Milliy 9 (2015-y). p65


Hunar shunchalik måtin boylikki, uni o‘g‘irlash ham



Download 2,55 Mb.
Pdf ko'rish
bet127/150
Sana23.06.2021
Hajmi2,55 Mb.
#99259
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150
Bog'liq
milliy istiqlol goyasi 9 uzb

Hunar shunchalik måtin boylikki, uni o‘g‘irlash ham,
yondirish ham, yo‘q qilish ham mumkin emas.
Dunyo ko‘rgan allomalar yoshlikdan hunar egallashning fazilati
haqida noyob fikrlarni bayon etganlar. Jumladan, donishmand
Sa’diy o‘zining «Guliston» asarida farzandlariga shunday nasihat
qiladi:
«Aziz o‘g‘lonlarim, hunar o‘rganinglar, zåroki mol-u dunyoga
e’timod, ishonch yo‘q va oltin, kumush safarda xatarlidir. Qaroqchi
o‘g‘irlab kåtadi yoki egasi ichib tamomlaydi. Ammo hunar qaynar
buloq, tuganmas davlatdir, agar hunarmand molidan mahrum
bo‘lsa, qayg‘usi yo‘qdir. Chunki hunarning o‘zi davlatdir. Hunar-
mand qayårga borsa qadrlanadi va uyning to‘ridan joy oladi. Hu-
narsiz odam esa hamisha mashaqqat chåkadi, tilanchilik qiladi».
Siz biror kasb-hunar egallashingiz uchun ustoz-shogird an’ana-
larini bilmog‘ingiz zarur. Chunki «Ustoz ko‘rmagan shogird har
maqomda yo‘rg‘alar», dåb båjiz aytmaydilar. Bunday «hunar-
mand»ning ishida na unum, na samara, na sifat bo‘ladi. O‘z
hunarining sir-u sinoatlarini mukammal bilmaganligidan yaratgan
mahsulotining sifati past, xaridorni qochiradigan bo‘ladi.
Ustozingizning siz – shogirdga nisbatan qattiqqo‘lligi, talab-
chanligi, vaqtida rag‘batlantirishi yoki jazolashi kålajakda mohir
hunar sohibi bo‘lib shakllanishingizga garov bo‘ladi. Shuning uchun


111
ham ustozning ozgina tanbå-
hidan xafa bo‘lish, shuni ro‘kach
qilib, ustaxonani tashlab kåtish
borib turgan ojizlikdan boshqa
narsa emas. Chunki ustozingiz
bir haqiqatni sizdan ko‘ra yax-
shiroq biladi – shogirdga nisba-
tan o‘ta måhribonlik, ayash,
yuz-xotirchilik uni o‘rtamiyona
kosib qilib qo‘yadi. Shuning
uchun ustoz o‘zida bor bilim va
tajribani shogirdiga sabr-toqat
bilan singdirishga, o‘z hunarini
davom ettiruvchi haqiqiy shogird
yåtishtirishga bor kuchi bilan
harakat qiladi. Chunki har bir
haqiqiy ustoz-hunarmand qal-
bida hazrat Navoiyning quyidagi hikmati yashaydi:
Hunarni asrabon nåtkumdir oxir,
Olib tufroqqamu kåtgumdir oxir...
Shogirdning murabbiyga hurmati, e’tiqodi va sadoqati uning
ustoziga qaraganda ham mahoratli bo‘lib yåtishuviga sabab bo‘la-
di. Chunki ustozga hurmat u o‘rgatayotgan kasb-hunarga nisba-
tan muhabbatni, e’tiqodni yanada oshiradi. Bularning bari måhnat
va kasb-hunar madaniyati, dåb ataladi.
Siz maktabda olayotgan bilimlaringizdan yaxshi bilasizki, o‘zbåk
xalqi azal-azaldan o‘zining måhnatsåvarligi, nonini halollab topishi
bilan dunyoga tanilgan. Xalqimizning dåhqonchilik, zargarlik,
naqqoshlik, duradgorlik, chorvadorlik, chåvarlik, toshtaroshlik,
o‘ymakorlik, kulolchilik, bog‘bonlik, kashtado‘zlik, to‘quvchilik,
do‘ppido‘zlik, ganchkorlik, sandiqsozlik, båshiksozlik, etikdo‘zlik
va boshqa yuzlab hunarmandchilik mahsulotlari o‘zining
båtakrorligi, go‘zalligi, maftunkorligi bilan dunyo xalqlarini lol
qoldirmoqda.
Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi qadimiy, birortasi
bir-birini takrorlamaydigan obidalar, Xiva kulolchiligi, Qo‘qon
va Andijon yog‘och o‘ymakorligi, Urgut kashtalari, Farg‘ona
vodiysi do‘ppilari, Buxoro zardo‘zligi, har bir hududga xos må’mor-


112
lik maktablari o‘zbåk xalqining kasb-hunar madaniyati naqadar
yuksak ekani dalolatidir. Hunarmandlar sulolalarining, ular yashab-
ishlaydigan guzar va mahallalarning paydo bo‘lishi, bu joylarning
muayyan kasb-hunar nomi bilan atalishi («O‘qchi», «Bazzozlik»,
«Tåmirchilik», «Toqichi», «Båshikchi») ham aksariyat bizning
yurtimizga xos xususiyatdir.

Download 2,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   150




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish