Eski tuzumdan yangi jamiyatga o‘tishda davlatdan
boshqa uyushgan, jamiyatni ortidan ergashtira oladigan
qudratli kuch bo‘lmaydi.
Bu paytda siyosiy partiyalar, nodavlat tashkilotlar hali to‘la
shakllanmagan bo‘ladi. Shuning uchun davlat barcha islohotlar
uchun mas’uliyatni o‘z zimmasiga oladi. Bu esa yangi jamiyat
qurishga qarshilik ko‘rsatadigan eski tuzum tarafdorlarini jilovlab
qo‘yish, endigina oyoqqa turib kålayotgan bozor tuzilmalarini
qo‘llab-quvvatlash, eng muhimi, islohotlarning izchillik bilan
davom etishida katta rol o‘ynaydi.
Qonun ustuvorligi tamoyili hammaning qonun oldida
tångligini, shu asosda yangi jamiyatning huquqiy asoslarini
mustahkamlashni nazarda tutadi.
Yurtimizda islohotlarni amalga oshirishda yangi-yangi qonunlar
qabul qilinib, mustahkam huquqiy poydåvor yaratilmoqda va ular-
ning ijrosi ta’minlanmoqda. Qonun ustuvorligi tamoyili jamiyatimiz
a’zolarining huquqiy ongi va tafakkuri yuksalib borishida ham
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
!
51
Do'stlaringiz bilan baham: |