13-mavzu: Milliy g’oyaning o’ziga xos xususiyatlari, rivojlanish mexanizmlari va
vositalari (2 soat)
|
R e j a:
1. Milliy g‘oyaning o‘ziga xos xususiyatlari. Milliy g‘oyaning muayyan
mamlakat yoki xalq maqsadlari va taraqqiyot yo‘li bilan bog‘liqligi.
2. Milliy g‘oyani rivojlantirish tushunchasi, ma‘no-mazmuni, milliy g‘oya
rivojlanishining ong va tafakkur, turli xil omillar bilan bog‘liqligi.
3. Milliy g‘oya ta‘sirchanligini oshirish mexanizmlari. ―Fikr – g‘oya –mafkura – tizim‖ munosabati. Milliy g‘oya va OAV..
MAVZUGA OID TAYANCH TUSHUNCHA VA IBORALAR:
Mafkura, ideologiya, milliy ideologiya, ideologiya paradigmalari, mafkuraviy munosabat, mafkura nazariyasi, mafkura muqobilligi, mafkuraviy manfaat, ideologiya funksiyalari.
Milliy g‘oya bu - millatning o‘tmishi, buguni va istiqbolini o‘zida mujassamlashtirgan, uning tub manfaatlari va maqsadlarini ifodalab, taraqqiyotga xizmat qiladigan ijtimoiy g‘oya shakli hisoblanadi.
Milliy g‘oya o‘z mohiyatiga ko‘ra, xalq, millat takdiriga daxldor bo‘lgan, qiska yoki uzoq mudqatda hal etilishi kerak bo‘lgan vazifalar va mo‘ljallarni aks ettiradi. Masalan, bunga o‘z davrida (1941-1945 yillarda) fashistlar bosib olgan Fransiyada "qarshilik ko‘rsatish" g‘oyasining milliy g‘oya darajasiga ko‘tarilgani va Fransiyaning ozod etilishi bilan o‘z ahamiyatini yo‘qotgani fikrimizga dalil bo‘la oladi.
U yoki bu g‘oyaning milliy g‘oya sifatida maydonga chiqishi millatning o‘tmishi, mavjud holati bilan bevosita bog‘liqdir. Zero, ana shu ikki negizga tayangan holdagina u millatning qisqa yoki uzoq vaqtda erishishi lozim bo‘lgan maqsad-muddaolari va mo‘ljallarini to‘g‘ri ifodalay olishi mumkin.
Tom ma’nodagi milliy g‘oya, oxir-oqibatda, ozmi-ko‘pmi insoniyat taqdiriga ta’sir qiladi. Shu ma’noda, har qanday milliy g‘oyada umuminsoniy mohiyat mavjud bo‘ladi. Ammo, aniq bir millat yoki umuman insoniyat uchun ahamiyatli bo‘lgan g‘oyalar ham bor. Aytaylik, "Milliy yarash" g‘oyasi fuqarolar urushi ketayotgan davlat uchun hayotiy mazmunga ega bo‘lsa, "Manfaatli hamkorlik" g‘oyasi dunyoning barcha mamlakatlari uchun birdek ahamiyatlidir. Har bir xalq o‘z tarixining burilish nuqtalarida, avvalo mafkura masalasini, uning o‘zagini tashkil etadigan, o‘ziga xos o‘q, birlashtiruvchi yadro vazifasini o‘taydigan ijtimoiy g‘oyani shakllantirish muammosini hal qiladi.
Har qanday g‘oya ijtimoiy ahamiyat kasb etib, odatda muayyan g‘oyalar, alohida olingan shaxslar ongida paydo bо‘ladi. Ma’lum bir muddatdan keyin esa jamiyatning turli qatlamlariga tarqaladi, turli elatlar va millatlar orasida yoyildi, yangi avlod jamiyatda mavjud g‘oyalar ta’sirida tarbiyalanadi. Muayyan qarashlar va g‘oyalarni о‘z e’tiqodiga singdiradi, о‘z navbatida yangi g‘oyalarni yaratadi va targ‘ib qiladi. G‘oyalar milliy-madaniy merosni, umuminsoniy qadriyatlarni, ijtimoiy-ma’naviy hayotni, tevarak olamni о‘rganish, bilish jarayonida dunyoga keladi. Ijtimoiy ongning barcha shakllari ilm-fan, falsafa, din, san’at va adabiyot, axloq, siyosat va huquq-muayyan bir g‘oyalarni yaratadi, ularga tayanadi va ularni rivojlantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |