47
TARAQQIYOTNING O‘ZBÅK MODÅLI
VA UNING AHAMIYATI
Aziz o‘quvchi, siz tarix fanidan yaxshi bilsangiz kårak, ozodlik
va mustaqillikka erishgan har qanday mamlakat dunyodagi
rivojlangan davlatlar qatoridan munosib o‘rin egallash uchun o‘ziga
xos taraqqiyot yo‘lini bosib o‘tadi. Bu yo‘l odatda o‘sha
davlatning
milliy tiklanish yo‘li yoki taraqqiyot yo‘li dåb ataladi. O‘zbåkiston
ham davlat mustaqilligiga erishganidan so‘ng hayotning barcha
sohalarida tiklanish va islohot jarayonlarini amalga oshirish o‘tkir
zaruratga aylandi. Chunki eski sovåt tuzumi davrida hamma soha
bir
tomonlama, ya’ni faqat «qizil impåriya» dåb atalgan sobiq
SSSRning manfaatlariga moslab rivojlantirilgan edi. Masalan,
bizning yurtimiz zimmasiga xomashyo yåtkazib bårish asosiy vazifa
qilib qo‘yilgan edi. Xomashyo esa tayyor
mahsulotga nisbatan bir
nåcha barobar arzon. Xomashyoni suvtåkinga yåtkazib bårib, un-
dan tayyorlangan mahsulotni bir nåcha barobar qimmatiga, yana
qancha yo‘l xarajatlari, har xil rasmiyatchiliklar
evaziga sotib olish
milliy iqtisodiyotimizni zaiflashtirib, nochor ahvolga solib qo‘y-
gan edi.
Ma’naviyat sohasida esa tilimiz, dinimiz, adabiyot va san’ati-
miz,
buyuk allomalarimiz, ularning båbaho asarlari kamsitilar, bu
merosni o‘rganish, rivojlantirishga yo‘l qo‘yilmas edi. Buning zami-
rida
xalqimizni ijodkorlikdan, yaratish tuyg‘usidan bågona qilib
ko‘rsatishga urinish, uning milliy tarixi yo‘q, dågan soxta va g‘arazli
bu merosni odamlar ongiga singdirib, ularni mutå va qaram qilishga
qaratilgan makkor siyosat yashirin edi.
Mana shunday achinarli holatlarning barchasiga barham bårish,
xalqimizning
bunyodkorlik, ijodkorlik salohiyatini qayta uyg‘otish,
uni o‘z taqdiri, o‘z hayotining tom ma’nodagi egasiga aylantirish
uchun yangicha taraqqiyot yo‘li taqozo etilardi. Bu yo‘l hayotning
hamma
sohalarini xalqimiz, Vatanimiz manfaatlarini inobatga
olgan holda isloh etishning umumiy yo‘nalishlarini bålgilab bårishi
48
lozim edi. Pråzidåntimiz Islom Karimov mustaqillikning dastlabki
yillarida jamiyat hayotini isloh etish tamoyillarini ishlab chiqdi.
Bu tamoyillar yurtimiz hayotining
hamma sohalarini tubdan
o‘zgartirish va yangi jamiyat qurishning stratågik yo‘li sifatida o‘zini
oqladi va «taraqqiyotning o‘zbåk modåli» dågan nom bilan butun
dunyoda tan olindi.
Stratågik yo‘l – uzoqqa mo‘ljallangan, umumiy maqsadlarni
ifoda etadigan asosiy taraqqiyot yo‘li.
Do'stlaringiz bilan baham: