Bakteriyalarning shakllari. Tashqi ko‘rinishiga qarab ular uch guruhga bo‘linadi: sharsimonlar – kokklar, tayoqchasimon-lar – bakteriyalar va batsillalar, spiralsimonlar – vibrionlar, spiril-lalar va spiroxetalar.
Sharsimon bakteriyalar kokklar (kokkus – lotincha don) de-yiladi. Ular sferasimon, ellipssimon, no‘xatsimon va boshqa ko‘rinishga ega bo‘ladi. Bakteriya hujayralarining bir-biriga nis-batan joylashuviga qarab har xil nomlanadi. Sharsimon bak-teriyalar hujayrasi bo‘linib, ayrim joylashsa, ular monokokklar, hujayra bo‘linishi natijasida har xil uzum boshi kabi to‘plamlar hosil qilsa – stafilokokklar deyiladi. Bakteriyalar bo‘lingandan so‘ng ikkitadan bo‘lib joylashganlari – diplokokklar, bo‘linishi natijasida uzun zanjir hosil qilsa – streptokokklar, to‘rttadan bo‘lib joylashsa – tetrakokklar, kub yoki paket shaklida joylash-sa – sartsinalar deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |