«mumtoz xalq», unga dinni xudoning o'zi ato etgan, degan fikrni ilgari surardilar; hozir ham
qisman. Buning
isboti sifatida ular asrlar davomida jamiyatda sodir bo'lgan ulkan ijtimoiy o'zgarishlar iudaizm
ta'limotiga hech qanday ta'sir ko'rsatmadi, u yagona milliy dinligicha qoldi, shuning uchun uning
ijtimoiy va gneseologik ildizlari ham yo'q, deb jar solmoqdalar. Aslida esa yahudiy xalqining
ijtimoiy – iqtisodiy sharoitiga muvofiq iudaizm, boshqa dinlar kabi, shakl va maxzmunini bir necha
bor o'zgartirgan.
Iudaizm politeizmdan monoteizmga o'tguncha bir qancha tarixiy jarayonni boshdan kechirgan. Bu
jarayon ibtidoiy jamoa tuzumidan quldorlik jamiyatiga o'tguncha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi.
Mana shu tarixiy davrda yahudiy qabilalari ko'p xudolarga e'tqod qilganlar.Har bir qabilaning, har
bir urug', hatto shaharning o'z xudosi bo'lgan; moddiy olam hodisalarining har bir guruhi alohida
xudoning nomi bilan bog'langan. «Sening shaharlaring qancha bo'lsa,xudolarning shahri ham
shunchadir», deyiladi Tavrot yozuvlarida. Iudaizmda mahalliy avliyolar hisoblanmish Iso (Iisus),
Navin, Ibrohim (Avraam), Ishoq(Isaak), Ёqub(Iakov), Yusuf(Iosif) va boshqalar. Bular boshqa
dinlarda, jumladan islomda payg'ambar deb tan olingan.
Falastindagi Ruvim, Simon, Levin va Iuda singari eng mashhur qabilalar obro'si ko'tarila
boshlagan. Bularning orasida Iuda qabilasi kuchli hisoblanib, obro'si juda oshib ketgan, uning
xudosi Yaxve esa barcha xudolardan yuqori turuvchi yakka hukmron xudo sifatida qabul qilingan.
Ilohiyotchilar fikriga binoan, Bibliyaning birinchi besh kitobi bo'lmish Tavrot (aynan tarjimasi
Qonun, Musoning besh kitobi) yahudiylarga yetkazish uchun Muso payg'ambarga xudo
Yaxveining shaxsan o'zi Sinion tepaligida bergan. Bibliyaning boshqa qismlari esa (Qadigi ahdga
taalluqlisi) xudoning bevosita pand-nasihatlari ta'siri natijasida yahudiylarining boshqa turli
payg'ambarlariga yuborilgan deb tushuniladi. Shunda qilib, Bibliyani shakllanishi uzoq davrni o'z
ichiga oladi.
Hozirgi zamon iudaizmida isloh qilingan iudaizm bilan bir qatorda ortodoksal iudaizm (sof)
fundamental iudaizm ham mavjuddir. Ortodoksal iudaizm Isroilda alohida mavqega ega bo'lib,
rasmiy davlat dini hisoblanadi. Bunga XX asrda vujudga kelgan muhofazakor yo'nalishdagi
iudaizm, uning mafkurachilari iudaizm va sionizm ittifoqining tarafdorlaridir. Markaziy Osiyoda
yashayotgan yahudiy dindorlari orasida asosan ortodoksal shakldagi iudaizm mavjud va ular
shartli ravishda etnik ko'rinishlar tartibiga muvofiq to'rt xil; yevropaliq buxoro, gro'zin, tog'li yoki tat
yahudiylariga bo'linadi.
Bu joylardagi yahudiylarning asosiy qismi, keyinchalik ular Buxoro yahudiylari nomini olgan,
chamasi, sosoniylar davrida Mavr va Eron orqali kirib kelgan bo'lsalar kerak.
Z a r d u sh t i y l i k. Zardushtiylik eng qadimgi dinlardan bo'lib, bu din eramizdan avvalgi VII-VI
Asrlarda dastavval O'rta Osiyoda-Xorazm vohasida paydo bo'lgan. Uning payg'ambari Zardusht
tarixiy shaxs edi. U mazdakiylik dinini isloh qilib, uning asosida yangi Yakkaxudolik dinini ijod
etgan.
Zardushtiylik – ilgarigi diniy tasavvurlar va kup xudochilikka asoslangan diniy e'tiqodlarni takror
Zardusht isloh qilishi oqibatida yuzaga kelgan dindir. Bu qadimiy din haqida bir-birini istisno
Do'stlaringiz bilan baham: |