Bevosita (to‘g‘ri) javob - savolda ko‘rsatilgan noma’lum sohaga taalluqli mulohazalar to‘plamidan iborat.
Bilvosita javob-javobni qidirish sohasidan chetga chikib, qo‘shimcha ma’lumotlarga murojaat qilish asosida hosil qilinadigan mulohazalar to‘plamidan iborat bo‘lib, bevosita (to‘g‘ri) javob ulardan hulosa chiqarish yo‘li bilan hosil ilinadi.
To‘liq va to‘liqsiz javoblar javobda beriladigan ma’lumotlar miqdori bo‘yicha fark qilinadi. To‘liq javob - o‘zida savolning barcha elementlari (qismlari) haqida ma’lumotlarni mujassamlashtirgan mulohazalar to‘plamidir. To‘liqsiz javob-savolni tashkil etuvchi elementlarning bir qismi haqidagina ma’lumotni ifoda etgan mulohazalardan iborat.
Mantiqiy qiymati bo‘yicha, ya’ni borliqqa munosabatiga ko‘ra chin va xato javoblar farq qilinishi mumkin. Agar javobda ifodalangan fikr-mulohazalar borliqqa muvofiq kelsa, uni adekvat xolda aks ettirsa, u chin javob, va aksincha, borliqqa muvofiq kelmasa, adekvat tarzda aks ettirmasa, bu xato javob bo‘ladi.
Grammatik shakliga ko‘ra javoblar qisqa yoki batafsil bo‘ladi. Qisqa javob "xa" yoki "yo‘q" tarzida beriladigan tasdik yoki inkor shaklidagi bitta so‘zdan iborat. Batafsil javob savolning har bir elementi takrorlanadigan muloxazadir.
Javobning aniq yoki noaniq bo‘lishi savolning sifatiga, uning mantiqiy strukturasiga bog‘liq. Ma’lumki, savol va javob mantiqan bog‘langan bo‘ladi, ya’ni javobning mazmuni ko‘yilgan savolning sifatiga bog‘liq. Ana shuning uchun ham muloqatda "savoliga yarasha javob" degan qoida amal qiladi. Noaniq, ko‘p ma’noli savollarga aniq javob olish kiyin.
Aniq javob - mantiqan to‘g‘ri qo‘yilgan savolga bildiriladigan mulohazadan iborat bo‘lib, unda ishlatilayotgan tushunchalar, so‘zlarning mazmuni va ma’nosi konkret va ravshan bo‘ladi. Noaniq javobni ifoda etuvchi mulohazalar ikki xil ma’noli tushunchalar, so‘zlarni ishlatish natijasida hosil bo‘ladi. Javob to‘g‘ri bo‘lishi uchun ma’lum bir metodologik talablarga rioya qilish zarur. Ular quyidagilardir:
Javob aniq, ravshan va iloji boricha ixcham bo‘lishi shart.
Javob mantiqan ziddiyatsiz bo‘lishi zarur.
Javob yetarli darajada asoslangan bo‘lishi kerak.
Javob savoldagi noaniqlikni kamaytirishi, iloji boricha to‘liqroq ma’lumotlarni berishi zarur.
Noo‘rin qo‘yilgan savolga berilgan javobda shu noo‘rinlik ko‘rsatilishi zarur.
Murakkab ayiruvchi savolga javob berganda tarkibidagi faqat bir savolga javob berish yetarli bo‘lsa, qo‘shuvchi savolga javob berganda tarkibidagi hamma savollarga javob berish zarur.
Yuqoridagi ko‘rsatmalar bilim olish, shaxsiy va ijtimoiy munosabatlarni to‘g‘ri tashkil qilish uchun muloqot olib borishda nihoyatda ahamiyatlidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |