Milliy dasturi


KITOBXONLIK MADANIYaTI ShAKLLANIShI



Download 27,01 Kb.
bet3/5
Sana18.02.2022
Hajmi27,01 Kb.
#450190
1   2   3   4   5
KITOBXONLIK MADANIYaTI ShAKLLANIShI
VA RIVOJLANIShIDAGI MUAMMOLAR

Respublikada kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashning huquqiy asoslarini mustahkamlash maqsadida 2017-2020 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Hukumatning 5 ta qarori qabul qilindi, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi etib belgilandi.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoev tomonidan 2019 yil 19 mart kuni yoshlarni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, yoshlarda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirishga qaratilgan beshta muhim tashabbus ilgari surildi. Ushbu beshta tashabbusning to‘rtinchisi, ya’ni aholi, ayniqsa, yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish yosh avlodning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.
Mamlakatda 11 092 ta kutubxona va axborot resurs markazlari mavjud, shundan, 9 911 tasi Xalq ta’limi vazirligi tizimidagi umumta’lim maktablarida, 981 ta oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida, 14 tasi hududlarda, 186 tasi tuman (shahar)larda faoliyat ko‘rsatadi.
2018-2019 yillarda nashriyotlarda darsliklardan tashqari 1 587 nomda 21 640 mingdan ortiq nusxada kitob chop etilgan.
2017-2019 yillarda O‘zbekiston Milliy kutubxonasi tomonidan nashriyotlarga 16 018 ta (2017 yilda 4911 ta, 2018 yilda 5334 ta, 2019 yilda 5773 ta) ISBN (International Standard Book number) kitobning xalqaro standart tartib raqami taqdim etilgan.
Respublikadagi jami maktablarda badiiy adabiyotlar soni har bir o‘quvchiga o‘rtacha 3 tadan, ta’lim qardosh tilda olib borilayotgan maktablarda esa 1,7 tadan to‘g‘ri keladi. Ta’lim qardosh tillarda olib borilayotgan maktablar kutubxonalarining jami adabiyotlar fondi 1,6 mln. nusxadan iborat bo‘lib, shundan qardosh tillardagi badiiy adabiyotlar soni 320 ming tani (jami adabiyotlar fondining 20 foizini) tashkil etadi va har bir o‘quvchiga 0,4 ta kitobdan to‘g‘ri keladi.
Birinchi marta 2019 yil 2-4 oktyabr kunlari mamlakatimizda ixtisoslashgan "Tashkent book fest - 2019" I Xalqaro kitob ko‘rgazma-yarmarkasi tashkil etilib, unda Buyuk Britaniya, Germaniya, Janubiy Koreya, Rossiya, Turkiya, Qozog‘iston va Qirg‘iziston davlatlarining 20 ga yaqin va 30 dan ortiq mahalliy nashriyotlar, 15 ming nafardan ortiq soha mutaxassislari, keng jamoatchilik vakillari hamda yoshlar ishtirok etdi.
"Ma’rifat karvoni" tadbirlari doirasida 3 milliondan ortiq kitob yoshlarga yetkazib berildi, "Yoshlar kutubxonasi" rukni ostida 59 ta nomda 590 ming ta badiiy adabiyot chop etilib, respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalari kutubxonalariga tarqatildi.
An’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan "Yosh kitobxon" tanlovi bilan 2017-2019 yillar davomida 2 mln 170 mingdan ortiq yoshlar qamrab olinib, 9 nafar tanlov g‘oliblari bo‘lgan yosh kitobxonlar Prezident sovg‘asi "Spark" avtomashinasi sovrindori bo‘ldi.
Bugungi kunda kitobxonlik madaniyatining shakllanishi va rivojlanishida quyidagi muammolar mavjud:
kitobxonlikni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar samaradorligini baholash tizimi mavjud emas;
badiiy, ma’rifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan ta’lim muassasalarini ta’minlash, milliy va jahon adabiyoti namoyandalarining yetuk asarlarini saralash, tarjima qilish ishlari puxta o‘ylangan tizim asosida tashkil etilmagan;
chop etiladigan kitoblarni nashriyotlardan hududlarga arzon narxlarda yetkazish, onlayn buyurtma berish va manzilga yetkazish tizimi sust rivojlangan, shuningdek, aholiga xizmat ko‘rsatishda elektron kitob shakllaridan keng foydalanish yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan;
ta’lim va madaniyat muassasalari uchun kitob xarid qilishga mablag‘lar yetarli darajada mavjud bo‘lgan manbalar hisobidan jalb etilmayapti, kitob sotishga ixtisoslashgan korxonalar tomonidan ta’lim muassasalari, kutubxonalar va mahallalarda yangi kitoblar taqdimotini o‘tkazish, mutolaa madaniyatini oshirish, shu jumladan, ommaviy-axborot vositalari orqali targ‘ibot-tashviqot qilishga qaratilgan tadbirlar yetarli emas;
aholi, ayniqsa, yoshlar orasida badiiy jihatdan yuksak, intellektual saviyani o‘stirishga xizmat qiladigan kitoblarga bo‘lgan talab chuqur tahlillar asosida o‘rganilmagan;
kitoblarni chop etish hamda aholiga yetkazib berishni o‘z ichiga olgan boshqaruv tizimining, shuningdek, jahon adabiyotining eng sara namunalarini o‘zbek tiliga va o‘zbek adabiyotining eng yaxshi asarlarini chet tillariga tarjima qilish ishlari tizimli yo‘lga qo‘yilmagan;
kitob tarqatish tizimini yanada rivojlantirish va aholining keng qatlamini qamrab olish, kitob mahsulotlarining narxini shakllantirish va sotish bo‘yicha aniq mexanizmlar ishlab chiqilmagan;
mavjud axborot-kutubxona muassasalari aholining keng qatlamlariga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan yetarli darajada ta’minlanmagan;
chop etilayotgan kitoblarni aholi o‘rtasida ommaviy axborot vositalari orqali targ‘ib qilish, ta’lim muassasalari, kutubxonalar, mahallalarda kitob mualliflari bilan ijodiy uchrashuvlarni tashkil etish hamda ta’lim muassasalari, ayniqsa, maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘qish madaniyati va mutolaa ko‘nikmalarini shakllantirish tizimli yo‘lga qo‘yilmagan;
yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy, badiiy-estetik talablariga javob beradigan kitoblarni yuksak sifat bilan chop etish, joylarga, ta’lim muassasalariga vaqtida va maqbul narxlarda yetkazish, milliy va jahon adabiyotining eng sara namunalarini tarjima qilish, yoshlarda bolalikdan boshlab kitob, jumladan, elektron kitob o‘qish ko‘nikmasini shakllantirish, jamiyatda mutolaa madaniyatini yuksaltirishning kompleks chora-tadbirlari ishlab chiqilmagan.

3-BOB. DASTURNI AMALGA OShIRIShNING



Download 27,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish