Ekzistеntsializm - mavjudlik, erkinlikka erishish.
Uchinchi bosqich 20- asrning 2-yarmidan bugungi kunlargacha bо’lgan davrni о’z ichiga oladi. Bu davrda tinch yashash, atrof-muhit tozaligiga erishish, axborot olish huquqi bilan bog’liq masalalar faol muhokama qilinib, ularni hal etish yо’llari qidirilmoqda. Bu davrda insonning huquq va manfaatlari sohasida xalqaro qonunchilik tizimi shakllandi. BMT tomonidan yetmishga yaqin, Yevropa Kengashi Bosh assambleyasi tomonidan bir yuz oltmishdan ziyod, YUNESKO da yetmishdan ortiq, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan о’ttizdan kо’proq insonning huquq va manfaatlariga taalluqli xalqaro konvensiyalar, deklaratsiyalar, paktlar qabul qilindi. Hozirgi paytda insonning huquq va manfaatlari bо’yicha 400 yaqin xalqaro hujjat mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: |