Aim.Uz
Milliy g‘oya: maqsadi, vazifalari va ahamiyati.
O‘zbekiston mustaqilligi amalga oshgandan so‘ng davlatimiz va xalqimizning hayotida yuz berayotgan umumiy jarayonlardan kelib chiqqan holda yangicha dunyo qarash, yangicha tafakkur vujudga kela boshladiki, endi xalqni yo‘lini, orzularini, qarashlarini, maqsadlarini bir yo‘nalishga solish, uyg‘unlashtirish zarur edi. Chunki avvalgi davrning eski andozalari o‘rnini yangi davr talab va extiyojlari bilan erkinlik va ozoddikka asosolangan g‘oyalar bilan almashtirib berilishi kerak edi. Yangi, barkamol ongli - g‘oyalarni ilgari surib, uni amalga oshiradigan davr kelgan edi.
Mustaqilligimizning mohiyati, mazmuni, ahamiyatinin mafkuraviy vositalar bilan xalqimiz ongiga yetkazish yangi, milliy istiqlol mafkurasini yaratishni talab qilardi. Shuning uchun ham Prezidentimiz mustaqilligimizni dastlabki paytlaridanoq bu masalani dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. 1992 yilda I.Karimovning nashr etilgan «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li» nomli asarida shunday deyiladi. «Umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik, xalqimizning ma’naviy merosini saqlash va rivojlantirish: inson o‘z imkoniyatlarini erkin namoyish qilishi: vatanparvarlik tamoyillari istiqlol mafkurasi uchun asos bo‘luvchi qoidalardir». 1993 yil 23 aprelda Prezident bir guruh adiblar bilan bo‘lgan uchrashuvda ham ushbu masalada jiddiy suhbatlashdi. Milliy istiqlol mafkurasi O‘zbekistonning mustaqillikka erishish haqidagi siyosiy, ilmiy, nazariy, tarixiy, falsafiy, badiiy va diniy qarashlar majmui, xalqni kelajakka ishonch, e’tiqod ruhida tarbiyalovchi - g‘oyaviy qurol ularni birlashtiruvchi omil hisoblanadi. Uning asosiy mohiyati quyidagilardan iborat:
-halqimizning azaliy an’analariga, udumlariga, ruhiyatiga, tiliga, diniga mos - g‘oyalar asosida odamlar ongiga kelajakka ishonch, mehr oqibat, insof, sabr-toqat, adolat, ma’rifat tuyg‘ularini singdirish:
-ushbu mafkura orqali xalqimizda o‘zining qudrati va himoyasiga suyangan holda, umuminsoniy qadriyatlarga asoslanib, jahon hamjamiyatida, ilg‘or davlatlar orasida teng huquqli va munosib o‘rin egallashga intilish hissini tarbiyalash:
-sog‘lom, ma’naviy boy, komil avlodni shakllantirish:
milliy istiqlol mafkurasining negizini vatanparvarlik, erkinlik, milliy iftixor, insonparvarlik, baynalmilallik kabi xususiyatlar tashkil etadi. Mustaqilligimizni mustahkamlashdagi o‘tkazilayotgan islohotlar orasida ta’lim sohasidagi islohot alohida ahamiyat kasb etadi. 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun respublikamizda ushbu yo‘nalishdagi barcha muammolarni oqilona hal etishga qaratilgandir. Unga quyidagilar asos qilib olindi:
-Ta’lim-tarbiyaning insonparvarligi va demokratiyaviyligi :
-Ta’lim tizimining uzluksizligi, izchilligi, ilmiyligi va dunyoviyligi:
-umuminsoniy va milliy madaniy-ma’naviy qadriyatlarning
ta’limda ustivorligi:
-Millati, e’tiqodi, dinidan qat’iy nazar barcha fuqarolar uchun ta’lim olish imkoniyati yaratilganligi:
-Ta’lim muassasalarining siyosiy partiyalar va harakatlar ta’siridan xoliligi
-Ta’lim islohotida asosiy e’tibor ta’lim-tarbiyaning milliy zaminni mustahkamlashga, ta’limning boshqaruv tizimlarini takomillashtirishga, uning moddiy-texnika bazasini zamon talablariga moslashtirishga, ta’lim-tarbiya jarayonini jahon andozalari darajasiga ko‘tarishga qaratildi.
Maktabgacha tarbiya faoliyati uchun «Maktabgacha tarbiya konsepsiyasi», «Sog‘lom avlod uchun» dasturi kabi tadbirlar ishlab chiqildi. Maktablarda ayrim fanlarni chuqur o‘rganiladigan alohida yoki maxsus maktablar soni ortib bordi. Shuningdek xalq ta’limi vazirligi tasaruffidagi 185 ta gimnaziya, 292 ta litsey tashkil etildi, akademik-litseylar va kasb-hunar kolledjlari tashkil etilmoqda.
Iqtisod alifbosi, iqtisodiy bilim asosolari, Inson huquqlari, Menejment va marketing asoslari, Ma’naviyat va ma’rifat asoslari kabi yangi fanlar joriy etildi.
Mudofa Vazirligi qoshida harbiy akademiya, IIV qoshida Ichki ishlar akademiyasi, Bank-moliya akademiyasi, jahon iqtisodiyoti va Diplomatik Universiteti, Toshkent aviatsiya instituti, Navoiy tog‘ konchilik institut tashkil etildi. 1997 yilda Respublikada 59 ta oliy va 258 ta O‘rta maxsus o‘quv yurtlari faoliyat ko‘rsatdi. Prezident I.Karimovning 1992 yil 28 fevral Farmoni bilan 8 ta viloyat pedagogika institutlariga Universitet maqomi berildi.
AKSH, Turkiya, Hindiston, Germaniya va boshqa davlatlar oliy o‘quv yurtlari tajribasi o‘rganildi. Yurtimiz tarixini o‘rganishga katta e’tibor berildi. Oliy o‘quv yurtlarida O‘zbekiston xalqlari tarixi kafedralari tashkil etildi. Maktablarda O‘zbekiston tarixi fan o‘qitila boshlandi. O‘quv yurtlarida «Odobnoma» fani o‘qitila boshlandi. Iqtidorli talabalarni xorijda o‘qitish ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ta’lim sohasida O‘zbekiston AQSH, Germaniya, Britaniya bilan hamkorlik qilmoqda. 1993 yilda Vazirlar Maxkamasi tashabbusi bilan «Ulug‘bek» nomli O‘zbekiston Yoshlar jamg‘armasi tashkil qilindi. Jamg‘arma «Iste’dodlarni izlaymiz», «Chet ellarda ilm olamiz», «Chet tillarni o‘rganamiz», «Yosh ishbilarmonlarni qo‘llab-quvvatlaymiz» kabi qator dasturlar asosida ish olib bormokda. 1996 yilda esa Respublikamizdagi yosh ijodkorlarga, olimlarga va tadqiqotchilarga ko‘maklashuvchi «Kamolat» jamg‘armasi tashkil etildi.
1997 yil 7 yanvarda «Umid» jamg‘armasi tashkil etildi. Uning maqsadi - «Iste’dodli yoshlarni saralash, tanlash va ularga yordam berib xorijiy davlatlarda o‘qib, jahon taraqqiyotini o‘rganishlariga yordam berishdan iboratdir. Bu jamg‘arma ajratilgan grant hisobiga AKSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Fransiya va Yaponiyaga qobiliyatli yoshlarni bakalavr va magistr darajalarini olish uchun o‘qishga jalb etmoqda.
Hukumatimiz haqiqatdan ham yoshlarimizning ijtimoiy kafolati uchun katta g‘amxo‘rlik qilmoqda. 1992-93 yillar davomida Prezidentimiz tomonidan ushbu kafolat uchun 14 ta farmon qabul qilindi. Ushbu qarorlarda yoshlarimizning, xususan o‘quvchi talaba yoshlarimizni moddiy va ma’naviy rag‘batlantirib borish ko‘zda tutilgan. 1993 yil 5 fevraldagi farmonda ko‘rsatilishicha a’lochi talabalariga va iqtidorli aspirantlarga Respublikamiz Prezidentining davlat stipendiyalari ta’sis etildi. Shuningdek yosh ijodkorlarning uy-joy sharoitlarini yaxshilash masalasida ham viloyat xokimliklari qoshida maxsus kengashlar ham tashkil qilindi. Xulosa qilib aytganimizda yurtimiz hayotida milliy mafkura yaratilishga asos solindi, hamda hukumatimiz tomonidan qabul qilingan ta’lim sohasidagi islohot samarali mehnatlarimiz tufayli o‘zining ijobiy natijasini bermoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |