Milliy g‘oya tarixi va nazariyasi


Mafkuraviy kurash quyidagicha yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin



Download 1,32 Mb.
bet87/148
Sana25.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#409879
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   148
Bog'liq
2 5465437667611119895

Mafkuraviy kurash quyidagicha yo‘nalishlarga ega bo‘lishi mumkin:

1) O‘z umrini o‘tab bo‘lgan, yangi zamon talablariga javob bera olmay qolgan mafkura, g‘oyalar tizimi yoki g‘oyaviy-mafkuraviy tamoyillarga qarshi faoliyat;

2)Muayyan millat, jamiyat va davlat uchun begona hamda yot bo‘lgan, chetdan turib, turli maqsadlarda, xilma-xil vositalar orqali joriy etishga harakat qilinayotgan g‘oya va mafkuralarga nisbatan amalga oshiriladigan harakat, chora-tadbirlar majmui;

3)Asl maqsadlari xalq va jamiyatning umumiy manfaatlariga zid bo‘lib qolgan ichki kuchlar, konservativ subyektlarga xos g‘oya va mafkuraviy qarashlarga qarshi kurash;


4) Yangi jamiyat va yangi davlat barpo etish, hayotda tub o‘zgarish va islohotlarni amalga oshirishga xizmat qiladigan g‘oyalar hamda mafkuraviy tizim shakllanishi uchun olib boriladigan faoliyat va boshqalar.

Muayyan guruh, xalq, jamiyatni mafkuraviy ta’sir doirasiga tortishni asosiy maqsad qilib olgan g‘oyaviy kurash tamoyillari hamda ularni turli yo‘llar va usullar bilan amalga oshirishga urinishlar hamma vaqt bo‘lgan. Tarixga nazar tashlasak, bu jarayon jamiyat rivojlana borishi bilan birga chuqurlashib, keng qamrovlilik kasb etib borganini ko‘ramiz. Masalan, hozirgi davrda mafkuraviy kurash o‘zining qator xususiyatlari bilan ajralib turishini ko‘rish mumkin.

Eng avvalo, mafkuraviy kurash va o‘zgalarga g‘oyaviy ta’sir o‘tkazish jarayoni tezkor va katta shiddat bilan kechayotganini qayd etish zarur. Bu shiddatlilik muayyan mafkuraviy qadriyatlarni yashin tezligida ommalashtirish, tarqata olish imkoniyatini yaratgan, Yer yuzining turli burchaklarida dunyoga kelayotgan g‘oyalarni millionlar dunyoqarashining uzviy qismiga aylantirayotgan matbuot, radio, televideniye, Internet kabilarning taraqqiyoti tufayli sodir bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, mafkuraviy kurash jarayoni oldingidan ham keng qamrov kasb etib bormoqda. Bu jarayonga ijtimoiy hayotning barcha sohalari, aholining turli qatlamlari tortilganida yaqqol ko‘rinadi. Bu jarayon shunchalik kuchliki, bugungi kunda dunyo hududining biror-bir joyini mafkuraviy ta’sirdan tashqarida tasavvur qilish qiyin.

Bunday sharoitda milliy xavfsizlikni ta’minlash, uning turli yo‘llari, vositalari va usullari imkoniyatlaridan foydalanish muhim ahamiyatga ega. Mafkuraviy jarayonlar globallashuvi sharoitida shaxs, millat, jamiyat, davlatni xilma-xil shakllarda namoyon bo‘ladigan g‘oyaviy kurash va tajovuzlar ta’siridan himoyalash, sodda qilib aytganda, mafkuraviy xavfsizlikni ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Bu esa, o‘z navbatida, jamiyat ma’naviy hayotida bo‘shliq paydo bo‘lishining oldini olish, ezgu maqsadlarga xizmat qiladigan g‘oyalar tizimini shakllantirish, uni muttasil mustahkamlab borish, fuqarolarda mafkuraviy immunitetni shakllantirish nuqtai nazaridan ham muhimdir.

Hozirgi vaqtda ko‘z o‘ngimizda dunyoning geopolitik, iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasida chuqur o‘zgarishlar ro‘y berayotgan, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda, barchamizga ayonki, fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ma’lumki, har qanday kasallikning oldini olish uchun, avvalo, kishi organizmida unga qarshi immunitet hosil qilinadi. Biz ham farzandlarimizni ona Vatanga muhabbat, boy tariximizga, ota-bobolarimizning muqaddas diniga sadoqat ruhida tarbiyalash uchun, ta’bir joiz bo‘lsa, avvalo ularning qalbi va ongida mafkuraviy immunitetni kuchaytirishimiz zarur. Toki yoshlarimiz milliy o‘zligini, shu bilan birga, dunyoni chuqur anglaydigan, zamon bilan barobar qadam tashlaydigan insonlar bo‘lib yetishsin. Ana shunda johil aqidaparastlarning «da’vati» ham, axloq-odob tushunchalarini rad etadigan, biz uchun mutlaqo begona g‘oyalar ham ularga o‘z ta’sirini o‘tkaza olmaydi. Yosh avlodimizni turli ma’naviy tajovuzlardan himoya qilish haqida gapirganda, nafaqat xalqimizni ulug‘laydigan buyuk xususiyatlar, ayni paytda uning rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan, eski zamonlardan qolib kelayotgan noma’qul odatlar haqida ham ochiq so‘z yuritishimiz zarur.

Aslida axborot sohasidagi globallashuv insoniyat uchun, dunyoning barcha hududlaridagi odamlarning uzaro muloqoti uchun, ilm-fan va madaniy boyliklarni uzlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratadigan jarayondir.

Mafkuraviy jarayonlarning globallashuvida bir-biridan farq qiladigan ikki yunalish, tеndеntsiya mavjud:

1. Insoniyat sivilizatsiyasi tarixida erishgan har qanday moddiy va ma'naviy qadriyatlarning umuminsoniy jihatlari tarixiy makon doirasidan chiqib baynalminallashib, univеrsallashib bormoqda. Boshqacha aytganda, milliy va umuminsoniylik tamoyillarining intеgratsiyalashuv jarayoni kuchmoqda.

2. Millatlar va davlatlarning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma'naviy-madaniy rivojlanishidagi bеqarorlik, ular manfaatlaridagi uziga xoslikni mutlaqlashtirish insoniyatga, shu jumladan, uz millatining kеlajagiga xavf tug`diradigan salbiy hodisalarning mafkuralashgan holda globallashuviga olib kеlmoqda. Bu xalqaro tеrrorizm, ekstrеmizm, fundamеntalizm va narkobiznеs hodisalarida namoyon bulmoqda. Biron bir hudud yoki mamlakatda paydo bulayotgan g`oyalar tеz fursatda butun jahonga yoyilmoqda. Natijada, odamzot ma'lum bir davlatlar va siyosiy kuchlarning bosimini sеzib yashamoqda.

Bu jarayonning muhim xususiyatlaridan biri - turli mamlakatlarni mafkuraviy zabt etish g`oyat katta iqtisodiy manfaatlar bilan qushilishib kеtganidir. Mafkuraviy globallashuv saviyasi past audio va vidеokassеtalar, axloqsizlik, tubanlik va yovuzlikni targ`ib qiladigan «san'at asarlari»ning ham kеng tarqalishiga sabab bulmoqda. Foyaviy-mafkuraviy tazyiq va tajovuzlarning oldini olish uchun esa har bir millat, davlat uzining g`oyaviy-mafkuraviy daxlsizligini ta'minlaydigan chora-tadbirlarni kurishi zarur bulmoqda.

Markaziy Osiyo xalqlari madaniyati va ma'naviyati ham Sharq va Farbni tutashtirgan karvon yullarida joylashgani sababli ham Sharq, ham Farb madaniyatidan bahramand bulgan. Natijada har bir xalq uzlari uchun ana shu madaniyatning ijobiy tomonlarini uzlashtirgan, ularga ijodiy yondashib yangi chuqqilarga kutargan. Masalan, Abu Rayxon Bеruniy Xitoy, Hindiston, Yunoniston va rim falsafasi, tabiiy fanlarini chuqur uzlashtirgan edi. Forobiy ham unlab tillarni bilgan va unlab xalqlar madaniyati va ma'naviyatini chuqur urgangan.


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   148




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish