albatta. Biroq, axborot makonida taxdidlar bor ekan, milliy axborot makonimizga chegara quyib bo‘lmasligini nazarda tutib, kelajagimiz vorislarini uylab, vayronkorlik va buzg‘unchilik mazmunidagi axborot oqimini cheklashimiz, yosh avlodning ma’naviy olamining daxlsizligini asrashimiz kunning dolzarb vazifalaridan biri desak, mubolag‘a bo‘lmas.
Inson o‘zida bunday madaniyatni tarbiyalashi uchun nima qilishi zarur? Buning uchun u yoki bu axborotni eshitar ekan, har bir inson hech bo‘lmaganda “Bu axborotni kim uzatayapti?”, “Nima uchun uzatayapti?” va “Qanday maqsadda uzatayapti?” degan savollarni o‘z-o‘ziga berishi, unga asosli javob topishga harakat qilishi kerak bo‘ladi. Ana shundagina turli g‘oyalar ta’siriga tushib qolish, taqdim etilayotgan ma’lumotlarga ko‘r-ko‘rona ergashishning oldi olinadi. Shakllangan axborot iste’moli madaniyati milliy manfaatlarimiz va qadriyatlarimizga zid bo‘lgan xabar, ma’lumotlarga nisbatan o‘ziga xos qalqon rolini o‘taydi, shaxs dunyoqarashi va xulqidagi sobitlikni ta’minlashga xizmat qiladi.
Axborot iste’moli ijtimoiy, aniqrog‘i, ma’naviy ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan hodisadir. Axborot iste’molining xizmatlar iste’molining o‘ziga xos shakli hisoblanadi. Ma’lumki, har qanday xizmatni iste’mol qilishdan avval uning sifati, narxi, foydasi, qulayligi va boshqa shu kabi xususiyatlariga e’tibor beriladi. Bu jarayonda, iste’mol qilinayotgan xizmatning talab-taklif xususiyatlari ham inobatga olinadi. Masalan, taklifi kamayib ktegan xizmatlarning iste’mol darajasi yuqori bo‘lib, ularga talab kuchayadi. Mazkur xususiyatlar axborot iste’moli jarayoniga ham xosdir.
Biroq ma’anviy ne’mat bo‘lgan axborotni iste’mol qilish o‘ziga xos tomonlari bilan ham ajralib turishini ta’kidlash joiz. Xususan, axborot konkret shaxs, ijtimoiy guruh, millat, jamiyat va davlat tomonidan iste’mol qilinadi-ki, mazkur darajalarda iste’mol jarayonlari bir-biridan farq qiladi. Masalan , biron shaxs uchun qiziqarli bo‘lgan ma’lumot, muayyan ijtimoiy qatlam yoki guruh uchun ahamiyatsiz bo‘lishi mumkin. Shuningdek, axborot makon va zamon xususiyatlariga ham ega. Chunonchi, g‘arbda o‘ta ommabop bo‘lgan axborotlar. Sharq xalqlari tomonidan kam iste’mol qilinishi mumkin. Bundan tashqari, ma’lum bir tarixiy davrda katta qiziqish bilan kutib olingan ma’lumotlar, vaqt o‘tishi bilan odatiy holga aylanishi va ijtimoiy hayotda bu tarzda in’ikos etmasligi mumkin.
Axborot iste’moli, kim tomonidan iste’mol qilinishidan qat’i nazar, qabul qilish, tushunish, talqin etish kabi bir-biri bilan uzviy bog‘liq bo‘lgan bosqichlarda amalga oshadi.
Bugungi kunda, axborot iste’moli jarayoni ham o‘ziga xos madaniyatni taqozo etmoqda-ki, madaniyatning bunday shakli insoniyat ma’naviy madaniyatining tarkibiy qismiga aylanishi zarur.
Axborot iste’moli madaniyati globallashuv jarayonlarining xarakterli xususiyatlaridan biri bo‘lgan, Internet tarmog‘i jadal rivojlanib borayotgan hozirgi sharoitda, ayniqsa, muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi dunyoda axborot muhim ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy omil hisoblanadi. Dunyo bo‘yicha xabar tarqatuvchi ommaviy axborot vositalariga ega bo‘lgan davlatlar yer yuzida kechayotgan siyosiy voqealarni o‘z manfaatlaridan kelib chiqqan holda talqin qiladi va boshqalarga yetkazadi. Tarqatilayotgan xabarlar asl haqiqatdan yiroq bo‘lganligi tufayli ko‘pgina mamlakatlar va xalqlar tajovuzkor davlatlarning ta’siriga tushib qolmoqda. Bu esa adolatsiz urushlarning davom etishiga olib kelmoqda. Ana shu holatni nazarda tutgan holda axborot va ommaviy axborot vositalari omilini tahlil etishga harakat qilamiz.
Ma’lumki, huquqiy fuqarolik jamiyatida eng muhim demokratik institutlardan biri – ommaviy axborot vositalari sanaladi. Rivojlangan demokratik tizimda “To‘rtinchi hokimiyat” deb e’tirof etilgan ommaviy axborot vositalari ikki muhim vazifani ado etadi:
˗ birinchidan, jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy, ma’rifiy islohotlarni targ‘ib va tahlil etadi;
˗ ikkinchidan, jamiyatdagi turli qatlam fikrini ifodalash barobarida ijtimoiy fikrni shakllantiradi va yo‘naltiradi. Demak, mamlakatdagi ijobiy o‘zgarishlar, iqtisodiy yuksalishlar Ommaviy axborot vositalarining mavqei va darajasini belgilaydi. O‘z o‘rnida axborot vositalarining erkin va mustaqil faoliyatini ta’minlamay turib demokratik o‘zgarishlarga erishib bo‘lmaydi. Birinchi Prezidentimiz I.Karimov Oliy Majlisining ikkinchi chaqiriq 9-sessiyasida jamiyatimiz oldidagi muhim strategik vazifalar, davlat siyosatining ustuvor yo‘nalish hamda tamoyillarini ko‘rsatib, fuqarolik jamiyati asoslarini shakllantirishdagi muhim ustuvor yo‘nalish sifatida so‘z va matbuot erkinligini ta’minlash ekanini shunday tahlil etadi: “Jamiyatimizni yanada rivojlantirish va sifat jihatidan yangilash borasidagi to‘rtinchi va o‘ylaymanki, eng muhim ustuvor yo‘nalish – bu inson huquqlari va erkinliklarini, so‘z va matbuot erkinligini, shuningdek, oshkoralikni, jamiyatda o‘tkazilayotgan islohotlarning ochiqligini ta’minlaydigan demokratik tamoyillarni so‘zda yoki qog‘ozda emas, amaliy hayotda joriy qilishdir, desak har tomonlama to‘g‘ri bo‘ladi”.
Ommaviy axborot hukumat va xalq o‘rtasida vositachi sifatida siyosiy partiyalar, davlat va nodavlat tashkilotlari bilan ijtimoiy muvozanatni saqlaydi. Ommaviy axborot vositalari davlatning siyosatini, muayyan masalalar bo‘yicha, nuqtai nazarini, shu yo‘ldagi Farmon, qaror va qonunlarni xalqqa yetkazadi. O‘z navbatida xalq davlatning ichki va tashqi siyosatidan boxabar bo‘ladi, uni tahlil etib, o‘ziga yarasha xulosa chiqarishga intiladi, noqonuniy hatti-harakatlarning oldini olishga harakat qiladi. Demak, ommaviy axborot vositalarining mavjudligi bois jamiyatda xalq hokimiyati va inson huquqlari ta’minlanadi.
Shu tariqa, axborot xavfsizligini ta’minlash — bu, g‘animlarimiz tomonidan mamlakatimizga nisbatan qilinayotgan axborot xurujlarining oldini olish xamda ularga nisbatan milliy axborot vositalarimiz orqali qarshi qaqshatqich zarba berish demakdir.
Zero, axborot xavfsizligini ta’minlash masalasi mamlakat mustaqilligi va davlat suverenitetini mustahkamlash vositasi ekan, uning ahamiyatini birinchi navbatda yoshlar orasida tushuntirish, amaliyotda qo‘llash sirlarini o‘rgatish borasida mutassadilar quyidagi ishlarni bajarmoqlari shart. Bular quyidagilar:
internet tarmog‘idan maktabda va uyda foydalanish qoidalari ro‘yhatini tuzish va unga rioya qilishni talab etish;
internet tarmog‘iga ulanadigan kompyuterning umumiy xonada bo‘lishini ta’minlash;
yoshlar bilan ularning internetdagi do‘stlari haqida suhbat qilish, ular kim ekanligi haqida doimiy ma’lumotga ega bo‘lish;
kerak bo‘lmagan kontentga blok qo‘ying;
yoshlarni elektron pochtada shaxsiy, ya’ni xususiy ma’lumotlarni kiritmaslikka, noma’lum xatlarga javob yozmaslikka o‘rgatish;
internetdan kelishi mumkin bo‘lgan dag‘dag‘a yoki ko‘rqitish haqida ma’lumot berib borishga o‘rgatish;
foydalanadigan saytlar haqida ma’lumotga ega bo‘lish;
tarmoqlarda bezorilik qilmaslik yoki boshqa insonlarni qo‘rqitish uchun ishlatmaslik lozim ekanligini tushuntirib borish kabilardan iborat.
Axborot xavfsizligini ta’minlash uchun quyidagi ishlarni amalga oshirish zarur:
1. Axborot xavfsizligiga taalluqli pedagogik shartlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish, ya’ni kompyuter xonalarida xavfsizlik hududini tashkil etish; kompyuter xonalarining ishlash tartibini tasdiqlash; Internet bilan ishlashda o‘quvchilarga axborot xavfsizligi va uni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish.
2. Fuqarolarga axborot xavfsizligi hamda tahdidlar haqida tushuntirish ishlarini olib borish va uni bartaraf etishni ta’minlash uchun ta’lim-tarbiya jarayonini axborot madaniyati, etika, insonparvarlik g‘oyalariga yo‘naltirish.
3. Internet axborot resurslaridan olinayotgan ta’limga taalluqli ma’lumotlarni filtrlar orqali olish, Internetga qo‘shilgan kompyuterlarda filtr dasturlari o‘rnatilgan bo‘lishi shart. Ana shu ishlar bajarilsa, mamlakatimizda axborot xavfsizligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |