2019-yil 15-noyabrdagi PF-5876-son
Millatlararo totuvlik va dinlararo bag’rikenglikni yanada mustahkamlash borasida keng ko’lamli ishlarni amalga oshirmoqdamiz. BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Xalqaro do’stlik kuni deb belgilangan 30 – iyul sanasini yurtimizda
“Xalqlar do’stligi kuni” e’lon qildik va 2021 yili uni keng nishonladik. Ishonchim komilki, bu bayram ezgu an’anaga aylanib, xalqimizni jonajon Vatanimiz bayrog’I ostida yanada jipslashtirishga xizmat qiladi.
Shavkat Mirziyoyev
“Yangi O’zbekiston strategiyasi”
Mamlakatimizda diniy erkinlik, millatlaaro hamjihatlik borasida ham vaziyat tubdan yaxshilandi. Bu boradagi faoliyatimizning o’zagini “Bag’rikenglik va millatlararo totuvlik – barqaror taraqqiyot omili”, degan tamoyil tashkil etadi.
millatlararo munosabatlarni uyg’unlashtirish, jamiyatda do’stlik, o’zaro hamjihatlilk, jipslik, insonparvarlik va bag’rikenglik madaniyatini mustahkamlash;
ko’p millatli O’zbekiston xalqining birligini, millat va elatlarning tiliga, huquqiy maydon doirasidagi urf-odatlari va an’analariga izzat-hurmat munosabatini mustahkamlash, ularning to’la huquqli rivojlanishi uchun shart-sharoitlar yaratish;
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat’iy nazar fuqarolarning teng huquqlari va erkinliklari, ularning qonun oldida tengligini ta’minlash;
respublikaning barcha millat va elatlari sa’y-harakatlarini oliyjanob g’oya-mamlakat suvernitetini mustahkamlash va barqaror rivojlantirish, davlatning hududiy yaxlitligini mustahkamlash, maqsadlariga erishish g’oyasi atrofida birlashtirish, kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini va demokratik huquqiy davlatni shakklantirish jaryonlarida ularning faol ishtirokini ta’minlash;
millatchilik va shovinizm namoyon bo’lishi ehtimoliga qarshi kurashish, fuqarolarning millatiga qarab kamsitilishga hamda Konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari buzulishiga yo’l qo’ymaslik.
Millatlararo munosabatlar sohasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
O’zbekiston hududida o’z madaniyati va o’z an’analariga ega bo’lgan 130 dan ziyod millat va elat vakillari yashaydi. Har bir millat – Yaratganning mo’jizasidir. Respublikamizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab avaylashga barcha fuqarolarga o’z e’tiqodi bilan bog’liq an’analarni amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga ular o’rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivjlantirishga alohida ahamiyat bermoqda. Bu esa o’z navbatida, mamlakatimiz ravnaqi jamiyat taraqqiyoti, umuinsoniy madaniyat va ma’naviyat rivojiga katta xizmat qo’shmoqda.Abdulla Avloniy bu borada shunday degan edi “Qaysi bir millatning orasida birlik ko’tarilub, nifoq va adovat hukm surgan bo’lsa ul qavmning inqiroz dunyosiga yuzlanganligi tarix sahifalaridan ma’lumdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |