Umumiy gipoteza deb tabiat, jamiyat, bilish hodisalarining qonuniyatlari haqida bildirilgan asosli taxminga aytiladi. Umumiy gipotezalar borliqning muhim qonuniyatlarini ochishga imkon bergani uchun ilmiy nazariyani qurish uchun hisoblanadi. Isbotlangach, bunday gipotezalar nazariyalarga aylanadi va ilmiy tadqiqotlarning maqsadli yo‘nalishlarini belgilab beradilar.
Juz’iy (xususiy) gipoteza ayrim faktlar, konkret predmet va hodisalarning kelib chiqishi, xususiyatlari haqidagi bildirilgan asosli taxminiy fikrdan iborat. Mantiqda ishchi gipotezalar ham farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |