O‘zbåkistonning stratågik yo‘li bozor iqtisodiyotiga
asoslangan huquqiy dåmokratik davlat, fuqarolik jamiyati
barpo etishga qaratilgan mustaqil taraqqiyot yo‘lidir.
U o‘z umrini o‘tab bo‘lgan eski sovåt tuzumidan mutlaqo
yangi, dåmokratik tuzumga o‘tishni ta’minlab båradigan taraqqiyot
modåli hisoblanadi.
Bu modålning eng muhim xususiyatlaridan biri
shundan iboratki, u inqilobiy ravishda emas, balki tadrijiy
yo‘l bilan rivojlanib borishni nazarda tutadi. Tadrijiy rivoj-
lanish ko‘zlangan maqsad sari qadam-baqadam, pog‘o-
nama-pog‘ona borishni anglatadi.
Shuni bilingki, islohotlarni inqilobiy yo‘l bilan amalga oshirish-
ning bir qancha usullari bor. Shulardan biri «shok tårapiyasi» dåb
ataladi.
Yillar davomida shakllangan boshqaruv usullari, hayot
tartiblarini, odamlarning dunyoqarashini birdaniga o‘zgar-
tirishga urinish, yangi munosabatlarni qisqa muddatda joriy
etish «shok tårapiyasi»ning asosiy mazmunini tashkil etadi.
Eski jarohatni bir urinishda bartaraf etishni da’vo qilgani uchun
bu yo‘l aynan shunday nom bilan ataladi.
Bu yo‘l bizning yurtimizga mutlaqo to‘g‘ri kålmas edi. Buning
sabablarini Pråzidåntimiz Islom Karimov bunday izohlaydi:
Do'stlaringiz bilan baham: |