Qilguchi so’ng oqibat armon o’zing, afg’on o’zing.
Bag‘rikenglikning muhim yo‘nalishlaridan biri «diniy bag‘rikenglik»dir. Turli din vakillari e’tiqodidagi mavjud farqlardan qati nazar, ularning yonma-yon, o‘zaro tinch-totuv yashashi hamda har bir diniy ta’limotga hurmat bilan qarashni anglatadigan mazkur tushuncha, har kim o‘z e’tiqodiga amal qilishda erkin bo‘lgani holda, bu huquqqa boshqalar ham ega ekanini e’tirof etishini nazarda tutadi. «Bag‘rikenglik tamoyillari deklaratsiyasi»da ta’kidlanganidek, «Bag‘rikenglik bo‘lmasa, tinchlik bo‘lmaydi, tinchliksiz esa taraqqiyot va demokratiya bo‘lmaydi».
Diyorimizdan etishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag‘rikenglik bilan bog‘liq qadriyatlar targ‘ib qilingan g‘oyalarni uchratamiz. Jumladan, SHayx Ahmad Yassaviy ham o‘z xikmatlarida o‘zga din vakillariga yaxshi munosabatda bo‘lishni o‘qtirgan:
Sunnat ermish, kofir bo‘lsa, berma ozor,
Ko‘ngli qottig‘ dilozordan xudo bezor.
Yurtimizdan etishib chiqqan allomalarimizning bu kabi o‘gitlari uzoq yillar davomida xalqimizni bag‘rikeng bo‘lishga, turli din va elatlar bilan tinch-totuvlikda hayot kechirishga chorlab kelgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o‘rin egallayotgan bag‘rikenglik tamoyili to‘g‘risida shunday deydi: “Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”.
O‘zbekistonning kelajagi tinchlik va bag‘rikenglik, madaniyatlararo uyg‘unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir
O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
2017 yil 30 may kuni ushbu dolzarb masalaga bag‘ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Milliy va diniy bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik garovi” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi.
Tadbirda respublikamizning sharqshunos va dinshunos olimlari, taniqli ulamolar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar va turli konfessiyalar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdilar.
2018-yil 16-aprel O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni “Diniy ma’rifiy soha faoliyatinitubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”
2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasinirivojlantiurishning beshta ustvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasiga muvofiq:
Quyidagilar diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirishning ustvor yo’nalishlari etib belgilansin:
Do'stlaringiz bilan baham: |