bo'lmagan. Keyinchalik bu taq'limotlar yaratilib, u hamma klassik qonunlari 13 kitobda, sharhi esa
40 jildda bayon qilingan. Bularning eng ahamiyat li qismi 9 ta kitobdan iborat.
Bular: «Sishu» (To'rt kitob) va «Uszin» (Besh kitob) dir. Bu qonunlar ham diniy «muqaddas», ham
dunyoviy donishmandlik manbai hisoblanadi.
SINTOIZM (Sinto-xudolar yo'li demakdir). Yaponiyada keng tarqalgan, an'anaviy milliy
xarakterdagi dinlardan biri. Bu din ilk feodalizm davrida (VI-VII asrlar) rivojlangan va urug'chiliq
qabilachilikka xos animistik va shomonlik marosimlari yig'indisidan iborat holda vujudga kelgan.
Sintoizm ta'limotida Yaponiyada joriy etilgan ijtimoiy-siyosiy tartibning mustahkamligi va
o'zgarmasligiga, quyosh tangrisi-Amaterasuning naslidan deb hisoblangan yapon imperatori-
Mikado hokimiyatining ilohiyligiga ishonish, imperator ajdodlarini muqaddas deb tan olish,
ajdodlar sharafiga tayinlangan oila-urug' marosimlarini bajarish kabilar asosiy o'rin egallaydi.
Sintoizmning puxta ishlangan aqidalari yo'q. Diniy marosimlarni kannushlar deb ataladigan
alohida kohinlar ijro etadi. Kannushlik vazifasi nasldan-naslga o'tadi. Hozirgi vaqtda yaponlarning
yarmida ko'pi Sintoizm bilan Buddizmni teng ko'rib, har ikkalasiga e'tiqod qiladilar; Hayotiy
marosimlar-tug'ilish, nikoh kabilar Sintoizm ibodatxonlarida bajarilsa, dafn 'tish va marhumni
xotirlash marosimlari buddaviylik ibodatxonalarida o'tkaziladi. Sintoizm bilan buddaviylikning bir-
biriga ta'siri kuchli. Sintoistlar buddaviylik dini uchun ibodatxonalar qurish bilan cheklanmadilar,
balki o'rta asrlarga kelib sinto-budda qo'shma ibodatxonalari vujudga kela boshlagan.
Sintoizmning o'ziga xos xususiyati o'zi targ'ib qilgan xudoga sig'inish, boshqa millat kishilarining
bu dinga sig'inishini man etishdan iborat. Sintoistlarning muqaddas kitobi bo'lmagan,ammo
ibodatxonalarda yozilgan diniy afsonalar uchrab turadi. VIII asrga kelib og'zaki diniy afsonalar
asosida «Kodziki» (Qadimgi ishlar to'g'risida yozuvlar) nomli diniy kitob paydo bo'ldi. Unda
asosan imperatorlar sulolasining kelib chiqishi ilohiylashtirilgan.
1886 yildan to XX asrning 40 yillarigacha Sintoizm yaponiyaning davlat dini hisoblanar edi.
Natijada dinning strukturasi ham o'zgara boshladi, ilohiy ruhlar o'rniga imperator shaxsi ulug'landi.
Sintoizmda milliy ibodatxonalar ko'plab qurildi. XIX asrning oxirlariga kelib mohiyatini yo'qota
boshlagan Sintoizm 1945 yilda davlatdan ajrtib tashlandi. Hozirgi paytda Sintoizm tarafdorlari
unchalik ko'p emas, ammo uni zamonga moslashtirishga urinishlar davom etmoqda.
IUDAIZM-Eng qadimgi dinlardan bo'lib, eramizdan oldigi XIII asrda yaxudiylarning milliy dini
sifatida vujudga kelgan. Uning paydo bo'lishi va umstaqil monoteistik din din sifatida maydonga
chiqishi markazlashgan yahudiy davlatining tashkil topishi bilan uzviy bog'liqdir.
Hozirgi Falastin hududida qadimgi zamonlarda dehqonchilik va chorvachilik bilan shug'ullangan
ko'chmanchi yahudiy qabilalari yashagan. Bu qabilalarda din sifatida animizm, magiya, fetishizm,
sehrgarlik va turli o'simlik hamda hayvonlarga sig'inish hukmronlik qilgan. Yahudiy qabilalari
o'zlarini muayyan hayvonlarning nomalari bilan ataganlar. Iudaizmning «muqaddas» kitoblar
to'plamida hayvonlarni va o'simliklarni, tabiatdagi dahshatli, stixiyali kuchlarni, arvohlarni va
boshqalarni e'zozlash izlari bor. Ruhoniylar iudaizmning obro'sini ko'tarish maqsadida yahudiylar
Do'stlaringiz bilan baham: |