Milliy 9 (2015-y). p65


Afsuski, bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/150
Sana23.06.2021
Hajmi2,55 Mb.
#99259
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 9 uzb

Afsuski, bugungi kunda dunyoning turli burchaklarida
shunday «ishbilarmon» to‘dalar, guruhlar, markazlar
paydo bo‘lganki, ular o‘sha mash’um savdoni boshqa-
charoq – «madaniylashgan» shakl-u shamoyilda qayta
tashkil qilishga kirishgan.
Bu kirdikor egalarining qarmog‘i to‘riga esa ko‘proq hali yaxshi-
yomonning, do‘st-u dushmanning farqiga bormaydigan yoshlar,
hatto, sizning tångdoshlaringiz bo‘lgan o‘spirinlar ilinib qolmoqda.
Dunyoning u yoki bu mamlakatida ozgina måhnat qilib mo‘may
daromad topish, bu daromad evaziga esa maza qilib hayot kåchirish
mumkinligi to‘g‘risidagi cho‘pchaklarni turli maqomda takrorlay-
digan bunday guruhlar bizning yurtimizga ham suqilib kirishga
tun-u kun harakat qilyapti. Eng xatarlisi – shunday kimsalar bilan
osh-qatiq bo‘lishga rozi bo‘layotgan, ularning jinoyatkorona
råjalarini amalga oshirishiga yordam bårayotganlar ham, oz bo‘lsa-
da, topilib turibdi. Bu kimsalar hali mahallasidan, qishlog‘idan
boshqa joyni ko‘rmagan, hayot tajribasi yo‘q, g‘o‘r yoshlarni turli
va’dalar bilan aldab, xorijga olib chiqib kåtish, o‘sha yoqlarda
boshqa bir tuban guruhlarga sotib yuborishdåk yovuz jinoyatni
amalga oshirmoqda.
Ular, masalan, o‘g‘il bolalarga «falon davlatda qurilish yoki
savdo sohasida ish bor, joningni qiynamay oyiga falon dollardan
daromad topasan», qiz bolalarga bo‘lsa, «falon mamlakatda måh-
monxona xodimlariga, råstoranlarida ofitsiantlarga talab katta,


89
maoshdan tashqari kunlik topgan choychaqangning o‘zi uyga
bir qop pul bilan qaytishingni kafolatlaydi» qabilidagi aldovlarni
aytib, ularni o‘zlariga ipsiz bog‘lab olishga urinishadi. Bir amallab
yoshlar ishonchiga kirgan bu firibgarlar ularning pasportini go‘yo
«samolyot yoxud poyåzdga chipta olish, boradigan mamlakatida
måhmonxona rasmiylashtirish uchun» olib qo‘yishadi-da,
bo‘lg‘usi qurbonlarini xorijga olib chiqib olishgach, pasportsiz
endi håch qayoqqa bora olmasligini bilib, hujjatni qaytib
bårmaydi. Bunday aldovga uchgan aksariyat yoshlar esa o‘sha
jannat va’da qilingan xorijda – håch kimni tanimaydigan, yordam
so‘rab boradigan manzilni bilmaydigan notanish yurtda nopok
kimsalarga sotib yuboriladi. Natijada, qaysi mamlakatdan ekanini
tasdiqlaydigan hujjati – pasporti qo‘lida bo‘lmagan yigitlar
huquqsiz quldåk turli qurilishlarda tun-u kun ishlatilib, o‘lib
qolmasligi uchungina kundalik osh-ovqat bilan ta’minlanadi-
da, yillar davomida qilgan måhnati uchun sariq chaqa ham
ololmasdan, agar boshqa biror kori hol yuz bårmasa, zo‘rg‘a
uyiga qaytib kåladi. Qizlar esa xorijdagi turli tungi klublar ixtiyo-
riga sotilib, u yårlarda pul, boylik quturtirgan jirkanch kimsalar-
ning iflos panjasiga tushadi.
Holbuki, o‘sha yoshlar dunyoning biror joyida tåkinga bir burda
non bårilmasligini, xalq iborasi bilan aytganda, båpul o‘lja faqat
sichqon tutadigan taxtakachdagina bo‘lishini, eng muhimi – inson
håch qayårda o‘z yurtidagidåk emin-erkin ishlay va yashay olmas-
ligini anglab yåtishlari lozim.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish