ne'matlardan tortib, uy hayvonlarining barcha turlarigacha, qadim zamonlarda esa hatto odamlar
ham qurbon qilinar edi. Milliy dinlar rivojlanishining sunggi davrlariga kelib odamlar o'rniga
hayvonlar qqurbon qilina boshlangan. Shu bilan birga oxirat haqidagi tasavvurlar keng targ'ib
qilinardi.
Milliy dinlar elat-millat dinlari deb ham yuritiladi. Chunki ular urug'-qabila dinlaridan farqli ravishda
sinfiy jamiyat qaror topishi va shakllanishi davrida vujudga
kelgan va rivojlangan. Binobarin, ular avvalo elatning, sungra millatning shakllanishini uzlarida
aks ettirgan.
Milliy dinlarda tasavvur qilingan xudolar milliy xudolar hisoblanib, ibodat-marosimlar asosan
muayyan elat yoki millatnikigagina mos tushar edi. Binobarin, bu xildagi qadimgi dinlar milliy
davlat xarakterida bo'lishi bilan boshqa din shakllaridan ajralib turgan.
Eng sunggi davrning milliy dinlariga quyidagilar kiradi: hinduizm, sikxizm, daosizm, konfusiychiliq
sintoizm va iudaizm (yahudiylik).
H I N D U I Z M - hozirgi Hindistonda tarqalgan din shaklidir. U eramizdan oldingi dinlar –
braxmanizm va vedizmning evolyusiyasi natijasida eramizning birinchi ming yilligi o'rtalariga kelib
shakllangan. Shu davrdan boshlab hinduizm hukmron dinga aylangan. Xozirgi vaqtda Hindiston
aholisining 80 dan ortiqroq foizi hinduizmga e'tiqod qiladi. Hinduizm sinkretik din bo'lib, turli
e'tiqodlar, urf-odatlar va marosimlar, maxalliy diniy e'tiqod va qarashlarning murakkab kompleksi
sifatida voqe bo'lib, urug'-qabila dinlari elementlarini, braxmanizm, buddizm va jaynizmning
asosiy g'oyalarini qamrab olgan. Hinduizm o'zining yagona tashkilotiga ega emas.
Hinduizm insonnning tug'ilganidan to vafot etishigacha bo'lgan huquq va vazifalarini belgilab va
cheklab qo'yadi. Shuning uchun unda marosimchilikka keng o'rin berilgan. Hinduizm kishilarning
ijtimoiy tengsizligini oqlaydi va abadiylashtiradi, ruhning o'lmasligi va ko'chib aylanib yurishi
(sansara ta'limoti), qayta tug'ilishi (karma ta'limoti), gunoh ishlar uchun javob berishi, jannat va
do'zax kabi aqidalarni o'z ichiga oladi.
Hinduizm politeistik din bo'lib, unda ko'p xudolilik elementlari saqlangan. Dindorlar tasavvurida
bosh xudo Braxman Koinotning ijodkori va yaratuvchisidir. Bundan tashqari hindlar Vishnu va
Shiva xudolariga ham e'tiqod qiladilar. Hinduizm ta'limotida xudoning uch xil ko'rinishida tasavvur
etilishi (trimurti) eng oliy, ilohiy, yakka xudoning uch xususiyati, deb talqin qilinadi. Bu
xristianlikdagi uch yuzli xudoga uxshaydi.
Hinduizm ta'limoticha, olam paydo bo'lib, yemirilib, yuq bo'lib turadi, ya'ni olamning yashashi
progressiv emas, aksincha, regressiv xarakterga ega; har bir davr olamning yuksak rivojlangan
cho'qqisidan boshlanib, uning inqirozga uchrashi bilan tugaydi, insonlar gunohga botib ketgach,
olam yuqoladi.
Hinduizm jamiyatning tabaqalarga bo'linishini aks ettiruvchi savob va jazo (karma) g'oyasiga
asosan, inson hayotida 4 ta asosiy maqsad bor, deb da'vo qilinadi: 1) dxarma – oila va jamiyatda
diniy talablarni bajarish; 2) artxa – foydali ishlar qilish, zarur materiallarga ega bo'lish; 3) kama
muhabbat tuyg'ulariga erishish, his-tuyg'ularni qondirish; 4) moksha – o'zgarish zanjiridan
butunlay xalos bo'lish.
Do'stlaringiz bilan baham: |