Milliy qadriyatlar zamirida bir xalqning tarixiy an’a-
nalari, turmush tarzi va hayotiy qarashlari mujassam
bo‘lsa, umumbashariy qadriyatlar butun insoniyatga xos
taraqqiyot tajribalarini, har bir odamning bashar farzandi
ekani bilan bog‘liq umumiy mohiyatni ifoda etadi.
Bizning milliy qadriyatlari-
mizning o‘ziga xos noyob jihati
shundaki, ularda qadim zamon-
lardan boshlab umuminsoniy
g‘oyalar tåran aks etib kålgan.
Masalan, xalqimizning måhr-
oqibatni, do‘stlik, tinchlik va
hamjihatlikni yuksak qadrlashi,
kim bo‘lishi, qaysi millatga man-
subligidan qat’i nazar, måhmon-
ning hurmatini joyiga qo‘yishi
uning haqiqiy insonparvarlik
fazilatlaridan dalolatdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |