«Bu ulug‘ zotlarning ilm-fan sohasiga baxshida etgan
hayoti, ular erishgan va bugungi kunda butun ma’rifatli
insoniyatni hayratga solib kelayotgan yutuqlari – bu, hech
shubhasiz, haqiqiy ma’naviy jasorat namunasi, deb aytishga
barcha asoslarimiz bor va biz bunday jasorat oldida bosh
egib ta’zim qilamiz»
1
.
Bålgiyada Ibn Sino, Litvada Mirzo Ulug‘båk, Rossiya poytaxti
Moskva, Yaponiya poytaxti Tokio, Ozarboyjon poytaxti Boku
shaharlarida Alishår Navoiy, Misr poytaxti Qohirada esa Ahmad
Farg‘oniy haykallari o‘rnatilgani, 2007-yili Islom konfårånsiyasi
tashkilotining ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha ixti-
soslashgan tuzilmasi – AYSÅSKO tomonidan Toshkånt shahri
Islom madaniyati poytaxti dåb e’lon qilingani, shuningdåk,
Samarqand, Buxoro, Xiva, Qarshi, Shahrisabz, Tårmiz, Toshkånt,
Marg‘ilon kabi qadimiy shaharlarimizning tarixiy sanalari xalqaro
miqyosda kång nishonlangani xalqimizning umumbashariy
qadriyatlar ravnaqiga qo‘shgan hissasining yuksak e’tirofi bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |