Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi


Savol va javob, ularning turlari



Download 1,97 Mb.
bet69/226
Sana06.07.2021
Hajmi1,97 Mb.
#110191
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   226
Bog'liq
Falsafa OUM 2020-2021 1-курс

Savol va javob, ularning turlari

Inson dunyoqarashini kengaytiruvchi va chuqurlashtiruvchi eng asosiy vositalardan biri - savol-javob (dialog)dir. Savol-javobni tashkil eta bilish insonda voqelikka mos (adekvat) tushunchalarning shakllanishiga, mulohazalarini to‘g‘ri qurishga va xulosa chiqarishga o‘rgatadi.

Savol-javob, dialog erotematik (grek. Erotematikos – savol shaklida) mantiqda o‘rganiladi. Savol mantiqiy reallikning o‘ziga xos alohida ko‘rinishidir. Savol berish ya’ni fikrni to‘g‘ri javobga yo‘naltirish san’ati - tafakkurlash madaniyatining zaruriy elementidir. Mantiqan to‘g‘ri savollarni qo‘ya bilish aqllilik, farosatlilikning muhim belgisidir.

Inson bilimi predmet va hodisalar haqida avvalgi hosil qilingan hukmlardan yangi, ularni to‘ldiradigan, kengaytiradigan hukmlarni yaratishga qarab taraqqiy etib boradi. Bu jarayon ma’lum bir savollarni qo‘yish va ularga javob qidirish tarzida sodir bo‘ladi. Savol so‘roq gap yordamida ifoda qilingani uchun hukmni ifoda qila olmaydi. Ular bilishda turlicha vazifalarni bajaradi. Hukmning vazifasi predmet haqidagi mavjud bilimlarni qayd qilishdan iborat bo‘lsa, savol uning yangi xususiyatlari, aloqalarini qidirib topishga, aniqlashga, o‘rganishga qaratilgan bo‘ladi. Savol bir qancha muhim mantiqiy hususiyatlarga ega:

1. Savolda ma’lum bir boshlang‘ich bilim mujassamlangan bo‘ladi.

2. Savolda mavjud bo‘lgan bilim noaniq bo‘ladi.

3. Savolda predmet haqida to‘laroq bilimga ega bo‘lish extiyoji o‘z ifodasini topadi.

Ana shundan kelib chiqib, savol bilimlarimizdagi noaniqliklarni, shubhalarni yo‘qotish hamda aniqroq va to‘laroq bilimlar hosil qilishga bo‘lgan extiyojni qondirishga xizmat qiladigan fikrlash vositasidir deb aytishimiz mumkin.

Savol o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. U o‘zining asosiga, (datum questions) bazasiga ega. Savolning asosini unda mujassamlangan bilim, axborot tashkil etadi. Savol va javob insonlarning dialog ko‘rinishidagi muloqat shaklidir.Uning muhim funksiyalaridan biri kommunikativlikdir. Axborotni qidirish vositasi sifatida ham savolning ahamiyati beqiyosdir. Savol bo‘lmasa bilish ham bo‘lmaydi.

Savollarni har xil asoslarga ko‘ra bir qancha turlarga bo‘lish mumkin.

Noma’lum narsani aniqlash usuliga ko‘ra aniqlovchi va to‘ldiruvchi savollar farqlanadi. Masalan, “Sen o‘qishni bilasanmi?”-degan savol aniqlovchi, “Sen qaysi qo‘shiqni kuylamoqchisan?”-degan savol to‘ldiruvchi savoldir.

Savol o‘zining asosiga ko‘ra to‘g‘ri (o‘rinli) va noto‘g‘ri (o‘rinsiz) qo‘yilgan savollarga bo‘linadi. Asosi chin va ziddiyatsiz bilimdan iborat bo‘lgan savol to‘g‘ri bo‘ladi. Noto‘g‘ri (o‘rinsiz) savolning asosi yolg‘on, zidddiyatli yoki ma’nosiz hukmdan iborat bo‘ladi. Bunday savollarga javob berib bo‘lmaydi.

Strukturasiga ko‘ra oddiy va murakkab savollar mavjud. Agar tarkibida boshqa savol bo‘lmasa, oddiy savol, bo‘lsa – murakkab savol deb yuritiladi.

Masala – savolning alohida bir turi bO‘lib, uni hal qilish savolning asosini mantiqan o‘zgartirishni, yetishmayotgan ma’lumotlar bilan to‘ldirishni muhim tomonlarini ajratishni, muhim bo‘lmaganlarini chiqarib tashlashni taqoza etadi.

Savolni to‘g‘ri qo‘yish uchun ma’lum bir qoidalarga rioya etish zarur:

1. Savol o‘rinli bo‘lishi va til talablariga javob berishi kerak.

2. Savol qisqa va ravshan holda ifoda qilingan bo‘lishi kerak.Uzun va chalkash savollar tushunish va javob berishda qiyinchilik tug‘diradi.

3. Savol aniq bo‘lishi, ya’ni unda javob berish uchun zarur bo‘lgan vaqt, xolat va kontekst ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.

4. Savol imkon darajada oddiy tuzilishga ega bo‘lishi, murakkab tuzilgan savollar bir necha oddiy savollarga ajratilishi zarur.

5. Murakkab ayiruvchi savollarda muqobil xolatlar to‘liq ko‘rsatilishi javobning aniq bo‘lishi uchun muhimdir.

6. Savolning asosi (bazisi) chin hukmlardan iborat bo‘lishi kerak.

Javob – predmet haqidagi avvalgi bilimni qo‘yilgan savolga muvofiq holda aniqlashtiradigan, to‘ldiradigan yangi hukmdan iborat. U savolning asosini tashkil etuvchi bilimga tayanilgan holda yangi bilim olishga imkon beradi. Javobning mohiyatini savolda mavjud bO‘lgan noaniqlikni kamaytirish tashkil etadi. Savolga javob qidirish davomida, odatda bilimlarning konkret sohalariga murojaat qilinadi. Ular javobni qidirish sohasi, deb ataladi.

Mantiqda javobning bir qancha turlari: bevosita (to‘g‘ri) va bilvosita javoblar, to‘liq va to‘liqsiz javoblar, chin va xato javoblar, qisqa va batafsil javoblar, aniq va noaniq javoblar ajratiladi.


Download 1,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish